Научная статья на тему 'MAKTABLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING DOLZARB MASALALARI'

MAKTABLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2071
296
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Inson tafakkuri / matematik bilim / ko’rgazmali qurollar / jadvallar / kompetentsiyalar / mantiqiy fikrlash. / Human thinking / mathematical knowledge / visual aids / tables / competencies / logical thinking.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulchehra Samatova

Maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematika fanini o’qitishning maqsad va vazifalari, zamonaviy metodlari hamda bu borada ayni damda mavjud muammo-kamchiliklar xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT ISSUES OF TEACHING MATHEMATICS IN SCHOOLS

The article discusses the goals and objectives of teaching mathematics in general secondary schools, modern methods, as well as current problems in this area.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING DOLZARB MASALALARI»

MAKTABLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISHNING DOLZARB

MASALALARI

Gulchehra Samatova

Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 26-maktab matematika fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika fanini o'qitishning maqsad va vazifalari, zamonaviy metodlari hamda bu borada ayni damda mavjud muammo-kamchiliklar xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Inson tafakkuri, matematik bilim, ko'rgazmali qurollar, jadvallar, kompetentsiyalar, mantiqiy fikrlash.

CURRENT ISSUES OF TEACHING MATHEMATICS IN SCHOOLS

Gulchehra Samatova

Teacher of mathematics at school № 26 in Oltiariq district of Fergana region

ABSTRACT

The article discusses the goals and objectives of teaching mathematics in general secondary schools, modern methods, as well as current problems in this area.

Keywords: Human thinking, mathematical knowledge, visual aids, tables, competencies, logical thinking.

KIRISH

Ma'lumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o'zini-o'zi boyitib borishi, ya'ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma'lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Xatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o'tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo'lgan. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o'quvchilarni o'ylashga, to'g'ri, mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o'rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o'quvchilarni o'ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarni yechish orqali o'quvchilar to'g'ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o'rganadilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabda matematika o'qitishning asosiy vazifasi o'quvchi yoshiga mos kundalik turmushda va mehnat faoliyatida qo'llaniladigan, kelajakda ta'lim olishni davom ettirishda zarur bo'lgan matematik bilimlar va ko'nikmalarini ongli ravishda mustahkam egallashni ta'minlashdan iborat. Matematika o'qitish metodikasi fani bevosita falsafa, psixologiya, pedagogika, didaktika, matematika fanlari, chizmachilik, mantiq, tarix va boshqa fanlarga asoslanadi.

Matematika fani nazariyasi va uni o'qitish bilan bog'liq muammolarni tadqiqot qilishda matematika fani va uning o'qitishning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Zamonaviy ta'limda ta'lim oluvchi uchun dars jarayonidan tashqari vaqtlarda ham o'z ustida ishlashlari, bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi. Matematika boshqa fanlar (fizika, ximiya, tarix va hokazo) kabi haqiqiy borliqni o'rganadi. Haqiqiy borliqning tuzilishi va undagi qonun qoidalarini tadqiqot qiladi. Haqiqiy borliq haqida turli modellar yasaydi. Agar, tabiiy fanlar o'z tadqiqotlarida tajribalarga asoslanishsa, matematika tajribalarga asoslanmaydi. Matematikadagi nazariyani amaliyot bilan bog'lash bilan bog'liq muammolarni tushunish va tasavvur qilishda tajribaga murojaat qilish mumkin. Biroq tajriba metodi matematikada isbot uchun qabul qilinmaydi. Tabiiy ilmiy fanlar haqiqiy borliqning noma'lum bo'lgan xossalarni topish uchun tadqiqot o'tkazsa, matematika moddiy dunyoning qaralayotgan modellarida yangi xossalarni topadi va yangi modellar yaratadi. Bunga borliqdagi hodisalarni yaxlit talqin qilishga imkon beruvchi matematik modellashtirishlar misol bo'ladi. Matematika bu aniq fanlar guruhiga mansub bo'lib, uni o'rganish va tadqiqot qilishning boshqa fanlardan farq qiluvchi o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan: 1) matematika predmetlarining abstraktlangan xossalarini o'rganadi. Matematik ob'ektlar mazmundan ajratilgan holda o'rganiladi, ya'ni ob'ektning ta'mi, hidi, qattiq yoki yumshoq kabi xususiyatlar inobatga olinmaydi. Chunki, matematik ob'ektdagi bu xususiyatlar umumlashtiriladi, abstraktlanadi va uning yordamida matematik nazariya yaratiladi. Aks holda nazariyani yaratib bo'lmaydi. 2) matematik xulosalar (natijalar) asosan mantiqiy xulosa chiqarish bilan olinadi. Tajriba metodi bilan olingan natija matematika uchun to'g'ri hisoblanmaydi. 3) matematik xulosalar rad qilinmas xulosalardir. 4) matematikadagi paydo bo'lgan abstraktsiyalar pag'onasimon rivojlanadi, ya'ni abstraktsiyadan abstraktsiyaga o'tiladi. 5) matematik natijalar universal xarakterda bo'lib, bu boshqa sohalarga ham tadbiq etiladi[5].

