Научная статья на тему 'METOD HAQIDA'

METOD HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3656
152
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / falsafiy metod / xususiy metod / metodologiya / metodika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ravshanxo‘ja Rasulov

Tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o‟ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob‟yektiv ilmiy-falsafiy g‟oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlarini qo‟llash orqali amalga oshadi. Metod umumiy-falsafiy ma‟noda qo‟llanishidan tashqari u tor (xususiy) ma‟noda ham qo‟llanadi. Falsafiy metod barcha fanlarga xos bo‟lib, dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Dialektik metod mavjud fanlar uchun metodologiya – metodologik asos vazifasini o‟taydi. Hozirda metodologiya fanlarda qo‟llanadigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta‟limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishini, unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko‟zlashini anglatadi. Har bir metod qanday metod – falsafiy yoki fanga oid bo‟lishidan qat‟iy nazar har birining ish olib borish metodikasi – tadqiq manbaini tekshirish usuli bo‟ladi. Metodika tadqiqotchining amaliy ishlash sistemasi bo‟lib, u faktlarni to‟plash, o‟rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотрDOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-447-451
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «METOD HAQIDA»

METOD HAQIDA

Ravshanxo'ja Rasulov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari

doktori

rasulovulugbek605@gmail.com ANNOTATSIYA

Tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o'ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob'yektiv ilmiy-falsafiy g'oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlarini qo'llash orqali amalga oshadi.

Metod umumiy-falsafiy ma'noda qo'llanishidan tashqari u tor (xususiy) ma'noda ham qo'llanadi. Falsafiy metod barcha fanlarga xos bo'lib, dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Dialektik metod mavjud fanlar uchun metodologiya -metodologik asos vazifasini o'taydi.

Hozirda metodologiya fanlarda qo'llanadigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta'limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishini, unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko'zlashini anglatadi.

Har bir metod qanday metod - falsafiy yoki fanga oid bo'lishidan qat'iy nazar har birining ish olib borish metodikasi - tadqiq manbaini tekshirish usuli bo'ladi. Metodika tadqiqotchining amaliy ishlash sistemasi bo'lib, u faktlarni to'plash, o'rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.

Kalit so'zlar: metod, falsafiy metod, xususiy metod, metodologiya, metodika.

KIRISH

Har bir fan kabi tilshunoslik fani ham tarixiy taraqqiyoti davomida lisoniy hodisalarni o'rganishda, tadqiqot ob'ektini (manbaini) ilmiy tahlil qilib, uning ichki "sirlarini", muayyan jihatlarini ochishda, tabiatini, tarkibini aniqlashda, ilmiy xulosalar chiqarishda muayyan metodlar asosida ish olib boradi. Bu - mutlaqo tabiiy. Chunki metod tadqiqot manbaining (ob'ektining) biror jihatini, tomonini (qismini, bo'lagini) o'rganish, aniqlash, bilish usulidir. Boshqacha aytganda, tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o'ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob'ektiv ilmiy-falsafiy g'oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlari faolligida, ularni qo'llash orqali amalga oshadi.

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

447

Demak, metod fanning mavjudligi, uning ajralmas tarkibiy qismi, mantiqiy bo'lagi (komponenti) bo'lgan ilmiylik degan tushunchaga xizmat qiladi. U fan taraqqiyotini ta'minlaydi, fanning ijtimoiy ongning qudratli bir qismi, turi ekanligini asoslaydi, unga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Aytish mumkinki, har bir fan muayyan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishda, ta'limotlar yaratishda bevosita asos bo'lib xizmat qiluvchi qator faktlar, hodisalarga ega bo'lishidan tashqari u ushbu faktlarni tadqiq va tahlil qiluvchi metodlarga ham ega bo'lishi shart. Demak, har bir fanning mavjudligi, xulosalari, faolligi uning tadqiqot ob'ekti (manbai), tadqiqot maqsadi va, ayni vaqtda, tadqiqot metodlari bilan belgilanadi, o'lchanadi. Shunday ekan, fandagi ilmiylik prinsipi uchun xizmat qiladigan metod nima? Metod termini nimani anglatadi? Nimani ifoda etadi? degan savolning tug'ilishi mantiqiydir, tabiiydir.

Metod etimologik jihatdan grekcha (methodos) so'zidan olingan bo'lib, "tadqiqot", "o'rganish" degan ma'noni anglatadi.

