Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH TA’LIMDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim / didaktik o’yin / dunyoqarash / aqliy faoliyat / o’yin turlari / o’yin bosqichlari / motiv / ishtiyoq. / modern education / didactic game / worldview / mental activity / types of games / game stages / motive / passion.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Beknazarova, Xadicha Suyunova

Ushbu maqolada ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv, boshlang’ich ta’lim samaradorligini oshirishda didaktik o’yinlardan foydalanishning ahamiyati, dars jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlar, ularning turlari va qo’llash tartibi haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF USING DIDACTIC GAMES IN PRIMARY EDUCATION

This article describes modern approaches to the educational process, the importance of using didactic games in improving the effectiveness of primary education, didactic games used in the lesson process, their types and order of application.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH TA’LIMDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (5), May, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Beknazarova Xadicha Suyunova

Shahrisabz davlat pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuv, boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda didaktik o'yinlardan foydalanishning ahamiyati, dars jarayonida qo'llaniladigan didaktik o'yinlar, ularning turlari va qo'llash tartibi haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim, didaktik o'yin, dunyoqarash, aqliy faoliyat, o 'yin turlari, o 'yin bosqichlari, motiv, ishtiyoq.

АННОТАЦИЯ

В данной статье изложены современные подходы к образовательному процессу, значение использования дидактических игр в повышении эффективности начального обучения, дидактические игры, используемые в процессе урока, их виды и порядок применения.

Ключевые слова: современное воспитание, дидактическая игра, мировоззрение, умственная деятельность, виды игр, игровые этапы, мотив, страсть.

ABSTRACT

This article describes modern approaches to the educational process, the importance of using didactic games in improving the effectiveness of primary education, didactic games used in the lesson process, their types and order of application.

Keywords: modern education, didactic game, worldview, mental activity, types of games, game stages, motive, passion.

KIRISH

O'yin faqatgina vaqtning o'tishi yoki bolalar uchun shunchaki bir odatiy hol emas. O'yin davomida bolaning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyati rivojlanib borad i. Birinchi sinfga qabul qilinib, maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatida ham o'yin asosiy o'rinda turadi. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchi faoliyatidan o'yinni siqib chiqarmasdan maqsadga muvofiq foydalanish ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'limni didaktik o'yinlarsiz tasavvur qilishimiz qiyin.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Boshlang'ich ta'limda motivlar hosil qilishda didaktik o'yinlarning o'rni beqiyosdir. O'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir. O'yin boshlang'ich sinf o'quvchilarda ma'lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar -o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo'llaniladigan usul. O'yin vositasida o'quvchilarning bilim o'zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo'lishga o'rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o'quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi. O'yin orqali bolalar borliqni o'rganadi va dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib o'yin inson faoliyatining shakll anishiga asos soladi. O'yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. O'yinnning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta'sir etish ehtiyoji paydo bo'ladi va shakllanadi. Maktab yillarida o'yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. O'quvchilarning o'yin faoliyati juda ko'p soha olimlarining, ya'ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san'atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi.

Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o'yining hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o'yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o'zaro ta'sirda shakllanadi. O'yingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o'tish uchun muhim zamin yaratadi. Didaktik o'yin o'rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. O'yinning boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o'yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o'quv faoliyatidir.

Didaktik o'yinda o'quvchilarning o'zlashtirishini hisobga olgan ta'limiy vazifalarning bo'lishi muhimdir. Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik o'yinlarning u yoki bu shaklini yaratar ekan, uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini to'playdigan turlariga e'tibor qaratishlari lozim. Didaktik o'yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat'iyligidir. Didaktik o'yinlarning tarkibiy komponentlari quyidagilar: o'yin mantiqi, o'yinning harakati, o'yin qoidasi. O'yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O'yin harakati jarayonida o'quvchilarning bilish faolligini oshirishga, o'quvchilarning o'z qobiliyatini namoyon qilishiga, o'yin maqsadiga erishish uchun o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini qo'llashga imkoniyat yaratiladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Chex pedagogi Y.A.Komenskiy o'yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta'kidlab, aynan o'yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi. Olim o'yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama o'stirishi, un ing atrof-tevarak haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o'stirishini ta'kidlaydi. Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi o'yin uni tengdoshariga yaqinlashtiradi. Bolalar tarbiyasida didaktik o'yinlardan ikki yo'nalshda foydalaniladi: Barkamol insonni shakllantirish va tor didiktik maqsadlarda

