MIN�RAL VA ORGANIK O�G�ITLAR VA ULARNING ISHLATILISHI
Haydarov Bekzod Hamza o�g�li
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali
Abdurimov Akbar Sayfiddinovich
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali
Egamova Munira Qarshiboevna
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali
https://doi.org/10.5281/zenodo.7749122
Annotatsiya: Ushbu maqola o`g`itlar, va ularning turlari, o`simliklarning oziqlanishi uchun k�rakli azotning asosiy manbai sifatida tutgan o`rni asosida tashkil qilinadi.
Kalit so`zlar: Azotli o`g`itlar, ammiak-nitratli, tuproq kolloidlari, ammoniy nitrat, gigroskopik, moch�vina.
MIN�RAL O`G`ITLAR. Azotli o`g`itlar o�simliklarning oziqlanishi uchun k�rakli azotning asosiy manbai nitrat kislota tuzlari va ammoniy tuzlaridir. Hozirgi vaqtda hamma davlatlarda azotli o`g`itlarning bir n�cha turi: ammiak-nitratli (ammiakli s�litra, ohakliammiakli s�litra, ammoniy sulfat-nitrat, suyuq ammiakatlar), ammiakli (ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, suyuq ammiak, ammiakli suv, ugl�rodammiakatli, nitratli (natriyli s�litra, kaltsiyli s�litra), amidli (moch�vina, kaltsiy sianamid), moch�vina-formald�gid o`g`itlar ishlab chiqarilmoqda. Ammiak-nitratli o`g`itlar Ammiakli s�litra NH4NO3 tarkibida 34,7% azot bo`ladi. U juda gigroskopik, kuchli darajada zich yopishib qoladi. Ximiya sanoati qishloq xo`jaligi uchun sharsimon va tangacha ko`rinishidagi ammoniy nitrat ishlab chiqarmoqda. Bunday azotli o`g`itda eng kamida 34,7% azot bo`ladi, namligi esa 1,0% dan oshmaydi. Ammoniy nitrat n�ytral yoki kuchsiz kislotali xossaga ega bo`lishi k�rak. Uni faqat quruq binoda saqlash lozim. Ammoniy nitrat tuproq namida t�z va to`liq eriydi. NH4 + va NO3 - ionlarni ildizlar yaxshi singdiradi.
Almashinuvchi singdirish natijasida ammoniy ionlarini tuproq kolloidlari adsorbtsilaydi, NO3 - anioni esa eritmada 11 kaltsiy, magniy va boshqa ionlar bilan r�aktsiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi. Shu sababli ammiakli s�litra fiziologik kislotali o`g`itlar qatoriga kiritiladi. Ammiakli o`g`itlar Ammoniysulfat (NH4)2 SO4 tarkibida 20,5�21 % azot bo`ladi, u suvda yaxshi eriydi, saqlab qo`yilganda bir oz yopishib qoladi. O`g`itning gigroskopikligi u qadar yuqori emas. Tuproqda ammoniy sulfat tuproqning suyuq va qattiq fazalaridagi kationlar bilan almashinish r�aktsiyalariga t�z kirishadi. Bunda ammoniy ionlarning anchagina qismi tuproqning singdiruvchi kompl�ksiga o`tadi, kam harakatchan bo`lib qoladi.
Nitrat azoti tuproq kolloidlari tomonidan yutilmaydi va erimaydigan birikmalar hosil qilmaydi, tuproq eritmasining o`zida qoladi. Ammoniy sulfatning qishloq xo`jalik ekinlariga ta�sirini kuchaytirish uchun kislotali chimli-podzol tuproqlarga ohak solish k�rak. Bundan tashqari bu o`g`itni tuproqqa solish oldidan uni yanchilgan bo`r, ohaktosh, dolomit bilan n�ytrallash foydalidir. Ammoniy xlorid fiziologik nordon o`g`it. Ammoniy karbonat (NH4)2CO3� kristall mahsulot, juda b�qaror, u ochiq havoda ammiak ajratib parchalanadi va ammoniy gidrokarbonatga aylanadi. Bu o`g`itning tarkibida 17%� azot bo`ladi. Suyuq ammiakli o`g`itlar qishloq xo`jaligida qattiq azotli o`g`itlar bilan bir qatorda suyuq azotli o`g`itlar ham: suvsiz (suyuq) ammiak, suvli ammiak (ammiakli suv), ammiakatlar ham ishlatiladi. Suvsiz ammnak tarkibida 82,3% azot bo`ladi. U tuproqqa solingandan k�yin suyuq holatdan gazga aylanadi va tuproq namligiga yutilib, ammony gidroksid hosil qiladi. Ammiakli suv � ammiakning suvdagi eritmasi bo`lib uning ikki xil ishlab chiqariladi. Birinchi navi 20,5% azot (25% ammiak), ikkinchi navida 16% azot (20 % ammiak) bo`ladi. Tuproqqa solingan ammiak tuproq kolloidlari bilan fizik-ximiyaviy bog`lanishga uchraydi.
