Научная статья на тему 'MIS BOYITISH FABRIKASI CHIQINDILARIDAN TEMIRNI AJRATIB OLISH'

MIS BOYITISH FABRIKASI CHIQINDILARIDAN TEMIRNI AJRATIB OLISH Текст научной статьи по специальности «Химические технологии»

CC BY
44
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mis / chiqindi / boyitma / flotatsiya / shlak / koks / eritma / kek / sulfat kislota / tanlab eritish / shixta. / Copper / waste / concentrate / flotation / slag / coke / solution / cake / sulfuric acid / leaching / charge.

Аннотация научной статьи по химическим технологиям, автор научной работы — Sirojov T.T.

Maqolada boyitish fabrikasi chiqindilaridan temir metalini ajratib olish texnologiyasi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari taqdim etilgan. Bunga kо‘ra, boyitish fabrikalari chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha mahalliy hamda xorijiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida chiqindilar tarkibidan temir va uning birikmalarini ajratib olishning pirometallurgik va gidrometallurgik texnologiyalari о‘rganib chiqilib, ularning yutuq va kamchiliklari aniqlandi. Mis ishlab chiqarishda sulfidli mis-molibden rudalarini flotatsion boyitish davrida va temir rudalarini magnitli usulda boyitishdan so‘ng oksidlangan birikmalardan iborat katta miqdorda chiqindi hosil bo‘lishi aniqlandi. Bu chiqindilarni kimyoviy analizi uning tarkibida ko‘p miqdorda oksidlangan temir birikmalari borligini ko‘rsatdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXTRACTION OF IRON FROM COPPER PROCESSING PLANT WASTE

The article presents the results of research on the technology of extraction of ferrous metals from concentrator waste. Accordingly, based on the analysis of local and foreign literature on the processing of concentrators, the classical pyrometallurgical and hydrometallurgical technologies for the separation of iron and its compounds from the waste were studied and their advantages and disadvantages were identified. Copper production has been shown to generate large amounts of oxidized waste during flotation enrichment of sulfide copper-molybdenum ores and after magnetic enrichment of iron ores. Chemical analysis of the waste showed that it contained large amounts of oxidized iron compounds.

Текст научной работы на тему «MIS BOYITISH FABRIKASI CHIQINDILARIDAN TEMIRNI AJRATIB OLISH»

DOI 10.24412/2181-1431-2023-3-61-64 Sirojov T.T.

MIS BOYITISH FABRIKASI CHIQINDILARIDAN TEMIRNI

AJRATIB OLISH

Sirojov T.T. - t.f.b.f.d. (PhD), Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti "Metallurgiya" kafedrasi dotsenti

Annotatsiya. Maqolada boyitish fabrikasi chiqindilaridan temir metalini ajratib olish texnologiyasi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari taqdim etilgan. Bunga ko'ra, boyitish fabrikalari chiqindilarini qayta ishlash bo'yicha mahalliy hamda xorijiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida chiqindilar tarkibidan temir va uning birikmalarini ajratib olishning pirometallurgik va gidrometallurgik texnologiyalari o'rganib chiqilib, ularning yutuq va kamchiliklari aniqlandi. Mis ishlab chiqarishda sulfidli mis-molibden rudalarini flotatsion boyitish davrida va temir rudalarini magnitli usulda boyitishdan so'ng oksidlangan birikmalardan iborat katta miqdorda chiqindi hosil bo'lishi aniqlandi. Bu chiqindilarni kimyoviy analizi uning tarkibida ko'p miqdorda oksidlangan temir birikmalari borligini ko'rsatdi.

Kalit so'zlar: mis, chiqindi, boyitma, flotatsiya, shlak, koks, eritma, kek, sulfat kislota, tanlab eritish, shixta.

ИЗВЛЕЧЕНИЕ ЖЕЛЕЗА ИЗ ОТХОДОВ МЕДНОЙ ОБОГАТИТЕЛЬНОЙ ФАБРИКИ

Сирожов Т.Т. - д.ф.т.н. (PhD), доцент кафедры "Металлургия" Навоийского государственного горнотехнологического университета

Аннотация. В статье представлены результаты исследований технологии извлечения черных металлов из отходов обогатительных фабрик. Соответственно, на основе анализа отечественной и зарубежной литературы по переработке концентраторов изучены классические пирометаллургическая и гидрометаллургическая технологии выделения железа и его соединений из отходов и выявлены их преимущества и недостатки. Показано, что производство меди приводит к образованию большого количества окисленных отходов при флотационном обогащении сульфидных медно-молибденовых руд и после магнитного обогащения железных руд. Химический анализ отходов показал, что они содержат большое количество окисленных соединений железа.

Ключевые слова: медь, отходы, концентрат, флотация, шлак, кокс, раствор, кек, серная кислота, выщелачивание, шихта.

