Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA LOY MASHG'ULOTLARINING MAZMUNI'

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA LOY MASHG'ULOTLARINING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9201
468
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
HAYKALTAROSHLIK / TUPROQ / "O'QISH ALIFBOSI" / MODELLASHTIRISH / KONSTRUKTIV USLUB / HAYKALTAROSHLIK USLUBI / KOMBINATSIYALASHGAN USLUB

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Naqibboyeva X.S.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining turlaridan biri bo’lgan haykaltaroshlikning mаktаbgаchа tа‘lim tashkilotlaridagi maqsad va vazifalari haqida fikrlar berilgan. Loy mashg’ulotlarida qo’llanadigan jixozlar va usullar haqidagi ma’lumotlarga batafsil to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT OF MUD CLASSES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

This article provides insights into the goals and objectives of sculpture as a type of visual activity for preschool children in preschools. Details of the equipment and methods used in the mud training are discussed in detail.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA LOY MASHG'ULOTLARINING MAZMUNI»

y^K 374

Naqibboyeva X.S.

talabasi

Namangan davlat universiteti Maktabgacha ta'limyo'nalishi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA LOY MASHG'ULOTLARINING MAZMUNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining turlaridan biri bo'lgan haykaltaroshlikning maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi maqsad va vazifalari haqida fikrlar berilgan. Loy mashg'ulotlarida qo'llanadigan jixozlar va usullar haqidagi ma'lumotlarga batafsil to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Haykaltaroshlik, tuproq, "o 'qish alifbosi", modellashtirish, konstruktiv uslub, haykaltaroshlik uslubi, kombinatsiyalashgan uslub.

Naqibboyeva Kh.S.

Namangan State University

CONTENT OF MUD CLASSES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

Annotation: This article provides insights into the goals and objectives of sculpture as a type of visual activity for preschool children in preschools. Details of the equipment and methods used in the mud training are discussed in detail.

Keywords: Sculpture, soil, "reading alphabet", modeling, constructive style, sculptural style, combined style.

Qo'llar buyumning shaklini o'zga nisbatan boshqacharoq va to'liqroq anglaydi. Chunki biz qo'llarimizni buyumning ko'zdan yiroq va yashirin sirtlariga qo'yishimiz mumkin. M. N. Sechenov

Maktabgacha yoshdagi bolalarda olamni anglash, o'rganishga qiziqishni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning eng qulay va samarali turlaridan biri, shubhasiz, loy ishi - haykaltaroshlikmashg'ulotlaridir. Bu turdagi mashg'ulotlarda bolalarda ijodkorlik ko'nikmalarini tarkib toptirish bilan bir qatorda maktab ta'limida muhim ahamiyat kasb etuvchi qo'llarning mayda motorikasini rivojlantirish jarayoni kechadi. Shuning uchun ham haykaltaroshlik mashg'ulotlarida muayyan didaktik vazifalar qo'yiladi. Unga

ko'ra, haykaltaroshlik mashg'ulotlarining maqsadi, birinchi navbatda, bolalarda ijodkorlikni shakllantirish, ularda haykaltaroshlik sohasiga oid texnik va ijodiy malakalarni tarkib toptirish orqali tasviriy san'atga, umuman go'zallik namunalarini yaratishga qiziqish, rag'batni tarbiyalashdan iborat.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan loy ishi mashg'ulotlarida quyidagi o'quv-tarbiyaviy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi.

1. Bolalarni borliqdagi buyumlarni hajmi va boshqa parametrlarini ko'rish va his qilish (qo'l barmoqlari orqali)ga o'rgatish.

2. Bolalarda buyum yasashning turli ifodaviy vositalaridan foydalanishga oid texnik va ijodiy malakalarni shakllantirish.

3. Haykaltaroshlik asbob-anjomlaridan o'rinli foydalanish malakalarini tarkib toptirish.

4. Berilgan mavzuga mos tasvir (buyum) yasash malakalarini shakllantirish.

5. Atrof-muhitdagi voqea va hodislarni kuzatish, idrok etish orqali hosil bo'lgan taassurot va tasavvurlar asosida mustaqil kompozitsiya yaratishning dastlabki malakalarini tarbiyalash.

