Научная статья на тему 'MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI'

MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
765
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Мировая наука
Область наук
Ключевые слова
pedagogik faoliyat / faollik / didaktik o’yin / natural va irratsional sonlar / teacher / activity / activity / didactic game / natural and irrational numbers

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunova M.R.

Ushbu maqolada matematika darslarida zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanish usullaridan didaktik o’yin, sonlar o’kasi kabi pedagogik texnologiyalardan va metodlardan foydalanib, dars jarayonidagi muhitni ijobiy tomonga o’zgartirish yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF USING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MATHEMATICS LESSONS

In this article highlights the use of methods of using modern pedagogical technologies in mathematics lessons to change the situation in the course of the lesson in a positive way with the help of such pedagogical technologies and methods as didactic game, brother of numbers.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI»

UDK 37.02

Tursunova M.R. o'qituvchi

6-maktab Denov tumani Surxandaryo viloyati Uzbekistan, Surkhandaryo region

MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika darslarida zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanish usullaridan didaktik o'yin, sonlar o'kasi kabi pedagogik texnologiyalardan va metodlardan foydalanib, dars jarayonidagi muhitni ijobiy tomonga o'zgartirish yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik faoliyat, faollik, didaktik o'yin, natural va irratsional sonlar.

Tursunova M.R.

teacher

school № 6 of Denov district Uzbekistan, Surkhandaryo region

METHODS OF USING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

IN MATHEMATICS LESSONS

Annotation: In this article highlights the use of methods of using modern pedagogical technologies in mathematics lessons to change the situation in the course of the lesson in a positive way with the help of such pedagogical technologies and methods as didactic game, brother of numbers.

Keywords: teacher, activity, activity, didactic game, natural and irrational numbers.

Respublikamizda ta'lim sohasida chuqur islohotlarning o'tkazilayotganligi, xorijdagi ta'lim tizimidagi ijobiy o'zgarishlar, jahon ta'lim standartlariga yaqinlashishga intilish, darslik va o'quv dasturlari yangi avlodining yaratilishi darsni ixcham va qiziqarliroq shaklda tashkil etishimiz uchun zamin bo' ldi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning markazida, o'quvchi shaxsining mustaqil tafakkurlay olishga o'rgatish masalasi turadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o'quvchilarning darsga bo'lgan munosabati va ilm olishga bo' lgan havasini oshiruvchi muhim turtki bo'ladi, desak xato bo'lmaydi.

Umumta'lim maktablarida matematika o'qitishning samaradorligini oshirish, vaqt, kuch va imkoniyatlarni tejash yo'llaridan biri mashg'ulot jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan unumli foydalanishdir. O'quv

"MnpoBaH HayKa" №1(46) 2020 science-j.com

xonasida kompyuter proektori bo'lgan o'qituvchiga matematika o'qitish jarayonini jadallashtirish, mashg'ulotni ko'rgazmali va jonli tarzda tashkil etish uchun beqiyos imkoniyatlar mavjuddir. Bugungi kunga kelib matematika darslarida kompyuterning bo'lishi real zaruratga aylanib qoldi.

Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Ayni vaqtda ta'limni tashkil etishda rolli hamda ishbop oyinlardan samarali foydalanishga e'tibor berilmoqda. O'yin chog'ida mahsuldor emas, balki jarayonli faoliyat tashkil etilganligi bois o'quvchilar tasviriy vaziyatlarni yaratish asosida o'zlarini atrof muhitga bo'lgan munosabatlarini tabiiy namoyon eta oladilar. O'quvchining nazariy bilimlarini amaliy ko'nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta'limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda o'yinlar o'ziga xos o'rin tutadi.

Didaktik o'yin. Kemaning marshrutini aniqlash.

Ta'limiy maqsad: Ikki xonali sonlarni qo'shish va ayirish usullarini mustahkamlash.

Jihoz : Kemalarning rasmlari.

O'yinning mazmuni : O 'qituvchi magnit doskaga kemani rasmini qotiradi va sxematik ravishda (doirachalar bilan) pristanlarni (kema to'xtaydigan joylarni) tasvirlaydi. Har bir pristan (doiracha) o'z tartib nomeri bilan belgilanib, ularning tagiga boshqa pristanlarga marshrutlar shifrlangan misollarni yozib chiqadi.

Masalan :

75-12 ; 84-32; 45+14;

72+16; 96-34; 32+24; 32+14

O'qituvchi 1-komanda o'quvchilarini

(dengizchilarni) navbatma-navbat doskaga chiqaradi. Birinchi o'quvchi kemani tagiga yozilgan misolni yechadi.

(72+16=88), strelka bilan kema qaysi pristanga borishni ko'rsatadi (88-pristan) u o'z kemasini yechilgan misol javobi bilan berilgan pristan (88-pristan)ga olib boradi. Ikkinchi o'quvchi esa bu pristan tagidagi misolni yechadi. (96-32=64) va kemani 2-misol yozilgan pristanga olib boradi va h.k. Keyin o'quvchi 2-komanda uchun mo'ljallangan boshqa misollarni doskaga ko'rsatadi. O'yin shu tartibda davom etadi. Musobaqaning natijalariga yakun yasaladi.

