Научная статья на тему 'MILLIY IQTISODIYOT REAL SEKTORINING INNOVASION RIVOJLANISHINI MOLIYALASHTIRISHDA BANK SEKTORINING ISHTIROKINI OSHIRISH'

MILLIY IQTISODIYOT REAL SEKTORINING INNOVASION RIVOJLANISHINI MOLIYALASHTIRISHDA BANK SEKTORINING ISHTIROKINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
485
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyotni innovasion rivojlantirish / real sektorni investisiyalash / innovatsiyalarni moliyalashtirish / qimmatli qog‘ozlar bozori / bank investisiyalari / bank resurs bazasi / bank kapitali / bank aksiyalari investisiya jozibadorligi / innovative development of the economy / real sector investment / innovation financing / stock market / bank investment / bank resource base / bank capital / investment attractiveness of bank shares.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Razzoqov Nursulton Rauf O‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innovasion rivojlantirish katta hajmda investisiya talab qilib, bunda banklarning ishtirokini oshirish uchun ularning fond bozorida faolliklarini oshirishlari, qimmatli qog‘ozlar yordamida o‘zlariga investisiya jalb qilishi va real sektor korxonalariga reinvestisiya qilishlari lozim. O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti real sektorini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini oshirish imkoniyatini oshirish uchun ular resurs bazasini, jumladan o‘zlik kapitalini oshirish kerak. Buning uchun bank aksiyalari investision jozibadorligini oshirish kerak

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING THE PARTICIPATION OF THE BANKING SECTOR IN FINANCING THE INNOVATIVE DEVELOPMENT OF THE REAL SECTOR OF THE NATIONAL ECONOMY

Innovative development of the economy of the Republic of Uzbekistan requires a large amount of investment, in order to increase the participation of banks, they need to increase their activity in the stock market, attract investment through securities and reinvest in real sector enterprises. In order to increase the participation of commercial banks in financing the real sector of the national economy of Uzbekistan, they need to increase their resource base, including equity. To do this, it is necessary to increase the investment attractiveness of bank shares.

Текст научной работы на тему «MILLIY IQTISODIYOT REAL SEKTORINING INNOVASION RIVOJLANISHINI MOLIYALASHTIRISHDA BANK SEKTORINING ISHTIROKINI OSHIRISH»

MILLIY IQTISODIYOT REAL SEKTORINING INNOVASION RIVOJLANISHINI MOLIYALASHTIRISHDA BANK SEKTORINING

ISHTIROKINI OSHIRISH

Razzoqov Nursulton Rauf o 'g'li Bank - moliya akademiyasi tinglovchisi

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innovasion rivojlantirish katta hajmda investisiya talab qilib, bunda banklarning ishtirokini oshirish uchun ularning fond bozorida faolliklarini oshirishlari, qimmatli qog'ozlar yordamida o'zlariga investisiya jalb qilishi va real sektor korxonalariga reinvestisiya qilishlari lozim. O'zbekiston milliy iqtisodiyoti real sektorini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini oshirish imkoniyatini oshirish uchun ular resurs bazasini, jumladan o 'zlik kapitalini oshirish kerak. Buning uchun bank aksiyalari investision jozibadorligini oshirish kerak.

Kalit so'zlar: iqtisodiyotni innovasion rivojlantirish, real sektorni investisiyalash, innovatsiyalarni moliyalashtirish, qimmatli qog'ozlar bozori, bank investisiyalari, bank resurs bazasi, bank kapitali, bank aksiyalari investisiya jozibadorligi.

Аннотация: Инновационное развитие экономики Республики Узбекистан требует большого объема инвестиций, для увеличения участия банков им необходимо повысить свою активность на фондовом рынке, привлечь инвестиции через ценные бумаги и реинвестировать в предприятия реального сектора. Для увеличения участия коммерческих банков в финансировании реального сектора национальной экономики Узбекистана им необходимо увеличить свою ресурсную базу, в том числе собственный капитал. Для этого необходимо повысить инвестиционную привлекательность акций банка.

Ключевые слова: инновационное развитие экономики, инвестиции в реальный сектор, финансирование инноваций, фондовый рынок, банковское вложение, ресурсная база банка, банковский капитал, инвестиционная привлекательность акций банка.

