Научная статья на тему 'MODULNI O‘QITISHDA INTERFAOL TA’LIM METODLARI'

MODULNI O‘QITISHDA INTERFAOL TA’LIM METODLARI Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
1216
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
“Xulosalash» / “Keys-stadi” / «FSMU» / blits-so‘rovlar / nashr holidagi lug‘atlar / elekron lug‘atlar / kompyuter lug‘atlari.

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Po‘Latova Ra’No To‘Xtayevna

Maqolada amaliy mashg‘ulotlarda, ma’ruza darslarida modulni o‘qitish jarayonida foydalaniladigan interfaol metodlar va ularning qo‘llanilishi, zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalar, amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, “Xulosalash», “Keys-stadi”, «FSMU», Blits-so‘rovlar, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv ta’lim usullarini qo‘llanilishi haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODULNI O‘QITISHDA INTERFAOL TA’LIM METODLARI»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 2

MODULNI O'QITISHDA INTERFAOL TA'LIM METODLARI

Po'latova Ra'no To'xtayevna Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o'qituvchisi ranopolatova1970@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7586130

Annotatsiya: Maqolada amaliy mashg'ulotlarda, ma'ruza darslarida modulni o'qitish jarayonida foydalaniladigan interfaol metodlar va ularning qo'llanilishi, zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalar, amaliy mashg'ulotlarda texnik vositalardan, "Xulosalash», "Keys-stadi", «FSMU», Blits-so'rovlar, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv ta'lim usullarini qo'llanilishi haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: "Xulosalash», "Keys-stadi", «FSMU», blits-so'rovlar, nashr holidagi lug'atlar, elekron lug'atlar, kompyuter lug'atlari.

INTERACTIVE EDUCATIONAL METHODS IN TEACHING THE MODULE

Annotation: In the article, interactive methods and their application used in practical training, lecture classes, presentation and electronic didactic technologies using modern computer technologies, technical tools in practical training, "Summary", "Case" -stadi", "FSMU", Blitz-surveys, group thinking, working with small groups and other interactive educational methods are described.

Key words: "Summary", "Case-study", "FSMU", blitz-surveys, printed dictionaries, electronic dictionaries, computer dictionaries.

Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o'sib bormoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o'zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta'limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.Yurtimizda ayniqsa, fanlarni o'qitilishi jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalardan, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda.Tillarni o'rganishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir.Ta'limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quv jarayonining samaradorligini oshiradi.Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta'lmmuassasalarida amalda qo'llash o'quv jarayonida zamonaviy o'qitish metodlarini qo'llashda hamda o'qituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishda

keng imkoniyatlar yaratadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanishda samaradorlikka erishishni ta'minlashdagi vazifalardan biri - pedagogik texnologiyalarga metodik ishlov berishdan iborat.

Ha, haqiqatan ham hozirgi kunda modulda ta'lim berish jarayonida ta'lim beruvchilar tomonidan interfaol metodlarni qo'llab darslar olib borilmoqda. Bu esa modul sistemasida ta'lim beruvchilarga kata ma'sulyat yuklaydi.Ya'ni ta'lim jarayonida qo'llanadigan metodlarga modulda ishlov beriladi.Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy metodlardan tashkil topadi va bu metodlar dars mavzusiga to'la muvofiq bo'lib, bilim oluvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo'llaniladi.

Quyida darslarda qo'llaniladigan ana shunday metodlarni ko'rib chiqamiz.

"Xulosalash» metodi murakkab, ko'p tarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakterdagi mavzularni o'rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo'yicha o'rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'quvchilarning mustaqil g'oyalari, fikrlarini yozma va og'zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. "Xulosalash" metodidan ma'ruza mashg'ulotlarida, amaliy va seminar mashg'ulotlarida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlilil qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin. Metodnig amalga oshirilish tartibi quyidagicha: Trener - o'qituvchi ishtirokchilarni 5-6 tadan iborat bo'lgan kichik guruhlarga ajratiladi, treningning maqsadi shartlari va tartibi bilan ishtirokchilar tanishtiriladi. Har bir guruhga umumiy muammoni tahlil qilinishi zarur bo'lgan qismlari tushirilgan tarqatma materiallar tarqatiladi. Har bir guruh o'ziga berilgan muammoni atroflicha tahlil qilib, o'z mulohazalarini tavsiya etilayotgan sxema bo'yicha tarqatmaga yozma bayon qiladi. Keyingi bosqichda barcha guruhlar o'z taqdimotlarini o'tkazadilar, keyin trener tomonidan tahlillar umumlashtiriladi va zaruriy axborotlar bilan to'ldiriladi hamda mavzu yakunlanadi. Masalan bu bo'yicha quyidagicha namunaga asoslanish mumkin:

Kompyuter lug'atlarining ma'lumotlar bazasi sifatidagi ahamiyati:

1) Nashr holidagi lug'atlar: eafzalligi, kamchiligi

2) Elekron lug'atlar: t afzalligi, kamchiligi odn

3) Kompyuter lug'atlari: i afzalligi, kamchiligi

4) Xulosa.

"Keys-stadi" metodi - inglizcha so'z bo'lib, («case» - aniq vaziyat, hodisa, «stadi» - o'rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o'rganish, tahlil qilish asosida o'qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab

1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o'rganishda foydalanish tartibida qo'llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qayerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How), Nima-natija (What).

