Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA‟MINLASHGA OID ISLOHOTLAR'

MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA‟MINLASHGA OID ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / ekologik xavfsizlik / huquqiy mexanizm / ekologik muammo / ecology / environmental safety / legal mechanism / environmental problem

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — J. M. Hayitov

Ushbu tezisda Markaziy Osiyo mintaqasi global ekologik xavf-xatarlar mavjudligi va kuchayib borish tendensiyalari kuzatilayotgan asosiy inqiroz markazlari biri ekanligi, shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga oid qilinayotgan amaliy ishlar hamda islohotlar koʻrib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFORMS TO ENSURE ENVIRONMENTAL SAFETY IN OUR COUNTRY

This thesis examines the fact that the Central Asian region is one of the main crisis centers where the presence and increasing trends of global environmental risks are observed, and based on this, the practical work and reforms that are being carried out to ensure environmental security in our country today are considered.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA‟MINLASHGA OID ISLOHOTLAR»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

NationalUniversityofUzbekista^^^^^ranSiOBm2

MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHGA OID

ISLOHOTLAR

J. M. Hayitov

O'zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi, Navoiy, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Ushbu tezisda Markaziy Osiyo mintaqasi global ekologik xavf-xatarlar mavjudligi va kuchayib borish tendensiyalari kuzatilayotgan asosiy inqiroz markazlari biri ekanligi, shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta'minlashga oid qilinayotgan amaliy ishlar hamda islohotlar ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Ekologiya, ekologik xavfsizlik, huquqiy mexanizm, ekologik muammo

REFORMS TO ENSURE ENVIRONMENTAL SAFETY IN OUR COUNTRY

J. Hayitov

Independent Phd student of the National University of Uzbekistan

Navoi, Uzbekistan

ABSTRACT

This thesis examines the fact that the Central Asian region is one of the main crisis centers where the presence and increasing trends of global environmental risks are observed, and based on this, the practical work and reforms that are being carried out to ensure environmental security in our country today are considered.

Keywords: ecology, environmental safety, legal mechanism, environmental problem

Xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash barcha xalqlar, millatlar va davlatlarning diqqat-e'tiborida turgan muammolardan biridir. Mavjud xavf ko'lamining ortishi, kengayishi, xavf-xatarlarning yangi turlarini paydo bo'lishi insoniyatning unga bo'lgan qarashlarini o'zgartirayotgani ayni haqiqat. Aksariyat hollarda insoniyat o'zi uchun qulay yashash sharoitini yaratish asnosida yangi xavf turlarini paydo bo'lishiga zamin yaratmoqda. Ekologik xavf-xatarlar ham aynan inson omili natijasida paydo bo'lgan va yildan yilga kuchayib borayotgan hodisadir. Shu bois, ekologik xavfsizlik masalasi global xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida ilmiy manbalarda muntazam aks etmoqda.

April 20, 2024

672

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov ekologik xavfsizlik muammosiga quyidagicha e'tibor qaratgan: "Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko'rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e'tiborga molikdir. Ochiq e'tirof etish kerakki, uzoq yillar mobaynida eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug'ullanilmagan. Aniqrog'i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai, o'z mamlakatlarining kelajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib qolishiga befarq qaramagan, bu haqda qattiq tashvish chekkan odamlarning esa «qalb nidosi» bo'lib kelgan" [4, -B. 100].

Ayni davrga kelib ekologik xavfsizlik masalasi yer sayyorasining barcha mintaqalarini qamrab olgan bo'lib, uni hal etishga qaratilgan chaqiriqlar, munozaralar, matbuotda, davriy nashrlarda, turli rasmiy anjuman va xalqaro masshtabdagi hukumatlararo uchrashuvlar, xalqaro tashkilotlarning kun tartibidagi muntazam ko'rilib kelinmoqda. Yangi tashkil etilayotgan xalqaro va mintaqaviy ekologik tuzilmalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, muntazamlik kasb etib borayotgan xalqaro anjumanlarni kuzatib shunday xulosaga kelish mumkinki, hir bir mintaqa o'z muammolari doirasida ekologik xavfsizlikka e'tibor qaratishi kelajakni ta'minlashning asosiy kafolatidir.