Abstract: Innovative development of the economy of the Republic of Uzbekistan requires a large amount of investment, in order to increase the participation of banks, they need to increase their activity in the stock market, attract investment through securities and reinvest in real sector enterprises. In order to increase the participation of commercial banks in financing the real sector of the national economy of Uzbekistan, they need to increase their resource base, including equity.

To do this, it is necessary to increase the investment attractiveness of bank shares.

913

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: innovative development of the economy, real sector investment, innovation financing, stock market, bank investment, bank resource base, bank capital, investment attractiveness of bank shares.

Innovatsiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini va raqobatbardoshligini ta'minlash, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o'rni va nufuzini yanada oshirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Shu sababli bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi o'z iqtisodiyoti barqarorligini ta'minlash, aholi farovonligini oshirishda innovatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanishga katta e'tibor qaratmoqda. Shu bilan birgalikda, bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida tijorat banklarini aholi va biznes vakillari jamg'armalarining investisiyalarga aylanishiga, iqtisodiyotda uzoq muddatli pullarning shakllanishiga xizmat qiladigan moliya institutlariga transformatsiya qilish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Investision muhitning yaxshilanishi natijasida tashqi, shu jumladan, to'g'ridanto'g'ri investisiyalar o'sish sur'atlarining oshishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, ma'lum bir tarmoqlarni faqatgina kreditlar bilan qo'llab-quvvatlash va markazlashgan investisiyalarni yo'naltirish mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun yetarli emas. Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish, mehnat unumdorligi va energiya iste'moli samaradorligini oshirib borish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, biznesni tashkil etish va yuritishni yengillashtirishga qaratilgan davomli tarkibiy islohotlar uzoq muddatli iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi asosiy omillar bo'lib hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish, innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish orqali iqtisodiyotni yanada rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta'minlash belgilangan1. Buning uchun bazaviy sohalarda ishlab chiqarishni qayta qurish, yangi va zamonaviy texnologiyalarni faol joriy qilish va modernizatsiyalashni jadallashtirish orqali tarmoqlar va hududlarda tuzilmaviy o'zgarishlarni amalga oshirish, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va mutanosiblikni ta'minlash, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish lozimdir.

Hozirda respublikamiz tomonidan faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlashga katta ahamiyat berilmoqda, davlat investisiya

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

dasturlarida innovatsiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etish, innovatsiyalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, rivojlanishining barcha bosqichlarida moliyaviy ta'minlash masalalari inobatga olinmoqda. Bunda mazkur maqsadga erishishda, iqtisodiyot real sektoriga katta investisiya kiritish, xususan, bank moliyalashtirish ko'lamini kengaytirish kerak.

Innovatsiyalarni amalga oshirish investisiyalar bilan bevosita bog'liqdir. Shu sababli mamlakatimizda innovatsiya siyosatini olib borishda investisiyalarning samarali ishtirokini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratib kelinmoqda. Buning natijasida milliy iqtisodiyotga jalb etilayotgan investisiyalar hajmi, ular yordamida ishlab chiqarishga joriy etilayotgan zamonaviy va ilg'or texnologiyalarga asoslangan loyihalarning

700000,0 600000,0 500000,0 400000,0 300000,0 200000,0 100000,0 0,0

2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 -A-Инвестиция/iap —ЯИМ

1-rasm. O'zbekistonda YalM va asosiy kapitalga investisiyalar dinamikasi (mlrd. so'm)2

sonining yil sayin ortib borishini ta'minlash, bunda tijorat banklari uzoq muddatli investision kreditlarini keng ko'lamda ajratish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Natijada, yildan-yilga asosiy kapitalga investisiyalar va YaIM hajmlari oshib bormoqda (1-rasm).

Banklar tomonidan innovatsiya faoliyati bilan shug'ullanidigan korxonalar innovatsiya loyihalarinining risk darajasi juda yuqori, likvidliligi past degan baho berilmoqda. Bu ushbu korxonalarga bank kreditlarini ajratishda muammolarni yuzaga

keltirib chiqarmoqda. Ushbu muammolami hal qilish yo'llarini, yangi moliyalashtirish usullarinin ilmiy-nazariy hamda uslubiy jihatdan chuqur tadqiq etish muhim vazifa hisoblanadi va mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.

