Научная статья на тему 'MARIYA MONTESSORI METODIKASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR AQLIY TARBIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MARIYA MONTESSORI METODIKASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR AQLIY TARBIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
885
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Mariya Montessori / aqliy tarbiya / maktabgacha yoshdagi bolalar / ta`lim-tarbiya…

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — M. Gulomjonova

Ushbu maqolada Mariya Montessori metodikasida maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari xususida so`z yuritilgan…

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARIYA MONTESSORI METODIKASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR AQLIY TARBIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

MARIYA MONTESSORI METODIKASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR AQLIY TARBIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

M. G'ulomjonova

NamDU 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Mariya Montessori metodikasida maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tarbiyasining o'ziga xos xususiyatlari xususida so'z yuritilgan...

Tayanch tushunchalar: Mariya Montessori, aqliy tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalar, talim-tarbiya...

Ta'limning insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi hamda uning ta'limga nisbatan bo'lgan turli-tuman ehtiyojlari qondirilishi, milliy umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson jamiyat va atrof muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvidir.

Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta'lim pedagogikasini rivojlantirish maqsadida bir qancha ilg'or usullar tatbiq etib kelinmoqda. Shulardan biri Mariya Montessori texnologiyasidir. Bu mohiyatan hayotdan o'zlashtirilgan "tabiiy" usul bo'lib, bola tarbiyasida o'zining har tomonlama mukammaligi bilan ommalashgan.

"Bizning bolalarga bo'lgan munosabatimizni o'ylar ekanman -deydi. Montessori biz ularda tug'ilajak aqliy tuyg'ularini ehtiyojkorlik bilan rivojlantiruvchi hamda mashq qilidiruvchi omil hisoblanamiz" Demak biz bolalarni rivojlantiriuvchi asosiy omil ekanmiz, inson uchun nima muhim biz ularga nisbatan qanday munosabatda bo'lishimiz kerak? -degan savolga javob izlashimiz zarur.

Eng avvalo bola bizning shaxsiy mulkimiz degan fikrdan qutilishimiz kerak. U nafaqat o'z oilasining a'zosi balki jamiyatning bir bo'lagi ekaniga ko'nikishimiz zarur. Bundan tashqari bola boshqalarga tegishli bo'lgan yagona insoniy hilqat hisoblanishini ochiq tan olishimiz juda muhim.

Agar biz bugungi kunda «Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning intellektual rivojlanish darajasi qay ahvolda?» degan savolni bersak, Montessori bizning savolimizga shunday javob berar edi: «Tarbiyachi bola intellektining quruvchisi hisolanadi. Tarbiyalanuvchi tarbiyachi imkon bergan darajada shakllanadi. Tarbiyachi nimaniki bergan bo'lsa, o'shani biladi. Tarbiyachi nimani tushuntirgan bo'lsa, o'quvchi undan ko'p ham, kam ham narsani tushunmaydi. Tarbiyalanuvchilarning muvaffaqiyatlarini maqtashganda bu maqtovlar bevosita o'qituvchiga ham tegishlidir. Jamoaning yutug'i — uning muvaffaqiyatidir. Uning

mahorati shundaki, bolalarga yetkazishni zarur deb bilgan mashg'ulotlarni bolalarning diqqat bilan tinglashlaridir». Aytilgan bu so'zlar ayni haqiqat. Xo'sh, bular boshlang'ich maktabga tegishlimi yoki bolalar bog'chasiga aloqador?

Bolani shaxsiy intellekt maktabiga joylash bilan biz uning turini muqarrar o'zgartiramiz; «bolalik psixologiyasi» nomida izohlanuvchi bola haqidagi barcha tasavvurlar, agar bolalarni Montessori sharoitida uzoq vaqt kuzatadigan bo'lsak, sezilarli darajada ba'zi bir munosabatlarda tamomila o'zini oqlamaydi.