Hozirgi davrda pedagoglar tomonidan tayyor mazmun va qoidalarga ega bo'lgan o'yinlar yaratilmoqda. Bola shaxsida ma'lum sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan o'yinlarda aniq qoidalar berilgan bo'ladi. Tayyor qoida va mazmunga ega bo'lgan o'yinlarga quyidagi xususiyatlar xos bo'ladi:

- o'yin g'oyasi va vazifasi o'yin ta'sirida amalga oshiriladi;

- o'yin g'oyasi (yoki vazifasi) va o'yin ta'siri o'yin mazmunini tashkil etadi;

- o'yin ta'siri va o'ynayotganlar munosabatlari o'yin qoidasi asosida boshqariladi;

- qoidalar va tayyor o'yin mazmuni o'quvchilaarni o'yinni mustaqil tashkil etishlariga yordam beradi.

Didaktik o'yinlarni uch turga ajratish mumkin: og'zaki, so'zlar yordamida o'ynaladigan o'yinlar; o'yin mashg'ulotlari; mashq(harakatli) o'yinlar. Didaktik o'yinlar uchun o'yin g'oyasi va o'yin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik o'yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi. Qoidani bajarish jarayonida o'yin mazmuni amalga oshadi. Qoidaning mavjudligi o'yin ta'sirini amalga oshirish va o'yin vazifasini qo'llashga yordam beradi. Qoidani bajarish jarayonida o'yin mazmunini amalga oshirish dunyoqarashi shakllanib boradi.

Didaktik o'yinda o'quvchi qoidalarga rioya qilishga o'rganadi. Chunki qoidalarga rioya qilish o'yin muvaffaqiyatini ta'minlaydi. O'yinda qatnashish jarayonida ijobiy xulqiy sifatlar, tashkilotchilik qobiliyati shakllanadi.

Foydalanilgan material turlariga qarab ham didaktik o'yinlarni uch turga ajratish mumkin: predmetli o'yinlar, stol ustida o'ynaladigan o'yinlar, so'zlar vositasida o'ynaladigan og'zaki o'yinlar.

Predmetli o'yinlar - xalq didaktik o'yinchoqlari, turli tabiiy mozaika materiallari yordamida o'ynaladigan o'yinlar. Bular yordamida o'qituvchi o'yin turlarini belgilaydi. Masalan, tabiiy materiallar bo'laklaridan butun manzarani hosil qilish,

Stol ustida o 'ynaladigan o 'yinlar atrof-muhit haqidagi tasavvurlarning kengayishiga, o'quvchilarni bilimga qiziqtirishga, tafakkur jarayonlarini(analiz, sintez, umumlashtirish, tasniflash va b.) rivojlantirishga xizmat qiladi. Stol ustida

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'ynaladigan o'yinlarning bir necha turlari mavjud: o'xshash suratlar, loto, domino, kesma suratlar, taxlama kubiklar.

So'zlar vositasida o'ynaladigan og'zaki o'yinlar. Bu o'yinlar guruhiga juda katta xalq o'yinlari, ya'ni "Zanjir", "Noto'g'ri jumla", "Bo'lishi mumkin emas", "Tez aytish", "Topishmoqlar", "Aytishuvlar" va shu kabi og'zaki nutq bilan bog'liq o'yinlar kiradi. Bunday o'yinlar diqqatni, xotirani rivojlantiradi, o'quvchilarni fikrlarini to'plashga, tez fikrlashga, bog'lanishli nutqqa, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi.