Iqtisodiyot sektorlarini innovasion rivojlantirishni keng ko'lamda moliyalashtirishning halqaro amaliyotda keng tarqalgan usullaridan biri - bu fond bozorida kompaniyalar kapitalizatsiya darajasining oshirilishidir.

Jahon amaliyoti kompaniyalar kapitalizatsiya darajasini oshirishda va qarz kapitalini jalb qilishda zamonaviy fond industriyasining juda katta investision salohiyatga ega ekanligini ko'rsatmoqda. Fond bozorining oddiy kredit bozoridan eng katta farqi mablag'ni tezkor olinishi va kattaroq hajmda investorlarning keng ommasidan olish mumkinligi bilan belgilanadi. Masalan, 2020 yilning birinchi choragidayoq jahonning yetakchi fond maydonchalarining birinchi o'ntaligida 23 trln. dollarlik savdo bo'lgan (2-rasm).

2-rasm. 2020 yilning birinchi choragida savdolar hajmi bo'yicha yetakchilik qilgan savdo maydonchalarning birinchi o'ntaligi (mlrd. doll.)3

Bu esa o'sha davr jahon YaIMning kattaligiga teng bo'lmoqda. Agar respublikamiz ko'lamlarini inobatga olsak, fond bozorimiz faolligi jahon fond bozori darajasining hech bo'lmaganda yarmisini tashkil qilsa, milliy iqtisodiyotimizga har yili 25-30 mlrad doll. qo'shimcha investisiya kiritish imkoniyati paydo bo'lar edi.

Shu bilan birga O'zbekiston tijorat banklari investisiya faoliyatini keng ko'lamda olib borishlari uchun ular o'z resurs bazasini kengaytirishi, xususan bank kapitalini o'stirish talab qilinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Bank kapitalini oshirish uchun uning daromadliligini oshirish kerak. Masalan, Bank of America misolida ROE ko'rsatkichi tushib ketganida bank aksiyalari bozor narxining ham tushib ketganini ko'rishimiz mumkin. Oqibatda bank kapitali o'smay qolgan, va aksincha, ROE ko'rsatkichi ko'tarilganda bank kapitali barqaror o'suvchi tendensiyani ko'rsatgan (3-rasm).

3-rasm. Bank of America kapitali, aksiya bozor narxi va ROE ko'rsatkichining o'zgarish dinamikasi4.

Bunda bozor kon'yunkturasi kuchli ta'sir qilgan. ROE ko'rsatkichi LIBORga teng yoki past bo'lgan yillarda aksiya narxi ham past bo'lgan ekan.

Ushbuga o'xshash holat O'zbekiston banklari kapitalizatsiya darajsining past darajada qolayotganiga ta'sir qilayotgan bo'lishi mumkin. Masalan, "O'zsanoatqurilishbank" ATB ROE ko'rsatkichi qayta moliyalashtirish stavkasidan kichik bo'lmoqda (4-rasm). Bu holat esa uning aksiyalari investisiya jozibadorligiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan bo'lishi mumkin.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

4-rasm. "O'zsanoatqurilishbank" ATB ROE ko'rsatkichining dinamikasi5.

Tarkibiy islohotlar doirasida iqtisodiy rivojlanishda ichki manbalarga tayanish, aholi va biznes vakillari jamg'armalarini investisiyalarga aylantirish, ishlab chiqarish va eksport tarkibi, bozorlarni diversifikatsiya qilish kabi choralarni jadallashtirish talab etiladi. Buning uchun esa tijorat banklari aksiyalarini respublika xususiy investorlari nazarida investisiya jozibadorligini oshirish talab qilinadi. Ushbu sharoit O'zbekiston tijorat banklari tomonidan faqat past riskli va chegaralangan daromadlilikdagi kredit faoliyatini yuritilishi bilan chegaralanmasdan, balki chegaralangan riskli va yuqori daromadli investisiya faoliyati bilan ham shug'ullanishini kengaytirish, buning uchun bank aktivlari va kapitalining rentabelligiga kuchaytirilgan talablarni qo'yish lozim bo'ladi. Iqtisodiy sharoit va global tendensiyalar ta'sirlarini inobatga olgan holda endilikda tijorat banklari Boshqaruvi faoliyatini baholashning konsepsiyasini tubdan o'zgartirish vaqti keldi. Xususan bank menejmenti faoliyatini baholashda asosiy ahamiyat beriladigan ko'rsatkichlar qatoriga bank kapitalizatsiya sur'atini ham kiritish kerak. Bank boshqaruvi raislarini tanlashda bank uchun yuqoriroq kapitalizatsiya darajasini va'da qilgan nomzodlarga ustuvorlik berib ishga olish amaliyotini qo'llash ahamiyatlidir.