Uch yoshga yaqin yosh bola birinchi bor bolalar bog'chasiga kelganda unga xuddi hamma narsani yozish mumkin bo'lgan «oppoq qog'oz» degan tasavvur bilan emas, aksincha, tashqi olam ta'sirida to'plangan tartibsiz taassurotlarga ega, deb yondoshishimiz zarur. «Uch yoshli bola kechinmalarida turli chalkashliklardan iborat og'ir bo'shliq mavjud bo'ladi», deydi Montessori. Aksariyat hollarda oxiri uyqu bilan tugaydigan sababsiz injiqliklar va yig'i, uning ustiga yopiriladigan tashqi olamdan olingan hisobsiz taassurotlar hisobiga yuzaga keladi. Hyech kim xayoliga ham keltirmaydiki, sayr bola uchun mehnat hisoblanadi. Ayniqsa, hali uning sezgilari layoqatli bo'lmagani holda ko'rish va eshitish orqali xatolarini to'xtovsiz to'g'rilab boradi. Narsalarni kuzatib ko'zi bilan aniq baholay olmasligi uni o'ta toliqtiradi. o'z yoshligini eslay oladiganlarning hammasi buni tasdiqlashi, yosh bolalarni kuzatuvchi har bir e'tiborli odam buni har qadamda ko'rishi mumkin.

Biz bolaga bu og'ir holatdan chiqib olishga yordam berishimiz kerak, unga dunyoni chalkashlik sifatida emas, balki tabiatan nihoyatda intiluvchanligini hisobga olgan holda, tabiatning qat'iy tartibda ekanini anglashga imkon berishimiz lozim. Bunga yaqinlashish uchun esa bola atrofdan tabiat qoidalari asosida boshlanuvchi uning ichki uyushqoqligi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lgan nimadir topishi kerak. Aytaylik, xuddi hasharotdek to'g'ridan-to'g'ri o'z shakl va mohiyatidan kelib chiqib, ranglarning shakli va sifatini topish kerak bo'ladi. Boshqacha aytganda, biz bola uchun aniq belgilangan sharoit yaratib berishimiz va unga intellektual mustaqil mashqlar uchun zarur tashqi vositalarni berishimiz kerak. Bu vositalar tasodifiy yoki o'qituvchi xohishi bilan tanlangan bo'lmasligi kerak. Balki bola uchun aqliy rivojlanishda mustaqil mashqlar obyekti bo'lib xizmat qiluvchi, Montessorining sezgi a'zolarini tarbiyalashga qaratilgan didaktik materallari bo'lishi, tajriba orttirilishi natijasida sekin-asta taqdim etishi kerak.

Dastlab intellektning rivojlanishi uchun faktlarning to'planishi va ularning farqlanishi zarur bo'ladi. Bolaga bu asosda o'z intellektini oshirishga ko'maklashish faqatgina mashqlarda «o'zini-o'zi boshqarish» bilan amalga oshiriladi.A«Boshqa bir odam bizning o'rnimizga mashq qilib, bizga mahorat orttirish imkonini berishi aqlga sig'maydigan holatdir», deydi Montessori. Sensor materiallardagi sezgiga doir mashg'ulotlar bolalarga ajratish va tavsiflash (klassifikasiyalash) imkonini beradi. Hozirgi kunda ba'zi narsa-buyumlarni ularning sifatidan bo'lak boshqa belgilariga

