Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYODA GRAFIKANING RIVOJLANISHIGA HISSA QO’SHGAN BUYUK OLIMLAR'

MARKAZIY OSIYODA GRAFIKANING RIVOJLANISHIGA HISSA QO’SHGAN BUYUK OLIMLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1219
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarixiy yodgorliklar / Rossiya / fazoviy jismlar / «Bayt ul-Hikmat» / «Er surati» / Al`fraganus / Farobiy arxitektura loyihasi / «Kitob al-Xiyal ar-ruxoniyma va asror attabiiyya fida koik al-ashkal al-Xansiyya» / «Negizlar». / Historical monuments / Russia / space objects / "Bayt ul-Hikmat" / "Image of the Earth" / Alfraganus / Farobi's architectural project / "Kitab al-Khiyal ar-rukhanima and asror attabiyya fida koik al-ashkal al-khansiyya" / "Fundamentals".

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Muhammadanasxon Xakimjon Ogli Ikromov, Zulhayoxon Muhtorjon Qizi

Ushbu maqola Markaziy Osiyo mintaqasida grafika va chizma geometrya fanining rivojlanishi, fanga hissa qo`shgan olimlar va ularning grafika faniga taaluqli bo`lgan asarlari, olimlar, chizmakashlar va me`morlar bevosita geometrik yasashlar va grafik tasvirlar bilan shug`ullanib, o’z fikr va g`oyalarini bayon qilishda ulardan foydalanganlar. Natijada yangi-yangi grafik tasvirlar vujudga kelib, takomillashib va rivojlanib borgani haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GREAT SCIENTISTS WHO CONTRIBUTED TO THE DEVELOPMENT OF GRAPHICS IN CENTRAL ASIA

This article deals with the development of the science of graphics and graphic geometry in the Central Asian region, scientists who contributed to science and their work related to the science of graphics, scientists, draftsmen and architects who were directly involved in geometric constructions and graphic images. and used them to express their ideas. As a result, new graphic images appeared, improved and developed.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYODA GRAFIKANING RIVOJLANISHIGA HISSA QO’SHGAN BUYUK OLIMLAR»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

MARKAZIY OSIYODA GRAFIKANING RIVOJLANISHIGA HISSA

QO'SHGAN BUYUK OLIMLAR

Muhammadanasxon Xakimjon o'g'li Zulhayoxon Muhtorjon qizi

Ikromov

Qo' qon davlat pedagogika instituti Qo' qon davlat pedagogika instituti talabasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Markaziy Osiyo mintaqasida grafika va chizma geometrya fanining rivojlanishi, fanga hissa qo'shgan olimlar va ularning grafika faniga taaluqli boTgan asarlari, olimlar, chizmakashlar va me'morlar bevosita geometrik yasashlar va grafik tasvirlar bilan shug'ullanib, o'z fikr va g'oyalarini bayon qilishda ulardan foydalanganlar. Natijada yangi-yangi grafik tasvirlar vujudga kelib, takomillashib va rivojlanib borgani haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Tarixiy yodgorliklar, Rossiya, fazoviy jismlar, «Bayt ul-Hikmat»,«Er surati», ATfraganus, Farobiy arxitektura loyihasi, «Kitob al-Xiyal ar-ruxoniyma va asror attabiiyya fida koik al-ashkal al-Xansiyya», «Negizlar».

GREAT SCIENTISTS WHO CONTRIBUTED TO THE DEVELOPMENT OF

GRAPHICS IN CENTRAL ASIA

This article deals with the development of the science of graphics and graphic geometry in the Central Asian region, scientists who contributed to science and their work related to the science of graphics, scientists, draftsmen and architects who were directly involved in geometric constructions and graphic images. and used them to express their ideas. As a result, new graphic images appeared, improved and developed.

Keywords: Historical monuments, Russia, space objects, "Bayt ul-Hikmat", "Image of the Earth", Alfraganus, Farobi's architectural project, "Kitab al-Khiyal ar-rukhanima and asror attabiyya fida koik al-ashkal al-khansiyya", "Fundamentals".

Tarixiy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar shuni ko'rsatadiki, odamlar hali yozuv dunyoga kelmagan davrlardayoq atrofidagi turli buyumlarning rasmini chiza boshlaganlar va o'zaro bo'lgan muloqotda tasvirlardan foydalanganlar. Ibtidoiy odamlar yaratgan qoyalardagi tasvirlar hozirgi to'g'ri burchakli (ortogonal) tasvirlarga taxminan

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

to'g'ri keladi. Ko'pincha, mamont, bizon va boshqa hayvonlarni yakka-yakka qilib tasvirlangan.