6. Bajargan ishlarini mazmunini sharhlay olishga o'rgatish.

7. Jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini tarbiyalash vositasida bolalarda kommunikativlik kompetentsiyalarining dastlabki elementlarini tarkib toptirish.

8. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarni tartibli ishlash va gigienik qoidalarga rioya qilishga o'rgatish.

Yuqorida sanab o'tilgan maqsad va vazifalar bir asosiy maqsadga -tasviriy faoliyat vositasida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashga yo'naltiriladi. Shuning uchun tarbiyachilar bu ta'limiy va tarbiyaviy jarayonga kompleks tarzda yondashishlari talab etiladi. Zero, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida faoliyatning boshqa turlari bilan uzviy aloqadorlikda jarayonga integrativ yondashish faoliyatning sifatli va samarali kechishini ta'minlaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlari tizimida haykaltaroshlik mashg'ulotlariga keng o'rin ajratilgan. Chunki haykaltaroshlik mashg'ulotlari maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab ta'limi uchun kerakli tasavvur, amaliy malakalarni tarkib toptirish uchun qulayfaoliyat turi hisoblanadi.

Taniqli haykaltarosh I. Ya. Gints burhay xaykaltaroshlikning ta'limiy ahamiyatini ta'riflar ekan, matematika fanini o'rganish uchun arifmetika qanday rol o'ynasa, haykaltaroshlik tasviriy san'atni o'rganishda shunday ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tgan. Chunki tasviriy faoliyatning boshqa turlarida buyumlarning ayrim detallari, elementlari (masalan, perspektiva qonuniyatiga ko'ra buyumlarning ko'rinishi, umuman borliqning vizual obrazi) o'zgarib ketadi. Natijada tasviriy san'at asarini to'laqonli idrok etish va muayyan qonuniyatlar asosida tasvirlash uchun tasvirdagi illyuziyalarni anglash talab etiladi. Haykaltaroshlikda ularni yaqqol ko'rish, tasvirlash imkoniyati mavjudligi bois bolalarni nisbatlarni to'g'ri talqin qilish, asosiyni ikkinchi

darajalidan ajratishga o'rgatish jarayoni oson kechadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta'lim muassasalaridagi haykaltaroshlik mashg'ulotlariga bolalarda buyumlar haqidagi dastlabki tasavvurlarni hosil qilish, ularni "o'qish alifbosi" sifatida qarash lozim. Haykaltaroshlikning bosh mavzusi, shubhasiz, inson obrazidir. Biroq inson obrazini to'laqonli ochib berish uchun haykaltaroshlar borliqdagi boshqa buyum va detallarni ham tasvirlaydilar. Tasviriy san'atning rangtasvir va grafika turlarida rassomlar ifodaviylik vositasi sifatida nur va soya munosabatini ifodalash, hajmdorlik haqida illyuzionistik tasvir hosil qilish orqali asar yaratadilar. Haykaltarosh asarlari ham shu qonuniyat asosida yaratilsa-da, nur va soya munosabatlari real tarzda ko'rinadi. Chunki aynan o'yiq yoki bo'rtiq qismlar hisobiga yorug'-soya ifodasi haykalning shaklini, hajmdorligini bildiradi. Bu xulosa maktabgacha yoshdagi bolalarga haykaltaroshlikasoslarini o'rgatish ularning tasviriy faoliyatlarida yetakchi o'rinni egallashi lozimligini anglatadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg'ulotlarida asosiy material sifatida plastilin va loydan foydalaniladi. Ulardan foydalanish texnikasi va texnologiyasi har xil bo'lsa-da, tasvir (haykalcha) hosil qilish imkoniyatlariga ko'ra ular bir xil texnik ko'rsatgichlar va imkoniyatlarga ega. Tarbiyachi bajariladigan ishning mazmuniga ko'ra loy yoki plastilinda ishlashni taklif etadi. Agar mayda dekorativ haykalcha yasaladigan bo'lsa plastilinning turli ranglaridan foydalangan holda ishlash tavsiya etiladi. Chunki undagi aniq ranglardan foydalanib ifodali-ta'sirchan haykalcha yasash mumkin bo'ladi. Gigiyenik jihatdan har ikkala material ham muayyan tartiblarga rioya qilishni talab etadi. Shuning uchun topshiriqni bajarish uchun material tanlashda, asosan, yasaladigan haykalchaning hajmi, mavzusi, ko'lami (bir figurali, ikki figurali haykalcha kompozitsiyasi, kattaroq hajmdagi haykalcha va boshqa parametrlar) e'tiborga olinadi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan o'tkaziladigan loy ishi mashg'ulotlarida loy bilan ishlash tavsiya etiladi. Chunki, birinchidan, kattaroq hajmdagi haykalchalarni ishlashda bir xil massa (rang) dagi plastilin bilan ta'minlashimkoniyati cheklangan bo'ladi. Ikkinchidan, plastilinning turli rangda bo'lishi bolalarning diqqatini mayda detallarni tasvirlashga yo'naltirib, asosiy maqsad - shakl va hajmni his qilish va tasvirlashdan chalg'itadi. Qolaversa, Respublikamizda issiq kunlar ko'p bo'lganligi bois bunday ob-havo sharoitida issiq harorat ta'sirida plastilinni yumshab ketishi va yopishqoq bo'lib qolishi ishlashda noqulaylik tug'diradi. Shuningdek, bunday sharoitda yasalgan haykalchalarning shakli buzilib ketadi. Loydan esa uzoq muddat foydalanish mumkin. Qolaversa, loydan yasalgan buyum qurigan holatda ham shaklini o'zgartirmaydi. Shu bois loydan yasalgan buyum qurigach unga rang bilan bezak berish ham mumkin bo'ladi. Shuningdek, loy bilan ishlash mashg'ulotlari iqtisodiy tomondan qiyinchilik tug'dirmaydi. Imkoniyat va mutaxassis bor joyda loydan yasalgan buyumlarni mufel pechlarida pishirish va unga dekorativ bezak berish tartiblari haqida tasavvur hosil qilish bolalarda badiiy hunarmandchilik sohalariga