Shu bilan birga, tijorat banklari kengashlari (kuzatuv kengashlari) bank dividend siyosatini tubdan qayta ko'rib chiqib, uni bank aksiyalarining aksiyadorl ar uchun daromadlilgini va likvidligini oshirilishga va risklarini pasaytirishga qaratish yuzasidan ish olib borishlari kerakdir.

5 EaHK xHCOÖOT^apn acocnga Myaran^ TOMOHHgaH Ty3H^raH.

918

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Yuqoridagilarni inobatga olib milliy iqtisodiyot real sektorining innovasion rivojlanishini moliyalashtirishda bank sektorining ishtirokini oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin:

1. Tijorat banklari tomonidan aksiyalar va obligatsiyalar chiqarilish hajmilarini keskin oshirish.

2. Investorlarning keng ommasiga fond instrumentlari bilan operatsiyalar qilishini qulaylashtirish uchun mobil aloqa dasturiy platformalari yordamida shaxsiy bank hisobini boshqarilgani kabi qo'l telefonlari orqali fond birjasi chakana savdolarida ishtirok qilish imkoniyatini yaratish.

3. Mobil banking funksiyalarini kengaytirgan holda har bir plastik egalari uchun bankda pul hisobiga parallel ravishda depozitar hisoblarning avtomat tarzida ochilishini yo'lga qo'yish.

4. Mijozlar plastik kartalarini boshqaruvchi mobil dasturiy platformani fond bozori instrumentlari bilan operatsiyalar va ushbu bilan bog'liq tranzaksiyalar qilish imkoniyatini beruvchi opsiyalar bilan boyitish.

5. O'zbekiston tijorat banklari tomonidan faqat past riskli va chegaralangan daromadlilikdagi kredit faoliyatini yuritilishi bilan chegaralanmasdan, balki chegaralangan riskli va yuqori daromadli investisiya faoliyati bilan ham shug'ullanishini kengaytirish.

6. Bank aktivlari va kapitalining rentabelligiga kuchaytirilgan talablarni qo'yish.

7. Tijorat banklari Boshqaruvi faoliyatini baholashda asosiy ahamiyat beriladigan ko'rsatkichlar qatoriga bank kapitalizatsiya sur'atini ham kiritish. Bank bosh menejerlarini tanlov asosida ishga yollaganda yuqoriroq kapitalizatsiya darajasini va'da qilgan nomzodlarga ustuvorlik berib ishga olish amaliyotini qo'llash.

8. Banklar dividend siyosatini tubdan qayta ko'rib chiqish.

1. Повышение капитализации акционерно-коммерческого банка: монография / И.Б. Турсунов. - Т.: Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи, 2020. 104 С.

2. Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони билан тасдикланган 2017-2021 йилларда Узбекистан Республикасини ривожлантиришнинг Хдракатлар стратегияси.

3. https://cbu.uz/upload/medialibrary/b52/Monetary-Policy-Guidelines-

REFERENCES

2020_2022.pdf.

Scientific Journal Impact Factor

4. Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони билан тасдикланган 2017-2021 йилларда Узбекистан Республикасини ривожлантиришнинг Хдракатлар стратегияси.

5. Повышение капитализации акционерно-коммерческого банка: монография / И.Б. Турсунов. - Т.: Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи, 2020. 104 С.

6. Повышение капитализации акционерно-коммерческого банка: монография / И.Б. Турсунов. - Т.: Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи, 2020. 104 С.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.