Didaktik o'yin : «Sonlar o'lkasiga sayohat»

O'yinning maqsadi: tahsil oluvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish, ularda matematik idrok va zehnni shakllantirish. Mazkur o 'yin bellashuv tarzida ham uyushtirilishi mumkin. Unda ikkiyoki to 'rtta guruh ishtirok etib, bir qator shartlarni bajaradilar.

O'yinnini tashkil etish jarayonida guruhlar mazkur ko'chalarda bo'lgan vaqtlarida ular nomi bilan bog'liq shartlarni bajaradilar.

«Sonlar o'lkasi» ning ko'chalari :

«Natural sonlar ko'chasi», «Butun sonlar ko'chasi», «Ratsional sonlar ko'chasi», «Irratsional sonlar ko'chasi», «Haqiqiy sonlar ko'chasi».

Quyida «Sonlar o'lkasi» ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi ko'chalari hamda ushbu ko'chalar mohiyati xususidagi fikrlarini ifoda etamiz.

Natural sonlar ko'chasi.

Bu yerda natural sonlar, ularni bo'linish belgilari, tub va murakkab sonlar, toq va juft sonlar ta'riflari haqidagi savollar va natural sonlar ustida bajariladigan amallarga doir misollar berilgan bo'lib guruh a'zolari ularni bajarishlari kerak bo'ladi.

Butun sonlar ko'chasi.

Bu yerda butun sonlar, musbat va manfiy sonlar, qarama-qarshi sonlar, ta'riflari haqidagi savollar va butun ustida bajariladigan amallarga doir misollar berilgan bo'lib guruh a'zolari ularni bajarishlari kerak bo'ladi.

Ratsional sonlar ko'chasi

Bu yerda guruhlarga 8 yoki 10 ta kasr sonlar qatnashgan misollar beriladi, o'quvchilar ularni bajarishlari kerak bo'ladi.

Irratsional sonlar ko'chasi

Bu yerda irratsional sonlar qatnashgan amallarni bajarish, irratsional tenglama va tengsizliklarni yechish, sonni ildiz belgisi ostidan chiqarishga doir misollar berilgan bo'lib o'quvchilar misollarni yechishlari kerak bo'ladi.

Haqiqiy sonlar ko'chasi.

Bu yerda guruh o'quvchilari haqiqiy sonlar va ular ustida bajariladigan amallarga doir misollarni va masalalarni yechadilar. Har bir ko'chadagi shartlarni bajarilishi 5 ballik tizimda baholab boriladi. Mashg'ulot oxirida guruhlarning to'plagan ballari e'lon qilinib, o'quvchilar baholanadi.

Shuni ta'kidlash lozimki, ilg'or pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan darslar o'quvchilarni bilimlarini yaxlit o'zlashtirilishiga yordam beradi. O'quvchi tafakkurini o'stiradi, mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy- ma'rifiy taraqqiyotining, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisidir.

Ilg'or texnologiyalarni qo'llash asosida ta'limni tashkil qilish - bu o'quvchilarni mustaqil bilim olish usullariga o'rgatish demakdir .Bugungi kundagi yangi AKT biz asrlar davomida qo'llab kelgan doska va bo'rning o'rni egallamoqda. Endilikda doskaning o'rniga foydalanilayotgan ekrandagi tushuntirishlarni istalgan vaqtda, bir necha marta takrorlash mumkin.

Matematika darslarida o'quvchilarda aqliy yuklamaning oshib ketishi hisobga olinsa, qanday qilib o'quvchilarning o'quv faniga bo'lgan qiziqishini va faolligini so'ndirmaslik haqida o'ylash vaqti yetdi. AKTdan foydalanish esa auditoriyada o'ziga xos axborotli muhitni yaratadi, o'quvchilarning qiziqishini oshiradi.

Adabiyotlar:

1. Farxodjonqizi F. N., Dilshodjonugli N. S. Innovative processes and trends in the educational process in Uzbekistan //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - T. 10. - №. 4. - C. 621-626.

2. Farxodjonova N.F. Problemi primeneniya innovatsionnix texnologiy v obrazovatel'nom protsesse na mejdunarodnom urovne //Mejdunarodnaya konferentsiya. Innovatsionnie tendentsii, sotsial'no-ekonomicheskie i pravovie problemi vzaimodeystviya v mejdunarodnom prostranstve.-2016.-S. - C. 58-61.

3. Numonjonov S. D. Innovative methods of professional training //ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81). - 2020. - C. 747-750.

4. Sodirjonov, M. M. (2020). EDUCATION AS THE MOST IMPORTANT FACTOR OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT. Theoretical & Applied Science, (4), 901-905.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.