MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ESTETIK HIS-TUYG'ULARINI TARBIYALASH ORQALI SAN'ATNI TUSHUNISHGA
O'RGATISH
Gulbaxor Xamidova
Jizzax Davlat Pedgogika instituti katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik hislarni shakllantirish yo'llari va psixologik asoslari, san'atni tushunish bayon etilgan.
Kalit so'zlar: estetika, hissiyot, kommunikativlik, idrok, sezgi.
ABSTRACT
This article describes the ways in which preschool children form aesthetic feelings and its psychological basis.
Keywords: aesthetics, emotion, communication, perception, intuition.
KIRISH
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan biri uning yoshiga bog'liq bo'lgan xususyaitlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichida o'zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o'zgarishlariga ega bo'lib, ular shaxsning хarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta'sirini o'tkazadi. Pedagogika estetikaning "go'zallik hayot demakdir" degan qoidasidan kelib chiqib, o'sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar munosabatidagi go'zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san'atni idrok eta bilish qobiliyatini shaklantirishni o'zining bosh vazifasi deb hisoblaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mamlakatimizda ham har bir ta'lim turida beriladigan ta'lim sifati va samaradorligi masalasi muhim hisoblanadi. Jumladan, birgina maktabgacha ta'limda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to'lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", "Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida", "Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini tashkillashtirish to'g'risida", "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" va shu kabi bir necha qaror va
farmoishlari qabul qilinib amaliy faoliyatga tadbiq etilishi natijasida nodavlat maktabgacha ta'lim turlari soni kun sayin ortib bormoqda, maktabgacha ta'limga innovatsion texnologiyalar joriy etilib, ularni malakali kadrlar bilan ta'minlash borasida tayyorlov kurslari tashkil etildi.
San'atning estetik tasavvurlarni shakllantirilishi to'g'risida gapirganimizda shuni aytish lozimki, u o'zida bir davrning o'zida mavjud va o'tmishdan qolgan an'analarni aks ettiruvchi va kelajak uchun etkazuvchi vosita vazifasini o'taydi. San'atni idrok etish orqali shaxsning, jamiyatning, estetik ongi tarkib topadi. U san'atni anglaydigan va undan estetik zavq oladigan bo'ladi estetik ong shaxsda estetik qadriyatlarni yaratishga undaydi.
NATIJALAR
Estetik tasavvurlarning o'ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni xis qilish shakli -«ko'rinadigan» va «eshtiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning ko'rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo'lmaydi, balki uning ahamiyati muhimdir. Estetik idrok qilishda esa eng muhimi - idrok qilinayotgan narsaning obrazi, uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarni ko'ra bilish talab qilinadi. Shuning uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni kuzatuvchanlikning rivojlangan bo'lishini talab etadi.
Kishi narsa va xodisalarga go'zallik mezoniga asoslangan xolda alohida qadr qimmat bilan yondashgandagi estetik kechinmalar paydo bo'ladi. Estetik hislar fikrlash bilan bevosita bog'liqdir.
Demak, estetik kechinmalar murakkab xodisa bo'lib, xissiyotlar, xayol va fikrning faol ishlashini, o'z fikr va xissiyotlarini ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj tug'ilishi kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi.
San'atning komunikativ funksiyasi ikki -uch yo'nalishda kuzatiladi.
> Birinchidan san'at orqali bir shaxs ikkinchi shaxs bilan, jamiyat bilan muloqotga kirishadi. Shu tariqa uning ijtimoiy tajribasi ortib boradi.
> Ikkinchidan san'at orqali u faqat o'z zamonasining estetik hodisalari, qadriyatlari bilangina emas, balki ajdodlarning umumbashariy qadriyatlarning eng sira namunalari bilan tanishish orqali estetik qadriyatlar yaratilishining tarixiy, taraqqiyparvar xususiyatlari bilan tanishadi.
> Uchinchidan, san'at olami, uning mazmuni va funksiyasini o'zining shaxs sifatida shakllanish jarayoniga safarbar etadi.
San'atning shaxs kamolida, ayniqsa maktabgacha yoshidagi bolalarda olam haqidagi real tasawurlarni shakllantirishdagi o'rni beqiyos chunki san'at tabiatdagi hodisa va jarayonlarni, ular orqali olam tasvirini, insonlar faoliyatini bilish imkonini beradi. San'at ma'rifiy xarakter kasb etadi.
MUHOKAMA
Maktabgacha yoshdagi bolalar sezgilarining o'sishida tarbiyachilarning asosiy vazifasi turli qiziqarli mashg'ulotlar orqali bolalar sezgi organlarining sezgirlik kuchini o'stirishga harakat qilishidan iborat bo'lishi kerak. Biroq buning uchun bolalarni normal mashq qildiraverish emas, balki bolalar sezgi organlarini rivojlantirishga bag'ishlangan mashqlarni aniq va mazmunli o'yinlar bilan bog'lab o'tkazish kerak. Chunki bolalarda uzoqdagi narsalarning farqini ajrata olish sezgirligini takomillashtirish uchun har xil rangdagi va har xil kattalikdagi qutichalar kubiklarini ma'lum uzoqlikka, qo'yib, farqini ajrata olish o'yinini o'tkazish mumkin. Bunda masofani ayrim bolalarga nisbatan uzoqlashtirish mumkin. Shu yo'l bilan bolalarni uzoqni ko'rish sezgirliklarini aniqlash va takomillashtirish mumkin.