"Keys metodi" ni amalga oshiruvchi ish bosqichlari:

1-bosqich: Avtomatik tarjimaning ishlash jarayoni bilan tanishtirish. Faoliyat shakli va mazmunida yakka tartibdagi audio-vizual ish; keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda); axborotni umumlashtirish axborot tahlili; muammolarni aniqlash ishlari bajariladi.

2-bosqich: Avtomatik tarjima bo'yicha muammoni aniqlashtirish va o'quv topshirig'ni belgilash.

Faoliyat shakli va mazmunida individual va guruhda ishlash, muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash, asosiy muammoli vaziyatni belgilash kabi ishlar bajariladi.

3-bosqich: Avtomatik tarjimani tahlil etish orqali o'quv topshirig'ining echimini izlash, hal etish yo'llarini ishlab chiqish.

Faoliyat shakli va mazmuni individual va guruhda ishlash, muqobil echim yo'llarini ishlab chiqish, har bir echimning imkoniyatlari va to'siqlarni tahlil qilish, muqobil echimlarni tanlash.

4-bosqich: Avtomatik tarjima uchun keys echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.

Faoliyat shakli va mazmunida yakka va guruhda ishlash, muqobil variantlarni amalda qo'llash imkoniyatlarini asoslash, ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash, yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish kabi ishlar bajariladi.

Keys.Avtomatik tarjima tizimida ko'p ma'noli, omonim so'zlar tarjimasiga doir muammolarning mavjudligi. Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar: keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilash (individual va kichik guruhda). Avtomatik tarjimani amalga oshirish uchun bajariladagina ishlar ketma-ketligini belgilash (juftliklardagi ish).

«FSMU» metodining maqsadi talabalardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o'zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma'ruza mashg'ulotlarida, mustahkamlashda, o'tilgan mavzuni so'rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg'ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.

Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

- qatnashchilarga mavzuga oid bo'lgan yakuniy xulosa yoki g'oya taklif etiladi;

- har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog'ozlarni tarqatiladi: F- fikringizni bayon eting. S- fikringizni bayoniga sabab ko'rsating. M-ko'rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring. U- fikringizni umumlashtiring. Ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.

FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o'zlashtirilishiga asos bo'ladi.Bu metoddan namuna: Demak, fikr: "Avtomatik tahrir dasturining amalga oshirilishi imlo nuqsonlarining bartaraf etilishini ta'minlaydi.

Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.

"Blits-o'yin" metodining asosiy maqsadi o'quvchilarda tezlik, axborotlar tizmini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu metoddan talabalarni baholash va mavzuni mustahkamlashda qo'llansak samarali natijalarni beradi.Metod quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya'ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o'rganish talab etiladi. SHundan so'ng, ishtirokchilarga to'g'ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.

2. Navbatdagi bosqichda trener-o'qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a'zolarini o'z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta'sir o'tkazib, o'z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to'xtamga kelib, javoblarini "guruh bahosi" bo'limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

3. Barcha kichik guruhlar o'z ishlarini tugatgach, to'g'ri harakatlar ketma-ketligi trener-o'qituvchi tomonidan o'qib eshittiriladi, va o'quvchilardan bu javoblarni "to'g'ri javob" bo'limiga yozish so'raladi.

4. "To'g'ri javob" bo'limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo'limida berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so'raladi. SHundan so'ng "yakka xato" bo'limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo'shib chiqilib, umumiy yig'indi hisoblanadi.

5. Xuddi shu tartibda "to'g'ri javob" va "guruh bahosi" o'rtasidagi farq chiqariladi va ballar "guruh xatosi" bo'limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo'shiladi va umumiy yig'indi keltirib chiqariladi.

6. Trener-o'qituvchi yakka va guruh xatolarini to'plangan umumiy yig'indi bo'yicha alohida-alohida sharhlab beradi.

7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo'yicha o'zlashtirish darajalari aniqlanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, talabalarga tillarni o'rgatishda kompyuterdan unumli foydalanish ya'ni modulda lingvistikaga doir masalalar (tillarni o'qitish,

bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish kabilar)ni, zamonaviy interfaol ta'lim metodlarini kompyuter vositasida hal qilish yo'llari, kompyuter savodxonligi darajasini oshirish, mantiqiy to'g'ri, izchil fikrlashga o'rgatish, ularda nazariy bilimlarni shakllantirish va o'z yo'nalishlari bo'yicha amalda qo'llashga oid ko'nikmalarni hosil qilish kelajakda yurtimiz dovrug'ini ko'kka ko'taradigan yoshlar bo'lib etishishida bir omil bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanildan adabiyotlar:

1. Daniel Jurafskiy, James H. Martin. Speech and Language Processing: An introduction to natural language processing, computational linguistics and speech recognition (2007).

2. Manfred R. Computer Speech Schroeder, second edition in 2004.

3. Li Deng and Doug O'Shaughnessey"Speech Processing: A Dynamic and Optimization-Oriented Approach" published in 2003.

4. Baltayeva A. T. Shaping the critical thinking of pupils at literature lessons. // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 7 No. 10, 2019. Progressive Academic Publishing, UK. R.6-8.

5. Kharatova Sh. Kh., Tulaboeva G. T. innovative technologies in teaching english at transport university Eastern European Scientific Journal. UK. R.38-39.

6. Baltayeva A.T. Designing lessons aimed at teaching students to critically evaluate the personality of the heroes of the work of fiction. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. P.947-952.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.