Shundan buyon avvallari oddiyroq, keyinchalik esa undan murakkabroq inshoot va buyumlarning tasvirlarini chiza boshladilar. Avvallari rasmning roli ortib bordi, keyinchalik chizmalarning roli keskin oshdi. Chunonchi inson ongi taraqqiy etgan sari fan-madaniyat shakllana bordi. Ishlab chiqarish, me'morchilik taraqqiy eta boshladi. Bular o'z o'rnida grafikaning asosiy turi hisoblangan chizmalarning mohiyatini orttira boshladi. Uy-joylar, qo'rg'onlar va boshqa inshootlarni qurish davrida birinchi chizmalar paydo bo'ldi.

Dastlabki chizmalarda faqat bitta tasvir bo'lib, uni reja deb atashadi. Odatda, bu rejalarni to'g'ridan-to'g'ri qurilajak inshootlarning o'rniga, yani er sirtiga, haqiqiy kattaligi bilan bajariladi.

Rossiyada kemasozlikning rivojlanishi natijasida yanada aniqroq chizma masshtabiga qattiq rioya qilingan chizmalar paydo bo'ldi. Bunda uzunligi, kengligi va balandligi tasvirlangan uchta proektsiyadan foydalana boshlandi. 1.8-shaklda 1719 yilda Pyotr I tomonidan proektsiya nurlaridan foydalanib, chizilgan eshikli qayiq chizmasi ko'rsatilgan.

XVIII asrda chizmalar g'oyatda puxta va rangli tusda bajarildi. Bu chizmalarda shartli qirqimlar bajarildi va buyumning kesilgan qismi materialiga qarab bo'yab ko'rsatildi.

Fazoviy jismlarning tekislikda tasvirlash usullarini bajarish, ularning amalda tadbiq qilish nazariyasini rivojlantirish sohasida bir qancha qadimiy olimlar va allomalar, muhandis va me'morlar hamda xalq ustalari etakchi o'rinni egallaganlar. M.Kant va uning o'tmishdoshlari Evklid geometriyasini yagona, hatto ilohiy geometriyadir deb hisobladilar.

1957 yil Buxorodagi vayrona uylardan birining chordog'ida XV-XIX asrlarga oid bo'lgan qadimiy qo'lyozma hujjatlarining katta bir tuguni topilgan. O'zbekiston Fanlar akademiyasi sharqshunoslik oliygohida saklanayotgan bu kollektsiyada karta va chizmalar sonining o'zi o'ttizdan ortiq. Bu karta va chizmalar orasida qator madrasa va masjidlarning o'rogliq qaTaga chizilgan reja, fasad va profillari, ularning shaharlarda egallagan o'rinlari, naqshlarni yasashga oid ustalarning xonaki chizma va rasmlari bor. Bundan tashqari Markaziy Osiyoning boy madaniy tarixi, turli davrlarda ishlangan tasvirlari, qisman irrigatsiya, melioratsiya, transport ishlari sohasidagi yutuqlari ham grafikaning rivojlanish tarixini tasdiqlovchi materiallar bo'lib xizmat qiladi.

Markaziy Osiyo olimlari barcha fanlarning shu jumladan grafikaning rivojlanishiga ham yunon olimlaridan kam bo'lmagan darajada hissa qo'shganlar. Ana shu olimlardan biri BogModdagi Al-Mamun qurdirgan «Bayt ul-Hikmat» (Donishmandlar uyi) deb

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

atalmish fanlar akademiyasining prezidenti. Amerikalik, sharqshunos D.Sarton ta'riflaganidek, «Barcha zamonlarning buyuk matematiklaridan biri, algebra fanining asoschisi, astronomi o'zbek xalqining farzandi Muhammad al-Xorazmiydir (783850)». U arifmetika, astronomiya, tarix, geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga doir asarlar yozdi. O'rta asr sharqida birinchi bor Sayyoralarning harakatini aniq hisoblab, zij matematik va astranomik jadvallarni tuzdi. Shu bilan birga Xorazmiy grafikaning rivojlanishiga beqiyos hissa qo'shdi. U o'zining matematikaga doir risolalarini formulalar yordamida emas, balki chizmalar yordamida talqin etdi.

U «Er surati» asaridagi xaritalarni o'zi chizdi va unga sharhlar yozdi. Xorazmiy yaratgan «Al-Jabr Al-Muqobala»dan er o'lchash, kanallar qazish va boshqa ishlarda foydalaniladi. U «Muqobil va algebrani hisoblash» nomli kitobida kub, parallelepiped, konus, piramida sirtlarini kvadrat va uchburchak asosida aniqlashni maslahat berdi.

