Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bog`cha ta’limi / axborot texnologiyalari / ta’lim texnologiyasi / innovatsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Eshpo'Latova Dilnoza Mamaniyoz Qizi, Atajonov Muzaffarbek Ulugbek Ogli

Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim tizimida bolalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda ta’lim texnologiyasining ahamiyati to‘g‘risida fikrlar bayon etilgan. Shuning bilan birgalikda, ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yanada boyitish, takomillashtirishga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

MAKTABGACHA TALIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

1Eshpo"latova Dilnoza Mamaniyoz qizi, 2Atajonov Muzaffarbek Ulug'bek o'g'li

1NavDPI Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich doktoranti, 2ADU Jismoniy madaniyat fakulteti

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11205014

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta lim tizimida bolalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda ta'lim texnologiyasining ahamiyati to'g'risida fikrlar bayon etilgan. Shuning bilan birgalikda, ta'limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yanada boyitish, takomillashtirishga olib keladi.

Kalit so'zlar: bogcha ta'limi, axborot texnologiyalari, ta'lim texnologiyasi, innovatsiya.

Аннотация. В данной статье описано значение образовательных технологий в развитии интеллектуального потенциала детей в системе дошкольного образования. В то же время информационно-коммуникационные технологии и современные педагогические технологии в образовании ведут к дальнейшему обогащению и совершенствованию.

Ключевые слова: дошкольное образование, информационные технологии, образовательные технологии, инновации.

Abstract. This article describes the importance of educational technologies in the development of the intellectual potential of children in the preschool education system. At the same time, information and communication technologies and modern pedagogical technologies in education lead to further enrichment and improvement.

Keywords: preschool education, information technology, educational technology, innovation.

Hozirgi kunda talim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini maktabgacha ta'lim tizimi jarayonidan boshlab qo'llashga bo'lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, yosh avlodning xozirgi texnologiyalar davrida ota jadal tez suratda rivojlanib borishidir. Natijada zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilimlar, o'yinlar, multfilmlar, tajriba va interaktiv metodlar boshlang'ich avlodni bilimli, aqlli, oz fikriga mustaqil ega bo'lishlarini taminlaydi.

Aynan shu davrda bolalarda iqtidor va ko'nikmalar shakllana boshlaydi. Va bu davr o'qituvchi va tarbiyachilarni bolalarga individual tarzda yondoshishlari va e'tibor berishlarini taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg'or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko'rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo'lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi.

Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa - ilg'or ta'limiy yangiliklarni amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo'lida bir qator izlanishlar, sa'y-harakatlar boshlab yuborilgan.

Smart ta'lim - mavjud manbalarga tez moslashuvchanlik, multimedianing maksimal xilma-xilligi, bolalarning saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

O'z navbatida, Smart — texnologiyasisiz, innovatsion faoliyat yuritib bo'lmaydi. Agar Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo'lida bir qator izlanishlar, sayharakatlar olib borilmoqda. Innovatsiyalar dolzarb ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug'ilib, ta'lim mazmuni rivoji uchun istiqbolli hisoblanadi, shuningdek, umuman ta'lim tizmi rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, Smart texnologiyasi kichik yoshdagi bolalarda o'yinlar orqali tajribalar o'tkazish, musiqa va multfilm misiqalarini mustaqil farqlash, beg'ubor g'oyalarini amalga oshirish va mashg'ulot vaqtida ulardan foydalanishlarida keng yordamchi boladi. O'qitishga bunday yondashuv bolalarga nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini samarali natijalar imkonini beradi. Bolalarlarning ijodkorligini oshiradi.

Smart texnologiyalarini kelajakda mamlakatimiz ta'lim tizimiga joriy etish bo'yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi: texnologik yangilanishga ajratilgan vaqt (2020-2025 yillar) juda qisqa. Shu bois, "tezkor start" usulini qo'llash, ya'ni Smart education ta'lim muhiti talablarini o'rganib chiqish va mamlakatimiz barcha ta'lim tizimiga joriy etishni tezlashtirish; respublikamizda barcha bosqichlar uchun elektron resurslarni dunyo andozalariga mos, muvofiqlashtirilgan va tizimli ravishda yaratishni yo'lga qo'yish hamda imkoni boricha boshqa davlatlar bilan hamkorlikda maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim muhitiga moslab yaratish; dunyo bo'yicha yaratilgan boshqa ochiq resurslarni qayta yaratmasdan, ularning eng maqbullarini tarjima qilish va moslashtirish hamda ta'lim jarayoniga joriy qilish; ta'lim muassasalarini Smart education ta'lim muhiti texnik vositalari bilan ta'minlashni jadallashtirish. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o'ziga xosligi shundaki, ular o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.

Ma'lumki, har bir dars maqsadi, vazifasi va mavzusini o'rganishda o'ziga xos texnologiya, usul va vositalarni tanlashga to'g'ri keladi. O'qitish va o'rgatish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun dars jarayonini oldindan ketma- ketligini mo'ljallash kerak bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // «Xalq so'zi» gazetasi, 2017-yil 23-dekabr

2. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari talabalarning kreativlik qobiliyatlapini rivojlantirish. I Monografiya. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2016. -77-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.