Научная статья на тему 'MICROSOFT WORD DASTURINING DASTURLASH IMKONIYATLARI'

MICROSOFT WORD DASTURINING DASTURLASH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

2898
747
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Makros / Selection / Find / Clear / Format / With / Text / Replacement / End.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Xayrullo Maxmudovich Xasanov

Ushbu maqolada Office dasturlari tarkibidagi MS Word dasturining dasturlash imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan hamda una doir misol berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MICROSOFT WORD DASTURINING DASTURLASH IMKONIYATLARI»

MICROSOFT WORD DASTURINING DASTURLASH IMKONIYATLARI

Xayrullo Maxmudovich Xasanov

Qo'qon DPI "Informatika" kafedrasi assistent-o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Office dasturlari tarkibidagi MS Word dasturining dasturlash imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan hamda una doir misol berilgan.

Kalit so'zlar: Makros, Selection, Find, Clear, Format, With, Text, Replacement,

End.

Insonlar kundalik hayotida beihtiyor turli xil amaliy dasturlardan foydalanishadi. Bu jarayonlarda kishilar kundalik hayotida bir turdagi masalalarni bir necha bor takrorlashga to'g'ri keldi. Bunday jarayonlarni hal qilishda amaliy dasturiy ta'minotlarning qo'shimcha imkoniyatlari, ya'ni dasturlash imkoniyatlari makroslardan foydalanishga to'g'ri keladi. Makros - bu kompyuterda kundalik ishlarni soddalashtirish maqsadida yaratilgan buyruqlar to'plamidir. Ma'lum tartibdagi yagona ketma-ket harakatlar majmuidan iborat jarayonlarni doimiy ravishda bajarish lozim bo'lgan paytda, bu ish xarakatlarni avtomatlashtirish maqsadida yaratilgan makros, vaqtni tejash bilan bir qatorda, shaxsiy kompyuterda ishlash qulayligini ham orttiradi.

Makroslar ko'pincha quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

-doimiy ravishda bajariladigan tahrirlash yoki formatlash jarayonlarini tezlashtirish uchun;

-bir nechta buyruqlarni birlashtirish uchun: masalan, ma'lum kattalikdagi va chegaralardan hamda aniq sondagi satrlar va ustunlardan iborat jadval tuzishda;

-muloqot oynalari parametrlarida kirishni soddalashtirish uchun;

-masalalardagi ketma-ket kelgan murakkab xarakatlarni avtomatlashtirish uchun.

Ushbu maqolada Microsoft Word dasturiy ta'minotida makroslar yaratish va qo'llash masalalalarini ko'rib o'taylik.

Microsoft Word da makros yaratish uchun ikkita usulni qo'llash mumkin[1]:

-Makros yozish vositalari yordamida;

-Visual Basic muxarriri yordamida.

Ko'pchilik makroslar bir necha qadamdan tashkil topgan jarayonlarni bajarish uchun mo'ljallangan. Bunda takrorlanishi lozim bo'lgan qadamlar to'plami yaratiladi. Jarayonni qayta bajarish lozim bo'lgan paytda makroslarni ishga tushirish kerak, xolos. Makros yozishni boshlashdan oldin undan har bir elementini qarab chiqish kerak, chunki yozish davomida barcha harakat, shu jumladan yo'l qo'yilgan noto'g'ri, hato hatti-harakat ham yozib olinadi.

June 3

167

Makros yaratish vositalari makroslarni osonlik bilan yaratishga imkon beradi. Bunda makros Visual Basic dasturlash tili ko'rsatmalari ketma-ketligi ko'rinishda yoziladi. Buyruqlar va parametrlarni tanlash uchun sichqonchani qo'llash mumkin. Ammo sichqoncha yordamida hujjat oynasida amalga oshirilgan harakatlar yozib olinmaydi.

Masalan, sichqoncha yordamida yurgichning vaziyatini o'zgartirish, obyektlardan nusxa olish va ularni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish mumkin emas. Bunday xarakatlarni yozish uchun klaviaturadan foydalaniladi. Makros yozishni vaqtinchalik to'xtatib turish va keyinchalik aynan shu joydan qaytib makrosni yozishni davom ettirish mumkin.