EXTRACTION OF IRON FROM COPPER PROCESSING

PLANT WASTE

Sirojov T.T - Doctor of philosophy in technical sciences (PhD), associate professor at the Department of Metallurgy, Navoi State Mining and Technology University

Annotation: The article presents the results of research on the technology of extraction of ferrous metals from concentrator waste. Accordingly, based on the analysis of local and foreign literature on the processing of concentrators, the classical pyrometallurgical and hydrometallurgical technologies for the separation of iron and its compounds from the waste were studied and their advantages and disadvantages were identified. Copper production has been shown to generate large amounts of oxidized waste during flotation enrichment of sulfide copper-molybdenum ores and after magnetic enrichment of iron ores. Chemical analysis of the waste showed that it contained large amounts of oxidized iron compounds.

Keywords: Copper, waste, concentrate, flotation, slag, coke, solution, cake, sulfuric acid, leaching, charge.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev boshchiligida 2020 yil 3 dekabr kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida, texnogen chiqindilarni qayta ishlash masalasiga bag'ishlangan mavzu muxokama qilinib, oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va tarmoq sohalari oldiga - fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb Ol vazifalari belgilab berildi [1]. Qayd etildiki, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya ^

kombinatlarida 3 mlrd. tonnaga yaqin texnogen chiqindilar to'plangan. Texnogen chiqindilarni yiliga 20 mln. tonna qayta ishlash hisobiga yiliga 2 tonna oltin, 8 tonna kumush, 10 ming tonna mis va noyob metallardan volfram va molibdenni ajratib olish imkoni mavjud. [6]. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyundagi "Kon-metallurgiya sanoatini va u bilan bog'liq boshqa yo'nalishlarni yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida"gi farmonida yuqori qo'shimcha qiymat keltiruvchi maxsulotlarni ishlab chiqarishga yo'naltirilgan ishlanmalarni yaratishga alohida e'tibor qaratilgan [7]. Respublikamizda kon-metallurgiya sanoati, pollimetallik rudalardan foydalanib barcha qimmatbaho metallarni kompleks ajratib olishning yangi innovatsion va takomillashtirilgan texnologiyalarni yaratishga va amaliyotda joriy qilishga erishilmoqda [2]. Bu borada Olmaliq kon metallurgiya kombinati AJ mis ishlab chiqarish chiqindi shlam mahsulotlarining qayta ishlangan elektrolit eritmalaridan qimmatbaho metallarni to'liq va sof holatda ajratib olishning yangi texnologiyalarini yaratish va takomillashtirishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Har yillik chiqadigan texnogen chiqindilarda toshqolni oladigan bo'lsak, 650 ming tonnadan ortiq toshqol suyuq holida tashlanma joyga tashlanib yuboriladi. Uning tarkibida 0,6-0,9% gacha mis, 30-40 % temir, 0,2-0,3 g/t oltin, 0,6 g/t kumush, 0,5 g/t palladiy bo'lsa, selen, tellur, reniy, indiy kabi metallar ham mavjud [3]. Shu maqsadda ayni vazifaning bajarilish dolzarbligini toshqolni qayta ishlashning muqobil omillarini qo'llagan holda mis va nodir metallarni ajratib olish usulini ishlab chiqish orqali belgilab beradi. Bundan tashqari har yili Mis eritish zavodida 210-230 ming tonna konverter shlagi hosil bo'ladi. 2-MBFda 180 ming tonnaga yaqini flotatsiya usulida qayta ishlanadi [4].

2-MBF chiqindilaridagi moddalar ^ tarkibi.

1-jadval

Kom-ponent Al Si Ti V Mn Fe Cu Zn Pb Co Mg

Miqdori 5,08 25,2 0,294 0,009 0,313 52,6 0,871 2,1 0,535 0,119 1,4

Mis boyitish fabrikasi chiqindisini qayta ishlashda chiqindi tarkibidagi temirning miqdori yuqori bo'lganligi va temir har xil ko'rinishda uchrahganligi uchun dastavval chiqindini ko'mir yordamida tiklovchi kuydirish amalga oshiriladi.[5] Laboratoriya pechida ya'ni Mufel pechida nazorat tajribalari o'tkazildi, bu esa texnogen chiqindi tarkibidagi temir oksidlarini koks yoki Angren ko'miri bilan tiklovchi kuydirish jarayono amalga oshirildi. Mis boyitish fabrikasi chiqindisini tiklovchi kuydirish jarayonida temperatura 900-1000°C ni tashkil qiladi, tiklovchining sarfi 25-30% va kuydirish davomiyligi 120 minutni tashkil qiladi.

1-rasm. Har xil temperaturada kuydirilgan kuyindining ko'rinishi: (a) 600 °C; (b) 800

°C; (c) 900 °C; (d) 1000 °C

Keyingi tadqiqotlar uchun chiqindining 6 ta namunasi minimal, oraliq va maksimal pasayish darajasi bilan tanlangan va tajriba o'tkazilgan. 6

Ushbu namunalar laboratoriya tegirmonida qo'shimcha yanchish va magnitli separatordan o'tkazildi. Olingan yuqori darajadagi temirli mahsulot qotishmalar olishga

Journal of Advances in Engineering ^ IffD/i® METALLURGY AND Technology Vol.3(11), 2023 " ^ 7 ° MINERAL PROCESSING

yuborildi. Tajribalar tiklovchi moddaning sarfi 15, 20, 25 % da, kuydirish davomiyligi esa 90 minutda, temperatura esa 900-1000°C da o'tkazildi.