qarab ajratish imkoniyati mavjud emas. Montessorining sensor materiallari ham narsa-buyumlar sifatini: o'lchami, shakli, rangi, yuzaning silliqligi va g'adir-budurligi, og'irligi, harorati, hidi, shovqin, ovozini tahlil qiladi va ko'rsatib beradi. Predmetlarning sifatigina bir-biridan farqlanadi, ularning o'zi emas, chunki bu sifatlar predmetning belgisini bildiradi. Misol uchun Montessori materiallaridagi ixtiyoriy predmetni olaylik, u favqulodda oddiy, bola diqqatini o'zida jamlovchi sifatlarga ega. Unda bolaning e'tiborini tortuvchi sifatlar mavjud bo'lib, uni qiynab qo'yuvchi barcha ortiqcha belgilar olib tashlangan. Masalan, balandlik va hajmni farqlash imkonini berish uchun bolaga shunchaki hajman har xil bo'lmagan silindir, kub va prizmalar berish kerak. Qo'ziqorin, tuxum yoki jo'jaxo'roz va shunga o'xshash narsalar berilmaydi. Shaklni farqlash uchun tekis geometrik shakl va jismlardan foydalaniladi. Uychalar, gullar va olmalar bu tarkibga kirmaydi. Rangni farqlashda esa qo'g'irchoq, gul yoki qo'lda yasalgan o'yinchoqlar emas, balki oddiy rangli shoyi qirqimlari kifoya. Ranglar tartibini anglatuvchi yo'nalishda joylashgan bu predmetlar ranglarning sifatiga qarab ham ajratiladi. Bola mashq qilar ekan, bu sifatlarni farqlab beradi: endilikda u predmetlarning ko'proq yoki kamroq, baland va past, yo'g'on va ingichka, ko'p va kam bo'lishi mumkinligini farqlaydi. Ranglar bo'yalganlik darajasiga qarab turlicha bo'lishini, tovushlar turlicha jarangdorlikda, shakllar bir-biriga o'xshashligi jihatidan turli darajada bo'lishini anglab yetadi. Bola material predmetlarini juftlash va qo'yish bilan sifatlar ayniyatini o'rnatish holatida bo'ladi. Masalan, bola geometrik shaklni kartonga qo'yish, ularni yacheykaga yasoylash, ikkita rangli jadvalni yonma-yon qo'yishni bajaradi. Shuningdek, ikkita kub, prizma yoki tayoqni qo'yadi. Keyinchalik esa individual darslar yoki o'z shaxsiy xulosalariga tayanib, bola sifatlar tafovutini aniqlaydi: uzun-kalta, yorqin-xira, katta-kichik va boshqalar. Va nihoyat, qachonki rangli katakchalar, prizma, tayoq, silindr geometrik shakllar kabi predmetlar turlari bo'yicha ketma-ket joylashganda sifatlar darajasini farqlashni boshlaydi.

Biz har doim bolalarimizdan quyidagi iboralarni eshitamiz: «bu xuddi o'zi», «u bungao'xshaydi», «judayam o'xshash», «sal-pal o'xshash», «ko'proq», «semizroq», «kengroq», «buxiraroq», «bu rangliroq», «bu baland, bunisi pastroq» va shu kabi. Uning o'ziga ma'lum bo'lmagan, ammo ongda yashirin yotgan va unda zarurat tug'ilgandagina yuzaga chiquvchi aniq so'zlarni ishlatishni boshlaydi.

Muayyan belgilangan sifatni boshqalari orasidan ajratib olishdagi intellekt ishi, shubhasiz, faol bo'lishi kerak: intellekt predmetni tahlil qiladi, undan aniq bir sifatn i ajratib oladi va ularni boshqarish bilan ko'p predmetlarni u yoki bu bog'liqliklari yordamida birlashtiradi va sintez qiladi. Agar biz ikkita to'g'ri to'rtburchakli plastinkalar o'xshash, desak, bunda shakldan tashqari qolgan barcha sifatlarni chetga surib qo'yamiz. Agar ikkita predmet rangi bir-biriga o'xshash, desak, ko'plab boshqa sifatlar orasidan bitta sifat — aynan rangni alohida ko'rsatamiz. Lekin bu jarayon

amalga oshishi uchun predmetlarni qandaydir bir sifatda saralash ko'nikmasi egallangan bo'lishi lozim. Montessori metodikasi asosida tarbiyalangan bolalar belgi va xususiyatiga ko'ra guruhlashga tartib bilan yondoshadilar.

Demak maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash borasida olib boriladigan ishlarning asosiy maqsadi bolalarga aqliy tasavvur va bilimlarni singdirish, ularda shaxsning aqliy his-tuyg'u va sifatlarini ijobiy munosabatlar va xulq madaniyatini tarbiyalashga qaratilmog'i zarur.

REFERENCES

1. Daminova M., Adambyekova T. «O'yin mashg'ulotlari» T.: «O'qituvchi» 1993y

2. Fausyek Yu.U. Motessori bolalar bog'chasi. T.: «Yangi asr avlodi» 2007y

3. Shodieva Q. "Nutq o'stirish uslubiyoti" T.: 2008 h

4. Jo'raev S., F.Qodirov "Kichkintoylar nutqini o'stirish" T.: 2005 y.

5. Asqarova M., G'.Qodirova "Kichik yoshdagi bolalar nutqini o'stirish" T.: "O'qituvchi" 2001 y

6. G'oziev E. "Ontogeniz psixologiyasi" 2010 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.