Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOG TARBIYACHINING NUTQIY FAOLLIYATINI O’ZIGA XOSLIGI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOG TARBIYACHINING NUTQIY FAOLLIYATINI O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1095
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma‘naviy yuksalish / mashg‗ulotlar / yetuk va barkamol / ta‘limiga tayyorlash / va modernizatsiya qilish / zamonaviy dasturlar texnologiyalar. / spiritual growth / training / maturity / preparation for education / and modernization / modern software technologies.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Charos Islomovna Berkinova

Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash —bu uning o'z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida pedagog tarbiyachining nutqiy faolliyatini o‘ziga xosligi xaqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

For an educator, mastery of exemplary speech is an indicator of his readiness for his profession. This article discusses the specifics of the pedagogical activity of educators in preschool education.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOG TARBIYACHINING NUTQIY FAOLLIYATINI O’ZIGA XOSLIGI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-645-653

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOG

TARBIYACHINING NUTQIY FAOLLIYATINI O'ZIGA XOSLIGI

Charos Islomovna Berkinova

Jizzax davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash —bu uning o'z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog tarbiyachining nutqiy faolliyatini o'ziga xosligi xaqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy yuksalish, mashg'ulotlar, yetuk va barkamol, ta'limiga tayyorlash, va modernizatsiya qilish, zamonaviy dasturlar texnologiyalar.

ABSTRACT

For an educator, mastery of exemplary speech is an indicator of his readiness for his profession. This article discusses the specifics of the pedagogical activity of educators in preschool education.

Keywords: spiritual growth, training, maturity, preparation for education, and modernization, modern software technologies.

KIRISH

Наг bir davlat va jamiyatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma'naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olishi - bilimli, yuqori infellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlashtirgan yoshlarga bog'liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, vatan taqdiri uchun sitqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o'qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog'onalarga olib chiqish avvalo o'qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas'uliyatli vazifani yuklaydi. Shu maqsadda ham Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo4ib o4gan yig'ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni tola qamrab olish bo'yicha ustuvor vazifalar qo'yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat-Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-645-653

to,g,risida"gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari"gi PF-5198-sonli Farmoni hamda "Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi -faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2016 - yil 29 - dekabrdagi "2017 - 2021 - yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi" Mazkur qaror maktabgacha ta'lim tizimini moddiy - texnik bazasini mustahkamlash ularni malakali pedagogik kardlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalar tadbiq etishni ko'zda tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Farzandlarimizni intelektual axloqiy estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart - sharoitlar yaratish muxim hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta'lim tashilotlari tarmog'ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilgan e'tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo'lmay ulg'ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bolib yetishlarini ta'minlashdek ezgu maqsad mujassam. Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga toliq javob bera oladigan kadrlarsiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg'or usullar orqali muntazam oshirib borish mexanizmini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etgan holda, uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish ishlarini takomillashtirish masalasi ham dolzarb sanaladi.

Tarbiyachi o'z nutqida so'zlarni to'g'ri va aniq ishlata olsa, u holda uning nutqi bolalarga tushunarli bo'ladi. O'zbek tilining lug'ati juda ham boy, u doimo yangi so'zlar bilan to'ldirib boriladi, iste'moldan chiqqan so'zlar yo'qolib boradi. Tarbiyachi bolalar bilan nutqiy muloqotda bo'lganda, ularning yoshini hisobga olib, ona tilining lug'at boyligidan k'eng foydalanmog'i lozim.

NATIJALAR

Tarbiyachi o'z nutqning ifodaliligi ustida ishlashda og'zaki nutq uchun ifodalilikning intonatsion vositalaridan to'g'ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 772 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-645-653

Shuning uchun tarbiyachi o'z nutqida urg'ularni to'g'ri ishlatish, ovoz tempini va kuchini o'zgartirish bilan so'zlarning mazmunini ajratish, to'xtamlardan nutqda ovozni vaqtincha to'xtatish (o'rinli foydalanish, nutqda ovozning balandligi va kuchiga qarab hara- kati, nutq tempi, ma'lum vaqt ichida aytiladigan so'zlar miqdori), ovoz balandligini o'zgartirish ustida mashq qilish lozim. Into- natsiya nutqni jonli, jo'shqin qiladi, fikrni to'liq va tugallangan holda bayon etishga yordam beradi.

Tarbiyachi o'z lug'atini, uning grammatik tomonini badiiy, ilmiy, maxsus va boshqa adabiyotlarni doimiy ravishda o'qib borish bilan boyitadi va takomillashtiradi. Biroq tarbiyachi adabiyotlarni o'qish jarayonida uning mazmuniga, yangi so'zlarga ahamiyat beribgina qolmasdan, balki muallifning asar mazmunini ochishda tilning qaysi vositalaridan foydalanganligiga, qaysi so'z va grammatik shakllarni ishlatganligiga, materialni qay darajada bayon etganligiga bam e'tiborni qaratishi kerak. Nutqdagi kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etmaslik nati jasida yillar o'tishi bilan bu nuqsonlar mustahkamlanib, kishilar uni sezmay ham qoladi. Nutqida kamchiligi bo'lgan tarbiyachi bolalar bilan ishlashi mumkin emas. Ko'pchilik kattalar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Lekin bu fikr to'g'ri emas. O'z nutqi ustida doimiy va qat'iy ishlagan tarbiyachi nuqsonlarini bartaraf etishi mumkin.

MUHOKAMA

Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o'rtoqlarini o'sishiga yordam beradi.

Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash —bu uning o'z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi. Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va uslu- biyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.l.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog'chada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta'sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtira- digan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili bekam-u ko'st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim". Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qo'yilgan talablarni juda yaxshi bilgan holda o'z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etib borishi kerak.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-645-653

XULOSA

Tarbiyachi o'z lug'atini, uning grammatik tomonini badiiy, ilmiy, maxsus va boshqa adabiyotlarni doimiy ravishda o'qib borish bilan boyitadi va takomillashtiradi. Biroq tarbiyachi adabiyotlarni o'qish jarayonida uning mazmuniga, yangi so'zlarga ahamiyat beribgina qolmasdan, balki muallifning asar mazmunini ochishda tilning qaysi vositalaridan foydalanganligiga, qaysi so'z va grammatik shakllarni ishlatganligiga, materialni qay darajada bayon etganligiga bam e'tiborni qaratishi kerak.

Shunday qilib, tarbiyachi nutqidagi so'zlar aniq tanlansa, jumlalar grammatik tomondan to'g'ri bo'lsa, undagi fikrlar oddiy, aniq, ravshan bo'lsa, izchil ketma-ketlikda bayon etilsa, bolalarning yoshi va psixik xususiyatlari hisobga olinsa, bunday nutq bolalar tomonidan osonlik bilan idrok qilinadi va ular uchun tushunarli bo'ladi.

REFERENCE

l.Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: —Fan va texnologiyalarll nashriyoti, 2008.

2. Azizxo'jayeva N.«Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat». TDPU-2003

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б

4.Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782

5.М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.

6.М.Усмонова .Педагогик жараён лойихаси - машгулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлангич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил

7.Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalan , (8) , 0-0 . Retrieved from

8. Maxfuza Usmanova, THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-645-653

9. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.

10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.

11. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.

12.Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

13.Xasanova, G. (2020). Мактабгача таълим ташкилотларида хал; огзаки ижоди воситаларидан фойдаланишнинг педагогик мазмуни. Архив Научных Публикаций JSPI.

14. Mirziyoyevning SH.M. "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.