qiziqishni orttiradi, xalq ustalarining ijodiy mehnatlari haqida, umuman shu soha to'g'risidagi dastlabki tasavvurlar tarkib topadi, hunarmandlarning ishlarini badiiy-estetik idrok etish malakalari shakllantiriladi.

O'rni kelganda loy tanlash va undan foydalanishga tayyorlash masalalaridagi tavsiyalarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Odatda, loy tayyorlash uchun yerni ommaviy tarzda yillar davomida ekin ekiladigan va kimyoviy o'g'itlar bilan oziqlantiriladigan, chorvachilik va parrandachilik fermalari yaqinidagi joylardan olish tavsiyaetilmaydi. Mamlakatimizning ayrim viloyatlarida, ayniqsa, tog'li va adirli hududlarda tarkibiga ko'ra ekologik toza va ishlash uchun har tomonlama qulay, turli shakllar yasash uchun o'zining elastikligi bilan ajralib turadigan manbalar mavjud. Shuningdek, loy tayyorlash uchun daryo va soyga yaqin, suv yuvib turadigan joylardan massa olish mumkin. Biroq bunday joylardagi yerning tarkibida qum miqdori ko'p bo'lganligi uchun shakl hosil qilishda massaning plastik ishlov berish uchun qulaylik xususiyatlari pastligi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklar kuzatiladi. Bunday massadan yasalgan shakl quriganidan keyin uqalanib ketish ehtimoli yuqori bo'ladi. Massani qo'llashga yaroqliligini juda oddiy usul bilan aniqlash mumkin: tuproqdan loy tayyorlab, undan halqacha hosil qilinadi. Аgar halqachaning tashqi tomonida yoriqchalar hosil bo'lmasa, massa haykaltaroshlik mashg'ulotlarida foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi. Yaroqli tuproq manbalari mavjud bo'lmagan hududlarda agar tuproq har xil begona jinslardan xoli bo'lsa plastmassa chelak yoki shunga o'xshash idishga imkon qadar maydalanib, ustidan suv quyib bir necha kunga ivitib qo'yiladi. Suvni shunday miqdorda quyish kerakki, tuproqning yuqori qismi quruqligicha qolishi kerak. Аgar suv ko'proq quyilsa loy suyuq bo'lib, uni qattiqroq massa holiga keltirish uchun vaqt sarflanadi. Äks holda undan shakl hosil qilish qiyinlashadi. Begona jismlar borligi ehtimoli mavjud bo'lsa, tuproqni maydalab, elakdan o'tkazib olish lozim. Chunki tuproq tarkibida kesuvchi (shisha siniqlari, tunuka bo'lakchalari, temirparchalari, bir qirrasi o'tkir toshchalar va boshqa tig'li jinslar) begona jinslar bo'lishi mumkin. Tuproqni begona jinslardan tozalab bo'lgach, uni ham birinchi variantdek ivitib qo'yiladi. Bu vaziyatda bolalar tomonidan oldingi yillarda ishlangan hamda keraksiz bo'lgan haykalchalarni ham maydalab qo'shib yuborish mumkin. 2-3 kun ivigan qorishmani qo'lga rezina qo'lqop kiygan holda yoki maxsus tayyorlangan tayoq bilan bir xil massa hosil bo'lgunicha yaxshilab aralashtiriladi. Loyga ishlov berishda uning tayyor holga kelganligini aniqlash uchun uning bir bo'lagi qo'lning kaftida aylantiriladi. Agar loy kaftimizga yopishmasa, u ishlatish uchun tayyor bo'lgan hisoblanadi. Loyning plastiklik xususiyatini oshirish uchun uning tarkibiga moy, vazelin kabi qo'shimchalar qo'shish mumkin. Hosil bo'lgan massani germetik yopiladigan idishda yoki salafan plenka bilan o'ralgan tarzda saqlash mumkin. Bunday zaxira yil davomida o'tkaziladigan haykaltaroshlik mashg'ulotlari uchun yetarli bo'ladi. Faqat ishlatish oldidan uning sifati nazorat qilinadi. Lozim bo'lgan taqdirda unga biroz suv sepib, ishlov beriladi. Tayyorlangan

