Научная статья на тему 'MOLEKULYAR FILOGENETIKA. FILOGENETIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI'

MOLEKULYAR FILOGENETIKA. FILOGENETIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
filogeniya / Evolyutsion daraxt / ClustalW / MSA / MAFFT va T-Coffee / UPGMA / Algoritm / MEGA 7.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Alisherova Ozoda, Abdusamadova Dilsoz, Raxmatullayv Farrux, Yoraleyiva Mohlaroyim

DNK yoki oqsillar ketma-ketligi ko‘rinishidagi molekulyar ma’lumotlar mavjud organizmlarning juda foydali evolyutsion istiqbollarini ham ta’minlaydi, chunki organizmlar rivojlanib borishi bilan genetik materiallar vaqt o‘tgani sari mutatsiyalarni fenotipik o‘zgarishlarga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOLEKULYAR FILOGENETIKA. FILOGENETIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

MOLEKULYAR FILOGENETIKA. FILOGENETIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI

1Alisherova Ozoda, 2Abdusamadova Dilso'z, 3Raxmatullayv Farrux, 4Yoraleyiva

Mohlaroyim

1,2,3,4Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11122306

Annotatsiya. DNK yoki oqsillar ketma-ketligi ko'rinishidagi molekulyar ma'lumotlar mavjud organizmlarning juda foydali evolyutsion istiqbollarini ham ta'minlaydi, chunki organizmlar rivojlanib borishi bilan genetik materiallar vaqt o'tgani sari mutatsiyalarni fenotipik o'zgarishlarga olib keladi.

Kalit sozlar: filogeniya, Evolyutsion daraxt, ClustalW, MSA, MAFFT va T-Coffee, UPGMA, Algoritm, MEGA 7.

Abstract. Molecular data in the form of DNA or protein sequences also provide very useful evolutionary perspectives on existing organisms, because as organisms evolve, genetic material mutates over time leading to phenotypic changes.

Keywords: phylogeny, Evolutionary tree, ClustalW, MSA, MAFFT and T-Coffee, UPGMA, Algorithm, MEGA 7.

Aннотация. Молекулярные данные в форме ДНК или белковых последовательностей также предоставляют очень полезные эволюционные взгляды на существующие организмы, поскольку по мере эволюции организмов генетический материал со временем мутирует, что приводит к фенотипическим изменениям.

Ключевые слова: филогения, Эволюция дерево, ClustalW, MSA, MAFFT и T-Coffee, UPGMA, алгоритм, MEGA 7.

Filogeniya - biologiyaning bir qismi bo'lib, organizmlarni bir-biridan kelib chiqish muammolarini o'rganadi. Filogeniya odatda sistematik nomlar yoki «evolyutsion shajara» ko'rinishida tasvirlanadi. Molekulyar filogenetika-polimer makromolekulalar- DNK, RNK va oqsillarning tuzilishini o'rganish asosida tirik organizmlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish usulidir. Molekulyar filogenetik tahlil natijasi tirik organizmlarning filogenetik daraxtini qurishdir. Molekulyar filogenetika tirik organizmlarning ilmiy tasnifiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Makromolekulalar bilan ishlash usullari turli ixtisosdagi biologlar uchun mavjud bo'lib, bu tirik organizmlar haqida yangi ma'lumotlar yig'ilishiga olib keldi. Bu ma'lumotlar asosida tirik organizmlar evolyutsiyasi haqidagi eski taxminlar qayta ko'rib chiqilmoqda. Ular yangi guruhlarni, shu jumladan faqat molekulyar filogenetik ma'lumotlar asosida aniqlangan guruhlarni ta'riflaydilar. Tirik organizmlar tuzilishiga qarab o'xshash va farqlarga ega bo'lgan guruhlarga bo'linadi. Agar ikki xil organizm bir biri bilan juda bog'liq bo'lsa, ularnig ajdodlari bitta deb qabul qilinadi. Filogenetik tahlil bu evolyutsion munosabatlarni baholashga kiradi. Evolyutsion tarix esa filogenetik tahlil asosida shoxlangan, daraxtsimon diagrammalar asosida shaklllantiriladi, unda taqribiy avlodlar o'rtasidagi nasliy munosabatlar keltiriladi. Bunday munosabatlar molekulalar, organizmlar o'rtasida keltirilishi mumkin. Turli xil organizmlar o'rtasidagi filogoniyalar ular o'rtasidagi gomologiyalarni tahmin qiladi va klassifikatsiyaga bog'liq bo'ladi. Filogeniya bir necha belgilar to'plamiga ko'ra, yoki klassifikatsiya asosida munosoabatlar topologiyasini o'rnatadi, yoki bu munosabatlarda evolyutsion jarayonlar modelini tuzadi.

