Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim sifati / o’yin / tafakkur / rivojlanish / bilim ko’nikma / pedagogik texnologiya / interfaol metodlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raximova Sayyora Jo‘Rayevna, Nafasova Gulnoza Miyliyevna

Ushbu maqolada didaktik o’yinlarning oquvchilar faolligini oshirishda va tafakkurini kengaytirishdagi o’zaro o’rni haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari, ta’lim sifati, uni oshirishda interfaol metodlarni qo’llash hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularning ahamiyati tahlilga olingan. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, ularning o’quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog o’z kasbiy tayyorgarligini hamda pedagogik mahoratini rivojlantirib borish kerakligiga to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTIDA DIDAKTIK O'YINLARNING AHAMIYATI

1Raximova Sayyora Jo'rayevna, 2Nafasova Gulnoza Miyliyevna

1,2Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 2-Ko'p tarmoqli. davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha

talim tashkiloti tarbiyachilari https://doi.org/10.5281/zenodo.11287967

Annotatsiya. Ushbu maqolada didaktik o'yinlarning oquvchilar faolligini oshirishda va tafakkurini kengaytirishdagi o'zaro o'rni haqidafikr yuritilgan. Bundan tashqari, ta'lim sifati, uni oshirishda interfaol metodlarni qo'llash hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularning ahamiyati tahlilga olingan. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, ularning o'quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog o'z kasbiy tayyorgarligini hamda pedagogik mahoratini rivojlantirib borish kerakligiga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: talim sifati, o'yin, tafakkur, rivojlanish, bilim ko'nikma, pedagogik texnologiya, interfaol metodlar.

Abstract. This article discusses the mutual role of didactic games in increasing students' activity and expanding their thinking. In addition, the quality of education, the use of interactive methods in its improvement, and innovative pedagogical technologies and their importance were analyzed. The development of innovative pedagogical technologies, their introduction into the educational process, as well as the exchange and improvement of information technologies, emphasized the need for each pedagogue to develop his professional training and pedagogical skills.

Keywords: educational quality, game, thinking, development, knowledge and skills, pedagogical technology, interactive methods.

Аннотация. В данной статье рассматривается взаимная роль дидактических игр в повышении активности учащихся и расширении их мышления. Кроме того, были проанализированы качество образования, использование интерактивных методов в его совершенствовании, а также инновационные педагогические технологии и их значение. Развитие инновационных педагогических технологий, их внедрение в учебный процесс, а также обмен и совершенствование информационных технологий подчеркнули необходимость каждого педагога в развитии своей профессиональной подготовки и педагогического мастерства.

Ключевые слова: качество образования, игра, мышление, развитие, знания и умения, педагогические технологии, интерактивные методы.

Ta'lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. Pedagogik texnologiya oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani yechishga qaratilgan pedagogning uzluksiz ozaro boglangan harakatlari tizimidir. Ananaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman talim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasini ko'tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilinishini, talim beruvchi tomonidan talim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda

ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Ma'lumki bolaning ta'lim olish jarayonida o'yin asosiy o'rinni egallaydi. O'yin ularning eng sevimli mashg'uloti bolib, ular har qanday mashg'ulotni o'yin bilan uyg'unlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o'qituvchi o'quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg'uloti o'yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga harakat qilishi lozim. Farzandlarimiz mustahkam bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari uchun, albatta, ularni kichik yoshdanoq har bir fanga qiziqtirish zarur. Bunda o'qituvchi mahorati nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Ta'lim beruvchi bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini puxta o'rgangan holda ta'lim- tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish ustida tinimsiz izlanishi, o'zidagi bor bilimini mahorat bilan ishga solishi zarur. Ta'limda o'quvchilarning psixologik holatini yaxshilash, ularni turli zo'riqishlardan asrash, bilimlarini turli o'yinlar orqali mustahkamlab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o'quvchilarni ziyraklikka, chaqqonlikka hamda fikrni to'g'ri va aniq ifoda etishga qaratilgan o'yinlardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, tanlangan o'yinning o'tilayotgan mavzuga mos kelishi, qulayligi, ko'zlangan natijaga olib kelishi ham muhim mezonlardan sanaladi. Bu Esa o'qituvchining kasbiy mahoratiga, maqsadni to'g'ri belgilay olishiga ham bog'liq. Ta'lim jarayonida motivlar hosil qilishda didaktik o'yinlarning o'rni beqiyosdir. O'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir. O'yin tarbiyalanuvchida ma'lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo'llaniladigan usul. O'yin bu bola hayotining uzviy qismidir. O'yin orqali bola atrof muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o'simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi. Yuqorida aytilgan fikrlarga hamohang o'qish, ona tili, matematika fanlarida qo'llasa bo'ladigan, o'quvchilarni topqirlikka, ziyraklikka va fikrlashga undaydigan, ularning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan o'yinli usullarni keltiramiz. "U kim? Bu nima?" o'yini

Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo'yiladi. O'qituvchi shu predmetlardan birortasini ta'riflaydi, o'quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar. Bu o'yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o'quvchilar diqqatini jamlash, qo'llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, ona tili darslarida yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham foydalanish mumkin. Bu o'yin oquvchilarda ziyraklikka, sinchikovlikka sifatlarini va mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirishga imkon beradi. Bundan tashqari, bu o'yindan tanaffus vaqtlarida ham unumli foydalanish mumkin. S 1-variant: U shar shaklida. Uni katta-katta sportchilarimiz ham stadionlarda o'ynaydilar. Yosh bolalar ham uni sevib o'ynaydilar. (Javob: «Koptok»)

S 2-variant: U barcha o'quvchilarning o'rtog'idir. Onalarimiz ham, otalarimiz ham uni juda yaxshi koradilar. (Javob: "Kitob")

S 3-variant: U shunday narsaki, bizga vitaminlarga boy mevalar beradi. Xohlasak stol yoki stul ham bo'lishi mumkin. (Javob: «Daraxt»)

"Bolishi mumkin emas" didaktik o'yini Bu o'yinni o'tkazishda o'qituvchi matnni o'qiydi. O'quvchilar bo'lishi mumkin. Bo'lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil- mutoyiba bilan o'tadigan bu o'yin ham o'quvchilardan ziyraklikni, sinchkovlikni va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda, ulardan atrofida sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga befarq bo'lmaslikka ham o'rgatadi. Undan tashqari ularning darsdan tashqari bo'lgan ilmiy va badiiy adabiyotlarga va ilmiy ommabop filmlarga qiziqishini orttiradi va hikoya tinglash

ko'nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Bu o'yin bir necha marta o'tkazilgach, keyinchalik o'quvchilarga shunday hikoyachalar tuzishni ham topshirish mumkin. "Bo'lishi mumkin emas" o'yinidan foydalanib o'qituvchi ona tili yoki o'qish darslarining samarali bo'lishiga erishishi mumkin. Bundan tashqari, musobaqalar, viktorinalar o'tkazishda ham foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. R.Ishmuhamedov, M.Yo'ldashev. Talim va tarbiyada innovatsion Pedagogki texnologiyalar"-T.:2016

2. J.G.Yo'ldoshev, S.A.Usmonov. "Pedaogik texnologiya asoslari"-t:2001

3. Maktabgacha ta'limda qo'llaniladigan o'yinlar va ularni tashkil etish Metodikasi https://journal.jspi.uz/index.php/fll/article/view/1298

4. Didaktik o'yinlarning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati Buxoro viloyat Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka... https://uz.denemetr.com/docs/768/index-279695-1.html?page=3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.