loyni sirlanmagan temir yoki boshqa metal idishlarda saqlash tavsiya etilmaydi. Chunki loy tarkibidagi namlik hisobiga idish zanglaydi hamda uning metall idish bilan kontaktda bo'lgan qismi buziladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg'ulotlarida, ta'kidlab o'tganimizdek, asosan, loy va plastilindan foydalanilsa-da, bolalarga tasviriy san'atning bu turida ishlatiladigan boshqa turdagi materiallarhaqida ham dastlabki ma'lumotlarni berish maqsadga muvofiq.

Haykaltaroshlik namunalari dastlab toshlardan yo'nib ishlangan. Bu texnika rivojlanib, marmar, granit, yog'och kabi materiallardan haykallar yasash amaliyoti yo'lga qo'yilgan bo'lsa, taraqqiyotning ma'lum bosqichlarida metall eritish texnologiyalari ixtiro qilinishi munosabati bilan bronza, mis, hattoki oltin va kumushdan haykallar yasala boshlangan. Shuningdek, haykaltaroshlik materiali sifatida gips, shamot kabi materiallar ham qo'llaniladi. Bu turdagi namunalar haqida ma'lumot berishda har biriga illyustrativ material ilova qilingan holda tushuntirish maqsadga muvofiq. Loy ishi mashg'ulotlarida loy (plastilin)ning butun bo'lagidan keraksiz qismlarini kesib, yo'nib olib tashlash uchun steklardan foydalaniladi

Steklar metalldan (ularni, asosan, professional haykaltaroshlar ishlatadilar), plastmassa va yog'ochdan yasaladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida plastmassa va yog'och steklardan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus tayyorlangan steklar bo'lmasa oddiy cho'pdan ham foydalanish mumkin. Yog'och steklarni ota-onalar tayyorlab berishlari mumkin. Buning uchun uzunligi 15 - 20, eni 2 - 2,5, qalinligi taxminan 1 sm o'lchamdagi taxta bo'lagining bir tomonini pichoq tig'iga o'xshatib yo'niladi. Uning uch qismin i biroz ingichkalashtirib, o'tkirlashtirib chiqiladi. Bunday stekdan bolalar bemalol foydalanishlari mumkin. Loy ishi mashg'ulotlarini tashkil etishda bolalar foydalanadigan ish qurollari - steklar bajarilayotgan ishni sifatli chiqishiga bevosita ta'sir o'tkazadi. Stek o'rnida o'tkir buyumlardan (pichoq, bigiz va b. ) foydalanishga yo'l qo'yilmasligi kerak. Loy ishi mashg'ulotlari o'tkaziladigan joylarda, albatta, mashg'ulotdan so'ng qo'lni iliq suvda sovunlab yuvish imoniyati bo'lishi lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg'ulotlarida faqat yumshoq materiallar (loy va plastilin)dan foydalaniladi. Ma'lum malaka va sharoiti mavjud ayrim tarbiyachilar papbe-mashe texnologiyasida haykalchalar, buyumlar va qo'g'irchoqlar yasashlari mumkin. Shuning uchun ham bolalar haykaltaroshlikda qo'llaniladigan asboblar haqida ma'lumotga ega bo'lsalar foydadan holi emas.