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

Evolyutsion daraxt. Organizmlar, populyatsiyalar, turlar va genlar o'rtasidagi munosabatlar tom ma'noda ularning qarindoshligiga yoki genealogiyasiga qarab, ya'ni bitta ajdoddan kelib chiqishiga qarab quriladi. Natijalar ko'pgina holatlarda daraxt diagrammasi shaklida beriladi. Agar oxirida keltirilgan avlodlar hammasi bitta ajdoddan rivojlangan bo'lsa, bunga ildizli asos deb ataladi. Evolyutsion daraxtlar genetik ma'lumotlar asosida ham shakllantiriladi. Bir-biriga qarindosh bo'lgan nukletoilar ketma-ketligi yoki oqsillar ketma-ketligining filogenetik tahlili evolyutsiya davomida oilalar rivojlanishinig yo'nalishlarini aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Ketma-ketliklarning evolyutsion munosabatlarini shakllantirishda tashqi shoxlanish diagrammasidan foydalaniladi. Bunda daraxt asosidagi shoxlangan bog'lanishlar ketma-ketliklar o'rtasidagi munosabatlar shakllanishini aks ettiradi. Filogenetik tahlilning asosiy maqsadi, daraxtdagi shoxlangan bog'lanishlarni aniqlash va shoxlarning uzunligini aniqlashga qaratiladi. Nuklein kislotalar va oqsillarning ketma-ketliklarning tahlilida ko'pincha qo'shni shoxlarda joylashgan bir biriga yaqin bo'lgan pozitsiyalar belgilanadi. Agar organizmlarda yoki organizmlar guruhida genlar guruhi aniqlansa, bu oila genlarining o'rtasidagi filogenetik munosabatlar ularning ekvivalent funksiyalari to'g'risida ma'lumot berishi mumkin. Agar ikki turli xil organizmlarda topilgan ikki xil nuklein kislotalari yoki oqsillar bir-biriga o'xshasa, ularning bir ajdoddan kelib chiqqanligi to'g'risida ma'lumot olish mumkin. Bunday ketma- ketliklarni taxrirlash natijasida ketma-ketliklarda o'zgarmay qolgan pozitsiyalarni aniqlash imkonini beradi va qaysilari o'zgarganligini bilish mumkin. Bu ikki pozitsiya ketma-ketliklari evolyutsion qarindosh bo'ladi va ularni gomologik deb hisoblash mumkin. Filogenetikada qo'yidagi sistematik yondashuvlar mavjud: guruhli-fenetik, vaqtinchalik - kladistik, va evolyutsion. Uzoq ajdodlarida bo'lmagan belgilariga qarab, umumiy xarakterli belgilariga ko'ra guruhlanadi. Bunday orttirilgan belgilariga vizual jihatdan tasvirlanadigan turli xil belgilar kiritiladi. Kladistik tahlil fenotipik belgilar yoki aminokislotalar, nuklein kislotalar asoslarining ketma-ketligiga qarab olib boriladi.

REFERENCES

1. N. A. Raxmatov, T. M. Maxmudov, S. Mirzayev " Bioximiya" "Ta'lim" nashriyoti, Toshkent 2009 y.

2. R. A. Sobirova, O. A. Abrorov, F. X. Inayatova, A. N. Aripov "Biologik kimyo". Toshkent. "Yangi asr avlodi" 2006 y

3. Q. R. Davronov, B. S. Aliqulov "Nonobiotexnologiya asarlari" Tosh-kent "O'qituvchi" 2012 y.

4. A. Zikiryayev, A. To'xtayev, I. Asimov, N. Sonin 9-sinf biologiya dars-ligi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.