Научная статья на тему 'MIRZO ULUG‘BEKNING “ZIJI KO‘RAGONIY” ASTRONOMIK JADVALI HAQIDA'

MIRZO ULUG‘BEKNING “ZIJI KO‘RAGONIY” ASTRONOMIK JADVALI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
43
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdullaev A.H.

Temuriylar shahzodasi hisoblangan buyuk astronom va matematik olim Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1437-yilda astronomiyaga oid “Ziji Ko‘ragoniy” jadvali nashr etilgan. “Zij Ko‘ragoniy”ning Quyosh, Oy va sayyoralarning holatlariga tegishli jadvallari, aksariyat hollarda Samarqand rasadxonasi olimlarninng bevosita kuzatishlarining natijalari bo‘lib, o‘rta asr astronomiyasining eng aniq jadvallaridan hisoblanardi. Shu boisdan “Ziji Ko‘ragoniy”ning qo‘lyozmasi, o‘rta asrda turli joylarda katta tezlik bilan ko‘chirilib ko‘paytirila boshlandi. Bobur “Ulug‘bek ziji” haqida gapirib, XVI asrda dunyoda eng keng tarqalgan astronomik jadvallardan bo‘lganligini ta’kidlaydi [1, 44 b]. Ayniqsa, “Ulug‘bek ziji”ga tegishli yulduzlar katalogi (jadvali) aniqligi bilan keyingi asrlarda ko‘p g‘arb astronomlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yulduzlar katalogini tuzish va kuzatish ishlari olib borish bilan astronomlar juda qadimdan shug‘ullanishgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO ULUG‘BEKNING “ZIJI KO‘RAGONIY” ASTRONOMIK JADVALI HAQIDA»

MIRZO ULUG'BEKNING "ZIJI KO'RAGONIY" ASTRONOMIK

JADVALI HAQIDA

Abdullaev A.H.

o 'qituvchi,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11154518

Temuriylar shahzodasi hisoblangan buyuk astronom va matematik olim Mirzo Ulug'bek tomonidan 1437-yilda astronomiyaga oid "Ziji Ko'ragoniy" jadvali nashr etilgan. "Zij Ko'ragoniy"ning Quyosh, Oy va sayyoralarning holatlariga tegishli jadvallari, aksariyat hollarda Samarqand rasadxonasi olimlarninng bevosita kuzatishlarining natijalari bo'lib, o'rta asr astronomiyasining eng aniq jadvallaridan hisoblanardi. Shu boisdan "Ziji Ko'ragoniy"ning qo'lyozmasi, o'rta asrda turli joylarda katta tezlik bilan ko'chirilib ko'paytirila boshlandi.

Bobur "Ulug'bek ziji" haqida gapirib, XVI asrda dunyoda eng keng tarqalgan astronomik jadvallardan bo'lganligini ta'kidlaydi [1, - 44 b]. Ayniqsa, "Ulug'bek ziji"ga tegishli yulduzlar katalogi (jadvali) aniqligi bilan keyingi asrlarda ko'p g'arb astronomlarida katta qiziqish uyg'otdi. Yulduzlar katalogini tuzish va kuzatish ishlari olib borish bilan astronomlar juda qadimdan shug'ullanishgan.

"Ziji Ko'ragoniy"ning yulduzlar katalogidan 1018 ta yulduz o'rin olgan bo'lib, yulduz turkumlari bo'yicha Beruniyning yulduzlar katalogidagi kabi joylashtirilgan edi. Mazkur jadval o'zbek astronomi sharqshunos F. Jalolov tomonidan yaxshi o'rganilgan bo'lib, olimning ma'lum qilishicha, mazkur "Zij"da yulduzlarning ravshanliklarin xarakterlovchi kattaliklarini aniqlashda as-Sufiyning katalogidan keng foydalanilgan.

"Ulug'bek ziji" yulduzlarining jadvalini amerikalik sharqshunos olim E. Nobl har tomonlama o'rganib, Samarqand rasadxonasida, astronomik uzunlamasi bo'yicha 900 ta, kenglamasi bo'yicha esa 878 ta yulduz o'rganilganligini, qolgan yulduzlarning koordinatalari esa as-Sufiy yulduzlar katalogidan uzunlamasi bo'yicha tuzatish kiritib aniqlanganini ma'lum qiladi.