NATIJALAR

Metod bilish nazariyasiga, bilish nazariyasi tamoyillari (prinsiplari)ga ko'ra voqelikka yondashish - tabiat, jamiyat va fikrlash jarayonini - tafakkurni bilish usulidir. Binobarin, metod ushbu falsafiy ma'noda ob'ektiv voqelikning har qanday hodisa va jarayonlarini bilish, tushuntirish va talqin qilish yo'lidir. Ayni vaqtda metod umumiy - falsafiy ma'noda qo'llanishdan tashqari u tor (xususiy) ma'noda ham qo'llanish imkoniyatiga ega. Bu holda u muayyan fanga oidligi bilan, ayni fanning tadqiqot ob'ektini (manbaini) tahlil qilish bilan muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Demak, metod maxsus, xususiy, sohaviy metod sifatida turlicha fanlarda turlicha bo'lishi bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, metod umumiy va xususiy, falsafiy va sohaviy ko'rinishlarga egaligi bilan xarakterlanadi.

Xullas, metod mohiyatan falsafiy va fanga oid "qurol" sifatida mavjudligi bilan o'zaro dialektik munosabatda, bog'liqlikda bo'ladi.

MUHOKAMA

Falsafiy metod barcha fanlarga xosligi, barcha fanlar uchun umumiyligi bilan nisbiy mustaqillikka, alohidalikka ega bo'lib, u dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Mazkur metod muayyan fanning ilmiy-tadqiqot metodidan farqli o'zining keng qamrovligi, barcha fanlar doirasida ish olib borishi

bilan alohida muhim ahamiyatga egadir. Prof. H.Ne'matov

February, 2022

ta'kidlaganidek. "... dialektik bilish tadqiq manbai mohiyatiga bosqichma-bosqich uzluksiz chuqurlasha borish, soddaroq (oddiyroq) mohiyatdan murakkabrog'iga qarab siljish demakdir" [1]. Shuningdek, ayni metodning qayd etilgan muhim, asosiy jihatlari qatorida uning ilmiy izchillik prinsipiga qat'iy amal qilish g'oyasi ham turadi. Aytilganlarga ko'ra, dialektik metod jamiki fanlar uchun metodologiya-metodologik asos vazifasini o'taydi. Boshqacha aytganda, umumfalsafiy metod -dialektik metod maxsus ilmiy metodlarga, ya'ni, turli fanlarga oid metodlarga ta'sir qiluvchi umumiy ta'limot bo'lgani uchun uni metodologiya, ya'ni, ilmiy tadqiqot usuli bo'lgan metodlar haqidagi ta'limot deb yuritadilar [2]. Ammo hozirgi kunda (davrda) metodologiya, ilmiy tadqiq metodologiyasi ma'lum bir fanda qo'llaniladigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta'limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini, ob'ektini qanday tushunishi va unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko'zlashi, boshqacha aytganda tadqiqotchining dunyoqarashi nazarda tutiladi [3]. Aniq aytadigan bo'lsak, metodologiya, birinchidan, tadqiqotchining o'z tadqiq manbai haqida qay turdagi bilimlarni hosil qilishga intilishi, bilishning qaysi turi bilan shug'ullanishidir. Ma'lumki, falsafada narsa -o'rganish ob'ekti haqida tadqiqotchi ikki turdagi bilimlar hosil qilishi mumkin:

a) hissiy, empirik ... bilimlar;

b) aqliy, mantiqiy, nazariy ... bilimlar.

Har bir turdagi bilimni hosil qilish yo'l, vosita va usullari ham, maqsadlari ham boshqa-boshqadir.

Ikkinchidan, tadqiqotchining tadqiq manbai-narsaga qanday usul bilan yondashishidir. Falsafada narsaga yondashishning ikki usuli bor. Ular:

a) metafizik (nominalistik) yondashuv;

b) dialektik yondashuv.

Metafizik yondashuvning ham, dialektik yondashuvning ham (narsani metafizik yoki dialektik tushunish va talqin etishning) o'z tamoyillari bor. Tadqiqotchi ilmiy tadqiq jarayonida shu tamoyillarga tayanib tadqiqot olib boradi.

Uchinchidan, tadqiqotchining materialistik yoki idealistik (ruhoniy) nuqtai nazarda turishi va shu nuqtai nazardan turib ilmiy tadqiqotni olib borishidir [4].

Eslatamiz, har bir metod - xoh u falsafiy (umumiy) metod bo'lsin, xoh u fanga oid (xususiy) metod bo'lsin, har birining ish olib borish, ish yuritish metodikasi, tadqiqot manbaini, ob'ektini (predmetini) tekshirish usuli bo'ladi. Demak, ilmiy-tadqiqot metodidan muayyan ish olib borish metodikasi farqlanadi. Boshqacha aytganda, metod voqelikni, ob'ektni