O'zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta'minlash masalalari ham alohida ahamiyat kasb etib, boshqa mintaqalarga nisbatan ustuvor xarakterga ega. Buni quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

Birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasi global ekologik xavf-xatarlar mavjudligi va kuchayib borish tendensiyalari kuzatilayotgan asosiy inqiroz markazlaridan hisoblanadi. Ichimlik suvi tanqisligi, cho'llanish, transchegaraviy daryolar o'zanining pasayishi va boshqa bir qator omillar sabab mazkur hudud alohida e'tiborni talab qiladi;

Ikkinchidan, Orolbo'yi hududidagi vaziyatni hozirgi holatida saqlab qolish, uni yanada chuqurlashib ketishini oldini olish, Orol inqirozining oqibatlarini muayyan darajada bartaraf etish vazifalarini bajarishni taqozo etadi;

Uchinchidan, mintaqadagi og'ir ekologik holatga xalqaro darajadagi ekspertlarning e'tiborini qaratish, xalqaro tashkilotlar, ekologik muassasalarning yig'ilishlarida mavjud muammolarning u yoki bu tomonga o'zgarishi haqida aniq ma'lumotlarni taqdim etish hamda xalqaro ko'mak imkoniyatlarini ko'rib chiqish zaruratini oshiradi;

To'rtinchidan, aholining ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ta'lim va tarbiyani ta'limning barcha bosqichlariga kiritish, umummilliy ekologik siyosatni ishlab chiqish va mazkur jarayonda fuqarolar faolligini oshirishning ilmiy-texnik,

673

April 20, 2024

ijtimoiy-ma'naviy, iqtisodiy-siyosiy yo'nalishlarini belgilash va sohaga doir islohotlarni izchil davom ettirishni o'zi ichiga oladi.

Jahonda ekologik xavfsizlikni ta'minlashning ehtiyoji ortib borayotgan hozirgi sharoitda har bir mamlakat o'zining ichki resurslarini mazkur masalaga qaratishi birlamchi vazifa hisoblanadi. O'z navbatida, mamlakatlarning atrof-muhit masalalariga yo'naltirilgan konstruktiv siyosati birinchi navbatda mamlakatning jahon hamjamiyatidagi nufuzi oshishiga xizmat qilsa, ikkinchi navbatda mintaqaning ekologik barqaror va xavfsiz bo'lishini ta'minlaydi. Bu borada Yangi O'zbekistonning ekologik siyosati va unda olib borilayotgan islohotlar soha rivojini ta'minlashga xizmat qiladi.

Muayyan davlatda ekologik xavfsizlikni ta'minlash o'sha davlatning xalqaro maydondagi nufuzini belgilash bilan bir qatorda ichki ijtimoiy-siyosiy muhit barqarorligini ta'minlovchi vositadir. Mazkur faoliyatni to'laqonli amalga oshirish esa bir qator jihatlarni o'zida jamlaydi. Rossiyalik tadqiqotchi V. Kazakovaning ta'kidlashiga ko'ra bunday jihatlarga quyidagilar kiradi: "Yagona ekologik doktrinani ishlab chiqish va barcha darajadagi ekologlar va menejerlar faoliyati, ekologik ta'lim va aholi o'rtasida ekologik ongni shakllantirish tamoyillari quyidagi umuminsoniy qadriyatlarni o'z ichiga olishi kerak: 1) xolislik, 2) professionallik; 3) malaka, 4 ) milliylik, 5) insonparvarlik, 6) aql-idrok, 7) vatanparvarlik, 8) ilmiylik, 9) adolat, 10) uzoqni ko'ra bilish, 11) konstruktivlik, 12) yangilik" [5, - C.17].

Darhaqiqqat, har bir davlatning muayyan sohani rivojlantirish borasida konseptual vazifalar aniqlangan va ko'rsatib berilgan doktrinal siyosati mavjud bo'lishi zarur. Ma'lumki, qaysi davlatda u yoki bu soha taraqqiy etgan bo'lsa u birinchi o'rinda boshqa rivojlangan sohalarning bir elementidir. Boshqacha aytganda, hech bir soha bir-biridan ajralgan holda o'zi alohida rivojlana olmaydi. Ya'ni bir sohaning rivoji jamiyatdagi boshqa sohalarning taraqqiyotiga yo'l ochadi. Demak, ekologik xavfsizlikni ta'minlash ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-mafkuraviy, madaniy-ma'rifiy va boshqa qator sohalarning takomili asosida shakllanadi va rivojlanadi. Shu bilan birga, mamlakatda yaxlit ekologik siyosatni shakllantirish umumiy iqtisodiy-siyosiy tizimning hamma yo'nalishlarini qamrab olishi talab etiladi.

