Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING PEDAGOGIK IMIDJI VA KOMPITENTLIGI'

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING PEDAGOGIK IMIDJI VA KOMPITENTLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Imij / Imij shakillantirish / Kompetentlik / kompetensiya / professionallik / strategiya / kasbiy pedagogik kompetensiyalar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Soliyev Ilhomjon Sobirovich, Yigitaliyeva Odila G‘Ayratjon Qizi

Yangi zamon tarbiyachisining pedagogik imidjiga baho berish va kompetentligi va uni shakllantirish, rivojlantirish yo‘llarini aniqlab berishda hamda pedagogik shart-sharoitlarini belgilashdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING PEDAGOGIK IMIDJI VA KOMPITENTLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING PEDAGOGIK IMIDJI

VA KOMPITENTLIGI 1Soliyev Ilhomjon Sobirovich, 2Yigitaliyeva Odila G'ayratjon qizi

1FarDU maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri, p.f.b.f.d.(PhD) 2Farg'ona davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11046352

Annotatsiya. Yangi zamon tarbiyachisining pedagogik imidjiga baho berish va kompetentligi va uni shakllantirish, rivojlantirish yo'llarini aniqlab berishda hamda pedagogik shart-sharoitlarini belgilashdan iborat.

Kalit so'zi: Imij, Imij shakillantirish, Kompetentlik, kompetensiya, professionallik, strategiya, kasbiy pedagogik kompetensiyalar.

Abstract. It consists in evaluating the pedagogical image of the educator of the new era and defining the ways of its formation and development, as well as determining the pedagogical conditions.

Keywords: Image, Formirovanie image, Competence, competence, professionalism, strategy, professional pedagogical competence.

Аннотация. Он заключается в оценке педагогического образа педагога новой эпохи и определении путей его формирования и развития, а также определении педагогических условий.

Ключевые слова: Иммидж, формирование имиджа, Компетенция, компетентность, профессионализм, стратегия, профессиональные педагогические компетенции.

Kirish.Respublikamizda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga mas'ul bo'lgan jamiyat a'zolari birinchi galda o'z kasbining mohir ustasi bo'lgan tarbiyachi kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Jumladan, "Ta'lim to'g'risida" gi qonunda " Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega" deb ta'kidlangan. Chunki jamiyatimiz taraqqiyoti yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarni yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. imij (ing . image, lot. imago — timsol, ko'rinish) — shaxs, hodisa, narsaning ommalashtirish, reklama qilish va h. k. maqsadlarda odamlarga hissiy ruhiy ta'sir ko'rsatishni ko'zlab shakllantiriladigan qiyofasi; targ'ib qilish vositalaridan biri

Tarbiyachi imiji ta'lim muassasasi imijiga ta'sir etadiTarbiyachining kasbiy kompetenti va mahoratida gavdalanadi hamda uning individual o'ziga xosligi ko'rinadi. Psixologik jozibador xususiyatga ega shaxs, insonlar e'tibori va hurmatiga muqarrar, unga bu bioenergetik quvvat to'ldirish va tiklash imkonini beradi, bunga undagi ijobiy barqaror xush kayfiyat misol bo'ladi. Tarbiyachi o'zining maqsadlariga erishish sari optimist va o'ziga ishonchi mavjud bo'lishi kerak.

"O'zini taqdimot qilishning umumiy texnologiyasi"ning 4 ta asosiy tex nologik jihatlar

mavjud:

1. Qiyofa vizualizatsiyasi

2. Kommunikativ

3. Verbal effekt.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

4. Flyuid nurlanish. Imijning texnologik funksiyalari:

1. Ijtimoiy adaptatsiya.

2. To'g'ri tanlangan imij orqali ma'lum bir ijtimoiy muhitga tezroq kirishish, insonlar bilan ijobiy aloqalar o'rnatish mumkin.

3. Shaxsiy-kasbiy xarakteristikalarni namoyon qilish. Bu shaxsning o'z kasbiga e'tiborini qaratib, insonlarda simpatiya uyg'otishga qaratilgan.

4. Shaxsiy negativ xislatlarni yashirish.

5. Bu shaxsning kiyim, soch turmagi, ijobiy xulqi orqa li o'z kamchiliklarini boshqa insonlardan yashirish usuli.

Imij yaratishdagi "PR" texnologiyalar:

* Pozitsiyani maqtash.

* Lider shaxsining pozitivizatsiyasi.

* Raqib imijini pasaytirish.

* Tashkilot ijtimoiy bazasi va hamkorlarini ulug'lash.

* Kontrreklama.

Tarbiyachi imijini yaratishda atrof-muhitni hisobga olish lozim, shu bilan birga faoliyat yuritayotgan jamoaga mos imijini yaratishi kerak. Har bir muhitning o'z imiji mavjud. Shu bilan birga Tarbiyachi o'z invidualligini, tak rorlanmasligini yo'qotmasligi zarur.

"Kompetentlik-bilimdonlik, kasbga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas'uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish demakdir. O'z sohasining, ishining ustasi bo'lish, sohasining sirlarini ham har tomonlama chuqur bilish demakdir. B.D.Elkonin Kompetentlik -deganda ko'pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligi da namoyon bo'luvchi bilim va tajribalarga asoslangan inte grallashgan sifatlar nazarda tutiladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va ko'nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo'nalti rilganligi, muammolarni his qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo'lishi kabi sifatlarni o'z ichiga oladi.

Tarbiyachi-pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo'lishida o'zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O'zini o'zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoli yatda tashkil etayotgan o'z amaliy harakatlari mohiyati ning o'rganilishidir. O'zini o'zi tahlil qilish orqali pedagog o'zini o'zi obyektiv baholash imkoniyatiga ega bo'la di. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishida ularning o'z-o'zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

2. Sh. M. Mirziyoyev 7-fevral 2017-yil kuni "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947 sonli farmonni

3. Abdullaeva SH.X. Pedagog professional kompetentliligini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari: Psixol.f.d. (DSc) ... dis-ya avtoreferati: 19.00.05. - T.: O'zMU, 2019. - 61 b.

4. Azizxodjaeva N.. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.: "O'qituvchi" 2005 y

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

5. Babayeva D.R.. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

6. MAKTABGACHA TA'LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA ILG 'OR AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR M Olamova, DA qizi Ma'murova, INTERNATIONAL CONFERENCES, 2022 https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=zK2c628AAAAJ &authuser= 1&citation for view=zK2c628AAAAJ:Y0pCki6q DkC

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.