(predmetni) hodisayu jarayonlarni - haqiqatni bilish, aniqlash

February, 2022

yo'li bo'lsa, metodika shu yo'lni ochish va qurish qurolidir. Metodika olimning amaliy ravishda ishlash sistemasi bo'lib, u faktlarni to'plash, o'rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi [5]. Boshqacha aytganda, metodika til va nutq birliklarini umumlashtirish, tahlil qilish, tasnif qilish, kartalashtirish, amalda sinab ko'rish yo'llari bilan maqsadga yetishdir [6]. Tilshunoslik fani ham o'zining qator ilmiy-tadqiqot metodlariga ega bo'lib, bu tilning o'ta murakkab ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-psixik, ijtimoiy-individual, ijtimoiy-fiziologik hodisa ekanligidan kelib chiqadi. Shunga ko'ra, tilni tadqiq qiluvchi lisoniy tadqiqot metodlari ham turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Ayni vaqtda metodlar qanday, qanaqa metod bo'lishidan, qachon yaratilgan yoki qachon yaratilishidan, miqdoriy belgilaridan, tuzilishidan qat'iy nazar ularning barchasi bir maqsadga (strategiyaga), ya'ni, lisoniy hodisalarning mohiyatini, yashirin imkoniyatlarini, "sirlarini" ochish, aniqlash, topish va shu asosda ilmiy - nazariy, falsafiy xulosalar chiqarishga qaratilgan. Lisoniy tadqiqot metodlari ob'ektning xarakteridan, tadqiqot maqsadi va tilshunos tomonidan tanlangan tadqiqot aspektidan kelib chiqqan holda nafaqat turlicha bo'ladi, balki, vazifasiga ko'ra, lisoniy materialning tadqiq qilish jihatiga qarab, o'zgarib turadi. Masalan, notanish tillardan matnlarni "ochish"da qo'llanuvchi alohida metodlar, til tovushlarining fonetik xususiyatlarini o'rganuvchi maxsus metodlar, dala amaliyotida til materiallarini yig'uvchi metodlar, lisoniy sotsiologik (lingvosotsiologik) metodlar va boshqalar. Demak, tilning har bir jihatini, tomonlarini, xususiyatlarini uning butun murakkabligi bilan tekshirishda turlicha metodlarning bo'lishi, faollik ko'rsatishi mutlaqo tabiiy, nafaqat tabiiy, balki mutlaqo zaruriy, qonuniy holdir. Shu o'rinda prof. H.Ne'matovning quyidagi fikrini keltirishni lozim topdik: "... tadqiq metodlari ham fan tarixida bir-birini almashtirib turadi. Bir metod asosida ochilgan qonuniyatlar boshqa bir metoddan aniqlangan hukmlarni rad va inkor etgan hollarda ham bunday inkorni to'g'ri - dialektik tushunmoq lozim - bu qat'iy, mutlaq inkor emas, balki nisbiy, dialektik inkor - inkorning inkori, narsa mohiyatiga chuqurlasha borishning bir bosqichidir xolos.

Buni bir oddiy hayotiy misol bilan tushuntirishga intilaman. Tilning turli qirralari haqida turli usullar (metodlar) bilan hosil qilingan bilimlar va ochilgan qonuniyatlar bir katta binoning old, orqa, yon, ust tomonlaridan olingan suratlari bilan qiyoslanishi mumkin. Bu fotosuratlar bir-biriga mutlaqo o'xshamasa-da, ularning barchasi bitta zotda - bir binoning

XULOSA

shaklida birlashadi; bu fotosuratlar bir-birini to'ldirib, bino shakli

February, 2022

haqida bilimlarimizning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Binoning to'rt tomonidan suratini chizgan olimlarning birortasi ham xato yoki noto'g'ri ish qilmagan. Xatoga binoning bir tomonidan olingan tasvirini (tilning bir qirrasi haqida ma'lum bir metod bilan o'rganiladigan qonuniyatni) binoning o'zi bilan tenglashtirishdadir - kim bunga yo'l qo'ygan bo'lsa, albatta, xato qilgan bo'ladi"

Xulosa shuki, metod - ilmiy tadqiq metodi ob'ektiv borliq hodisalarining, predmetlarining muayyan xususiyatini (jihatini) bilish, o'rganish usulidir.

Metodika - ilmiy tadqiq metodikasi tadqiq manbai haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish usullari, usullarining jamidir. Metodologiya - ilmiy tadqiq metodologiyasi tadqiqotchining dunyoqarashini uning tadqiq manbaini qanday tushunishini unga qanday yondashishi, nimalarni aniqlashini - tadqiqotdan maqsadini (intensiya) ko'zda tutadi.

REFERENCES

1. H.Ne'matov. Ilmiy tadqiqiot metodikasi, metodologiyasi va metodlari. - Buxoro, 2006, 119-bet.

2. S.Usmonov. Umumiy tilshunoslik, Toshkent, 1972, 176-bet.

3. Qarang: H.Ne'matov. O'sha asar, 68-bet.

4. H.Ne'matov. O'sha asar, 68-69-bet.

5. S.Usmonov. O'sha asar, o'sha bet.

6. A.Shermatov., B.Choriyev. «Umumiy tilshunoslik» kursidan mustaqil ishlar. T., 1989, 70-bet.

7. H.Ne'matov. O'sha asar, 119-bet.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.