Ammiakatlar tarkibida 30�35% azot bo`ladi. Ularni suyuq ammiakda ammiakli s�litra, kaltsiyli s�litrani yoki ammiakli s�litra bilan moch�vinani 13 birgalikda eritish yo`li bilan hosil qilinadi. Ammiakatlar ham asosan ammiak � nitratli o`g`itlarga o`xshash fizik-ximiyaviy xossalarga ega. Ularning tarkibida azot ammiak va nitrat shaklida bo`ladi. U suvda yaxshi eriydi, s�zilarli darajada gigroskopik, namlik yuqori bo`lganda qayta kristallanib, yirik kristallarga aylanadi. Nitrat azoti tuproqlarda fizikximiyaviy singishlarga uchramaydi, u mikroorganizmlar tomonidan o`zlashtiriladi. Bu ishqoriy o`g`it. Uning tuproqqa ko`p marta solinishi gidrolitik va almashinuvchi kislotalilikni kamaytiradi, ammo tuproqning asoslarga to`yinganlik darajasini oshiradi.
Kaltsiyli s�litra Ca (NO3)2 tarkibida 13% azot bo`ladi. Kaltsiyli s�litra � gigroskopik modda. Bu fiziologik kislotali o`g`it. Tarkibida amid shaklidagi azot bo`ladigan o`g`itlar Moch�vina (karbamid) CO (NH2)2 azotga boy, uning tarkibidagi azot 46% ni tashkil qiladi. Bu esa moch�vinani tuproqqa solishda uning bir t�kis tushishini ta�minlashga alohida e�tibor b�rishni talab etadi. Moch�vina turli xil ekinlarga solinadi. Kalsiysinamid CaCN2 tarkibida 19�21 % azot bo`ladi. Bu qora yoki to`q kul rang nozik kukun holatdagi o`g`it. Kaltsiy sianamid � ishqoriy o`g`it. Hozirgi vaqtda paxta t�rimi oldidan g`o`za bargini to`kish (d�foliatsiya qilish) uchun ishlatiladi. Sianamid barglardagi xlorofillni buzadi, natijada barglar to`kiladi. Bu ish naxtaning �tilishini t�zlashtiradi va paxta t�rish mashinalarining ishini �ngillashtiradi. Moch�vina � formald�gid o`g`itlar Karbamidform� qiyin eriydigan azotli o`g`it. Uning tarkibida umumiy azot 37% dan 40% gacha bo`lib, shundan suvda eriydigani faqat 4� 10%. Moch�vina-formald�gid smola s�rnam va sug`oriladigan �rlar uchun istiqbolli o`g`it hisoblanadi.
Fosforli o`g`itlar. Fosforli o`g`itlarning hamma turi uch gruppaga: suvda eriydigan, faqat kuchsiz kislotalarda eriydigan, suvda erimaydigan va kuchsiz kislotalarda 14 yomon eriydigan o`g`itlarga bo`linadi. Eng ko`p qo`llaniladiganlari birinchi gruppa fosforli o`g`itlar hisoblanadi. Kukunsimon sup�rfosfat Ca(H2PO4)2 to`q kul rang (fosforitdan) yoki och kul rang (apatitdan) ko`rinishda bo`ladi. Tuproqqa solinganda kaltsiy digidrofosfat tuproq karbonatlari ta�sirida kaltsiy gidrofosfatga ancha t�z aylanadi:
Ca(H2PO4)2 + Ca(HCO3)2 = 2CaHPO4-2H2O + CO2
Bu r�aktsiya n�ytral tuproqqlarda kuzatiladi. Karbonatlar ishtirokida bu o`zgarish qisman yana davom etadi:
Ca(H2PO4)2 + 2Ca(HCO3)2 = Ca3(PO4)2 + 4H2O + 4CO2
N�ytral tuproqlarda fosforning kaltsiy gidrofosfat va kaltsiy fosfat hosil qilib kimyoviy singishi tufayli u tuproqda kam harakatchan bo`lib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nishonov M. �Maktabda kimyodan laboratoriya ishlari�. T.�O�qituvchi� 2005 y.
2. Zokirov X.X. Agrokimyo Toshkent �Universitet� 1998y.
3. Sudarina A.A. Orlova A.N �Ximiya qishloq xo`jaligida�. T. �O�qituvchi� 1989 y.
4. Musayev B.S. �Agrokimyo� Toshkent �Sharq� nashriyoti 2001 y