Aytish kerakki, ekologik xavfsizlikka daxldor davlat siyosati amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bilan bevosita bog'liqdir. Ushbu yo'nalishda davlatimiz rahbari Sh Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan takliflar, tashabbuslar muntazamlik kasb etib, xalqaro forumlarda, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi ma'ruzalarida o'z aksini topmoqda. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasida qilgan barcha ma'ruzalarida hal etilishi lozim bo'lgan qator masalalar qatorida atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan chaqiriqlar yuqori o'rinni egallaydi. Jumladan, Bosh Assambleyaning 72, 75 va 78 sessiyalarida tadqiqotimiz

April 20, 2024

674

markazidagi mavzu dunyo jamoatchiligi e'tiboriga havola qilingan. Unda Markaziy Osiyodagi og'ir iqlim sharoitini yaxshilash, Orolbo'yi hududidagi ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etish borasida konseptual fikrlar bayon qilingan. Shunday fikrlardan biri quyidagi jumlalarni o'z ichiga olgan: "Biz Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'ion qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etamiz. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo'lardi" [3].

Ma'lumki, davlat rahbarining O'zbekiston xalqiga muayyan yil yakunlari va yangi yil uchun tuziladigan rejalar va dasturlarni o'zida aks ettiruvchi murojaatnoma yo'llashi an'anaga aylanib ulgurdi. Har yilgi murojaatnomalarning tadrijiy bosqichlarini kuzatib shuni anglash mumkinki, islohotlarning muhim yo'nalishi sifatida atrof-muhit muhofazasi alohida o'rinni egallaydi. Jumladan, 2020-yil 24-yanvar kuni O'zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash masalalariga bo'lgan e'tiborning yuqori darajasini ko'rish mumkin.

«Taraqqiyot strategiyasi» xodimi Sh.Ergashevning ta'kidlashicha, "O'zbekistonning ekologik xavfsizlik sohasida olib borayotgan siyosati respublika taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Prezident Sh.Mirziyoyevning Murojaatnomasida e'tirof etilgan hozirgi paytga tabiatga nisbatan bo'layotgan antropogen va texnogen ta'sirlar sharoitida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar nafaqat respublikada, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik vaziyatni yanada yaxshilashga xizmat qiladi" [6].

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, xalqaro minbarlarda chiqish, aniq va manzilli taklif-tashabbuslarni ilgari surish bilan bir qatorda mamlakatning ichki infratuzilmasini yaxshilashga doir qonunchilikni takomillashtirish hamda amaliy faoliyatda joriy etish ham masalaning tizimli yechimini ta'minlaydi. Shu bois, qonunchilik va ijro organlarining o'zaro hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish har qachongidan ham muhim. Asosiy qonunimiz hisoblangan O'zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi davrning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta to'ldirilganligi ma'lum. 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq ovoz berish yo'li bilan yangilangan Konstitutsiyada fuqarolarning ekologik huquq va majburiyatlari qayta belgilangan bo'lib, bosh qonunning 49-moddasida quyidagi qoidalar belgilab qo'yilgan: "Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega. Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik

April 20, 2024

675

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

^ationalUniversityofUzbekista^^^^^ranfimSiiSno

maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko'radi" [1].

Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta'minlash masalalari boshqa huquqiy manbalarda ham o'z aksini topgan. Bu borada qabul qilingan ikki muhim hujjat -"Atrof-muhitni muhofaza qilish" va "Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyalari" mamlakatimizning nafaqat xalqaro maydondagi faolligi balki, ichki islohotlar jarayonida ham tizimli ishlar olib borilayotganligini ko'rsatuvchi jihatdir.

Keltirilgan yo'nalishlar atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ta'sirchan chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarish qisqa muddatlar ichida ekologik tanglikni bartaraf etish, mamlakatimiz aholisi uchun ekologik xavf-xatarlardan xoli mintaqada yashash uchun zarur shart-sharoitlarni taqdim etadi hamda ekologik jihatdan barqaror muhit yaratish imkonini beradi.

REFERENCES:

1. Узбекистан Республикаси Конституцияси. - Т.: "Узбекистан" 2023.

2. Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг Карори. "Экологик хавфсизлик тугрисидаги умумий техник регламентни тасдикдаш хакида" https://lex.uz/ docs/4739971

3. Шавкат Мирзиёевнинг БМТ Бош Ассамблеясининг 75-сессиясидаги нутки. https: //www.xabar.uz/j amiyat/sessiyadagi-nutq

4. Каримов И.А. Узбекистан XXI аср бусагасида: хавфсизликка тахдид, баркарорлик шартлари ва тараккиёт кафолатлари. -Т.: Узбекистан, 1997.-100 б.

5. Казакова В.Б. Экологическая безопасность в условиях трансформации российского общества. Автореферат диссертации кандидата социологических наук. - М.:2004. С.17.

6. Иргашев Шухрат. Экологик хавфсизлик жамиятнинг баркарор ривожланиши омили сифатида. https://strategy.uz/index.php?news=811

676

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.