Научная статья на тему 'МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ КОЛИЧЕСТВ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ'

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ КОЛИЧЕСТВ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
185
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
КОЛИЧЕСТВО / ДЛИНА / МАССА / ОБЪЕМ / ВРЕМЯ / ДОЛЯ / ОЦЕНКА / ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Хусанова Ф.З.

Наряду с формированием интереса учащихся начальных классов к математике, они приобретают навыки логического мышления, а в начальных классах даны значения понятий длины, масса тела, объема, времени, оценки, ценности, количества, цены, скорости, расстояния, производительности.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ КОЛИЧЕСТВ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ»

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ КОЛИЧЕСТВ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ

В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Ф.З. Хусанова1

Аннотация

Наряду с формированием интереса учащихся начальных классов к математике, они приобретают навыки логического мышления, а в начальных классах даны значения понятий длины, масса тела, объема, времени, оценки, ценности, количества, цены, скорости, расстояния, производительности.

Ключевые слова: количество, длина, масса, объем, время, доля, оценка, значение

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirishmng ustuvor yo'nalishlarida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish belgilangan. Bu masala yuzasidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'z asarlarida quyidagilarni ta'kidlab o'tgan:

-biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatning eng ustuvor vazifasi sifatida butun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz.

-yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.

Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang'ich sinflarda matematika mashg'ulotlarinig asosiy tushunchasi bo'lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o'lchov bilan bog'liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi.

Boshlanqich sinflarda uzunlik, jismning oqirligi, xajmi, vaqt, figuraning yuzi baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari kabi miqdorlar qaraladi. Miqdor tushuncha matematikada o'rganiladigan asosiy tushunchalardan biridir. O'quvchilar bu miqdorlar haqida aniq tasavvurlar hosil qilishlari, ularning o'lchov birliklari bilan tanishishlari, miqdorlarni o'lchash, o'lchash natijalarini turli birliklarda ifodalashni o'rganishlari, ismli sonlar usida arifmetik amallarni bajarishlari lozim. qar bir o'rganiladigan miqdor atrof muhitdagi real olamning biror umumlashgan xossasidir. O'lchashga doir mashqlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantiradi. O'quvchilarni hayotda keng qo'llaniladigan zarur amaliy malakalar bilan qurollantiradi. Miqdorlarni o'rganish ta'limning qayot bilan boqlovchi vositalardan biridir. Boshlanqich sinflarda asosiy miqdorlarni o'rganish arifmetik materiallarni o'rganish bilan uzbiy boqliqlikda amalga oshiriladi. O'lchashni o'rganish, sanashni o'rganish bilan boqlanadi. Yangi o'lchov birliklari tegishli sanoq birliklari kiritilgandan keyin o'rganiladi. Ismli sonlarni qosil qilinishi, yozilishi, o'qilishi sonlarni nomerlash bilan baravar o'rgatiladi. Arifmetik amallar sonlar ustida va ismli sonlar ustida bajariladi. Turli hisoblashlarni va yasash-larni bajarishda aniqlik va batartiblikka amal qilish o'quv aqamiyatidan tashqari tarbiyaviy aqamiyatga ega. Batartib bajarilgan o'lchash va grafik ishlar bolalarni estetik tarbiyalashga imkon beradi, ularning charchashlarini kamaytiradi, e'tiborini orttiradi.

Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga asosan amaliy metodlar va la-boratoriya ishlaridan foydalaniladi. Miqdor haqidagi tasavvurlarni to'qri va puxta shakllantirishda ko'rsatmalilikning turli vositalari, ya'ni geometrik figuralar modellari, har xil chizmachilik va o'lchash asboblaridan foydalaniladi.

1Хусанова Феруза Зохиджановна - преподаватель, Наманганский государственный университет, Узбекистан.

YneHHH XXI BeKa • 2020 • № 1 (60)

U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o'lchash usullari o'ziga xoslikka ega bo'lsa ham, har bir miqdorni o'rganishda umumiy bosqichlarni alo-hida ta'kidlash maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'qituvchi har bir miqdorlarni o'rganish jarayonida ana shularga tayanib, o'quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.

Miqdorlarni o'rgatish bo'yicha quyidagi metodik sxemalardan foydalanish mumkin.

1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).

