Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARGA AXLOQIY TARBIYA BERISHNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARGA AXLOQIY TARBIYA BERISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
7920
411
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloq / odob / tarbiy qadriyat / shaxs / rivojlanish / muhit / ma’naviyat / madaniyat / ijtimoiy. / morality / manners / educational value / personality / development / environment / spirituality / culture / social.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Musayeva, Umida Xaydarovna

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Bolalarda axloqiy his-tuyg’ular, tasawurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF MORAL EDUCATION TO PRESCHOOL CHILDREN

The task and content of the moral education of children of preschool age requires the education and development of the child's spiritual world, his mind, moral feelings, and personal qualities. Education of moral feelings, ideas and behavior in children. Providing moral knowledge fulfills a number of educational tasks, a broad vision and understanding of the moral values of human life and culture is provided.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARGA AXLOQIY TARBIYA BERISHNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHDAGI BOLALARGA AXLOQIY TARBIYA BERISHNING AHAMIYATI

Musayeva Umida Xaydarovna

Angor Pedagogika kollejining Maxsus fan o'qituvchisi

+99899377707

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola maktabgacha ta 'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Bolalarda axloqiy his-tuyg'ular, tasawurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar berilgan.

Tayanch so'zlar: axloq,odob, tarbiy qadriyat, shaxs, rivojlanish, muhit, ma 'naviyat, madaniyat, ijtimoiy.

The task and content of the moral education of children of preschool age requires the education and development of the child's spiritual world, his mind, moral feelings, and personal qualities. Education of moral feelings, ideas and behavior in children. Providing moral knowledge fulfills a number of educational tasks, a broad vision and understanding of the moral values of human life and culture is provided.

Key words: morality, manners, educational value, personality, development, environment, spirituality, culture, social.

Bugun O'zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiya qilish davlat ta'lim siyosatining muhim vazifasi hisoblanadi. 2019 yil 16-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Qnunchilik palatasi tomonidan 22 oktyabrda qabul qilingan va 14 dekabrda Senat tomonidan ma'qullangan ''Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi''Qonunni imzoladi. Qonun maktabgacha ta'lim va tarbiyani bolalarni o'qitish va tarbiya qilish, ularni aqliy, ma'naviy-axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish hamda umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'limning bir qismi sifatida belgilaydi.

Inson ijtimoiy hayotga aralashar ekan, ijtimoiy munosobatlar ta'siriga tushadi. Ijtimoiy munosobatlar o'zgarishi bilan shaxsning ma'naviy qiyofasi,yangi dunyoqarashi,g'oya va tasavvurlarijumladan axloqi ham,shuningdek,unga bo'lgan

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qarashlar ham o'zgarib boradi. Har qanday shaxs o'z dunyoa qarashi, axloqiy qoidalarni va ular ta'sirida shakllangan odat va ko'nikmalarn o'zlashtirib borishi bilan birga, aniq ijtimoiy voqealarga, o'zini o'rab olgan narsa va hodisalarga, kishilarning xatti-harakatlarga, yurish-turish va muomalalariga muayyan hayotiy muayyan hayotiy mavqeda turib, maqsadga muvofiq tarzda baho beradi. Axloq so'zi - lotincha «myeros», ya'ni moral, mantiq so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat'iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllangan bo'ladi. Bu motivlar esa o'sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag'batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirib olishgina o'quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalaming turli yosh davrlarida shakllanish darajasi Axloqiy onglilik Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo'lgan ma'lum xatti-harakat qoidalari yig'indisidir. Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'Iadi. Axloq - kishining ichki olami, e'tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo'lsa, odob - shaxsning ko'zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo'Iadi. Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o'rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosining xulqi-odobiga alohida e'tibor bilan qaraladi. Muqaddas Qur'oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o'z ifodasini topgan. Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi ikki xislat bo'lmasligi kerak: baxillik va axloqsizlik». Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar. Albatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli,

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini boyitadigan eng muhim omildir»

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo'ladi. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan. Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobining «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'ri so'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alohida e'tibor beriladi. A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan. «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy. A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan.

Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabgacha ta'lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'limtarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabatlarida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Bolalarda axloqiy his- ^ tuyg'ular, tasawurlar va xatti-harakatlami tarbiyalash. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. 1 Axloqiy tasavvurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda

1Qodirova F.,Toshpo'latova. Sh,,Kayumova .N, Azamova .N Maktabgacha ta'lim pedagogikasi Toshkent-2019

569

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

axloqiy e'tiqodni yuksaltirishga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni: Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlami tarbiyalash. Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi; Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi. Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma'ruzalar, kechalar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ta'lim berish orqali amalga oshiriladi. Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari - oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, keyinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytganda Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va amalga oshirish vositalari shaxsning muhim ma'naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O'zbekiston gerbi, bayrog'i, madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi .Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini axloqiy hislarini shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. O'yin orqali ta'lim olish metodik qo'llanma Toshkent -2020

2. Qodirova F.,Toshpo'latova. Sh,,Kayumova .N, Azamova .N

3. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi Toshkent-2019

4. Rasulov .Y, Nurmatova .O Pedagogika fanidan o'quv qo'llanma Toshkent -2014

5. Mavlonova .R, To'rayeva .O, Xoliqberdiyev .K Pedagogika Toshkent- 2011

6. Turabova, S. K. (2021). The relationship between the development of innovative thinking and argumentative competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 297-300.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.