430 sahifali "Ziji Ko'ragoniy"ning atigi 5 foizi yulduzlar jadvalini tashkil etadi. Shuni aytish joizki, Samarqand rasadxonasi astronomlarinig o'z oldilariga qo'ygan asosiy vazifalari, ko'pchilik o'ylaganidek, yulduzlar katalogini tuzishgina bo'lmay, balki Quyosh, Oy hamda sayyoralarni (jumladan, Utorud, Zuhro, Mirrix, Mushtariy va zuhallarni) sistemali kuzatish asosida, astronomiyadagi asosiy doimiy kattaliklarni - ekliptikaning ekvatorga og'maligini, yulduz yilning uzunligi va shu kabi boshqa astronomik kattaliklarni aniq qiymatlarini topish bo'lgan.

"Ziji Ko'ragoniy" jadvallarining qariyb 80 foizi Quyosh, Oy va beshta sayyoraga bag'ishlangan. Bu jadval ma'lumotlari asosida "Zij"ning so'nggida astrologiya ehtiyoji uchun zarur bo'lgan bir necha jadvallar keltirilgan. Shu munosabat bilan Navoiyning zamondoshi, astronom Nizomiddin Birjandiy o'zining "Ziji Ko'ragoniy"ga sharxida: "Astronomlarning oldida, eslatilgan yetti yoritgichning harakatini o'rganish, ularga tegishli asosiy doimiy kattaliklarni aniqlash yotadi. Natijaviy maqsad esa, bu kattaliklarga tayangan holda, ularning kelajakdagi o'rinlarini aniqlash va Yerda ularning osmondagi o'rinlariga bog'liq ravishda ro'y beradigan hodisalarni oldindan aytishdir", - deb yozadi.

Turli astronomik hodisalar, ayniqsa, Quyosh va Oy tutilishlari vaqtini oldindan aniqlash maqsadida, mazkur tutilishlar ko'zatiladigan shaharlar, aholi punktlarining koordinatalarini aniqlash zaruriyati tug'iladi. Samarqand rasadxonasining olimlari "Ziji Ko'ragoniy" jadvallarini tuzishda aniq kalendar sifatida oy-hijriy kalendarini tanlaganlar. Oy, Quyosh va sayyoralarning istalgan paytdagi o'rinlarini topish uchun hisob boshi qilib (bu xildagi jadvallar uchun tanlangan bunday kunni astronomlar tengkunlik deb yuritishadi), hijriy 841 yili muharram oyining boshini, boshqacha aytganda, o'sha yilning boshlanish - yangi yil kirish kunini olishgan edi. Bu kun milodiy hisobda 1437 yilning 4 iyul (payshanba) kuniga to'g'ri keladi. Bu davrni yulduzlar katalogini tengkunlik sifatida olinishi, birinchidan, bu kun Samarqand rasadxonasida astronomik kuzatishlar o'tkazilgan davrning (1420-1450 yillar) taxminan o'rtalariga to'g'ri kelishidan bo'lsa, ikkinchidan, mazkur tengkunlik, hijriy yil hisobining kabisa yillarini belgilash uchun qabul qilingan navbatdagi 30 yillik siklining (tartibga ko'ra 29-siklning) boshlanishiga to'g'ri kelardi. "Zij" jadvallarida Quyosh, Oy holatlarining o'zgarishi va boshqa ayrim ma'lumotlar 841871 yillar (ya'ni to'la 30 yillik sikl yillari) uchun berilgan bo'lib, bunday hol mazkur jadvallardan foydalanishda sezilarli qulaylik yaratishi bilan muhim edi [2, - 276 b].

"Ziji Ko'ragoniy"ning yozilgan davri va bunda kimlar bevosita ishtirok qilganligiga oid tarixiy ma'lumotlarning yetarli emasligi, ba'zan esa ularda uchraydigan fikrlarning qarama-qarshiligi tufayli, olimlar bu masalada hali-hanuzgacha bahslashishda davom qiladilar. Astronom F. Jalolov va ko'pchilik tadqiqotchilar "Zij"ning so'z boshisida keltirilgan "soxta va pardoxta" so'zini rasadxona qurilishiga tegishli deb tushunib noto'g'ri tarjima qilishganini, aslida esa bu ibora "Ziji Ko'ragoni"ni tuzish va rasmiylashtirishga (taxt qilishga) bag'ishlangan degan fikrni bildiradi.