2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko'rinish, solishtirish, taqqoslash, o'lchash va boshqa xil usullar bilan).

3. Mazkur miqdorning o'lchov birligi va o'lchov asboblari bilan tanishtirish.

4. O'quvchilarda o'lchash ko'nikmalari hosil qilish.

5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo'shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida).

6. Miqdorlarning yangi o'lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o'lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o'lchov birliklarini bitta ikki nomli o'lchov birligiga aylantirish va aksincha.

7.Ikki xil nomli miqdorni qo'shish va ayrish.

8.Miqdorlarni sonlarga ko'paytirish va bo'lish.

Boshlang'ich sinflarda o'ganiladigan tushunchalarga to'xtalamiz.

1. Uzunlik. Kesmaning uzunligi. Uzunlik haqidagi dastlabki tasavvurlar predmetlarning xossasi sifatida bolalarda maktabgachayoq vujudga keladi. Bolalar maktabga kelganlarida predmetlarning bo'yi, eni, balandligi, ular orasidagi masofani xatosiz ajratadilar, ya'ni ular uzunroq, qisqaroq, kengroq, torroq, uzoqroq, yaqinroq ma'nosini anglab etadilar.

Masalan: ko'k lenta qizil lentadan uzun. Maktab uyimizdan uzoqroq. Olma da-raxti terakdan pastroq.

2. Massa (vazn, og'irlik ).

Bu bo'limda o'quvchilar massa (vazn) tushunchasi va uning o'lchov birligi -«kilogramm» bilan tanishadilar. Bu mavzuni o'rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so'nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozda tortib, uning ko'rsatkichlarini «og'irlik» deb atar edilar. Vaholanki, massa va og'irlik bir xil narsa emas. Og'irlik - massani tezlanishga ko'paytmasidan iborat bo'lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetni og'irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so'rash joiz bo'ladi. Savolning bunday shaklda qo'yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan.

3. Hajm.

Hajm tushunchasi va uning o'lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar birinchi sinfda tanishadilar. 4- sinfda hajm o'lchov birligining sodda ko'rinishlari o'rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o'rganishda bir nomli ko'rsatkichdan boshqa nomli ko'rsatkichga o'tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo'shish va ayirish kabi jarayon-lar bo'lmaydi.

4.Vaqt.

Mavjud dastur bo'yicha vaqt miqdori va uning o'lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.

O'quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.

2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o'rga-niladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o'tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg'ulotlar o'tkazish yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o'qituvchi o'zi qarsak chalgandan so'ng bir minut o'tgach, bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. (bolalar bir minut vaqt o'tishi uchun 60 gacha sanashlari kerak). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan

mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.

3-sinfda vaqt birliklari bilan bog'liq mashqlarni bajarish jarayonida «ulush» (dolya) mavzuiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga erishiladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko'nikmasini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o'qituvchi har kuni bu ishga birgina minut vaqt ajratishi mum-kin.

Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o'rtasidagi mutonasiblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir.

O'quvchilar vaqt birliklari orasidan bog'lanishlarni hisoblashni o'rganadilar, hamda vaqtga oid masalalarni yechish natijasida ularning vaqtga oid tasavvurlari shakllanadi. Vaqtning takroriy jarayon ekanligini anglaydilar.

Matematika darslarida miqdorlar to'g'risidagi tushunchalarni shakllantirish uchun yangi pedagogik texnologiyadan foydalanishning turli yo'llari o'yin teqnologiyasi, interfaol metodi, modulli texnologiya va fanlar aro integratsiya asosida tashkil etib, darsda o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishini orttirish, ularni o'z ustida mustaqil ishlashga o'rgatish va dars mobaynida erkin fikr bildirish, o'zlarini erkin tutishga o'rgatib borish lozim.

Dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari iqtisodiy -ijtimoiy, madaniy -ma'rifiy tarqqiyotga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" Toshkent "O'zbekiston", 2016-yil.

2. 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi. Toshkent "O'zbekiston", 2017-yil.

3. Boshlang'ich ta'lim 12/2007

4. Abdullayeva N.Matematika o'qitish metodikasi. Ziyonet.uz

5. Ismoilova.N. Sinfdan tashqari ishlarda ta'lim-tarbiya. Ziyonet.uz

© Ф.З. Хусанова, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.