Buyuk o'zbek astronomi, matematigi va geografi o'rta asr Evropa ilmiy adabiyotida ATfraganus deb atalgan Abul Abbos Ahmad Farg'oniy (IX-asr), Bog'doddagi «Bayt-ul-hikmat» qoshidagi rasadxona olib borilgan kuzatuv ishlarida qatnashgan. Uning asarlarida juda ko'p chizmalar bo'lib, ulardan beri asturlab va markaziy proektsiyalash uskunasi (1.14. 1.15 - shakllar)

Qozog'istonlik buyuk qomuschi olim xalq orasida ikkinchi Aristotel deb atalgan Abu Nasr al-Farobiy (873-950) fanning deyarli hamma sohasi bo'yicha 180 dan ortiq risola yozgan va tadqiqotlar qilgan. Ularni ichida grafikaga bevosita aloqador bo'lgan geometriya, stereometriya, astronomiya, optika, mexaniqa, arxitektura va boshqa sohalar bo'yicha asarlari bor. Uning fikricha geometriya (ilm-al-Xandasa) hamma fanlar bilan uzviy bogTiq. Bu fikrlar ayniqsa, grafikaga ham taalluqli. (Farobiyning «Fanlarning kelib chiqishi va tasnifi» nomli asarining ikkinchi qismi grafikaga bevosita bog'liq bo'lgan qismida geometriya haqida, uchinchi qismida esa kuzatish haqidagi fan /optika/ haqida malumot berilgan. Hozirda uni chiziqli perspektiva deb o'rganishadi.

Farobiy arxitektura loyihasining asosini muhim geometrik yasash usullari tashkil etishni aniqlab, o'zining «Manaviy mohir usullari va geometrik shakllarning tabiiy nozik sirlari» kitobini yozadi. Unda turli geometrik shakllar-doira, uchburchak, to'rtburchak, kvadrat, kub, konus, tsilindr, prizma, sferalarni hamda parabola va boshqalarni yasash usullari ustida to'xtaladi. U o'zining «Kitob al-Xiyal ar-ruxoniyma va asror attabiiyya fida koik al-ashkal al-Xansiyya» nomli 10 kitobdan iborat asarida geometrik yasashning 130 ta masalalari turli variantlarda keltirilgan va ularni echishning eng oson yo'lari ko'rsatilgan. Farobiy moddiylikning xarakterli xususiyati va belgisi deb uchta o'lchovni - bo'yi, eni va chuqurligini hisoblaydi. Farobiyning o'zi ham me'morchilikdan yaxshi xabardor bo'lganligi sababli

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

uning «Ilm-al-Xiyal» asari amaliy sanatini shu jumladan, arxitekturaning ham o'z ichiga oluvchi juda keng ma'noga ega. SHunga ko'ra al-Farobiy yozadiki: «Ko'p sonli geometrik mohir usullar borki, ular orasida rayisa - al-bina, yani bino va inshootlarning loyihasini tuzish orqali qurilishga rahbarlik qilish sanati yotadi». Farobiyning «Fazilatli madaniyat (shahar) ahli» nomli kitobida shaharning tarkib topishi haqida fikr yuritiladi. Fozil shaharni soglom tanga o'xshatadi, insonlarni yashash uchun ideal sharoit yaratishini orzu etadi. Uning arxitektura haqidagi tadqiqot va fikrlari SHarq arxitekturasi shu jumladan, Markaziy Osiyo arxitekturasi tadqiqotida muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari u, Evklidning «Negizlar»iga, Ptolomeyning «Almagest» asariga sharhlar yozgan. Uning asarlari, tadqiqotlari grafikani rivojlanishiga bevosita muhim tasir ko'rsatadi. Grafikaning rivojlanishiga bevosita o'z hissasipi qo'shgan buyuk olimlardan yana biri Xurosonlik matematik Abul Vafo Muhammad ibn Yahyo ibn Abbos al Buzjoniy (940-998) dir. U avvalo qadimgi yunon olimlarining asarlarini tarjima qilish bilan shug'ullanadi. Uning kashf etgan ilmiy asarlari matematika va grafika fanini yanada rivojlantirshda muhim rol o'ynaydi. Uning asarlarida chizmachilikning nazariy asarlari asoslari berilgan. Uning «Hunarmandlar uchun geometrik handasaviy yasashlari haqidagi» 13 bobdan iborat risolasi «Chizg'ich», «Sirkul va uchburchaklik haqida» nomli boblar boshlangan. Unda shu asboblar va ularni yasash to'g'risida keng malumotlar berilgan. Ushbu asarning mazmuni asosan geometrik yasashlarga bag' ishladi.

Adabiyotlar

1. Sk.K.Murodov va boshqalar. Chizma geometriya. Toshkent, "Iqtisod - moliya", 2008.

2. B.B.Qulnazarov. Chizma geometriya. Toshkent, "O'zbekiston", 2006.

3. R.Q.Ismatullayev. Chizma geometriya. Toshkent. Toshkent, 2005.

4. R.X.Xorunov, A.Akbarov. Chizma geometriyadan masalalar va ularni yechish usullari. 2 - nashri, "O'qituvchi", 1995.

5. www.tdpu.uz

6. www.edu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.