"Ziji Ko'ragoniy" jadvallarining qariyb 80 foizi Quyosh, Oy va beshta sayyoraga bag'ishlangan. Bu jadval ma'lumotlari asosida "Ulug'bek ziji"ning so'ngida astrologiya ehtiyoji uchun zarur bo'lgan bir necha jadvallar keltirilgan. Shu munosabat bilan Navoiyning zamondoshi astronom Abd al-Ali Birjandiy o'zining

"Ziji Ko'ragoniy"ga sharhida: "Astronomlar oldida eslatilgan yetti yoritg'ichning harakatini o'rganish, ularga tegishli asosiy doimiy kattaliklarni aniqlash vazifasi turadi. Natijaviy maqsad esa, bu kattaliklarga tayangan holda, ularning kelajakdagi o'rinlarini aniqlash va Yerda ularning osmondagi o'rinlariga bog'liq ravishda ro'y beradigan hodisalarni oldindan aytishdir", - deb yozadi.

Turli astronomik hodisalar, ayniqsa, Quyosh va Oy tutilishlari vaqtini oldindan aniqlash maqsadida mazkur tutilishlar kuzatiladigan shaharlar, aholi punktlarining uzunlama va kenglamalarini aniqlash zaruriyati tug'iladi. "Ziji Ko'ragoniy"da 247 shahar va aholi punktlarining koordinatalari keltirilgan. Rasadxona olimlari tomonidan qancha shaharning geografik koordinatalari bevosita aniqlanganini aytish qiyin. Chunki "Zij"da keltirilgan shaharlarning muayyan qismi Nasiriddin at-Tusiyning "Ziji Elxoniy"sida ham keltirilgan.

Samarqand akademiyasi olimlari "Ziji Ko'ragoniy" jadvallarini tuzishda aniq kalendar sifatida oy-hijriy kalendarini tanlaganlar. Oy, Quyosh va sayyoralarning istalgan paytdagi o'rinlarini topish uchun hisob boshi qilib (bu xildagi jadvallar uchun tanlangan bunday kunni astronomlar tengkunlik deb yuritishadi) hijriy 841 yil muharram oyining boshini, boshqacha aytganda, o'sha yilning boshlanish - yangi yil kirish kunini olishgan edi. Bu kun milodiy hisobda 1437 yilning 4 iyul (payshanba) kuniga to'g'ri keladi. Bu davrni yulduzlar katalogining tengkunligi sifatida olinishi, birinchidan, bu kun Samarqand rasadxonasida astronomik kuzatishlar o'tkazilgan davrning(1420-1450 yillar), taxminan, o'rtalariga to'g'ri kelishidan bo'lsa; ikkinchidan, mazkur tengkunlik, hijriy yil hisobining kabisa yillarini belgilash uchun qabul qilingan navbatdagi 30 yillik tsiklning(tartibga ko'ra, 29-tsiklning) boshlanishiga to'g'ri kelardi. "Zij" jadvallarida Quyosh, Oy holatlarining o'zgarishi va boshqa ayrim ma'lumotlar 841-871 yillar(ya'ni to'la 30 yillik tsikl yillari) uchun berilgan bo'lib, bunday hol mazkur jadvallardan foydalanishda sezilarli qulayligi bilan muhim edi.

Umumiy xulosaga to'xtalganimizda, buyuk astranom va matematik olim Mirzo Ulug'bek shunday asarlar yarata olganki, bu asarlarnini xatto bunggi kunda ham G'arb va Sharq olimlari tomonidan chuqur o'rganib kelinadi. Astronomiya sohasidagi mukammal asarlardan biri "Ziji Ko'ragoniy"dir. Bu asardan bilishimiz mumkinki, buyuk olim o'rta asrlarda ham fundamental fanlarning rivojiga beqiyos hissa qo'shgan. YUNESKOning Bosh kotibi bo'lgan Federiko Mayor Ulug'bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kampyuter yordamida tekshirib ko'rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan gapni aytgan [3, - 46 b]. Bizning buyukligimizga tarix guvohlik berib kelmoqda.

Adabiyotlar:

1. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. Т., 1989, 44-бет.

2. Шамукарамова Ф. Жизнь и творчество Мирзо Улугбека в историографии XX века. - Мирзо Улугбекнинг хаёти ва ижоди XX аср тарихшунослигида. - Тошкент: Yangi nashr, 2012. - 276 б.

3. Ислом Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: «МАЪНАВИЯТ», 2009. - 46 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.