Didaktik o'yinlar bir necha bosqichlarga bo'linadi. Har bir bosqichda bolaning ma'lum bir imkoniyatlari namoyon bo'ladi. O'qituvchining bu bosqichlar xarakterini bilishi didaktik o'yinlarning samaradorligini aniqlashda katta ahamiyatga ega.

Birinchi bosqichda bolada o'ynash ishtiyoqi paydo bo'ladi va o'yinda faollik ko'rsata boshlaydi. Ana shu bosqichda bolani o'yinga qiziqtirish maqsadida topishmoqlar, tez aytishlar, aytishuvlar yoki suhbatlar tashkil qilish mumkin.

Ikkinchi bosqichda bola o'yin topshiriqlarini bajarish, qoidaga rioya qilishga o'rganadi va o'yinda qatnashishga kirishadi. Bu bosqichda bolalarda to'g'riso'zlik, maqsadga erishishga astoydil kirishish, irodaviylik, o'yinda yutqizish alamini ham yengabilish, o'z muvaffaqiyatidangina emas, o'rtoqlari muvaffaqiyatidan ham quvonabilish kabi ijobiy sifatlar shakllanadi.

O'yinning uchinchi bosqichida bola o'yin qoidalarini yaxshi biladi. U endi o'yinga ijodiy yondoshadi, o'zi yangiliklar kiritadi, mustaqil ijodiy izlanadi. O'yinda qatnashish jarayonida u tez javob topish, yashirish, izlash, yugurish, tasvirlash va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi.

O'yinning har bir etapi ma'lum bir pedagogik vazifalarni o'z ichiga oladi. O'yinning birinchi bosqichida pedagog bolalarni o'yinga qiziqtiradi, ularda xush kayfiyat, yangi o'yinlarni kutishga ishtiyoq uyg'otadi. ikkinchi etapida esa u o'yinni kuzatuvchi emas, balki qatnashchisi sifatida faoliyat ko'rsatadi, o'yin davomida bolalarga tez yordamga keladi, bolalarning faoliyatiga to'g'ri baho beradi. O'yinning uchinchi etapida o'qituvchi bolalarni o'yin davomidagi ijodkorligi va faolligiga baho beradi.

Didaktik o'yinlar o'quvchilarda mustaqil fikrlashni tarbiyalashning eng to'g'ri va samarali metodidir. U ma'lum bir materiallar yoki shart-sharoitlarni talab etmaydi, balki o'qituvchidan o'yinni tashkil etish sohasidagi bilim va malakalarni talab etadi. O'yinning ma'lum bir tizim va metodika asosida tashkil etilishigina o'quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. O'yin mashg'ulotlari ta'lim jarayonida o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalariga tayanadi va shundagina o'quvchilar o'yinning samarali yechimlarini topadilar, o'zlari

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

va atrofdagilarga talabchanlik namoyon qiladilar. O'yindan ta'lim shakli sifatida foydalanish o'qituvchidan o'ziga ishonch va o'yinni qo'llashda mohirlik talab etiladi.

Didaktik o 'yinlar bir qancha vazifalarni bajaradi:

ta'limiy, tarbiyaviy (o'quvchi shaxsiga ta'sir ko'rsatadi, tafakkurini rivojlantiradi, dunyoqarashini kengaytiradi);

qo'llanuvchanlik (aniq vaziyatda har qanday o'quv topshiriqlarini bajarish uchun bilimlarni qo'llay bilish.);

motivni qo'zg'ash, qiziquvchanlikni oshirish (o'quvchilarni bilish faoliyatiga qiziqtiradi, rag'batlantiradi, bilish qiziquvining rivojlanishiga yordam beradi).