Quyidagi rasmdan ko'rinib turibdiki 1000°C da kuydirilsa kuyindining fizik-mexanik xossalari yaxshi bo'ladi, Masalan sirtining zichligi, yaxshi mustahkamlik va yuqori antioksidant qobiliyati. Biroq, haroratning yanada oshishi bilan (1200 °C), pasaytirilgan granulalar sinterlanadi va yarim erigan holga keldi, bu esa sanoat sharoitida barqaror ishlashga to'sqinlik qildi. Bundan tashqari, 1200 ° C da tiklovchi kuydirilgandan so'ng, tashqi muhitda tushirilganda osongina oksidlanadi. Ushbu natijalarga asoslanib, 1000 ° C gacha bo'lgan harorat optimal ekanligi aniqlandi. Ko'mirning 25-30 % miqdorda bo'lishi yetarli hisoblanadi. Tiklovchi kuydirishda quyidagi reaksiyalar kechadi.

3Fe2O3 = 2Fe3O4 + O2,

3Fe203 +C0=2Fe304 + C02,

3Fe2O3 + H2 = 2Fe3O4+ H2O,

Fe3O4 + CO = 3FeO + CO2,

Fe3O4 + H2= 3FeO + H2O,

2Fe3O4 + 2CO + 3Si02= 3Fe2SiO4 + 2CO2,

2Fe3O4 + 2H2 + 3SiO2 = 3Fe2SiO4 +2H2O,

Fe2SiO4 + CaO = FeO + Ca2SiO4,

FeO+H2O=Fe+H2O

FeO+CO=Fe+CO2

Fe+C=(Fe-Fe3C)-nyryH

C+2FeO=2Fe+CO2

MeO+CFe=MeFe+CO2

CO+H2O=CO2+H2

C+CO2=2CO

2-rasm. Har xil temperaturada kuydirilgan kuyindining optik mikroskopda korinishi: (a) 600 °C; (b) 800 °C; (c) 900 °C; (d) 1000 °C A - metal fazasi; Bc - ko'mir; Fr - ferrit; Fa - fayalit; P - g'ovaklar; Slg - shlak; Hd -

gedenbergit W

2-Jadval

Tiklovchi modda sarfining tiklanish jarayoniga ta'siri_

Tiklovchi sarfi, % Temperatura, C Magnitli fraksiya % Magnitsiz fraksiya %

5 900 74 26

10 900 80,2 19,8

15 900 81,3 18,7

20 900 82 18

25 900 84,3 15,7

30 900 84,3 15,7

3-rasm. Tiklovchi modda sarfining tiklanish jarayoniga ta'siri.

Xulosa. Qimmatbaho import qilinadigan koks o'rniga mahalliy tiklovchi moddalar bilan almashtirish mumkinligini hisobga olib Angren ko'miridan foydalangan holda tajribalar o'tkazildi. Tajribalardan ko'rinib turibdiki koks tarkibidagi uglerod miqdoriga teng ko'mir tarkibli bilan bajarsa bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

[1]. К.С. Санакулов, А.С. Хасанов, Переработка шлаков медного производства'' Ташкент Издательство «Фан» Узбекистан 2007 г.

[2]. Хасанов А.С., Сирожов Т.Т., Уткирова Ш. И., Муртозаева М.М. "Исследование влияния хлоридовозгоночного обжига переработки медных шлаков" UNIVERSUM: ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ №3 (84).

[3]. Хасанов А.С., Толибов Б.И., Сирожов Т.Т., Ахмедов М.С. "Новые направления по созданию технологию грануляции шлаков медного производства" YВРАЗИЙСКИЙ СОЮЗ УЧЕНЫХ (ЕСУ). № 2 (71) / 2020

[4]. Сирожов Т.Т., Арипов А.Р., Уткирова Ш., Жумаев М. "Современное состояние теории и практики подготовки шлаков медного производства" Academy. № 1 (52), 2020.

[5]. Эшонкулов У.Х, Олимов Ф.М, Саидахмедов А.А, Туробов Ш.Н, Сирожов Т.Т., Шодиев А.Н. "Обоснование параметров контурного взрывания при сооружении горных выработок большого сечения в крепких породах" Научно-методический журнал. Достижения науки и образования. №19 Россия. 29-декабрь. 2018 года. 10-13с.

[6]. Хасанов А. С., Толибов Б.И, Сирожов Т.Т, Ханнонова М, Нурмуродов М.Н. "Переработка медных шлаков с извлечением цветных и черных металлов". Кончилик ва нефт-газ тармо^ларининг муаммолари ва инновацион ривожлантириш йуллари номли республика илмий-амалий анжумани, НДКИ Узбекистан Навоий шахри. 2016-йил 8-9 апрель 273 б.

[7]. Туробов Ш.Н, Каршибоев Ш, Саидахмедов А, Сирожов Т.Т., Ярлакабов С. Намазов С.З. "Исследование возможностиизвлечения ценых компонентов из техногенных отходов" «Advances in Seien» XI Международная научно-практическая конференция. 30-ноября 2017 года.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.