Makrosni tezda ishga tushirish uchun uskunalar panelida alohida tugma, menyu buyrug'i yoki klaviaturadan tugmalar mosligidan foydalaniladi. Shundan so'nggina makrosni bajarish uchun menyuda buyruqni tanlash, uskunalar panelida tugmachani bosish yoki klaviaturada tugmalar mosligini bosish kifoya bo'ladi. Makrosni ishga tushirish makros nomini tanlash orqali ham amalga oshiriladi. Buning uchun dasturning "Вид" bo'limidan "Макросы" => "Макросы" buyruqlari tanlanib, muloqot oynasidan bajarilishi lozim bo'lgan makros nomi tanlanadi.

Foydalanuvchi yaratiladigan makrosga mazmuniga ko'ra nom beradi. Masalan, «Sarlavhalarni formatlash». Makroslar nomi harflar, sonlar, belgilardan (probel va boshqa tinish belgilardan tashqari) iborat 255 tagacha simvoldan tashkil topishi mumkin va albatta harf bilan boshlanishi shart.

Makros yaratishdan oldin u qanday sharoitda ishlashini ham inobatga olish zarur. Faraz qilaylik, makros ma'lum bir hujjatga mo'ljallangan bo'lsin. Bunday holatda hujjatni ochish kerak. Agar makros belgilangan matn va sonlarni formatlash uchun xizmat qilsa, xuddi makrosni bajarishdan oldindagi kabi matn yoki sonlarni belgilash zarur.

Harakatlar tartibi tekshirilib va makros bajarilishi uchun kerakli sharoitlar yaratilgach: "Вид" => "Макросы" - "Запись макроса..." buyruqlar ketma - ketligi tanlanadi.

«Имя макроса:» maydonida yangi makros nomi kiritiladi. «Макрос доступен для:» ro'yxatida makros saqlanishi lozim bo'lgan shablon yoki hujjatni ko'rsatiladi.

«Описание:» maydonida makros haqidagi ma'lumotlar kiritiladi. Odatda bu maydonda makros qachon va kim (kompyuter xotirasiga kiritilgan foydalanuvchi nomi) tomonidan tuzilayotganligi haqidagi ma'lumot avtomatik ravishda yoziladi.

Agar makrosga uskunalar panelidan tugma biriktirish yoki klaviaturada tugmalar birikmasini biriktirish yoki menyu buyrug'iga biriktirish kerak bo'lmasa, OK tugmasini bosiladi. Bunday tartibda yaratilgan makrosni ishga tushirish uchun faqat uning nomiga murojaat

June 3

qilinadi. Ya'ni "Вид" => "Макросы" => "Макросы" buyruqlari tanlanadi. Ochilgan muloqot oynasidan makros nomi tanlanadi va «Выполнить» tugmasi bosiladi, natijada tanlangan macros bajariladi.

Masalan, quyidagi topshiriqni makros yordamida hal qilishni ko'rib o'tayli. Yani bizga lotincha ma'lumot berilgan shuni kirilchaga o'girish masalasi qo'yilgan. Bu masalani hal qilish uchun Alt+F8 tugmalar birikmasini bosamiz va hosil bo'lgan muloqot oynaga yaratayotgan makrosimiz nomini kiritamiz hamda "Создать"

tugmasini bosamiz. Hosil bo'lgan Microsoft Visual Basic for Applications -Normal - [NewMacros (Code)] oynasiga quyidagi buyruqlar kodini kiritamiz: Selection.Find.ClearFormatting Selection.Find.Replacement.ClearFormatting With Selection.Find .Text = "l"

.Replacement.Text = "л" .Forward = True .Wrap = wdFindContinue .Format = False .MatchCase = False .MatchWholeWord = False .MatchWildcards = False .MatchSoundsLike = False .MatchAllWordForms = False End With

Selection.Find.Execute Replace: =wdReplaceAll

Yuqoridagi buyruqlar kodi faqatgina l harifini lotinchadan kirilchaga o'giradi. Qolgan hariflarni ham o'girish uchun yuqorida berilgan buyruqlar kodidan kursiv holda berilgan qismini nusxalab boshqa hariflar uchun o'zgartirib chiqish lozim bo'ladi.

Natijada bizning translyator dasturimiz tayyor bo'ladi. Bundan keyinchalik bemalol foydalanishimiz mumkin bo'ladi.

REFERENCES

1. Tim Anderson. Visual Basic. Qadam ba qadam. Toshkent. O'zbekiston -2002. 167-bet.

2. А. Ануньев, А. Федоров. Самоучитель Visual Basic 6.0 BHV-Санкт-Петербург 2001 г.

3. Марков Б. Визуалная програ

June 3

169

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.