O'qituvchilar tajribasida qo'llaydigan ba'zi didaktik o'yinlardan misollar

keltiramiz:

a) O'yin - mashq. Bu o'yin guruhda, yoki jamoada birgalikda qo'llanishi mumkin. Lekin bu o'yin individuallashtirilgan. Ya'ni har bir o'quvchining o'z bilimi va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beradi. Bu o'yindan darsni mustahkamlash yoki o'quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida ham foydalanish mumkin. Masalan "Adashgan harfni toping". Bir necha o'rganilgan harflar qo'yilib orasida bitta o'rganilmagan harf ham aralashtirib qo'yiladi. O'quvchilar o'rganilgan harflarni ongida tiklab o'rganilmagan harfni topib o'qituvchiga ko'rsatadilar.

b) Ijodiy izlanish o'yini. Bunda o'qituvchi hikoyadagi noto'g'ri gapni topish yoki hikoya mazmuniga mos bo'lmagan gapni topishni aytadi. O'quvchilar izlanadilar va bunday gapni topib, nega ortiqchaligini isbotlaydilar. Bunday o'yinlar ko'p vaqtni olmaydi, maxsus jihozlarni talab etmaydi, lekin yaxshi natija beradi.

v) O'yin - musobaqa. Bunda o'yinda qatorlararo musobaqalar tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, viktorinalar, turli konkurslar, olimpiadalar kiradi. Bunday o'yinlarni darsda va sinfdan tashqarida ham o'tkazish mumkin.

g) Mazmunli - rolli o'yinlar. Bu o'yin o'quvchilar darsda o'qituvchi belgilagan maqsadga muvofiq hikoyalar yoki ertaklardagi qahramonlar rolini o'ynaydilar, yoki davra stoli tashkil etib turli rollarni bajaradilar. Masalan, muxbir, tarixchi, qishloq xo'jaligi xodimi va b. Bunday o'yinlar bolalarda bilimga qiziqish uyg'otadi, ularni ijodiy izlanishga undaydi, shuningdek, kasblar bilan tanishuvlariga yordam beradi.

d) Bilishga doir o'yinlar - sayohat. O'quvchilar O'zbekiston va boshqa mamlakatlar haqidagi bilimlarga ega bo'lganlaridan keyin bilimlar yurtiga "sayohat" o'tkazish mumkin. Sayohat davomida o'quvchilarga yangi bilimlar ham beriladi, ularning bilimlari tekshirilib ham ko'rilishi mumkin. Bu mustahkamlash -umumlashtirish darslarida tashkil qilinsa yanada samarali bo'ladi,, o'quvchilarning

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ma'lum bir bo'limni qanday o'zlashtirganlari haqida o'qituvchi tasavvurga ega bo'ladi.

O'quvchilarni fanning yangi yutuqlari bilan tanishtirish o'quv dasturlari doirasini kengaytirish ularni ilmiy, ijodiy izlanishlar doirasi bilan tanishtirish o'quvchilarning bilishga qiziqishlarini oshiradi. Hamma o'quv materiallari ham o'quvchilar uchun qiziqarli bo'lavermaydi. Bunday hollarda bolalarni ta'lim jarayoniga qiziqishini oshirishning birdan bir yo'li didaktik o'yinlardan foydalanish va ularni tashkil etishdir. O'quvchilarda o'qishga ishtiyoqni oshirish uchun ularni ta'limga qiziqtirish lozim. Buning uchun esa o'quvchi ta'lim jarayonidan qiziqarli tomonlarni topishi va bu jarayon o'z ichiga o'quvchini qiziqtiraoladigan materiallarni olishi lozim. Buning yo'li ta'lim jarayoniga didaktik o'yinlarni kiritishdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Yo'ldoshev J.G'. "Ta'lim yangilanish yo'lida".- T.: O'qituvchi. 2000.

2. Yo'ldoshev J.G', Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. Toshkent, 2008 y.

3. Sayidahmedov. N. Yangi pedagogik texnologiyalar.T.,"Moliya", 2003.

4. Mirzayev J.O., Beknazarova X.S. Yakubova G.L. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida miqdoriy tushunchalarni shakllantirish usullari. Research And Education. 2023/11/30 295-299 betlar.

5. Mirzayev J.O., Ergasheva M., Aniq fanlarni o'qitishning muammolarini nazariy va amaliy ahamiyati. Interpretation and researches. 2024/2/18

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.