MUHOKAMA

O'rta maktablarda matematika o'qitishning maqsadi quyidagi 3 omil bilan belgilanadi:

www.scientificprogress.uz

1. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi.

2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.

3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi.

Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

a) o'quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar tizimi matematika fani to'g'risida yetarli darajada ma'lumot berish, ulami matematika faninng yuqori bo'limlarini o'rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarini ishonchli ekanligini tekshira olishni o'rganishlari, ya'ni isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak.

b) o'quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.

Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida xatosiz so'zlash, o'z

fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu degani o'quvchilarning har bir matematik qoidani o'z ona tillarida to'g'ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik ifodasini formulalar yordamida to'g'ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha shakllantirish demakdir;

v) o'quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o'rgatish. Bu yerda o'quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko'zda tutiladi.

Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.

NATIJALAR

Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o'z oldiga quyidagilarni qo'yadi:

> O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g'oya bilish nazariyasi asosida amalga oshiriladi.

> O'quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni tarbiyalash.

Bizga ma'lumki, matematika darslarida o'quvchilar o'qishning dastlabki

kunlaridanoq mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o'rganadilar. Ular avvalo kuzatishlar natijasida, so'ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi.

Matematika o'qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

> O'quvchilaTda matematik tafakkumi va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o^ganiladigan har biг matematik xulosa qat'iylikni talab qiladi, bu esa o'z navbatida juda ko'p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi. O'quvchilaT ana shu qonuniyatlami bosqichma-bosqich o^ganishlari davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa chiqarish madaniyatlari shakllanadi. O'quvchilami biгoг matematik qonuniyatni ifoda qilmoqchi bo'lgan fikriami simvolli tilda to'g'ri ifodalay olishlaгi va aksincha simvolli tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni o'z ona tillarida ifoda qila olishlariga o^gatish oгqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi.

3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi:

• Matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tadbiq qila olishga o^gatish. Bunda asosan o^uvchilaróa nazariy bilimlami amaliyotga bog'lay olish imkoniyatlarini tarkib toptiгish, ulaTda turii sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o^gatiladi.

XULOSA

Ta'kidlash joizki, Ыгог tabiiy hodisa va jaгayonlaгni matematika yoráamida o'гganish uchun bu jarayonni soddalashtiгib o'гganish zaгuг. Undagi ko'pxillik xossalaгdan biz uchun zaгuг bo'ladiganini ajгatib olish va bunda ba'zi xususiyatlami e'tiboгsiz qoldiгishga to'g'гi keladi. Biz uchun eng muhimi mavjud hodisa va jarayonni matematika tilida ifodalash uchun zairn bo'ladiganlarigina qoldiriladi. Hodisa va jarayonlarni bunday usulda matematika tilida ifodalashni matematik model deb atashadi[4].

• Matematikani o'qitishda texnik vosita va ko^gazmali qurollaTdan foydalanish malakalarini shakllantiгish. Bunda o'quvchi-larning matematika darslarida texnika vositalaridan, matematik ko'гigazmali quгollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi.

• O'quvchilami mustaqil ravishda matematik bilimlami egallashga o^gatish. Bunda asosan o'quvchilami o'quv darsliklaridan va ilmiy-ommaviy matematik kitoblardan mustaqil o'qib o^ganish malakalarini shakllantiгishdan iboratdir

Shunday ekan, o'гta umumiy ta'lim tizimida matematika fanini o'qitishning eng asosiy vazifasi o'quvchila!da mantiqiy fikriash, to'g'ri mushohada yuritish layoqatlaгini (kompetentsiyalarini) taгkib toptiгishdan iboгat bo'lmog'i lozim. Fanga oid umumiy kompetentsiyala! matematika fanidan o'quvchilaг bilishi va uddalashi lozim bo'lgan

nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni, fanga oid kognitiv kompetentsiyalar aynan yuqorida zikr etilgan mantiqiy fikrlash, o'qib-o'rganish va fan bo'yicha o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llash bo'yicha talablarini umumiy holda belgilaydi.

REFERENCES

1. Yunusova D.I. Matematikani o'qitishning zamonaviy texnologiyalari, (darslik) T.: 2007

2. Mirzaahmedov M., Rahimqoriyev A., Ismoilov Sh. Matematika, Umumiy o'rta ta'lim maktablari 6-sinfi uchun darslik. -T.: "O'qituvchi", 2017.

3. Azamov A. Xaydarov B., Kuchkarov A., Sariqov Ye., Sag'diyev U. Geometriya. Umumiy o'rta ta'lim maktablari 7- sinfi uchun darslik. -T.: "Yangiyo'lpoligrafservis", 2017.

4. Содиков У.Ж. Формирование у учащихся знаний и умений формализации, решения и интерпретации прикладных математических задач. Еаstern European Scintific Journal. Germany, Auris - Kommunikations - und Verlagsgesellschaft mbh №6.

5. Мирзаев Ч., Содиков У., Бахромов Ж. Математика укитишнинг замонавий муаммолари. "Психик тараккиёт ва таълим муаммолари" УзМУ Педагогика ва умумий психология кафедраси илмий маколалар даврий туплами. 2013 йил.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.