Modellashtirish - badiiy ijodiyotning eng aniq shaklidir. Bola yaratgan narsanini nafaqat ko'radi, qo'liga oladi, paypaslaydi, kerak bo'lsa o'zgratiradi. Modellashtirishning asosiy asbobi qaychi, qalam, mo'yqalam emas balki qo'ldir, to'g'rirog'i ikki qo'lidir, shu sababli mahorat darajasi o'z qo'llarning egalik darajasiga bog'liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda,

modellashtirish texnikasi oddiy, sodda va o'zini rivojlantirish uchun eng qulay vosita deb hisoblash mumkin. Modellashtirish, ya'ni loy ishi mashg'ulotlari, bola rivojlanishida kompleks ta'sir etadi: Shakl, hajm, plastik, rangni idrok etish hissiyotini, sensor sezuvchanligini rivojlantiradi;

Mayda qo'l motorikasini, fazoviy taffakurni va tasavvurni rivojlantiradi; ikkala qo'l ishini sinxronlashtiradi; ishni rejalashtirish, amalga oshirish, natijani bashoratlash va unga erishish, kerak bo'lsa o'zgartirish kiritish ishlarida ko'nikma, malakalari shakllanadi;

Loy ishida qo'llaniladigan usullar:

1. Yumaloqlik-bir bo'lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi.

2. Shar yasash, so'ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.

3. Yassilash-sharikdan yassi non yasaladi, qo'lning holati doimo o'zgarib

turadi.

4. Cho'zish - sharikning bir qismi cho'ziladi.

5. Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o'zaro biriktirish.

Loy bilan ishlash mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazishda ish joyini bekamu-ko'st jihozlanganligi muhim ahamiyatga.

Modellashtirish texnikasi

Modellashtirish texnikasining usul va metodlarning xilma-xil, rang-barangligiga qaramay maktabgacha yoshdagi bolalar oson egallab olishadi. Konstruktiv uslub- modellashtirishning bu uslubi konstruktor qismlaridan kabi alohida qismlardan yaratiladi (nomi ham shundan kelib chiqqan). Tarbiyachi dastavval bolalarning diqqatini o'sha predmetning yirik qismlariga, uning mayda qismlariga, shakliga, rangiga jalb etadi. Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi tasvirlashning texnik usullarini ko'rsatib tushuntirib beradi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni loydan narsalar yasashda ko'proq o'yin usullaradan foydalanadi. Bu guruhda loy mashg'ulotlari predmetli xarakterga ega bo'ladi, ya'ni bolalar alohida, yakka predmetlarni yasaydilar, bu guruhda bolalar ishiga yoki faoliyatiga baho berish ham muhim usullardan hisoblanadi. Tarbiyachi albatta bolalarni, ular qanday ishlaganlarini va ishni qanday bajarganlarini aytib o'tish lozim. Bola o'ylab topgan obrazni tasavvur qilib, qanday qismlardan iboratligini aniqlashtirib, yasaydi. Konstruktorlik uslubi bilan bolalar 2-3 yoshdan boshlab yasashni boshlaydilar va ko'pincha o'zlariga bu "yangilikni" mustaqil "ochishadi". Ko'p hollarda kichik yoshdagi bolalarda modellashtirish quyidagi variantlarda namoyon bo'ladi:

- ikkita bir xil shaklni birlashtirish (munchoq, devor);

- o'xshash, ammo turli hajmdagi shakllarni birlashtirish (halqachalar, piramida, qorbobo, sarak-sarak qo'g'irchoq, minora);

- turli shakllarni birlashtirish (qo'ziqorin, kapalak, qush)

Haykaltaroshlik uslubi. Bu uslubni yana plastik yoki butun bo'lakdan

modellashtirish deb atashadi. Bolalarni loy bo'lagining mayda qismlarini

cho'zib chiqarishga, barmoq bilan chuqurcha hosil qilishga, buklashga, biriktirilgan qismini mahkam qilib yopishtirishga o'rganadilar. Chimdib chnqarishga bolalar jo'ja, qushlarni yasashda o'rganadilar. Shu jarayonda bolalar predmetlarni, ularning qismlarini, shakl kattali jihatdan taqqoslashga o'rganadilar. Masalan: baliqni oldin tanasini oval shaklida yasab oladilar, so'ng baliqning bir tomonini salgina cho'zib va dumaloqlab, boshini, qarama-qarshi tomonini ko'proq cho'zib chiqarib, yapaloqlab, uning dumini yasaydilar, suzgichlarini chimdib chiqaradilar. Shuningdek bolalar loy bo'lagini bir necha bo'lakka bo'lishga o'rganadilar Masalan qushni yasashda yuqoridagilardan tashqari idishlar yasashga o'rganadilar. Ular idishlarni yakka usulda: ya'ni yumaloqsimon va silidrsimon shakllarni barmoq bilan bosib chuqurcha hosil qilish, bandini esa alohida loy bo'lagidan yoki asosiy loy bo'lagidan cho'zib chiqarib yasash mumkin. Bolalar olgan bilim va malakalarni o'stirib mustahkamlaydilar. Bolalar tarbiyachi bilan birga tipratikan, sichqon, meva solingan idishcha, qo'ziqorin solingan savatcha kabilarni ham loydan yasashga o'rgatib boradi. Bolalar boshlagan ishlarini oxiriga etkazishga mustaqil ishlashga, o'z ishlarini yangi qismlar bilan boyitib borishga o'rganadilar.

Kombinatsiyalashgan uslub

Bu uslub ikkita uslubni o'z ichiga oladi: konstruksiyalash va haykaltaroshlik uslublaridir. Bola hayotining 6-chi yilida uning tevarak-atrof haqidagi bilimlari, turmush tajribasi kengaya boradi. Uning qo'l muskullari mustahkamlanib taraqqiy etadi. U qo'l barmoqlari bilan nozik harakatlarni bajara oladigan bo'ladi. Uning psixikasida ham sifat o'zgarishi yuz beradi. Xotirasi o'sadi, barqaror bo'ladi, diqqat ham tobora barqaror bo'ladi. Bolalar oldin predmetni yasashda uning qismlarini va qismlarning shakli, uning xususiyatlarini aniq tasavvur eta oladilar. Shu bilan birgalikda bolalar predmetlarni ko'proq harakatda tasvirlashga harakat qiladilar. Bolalarni loy ishlariga o'rgatishda quyidagi vazifalar turadi: predmet shaklini, proporsiya sini, uning tuzilishini, xarakterli qismlarini va harakatini tasvir etish va boshqalardir. Bolalar idishlar yasab, so'ng uni bo'yaydilar, dekorativ plstinkalar yasab ularni bezaydilar. Bu guruhda bolalar syujet mazmun asosida yashlaydilar. Texnik usullar ham bu guruhda murakkablashadi. 4 yoshli bolalar qismlardan yasashsa, 5-6 yoshga kelib butun bir loy bo'lagidan yasaydilar. Shu bilan birga stek bilan ishlashga ham keng imkoniyat yoki o'rin ajratiladi. Bolalar dastavval o'zlariga tanish bo'lgan sodda predmetlarni yasaydilar. Ular loy bilan ishlashning ikki usuli: konstruktorlik va haykaltaroshlik usullaridan foydalanib, turli xil meva va sabzavotlar yasaydilar. Bodring, lavlagi, sabzi, olmaning ikki xil sorti. Bolalar shu ikki usulda odam figurasini va hayvonlarni yasaydilar. Bu ishlarning mazmuni asosan hali o'yinchoqlaridan olinadi.