Kichik yoshdagi bog'cha bolalari bu davrda ko'p narsalarni rangiga qarab aniqlaydi. (masalan "sabzi", sariq rangda bo'ladi, "bodring yashil bo'ladi" kabi )
Bog'cha bolalari ranglarning farqini yaxshi ajrata olsalar ham, ba'zi murakkab ranglarning nomini bilmaydilar. Masalan, "sarg'ish, "ko'kimtir", "pushti", "jigar rang", "to'q qizil", "och havo rang", "zangori" "binafsha rang", "oqimtir", "tim qora" kabi. Bolalar ranglarning bunday murakkab nomlarini tarbiyachilaridan eshitish orqali o'zlashtiradilar. Ba'zi paytlarda esa o'zlari bilganlariday ayta boshlaydilar. Masalan, "tim qorani", "ja qora" deb, "pushti rangni", "sal qizil deb", "yashil", "zangori", "binafsha ranglarni, umumiy ravishda ko'k deb ataydilar. Rangning nomlarini to'g'ri ayta bilish qobiliyati bolaning turmush tajribasi o'rta borishida yuzaga keladigan xususiyatidir. Har bir tarbiyachi o'z ish tajribasidan biladiki, kichik guruh bolalariga nisbatan katta guruppa albatta mashq qilish va turmush tajribasining ortishi natijasidir. Bolalar yorqin ranglarni juda yoqtiradilar. Yorqin ranglar ularga zavq bag'ishlaydi. Har bir oilada bolalarning ranglarni to'g'ri idrok qilish, qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratilishi kerak.
Ma'lumki bolalarning barcha faoliyatlari muayyan makon va zamonda amalga oshiriladi. Biroq zamon ham makon kabi ob'yektiv narsa bo'lishiga qaramay bolalar zamonni katta odamlar kabi idrok qila olmaydilar. Buning ham asosiy sababi bolalarda turmush tajribasining o'zligidadir.
Bolalar zamonning o'tuvchanligini idrok qila olmaydilar, bu narsani ularga ko'rgazmali ravishda ko'rsatib ham bo'lmaydi, natijada bolalar zamon o'lchovlarini ma'lum narsa va hodisalar orqali idrok qilishga intiladilar.
Odatda so'zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt o'lchovlari bor. "kecha", "bugun", "o'rtaga", "avval", "keyin", "katta", "oy", "yil", "kun", "ertalab", "peshin", kechqurun", "kechasi", "soat", "minut", "sekunt" kabi. Ana shu asosiy o'lchovlardan bog'cha yoshidagi bolalar erkin va to'g'ri foydalana olmaydilar.
Chunki bu o'lchovlar nisbiy va atstrakt harakterga ega. Ertaning bugunga, bugunning kechaga, kechaning o'tgan o'tgan kunga o'z -o'zidan aylanib qolishini bollar ayrim vaqt tasavvur eta olmaydilar. Lekin ularning kundalik hayotlaridagi doimiy ravishda takrorlanib turadigan kun tartibi bu asosiy zamin o'lchovlarini birin ketin ajratib olishga yordam beradi, bundan tashqari bog'cha yoshidagi bolalar ayrim vaqt o'lchovlarini asosiy belgilariga qarab tez farqlay oladilar. Masalan "kun (quyosh) chiqqanda -ertalab bo'ladi", "qarong'i bo'lib", "hamma uxlaganda -kechasi bo'ladi" deb aytadilar.
XULOSA
Bog'cha yoshidagi bolalarda estetik hislarni shakllantirishda umuminsoniy qadriyatlarning mustahkamligi muhim rol o'ynaydi. Jumladan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda estetik -hislarni shakllantirish ehtiyojini qondirish faqat tengdoshlari va maktabgacha tarbiya muassasalaridan emas balki oilada ham amalda oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki maktabgacha tarbiya muassasalarida olib borilayotgan mashg'ulotlar bolaning aqliy, estetik ahloqiy rivojlanishi uchun etarli emasligini yuqorida ko'rdik.
Shu bois maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada estetik hislarni shakllantirish psixologiyasi muhim ekanligini ko'rdik. Buning uchun quyidagilarga asosiy e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq:
1. Milliy qadriyatimizning qadimiy ildizlari qadriyatlarni rivojlantirishda e'tiborni kuchaytirish.
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya milliy halq o'yinlari, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda estetik hislarni shakllan jarayonini uzviy, uzliksiz va muntazam bo'lishini ta'minlash.
4. Tabiat qo'yniga sayohatga olib borish estetik hislarni shakllantirishini rivojlantiradi.
5. Rasm chizish orqali estetik tuyg'ularni shakllantirilishini o'rganib chiqdik.
6. Loy va plastik materiallardan turli xil hunarmandchilik buyumlarini yasashga o'rgatish bolalarda estetik tuyg'ularni shakllanishiga olib keldi.
REFERENCES
1. Usmanova, M. (2020). 6-7-YOSHLI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TA'LIMIY MASHGULOTLARNING ORNI. Журнал дошкольного образования,(1)
2. Usmonova, M. (2021). KICHIK MAKTAB YOSHDAGI BOLANING MOTIVATSIYA SOHASI RIVOJLANISHI: KICHIK MAKTAB YOSHDAGI BOLANING MOTIVATSIYA SOHASI RIVOJLANISHI. Журнал дошкольного образования, 2(2).
3. Usmanova, M. (2020). THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS. Архив Научных Публикаций JSPI.
4. Gulbahor Hamidova .The importance of using interactive techniques in preschool education system.
5. Г. Хамидова., Ф.Нумонжонова. Мактабгача ёшдаги болалар интеллектуал ;обилиятлари-ни интерактив методлар ор;али ривожлантириш. Таълим, фан ва инновация, 2020/2
6. Хасанова, Г. (2021). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ ПЕДАГОГЛАРИНИНГ КРЕАТИВ ^ОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ МАЗМУНИ. Academic research in educational sciences, 2(1).
7. Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.
8. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.-T.: "O'zbekiston" -2017.
9. Mirziyoyevning SH.M. "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr.