Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO`LAJAK MUTAXASSISLARINING KASBIY KOMPETENLIGINI SHAKLLANISHIDA “SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM”NING O`RNI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO`LAJAK MUTAXASSISLARINING KASBIY KOMPETENLIGINI SHAKLLANISHIDA “SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM”NING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

17
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / psixolog / faoliyat / hamkorlik / мaktabgacha ta’lim / kasbiy kompetenlik / shaxsga yo`naltirilgan ta’lim / kasbiy tayyorgarlik / педагог / психолог / деятельность / сотрудничество / дошкольное образование / профессиональная компетентность / личностноориентированное образование / профессиональная подготовка

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — R. A. Xaydarova

Mazkur maqolada мaktabgacha ta’lim tashkilotlari bo`lajak mutaxassislarining kasbiy kompetenligini shakllanishida “shaxsga yo`naltirilgan ta’lim”ning o`rni bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarning nazariy asoslari bilan tanishishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье вы можете ознакомиться с теоретическими основами проведенных исследований роли «личностно-ориентированного образования» в формировании профессиональной компетентности будущих специалистов дошкольных образовательных организаций

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO`LAJAK MUTAXASSISLARINING KASBIY KOMPETENLIGINI SHAKLLANISHIDA “SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM”NING O`RNI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI BOLAJAK MUTAXASSISLARINING KASBIY KOMPETENLIGINI SHAKLLANISHIDA "SHAXSGA YONALTIRILGAN TA'LIM"NING ORNI

Mazkur maqolada Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bo'lajak mutaxassislarining kasbiy kompetenligini shakllanishida "shaxsga yo'naltirilgan ta'lim"ning o'rni bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarning nazariy asoslari bilan tanishishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: pedagog, psixolog, faoliyat, hamkorlik, Maktabgacha ta'lim, kasbiy kompetenlik, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, kasbiy tayyorgarlik

В данной статье вы можете ознакомиться с теоретическими основами проведенных исследований роли «личностно-ориентированного образования» в формировании профессиональной компетентности будущих специалистов дошкольных образовательных организаций.

Ключевые слова: педагог, психолог, деятельность, сотрудничество, дошкольное образование, профессиональная компетентность, личностно-ориентированное образование, профессиональная подготовка

In this article, you can get acquainted with the theoretical foundations of research conducted on the role of "person-oriented education" in the formation of professional competence of future specialists of preschool education organizations.

Keywords: pedagogue, psychologist, activity, cooperation, preschool education, professional competence, person-oriented education, professional training

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolajak mutaxassislarining kasbiy kompetentligi - shaxsning ma'lum sifatlar birligi hamda, ta'lim jarayonida bog'cha tarbiyalanuvchilari bilan samarali hamkorlikka va pedagogik faoliyatga yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligidir.

R. A. Xaydarova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

АННОТАЦИЯ

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Pedagogik-psixologik tayyorgarlik o'z ichiga: pedagogika va psixologiyaning metodologik asoslari bo'yicha bilimlar; shaxning ijtimoiylashuvi va rivojlanishi qonuniyatlari; ta'lim tarbiyaning maqsadi va texnologiyalarining mohiyati; fikrlash operatsiyalari bilan qurollanish; ta'lim va tarbiya nazariyasidan g'oyalar va xulosalar topa olish ko'nikmalari v.x.ni oladi - bunday kompetenlik o'qituvchiga mashg'ulotlarni yuqori darajada o'tish imkoniyatini beradi.

Pedagogik-psixologik bilimlarini taxsil oluvchilar bilan o'zaro aloqa amaliyotini muvaffaqiyatliroq amalga oshirish uchun pedagog o'quvchilarini faollikka unday olishi, bo'sh va kuchli o'quvchilarining barchasiga kerakli axbo rotni etkaza olishi darkor.

Pedagogik-psixologik kompetentlikning shakllanganligining asosiy mezoni o'quvchi shaxsining rivojlanishiga turtki bo'luvchi pedagogik vazifalarni, vaziyatlarni mustaqil echish bilim va ko'nikmalari hisoblanadi.

Pedagogik jarayon - xar doim o'qituvchining o'quvchilar bilan erkin munosabat asosidagi o'zaro aloqasidir - shuning uchun xam aloqaning kommunikativlik funksiyasi pedagogik-psixologik kompetentlikning muhim qismlaridan biridir.

Kommunikativlik orqali axborot berish va taxsil oluvchilar bilan qayta aloqa o'rnatish amalga oshiriladi.

Refleksiv kompetentlikka ega bo'lgan mutaxassis, pedagogik jarayonni to'g'ri boshqara olishi va tarbiyalanuvchini shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishiga imkoniyat tug'dirishi mumkin. Refleksiya (lot. tilidan olingan) - orqaga, uziga nazar, o'z harakatlari va xolatini taxlili, o'z-o'zini anglash jarayoni, o'z xulk-atvorini va o'zgalar harakatini tushunish degen ma'nolarni anglatadi. Olingan bilimlar o'zi orqali o'tkaziladi va inson ana shu bilimlarning sifati, ularni amaliyotda qo'lanishi, ruhiy qoniqish xosil qilish, atrof muhitga yangicha nazar bilan qarash haqida o'ylay boshlaydi.

Intellektual, kommunikativ va refleksiv kompetentlik pedagogik-psixologik kompetentlikning muhim tarkibiy qismlaridir.

Pedagogik-psixologik kompetentlikning yuqorida aytib o'tilgan funksiyalari o'qituvchining tirishqoqligi natijasida shakllanadigan kasbiy axamiyatga ega bo'lgan shaxsiy sifatlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Ularga egiluvchanlik, jo'shqinlik, kreativlik, kirishimlilik, ruhiy maftunkorlik kabi sifatlarni kiritish mumkin.

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

«Egiluvchanlik» - kasbiy fazilat sifatida pedagogik faoliyatda o'kuvchilar bilan bo'lgan vaziyatlarning nihoyatda o'zgaruvchanligi va bu vaziyatlarni echimi doimo vosita, shakl, metodlarni maxirona tanlay olishga bog'liq bo'lganligini hisobga olgan xolda kerak bo'ladi. Jo'shqinlik - ishontira olish qobiliyati, bu ongga chuqur kira olish qobiliyati. jo'shqinlik ruxiy barqarorlik va empatiya bilan bog'liq. Pedagog o'quvchining xolatini tushuna bilmog'i, o'zini uning o'rniga qo'ya olishi, voqealarga uning nuqtai nazari bilan qaray olishi kerak. Sezgirlik, ta'sirchanlik, mehribonlik birgalikdagi ijodiy jarayonga va umuman shaxsning shakllanishiga ijobiy ta'sir o'tkazadi.

Hamkorlik, muloqot ijod, eshitish va tushunish, bir-biriga ruxiy madad bera olish ko'nikmalarining v.x. rivojlanishiga olib keladi. O'qituvchining kasbiy axamiyatga ega bo'lgan sifatlari kompetentlikning asosiy elementi xisoblanadi, bu esa o'z navbatida pedagogik-psixologik kompetenlikning shakllanishida muxim omil bo'lib qoladi.

Bo'lajak MTM mutaxassislarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda «Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasi»dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ta'lim jarayonini tashkillashtirishda ishlatiladigan ta'lim shakllari metodlari va vositalarning umumiyligini ko'rib chiqamiz. Ma'ruzalarda nisbatan murakkab bo'lgan mavzular yoritilib, ularni bayoni asosan muammoli xarakterda bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Seminarlarda talabalarning mustaqil fikrlashiga yordam beruvchi va ko'rilayotgan masalalarga o'z nuqtai nazari bilan qarashga o'rgatuvchi ko'nikmalarni xosil qiluvchi baxs-munozarali va baholovchi chiqishlar rag'batlantirilishi; talabalarni mazmunli chiqishlari, ularning javoblarini mantiqiy bog'liqligiga, isbot va dalillarning boyligiga, tushunarliligiga va o'ziga xosligiga qarab baholanishi zarur. Seminar so'ngida xar bir guruh va har bir talaba bajargan ishining mazmuni baxolanadi.

Shu bilan birga, ta'limning muammoli ma'ruza, baxs-munozarali seminarlar, konkret pedagogik-psixologik vaziyatlarni taxlil kilishga, ishchanlik o'yinlari (joriy nazorat shaklida ham), o'quv fanlardan talabalarning o'zlari tomonidan tanlanadigan hayotiy psixologik-pedagogik muammolar yuzasidan loyihalar tayyorlash va ularni ximoya qilish kabi metod va shakllaridan keng foydalanish bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarida pedagogik-psixologik kompetentlikni shakllanishiga olib keladi.

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, asosiy urg'u o' mashg'ulotlarini amaliy ishlar metodi orqali o'tishga beril

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

kerak. Buning sababi, oliy ta'lim bitiruvchilarini pedagogik-psixologik kompetentligini shakllanganligining ko'rsatkichi bulmish, kasbiy, pedagogik-psixologik ko'nikma va malakalarga ega bo'lgan etuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga bulgan extiyojdir. O'quv fanlardan turli loyixalar ishlab chiqish, bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash masalasiga motivatsion kirishish va o'quv yuklamasini asosiy qismini taxsil oluvchilarni mustaqil ishlariga qaratish bu masalaning echimlaridan biri ekanligini ta'kidlab o'tish zarur.

Mutaxassis shaxsining shakllanishida talabalar g'oya va ideallarning orasida ikkilanib qolganlarida, o'zi uchun xulosalar chiqarayotganda shaxsiy tajribasi kamlik qilganda, qanday yo'lni tanlashni bilmay qolganlarida xolatlarida ularga o'qituvchi ko'rsatmalar berib boradi.

Demak, bo'lajak MTM mutaxassislarni o'qitish faoliyati shaxsga yo'naltirilgan ta'limi texnologiyasi asosida olib borilishi, pedagogik faoliyatning prognostik, konstruktor-loyixalovchilik kabi tarkibiy qismlarini rivojlanishiga olib keladi. Lekin bu bilan biz pedagogik faoliyatning boshqa tarkibiy qismlari rivojlanmaydi demoqchimasmiz. Talabalarni kursdoshlari, o'qituvchilari bilan o'zaro ta'sirlari ularda pedagogik faoliyatning tashkiliy va kommunikativlik komponentlarini o'sishiga sabab bo'ladi, yana ularda pedagogik faoliyatning taxliliy-baxolovchi funksiyasi (shaxsiy faoliyatlarini taxlil qilish, erishilgan yutuqlarni solishtirish, kamchiliklarni sababini qidirib topish v.b. orqali), axborot beruvchi-tushuntiruvchi vazifasi (o'quv materiallarini o'zlashtirish vositalari, uni mazmunli va ma'ntiqiy bayon etish, yorqin dalillar bilan yo'rg'ilganligi, ravon va oson tushuntirish orqali), izlanuvchan-ijodiy vazifalari (o'z ustida ishlashlari, shaxsiy pedagogik ko'nikmalarni oshirib borish, shaxsiy g'oya va ijod orqali) xam shakllanib boradi.

Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, «SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM TEXNOLOGIYALARI» asosida tashkil etilgan ta'lim - shaxsning individual-psixologik, intellektual saloxiyatlarini oshirib, pedagogik-psixologik kompetentligini shakllanib boradi.

REFERENCES

1 .Nafisa Zikrillayevna Yusupova, Khaydarova Rano Anvarovna, Shomurodova Sevar Ilyasovna METHODS OF DISTANCE LEARNING TO STUDENTS // Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 33(1) ISSN 2651-4451 | e-ISSN 2651-446X- 2022.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

2. Khaydarova Rano Anvarovna Yosh mutaxassislarning kasbiy adaptatsiyasi jarayonida tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalardan foydalanish samaradorligi // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal -December 2021

3. Хазрат Хусенович Джабборов Социально-психологические индикаторы национального воспитание. Science and education scientific journal ISSN 21810842. Volume 3, Issue 3 . March 2022. Page 1082-1089. https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/2883

4. Жабборов Хазрат Хусенович. Социально-психологические механизмы национального воспитания. Вестник интегративной психологии. Научный журнал. Выпуск 22/2021. Ярославль. С.48-51

5. Tursunaliyevna, A. M., & Karimovna, N. Y. (2022). Maktabgacha tarbiya muassasalarida madaniy-gigiyenik malakalarni tarbiyalash-bolalar organizmining jismoniy rivojlanishida muhim vosita. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 3(1), 98-103.

6. Karimovna, N. Y. (2022). YOSHLARDA INTERNETGA TOBELIK MUAMMOLARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 96-99.

7. Ахмедова, M., & Нарметова, Ю. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Общество и инновации, 3(2/S), 103-

8. Bekmirov, T., Axmedova, M., Melibayeva, R., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). Kasbiy pedagogika.

109.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.