Obrazni jihozlash, dekoratsiyalash vosita va usullari. Plastik materiallar bilan ishlashda turli yordamchi usul va metodlardan foydalaniladi. Bolalarni

predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o'rgatib boriladi. Masalan: uzun, qisqa, ingichka, kalta, shuningdek, predmetlarni vertikal, tik holatda o'rnatadilar, qismlarni mahkam biriktirishga, birlashtirilgan qismlarni illiqlashga o'rganadilar. Bolalar asta-sekin o'z ishlariga mazmun berishni keng tadbiq etadilar, asosan bir butun loy bo'lagidan haykaltaroshlik usulida yasaydilar. Masalan: mushuk, kuchuk, quyon va boshqalar. Butun bir loy bo'lagidan lentasimon usuli bilan idishlar yasaydilar, so'ng ularni bezaydilar. Bolalar o'zlariga tanish texnik usullar yordamida turli narsalarni yasaydilar. Masalan: xo'roz, tovuq, o'rdak, jo'ja va boshqalarni yasab, parrandalar shaklini mazmunida ishlaydilar. Ko'proq natura asosida, ixtiyoriy loy ishlarini bajaradilar. Dastavval predmetni yoki naturani kuzatib, ko'rib chiqiladi. predmetnning shaklini, qismlarini, proporsiyasini barmoq harakatlari bilan ko'rib chiqishlari mumkin. Agarda bolalar yasash usulini bilishsa, unda mustaqil yasaydilar, agarda bilishmasa, unda tarbiyachi qisman ko'rsatib berishi mumkin. Ishlarni bajarishda turli vostilardan foydalasa bo'ladi. Flomaster turli idishlarning qalpoqchalaridan yasalgan baliqning "tangachalarini" iz qoldirish uchun ishlatish tavsiya etiladi.

Stek yordamida ko'p harakatlar bajarish mumkin. Masalan: yasalgan buyum ustida shtrixlar, "qanotchalarni" bo'rttirib chiqarsa bo'ladi. Yasalgan o'yinchoqlarga munchoqlar, tugmalar, qushlar patlari, chig'anoqlar yordamida mayda qismlarni bezaklar berib kombinatsiyalshatirsa bo'ladi.

References:

1. Rasm, buyumlar yasash va tasviriv faoliyat metodikasi. M. Sh. Nurmatova 116-118 betlar.

http://kutubxona. adu. uz/kutubxona/53rasmbuyumlaryasashpdf. pdf

2. Maktabgacha ta'lim muassasalarida haykaltaroshlik mashg'ulotlari Asqarali Sulaymonov Toshkent-2015.

http://library. ziyonet. uz/ru/book/35985

3. Ismoilov T. I. SOCIAL AND LEGAL SOLUTIONS OF INSURANCE MANDATORY RECOMMENDATIONS //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 3. - С. 152-154.

4. Нурматова М. Шахс камолотида ахлокий ва эстетик кадриятлар уЙFунлиги //Т.: Университет.-2009. - 2009.

5. Аллаярова С. Н., Сайитова У. К МАСОФАВИЙ ТАЪЛИМ: МАЗМУНИ, ИМКОНИЯТЛАРИ ВА КАМЧИЛИКЛАРИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 1.

6. Ботирова П. Х. Using modular object-oriented dynamic learning environment (Moodle) in NEPI //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 796798.

7. Анваров, A. А., Ботирова, П. Х., Катаева, М. М., & Кариева, М. А. (2015). Role of the MATCHES project in NamEPI. Молодой ученый, (8), 874876.

8. Кодирова Ш. С., Явминова Н. М. АНАЛИЗ ЯЗЫКОВОЙ РЕАЛИЗАЦИИ ФРЕЙМА" ЦЕЛЕНАПРАВЛЕННОЕ ЗРИТЕЛЬНОЕ ВОСПРИЯТИЕ" В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ //Теория и практика современной науки. - 2017. -№. 5. - С. 374-377.

9. Явминова Н. М. Обеспечения безопасности электронной коммерции в Республике Узбекистан //Техника. Технологии. Инженерия. - 2016. - №. 1.

- С. 17-20.

10. Азимова Д. М. МОДЕЛИ СООТНОСИТЕЛЬНЫХ РЯДОВ ЛЕКСЕМОЙ ПРИЛАГАТЕЛЬНОГО В КАЧЕСТВЕ ПОСТОЯННОГО ЧЛЕНА //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2017. - №. 4-2.

- С. 38-40.

11. Азимова Д. М. НЕКОТОРЫЕ МОДЕЛИ СЕМАНТИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЙ СЛОВ НА УРОВНЕ ДРУГИХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ //Вестник Науки и Творчества. - 2017. - №. 4 (16). - С. 5-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.