Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TABIAT BURCHAGINI TASHKIL QILISHNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TABIAT BURCHAGINI TASHKIL QILISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16806
978
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tabiat burchagi / jonli tabiat / jonsiz tabiat / o’simliklar / hayvonlar / qushlar. / corner of nature / wildlife / inanimate nature / plants / animals / birds.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lobar Choriyevna Rajabova, Madina Hikmatovna To’xtayeva

Ushbu maqolada maktabgacha tarbiya muassasasida umumiy tabiat burchagini, har bir guruhda jonli burchakni tashkil etishning usullari, MTTda tabiat burchagini tashkil etishda tavsiya etiladigan hayvon va o`simliklar haqida ma’lumotlar keltirilgan, tabiat burchagiga qo‘yiladigan talablar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF CREATING A NATURAL CORNER IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

The article provides information about a common natural corner in a preschool institution, ways of organizing a living corner in each group, about animals and plants recommended for organizing a natural corner in PEO, requirements for a natural corner.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TABIAT BURCHAGINI TASHKIL QILISHNING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA TABIAT BURCHAGINI

TASHKIL QILISHNING AHAMIYATI

Lobar Choriyevna Rajabova Madina Hikmatovna To'xtayeva

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha tarbiya muassasasida umumiy tabiat burchagini, har bir guruhda jonli burchakni tashkil etishning usullari, MTTda tabiat burchagini tashkil etishda tavsiya etiladigan hayvon va o'simliklar haqida ma'lumotlar keltirilgan, tabiat burchagiga qo'yiladigan talablar.

Tayanch iboralar: tabiat burchagi, jonli tabiat, jonsiz tabiat, o'simliklar, hayvonlar, qushlar.

THE IMPORTANCE OF CREATING A NATURAL CORNER IN PRESCHOOL

EDUCATIONAL INSTITUTIONS

ABSTRACT

The article provides information about a common natural corner in a preschool institution, ways of organizing a living corner in each group, about animals and plants recommended for organizing a natural corner in PEO, requirements for a natural corner.

Keywords: corner of nature, wildlife, inanimate nature, plants, animals, birds.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni tabiat bilan tanishtirish tabiat bilan doimo bevosita munosabatda bo'lishni talab qiladi. Buni ta'minlovchi shartlardan biri bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotida tabiat burchagiga ega bo'lishdir. Biroq butun bolalar muassasasi uchui umumiy tabiat burchagiga ega bo'lish yanada yaxshiroq. Undan yoshlar guruxlari tabiat burchaklarida yashovchi hayvonlarni to'ldirib turishda foydalanish mumkin.

Bolalarning tabiat burchagidagi mehnati hamda o'simlik va hayvonlarni kuzatishlari butun yil davomida (qishda, kech kuzda va erta bahorda) tashkil etiladi. O'rta mintaqa sharoitlarida bolalarning yer uchastkasidagi mehnat va kuzatishlari bu davrlarda anchagina qisqaradi.

Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va tizimli tarzda tanishtirish, ularda tabiat burchagida yashovchilar haqida pishiq va anglangan bilimlarni, mehnat, malaka hamda ko'nikmalarini hosil qilish, kuzatuvchanlikni o'stirish ishi uchun sharoit ana shunday yaratiladi. Ana shu malaka va ko'nikmalar asosida tabiatga ehtiyotkorona munosabat ham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi.

Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashovchi bir necha hayvonlarga,

ularning o'ziga xos belgilariga qaratish va shu bilan bolalaming anchagina chuqur, mustahkam bilimga ega bo'lishlariga imkon yaratadi. Bevosita tabiatda bolalar uchratadigai hayvonlar va o'simliklarning xilma-xilligi hayvon va o'simliklar hayotidagi umumiy,ahamiyatli hamda qonuniylikni ajratib ko'rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan ob'ektlar bilan tabiat burchagida tanishtirish bu murakkab hamda muhim vazifani hal etish imkonini beradi. Tabiat burchagida yashovchilarning fazoviy yaqinligi ham ahamiyatlidir. Bolalar masalan, aytaylik akvariumdagi baliqlarni yaxshilab ko'rish, ularni uzoq muddat davomida kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Tabiat burchagi uchun o'simlik va hayvonlarni tanlashda bir qator talablarni nazarda tutish lozim. Bu tasodifiy yashovchilarni saqlashning oldini olishga yordam beradi, mehnat hamda kuzatishlarning bolalarga tarbiyaviy va ta'limiy ta'sirini ta'minlaydi.

Tabiat burchagi uchun hayvon va o'simliklarni tanlashga qo'yiladigan talablar.

1. O'simlik yoki hayvon u yoki bu tizimli yoki ekologik gurux uchun xos bo'liish lozim. Bunday holda bolalarni o'simlik va hayvonlarning katta guruxi uchun xarakterli bo'lgan asosiy, o'ziga xos belgilari, yashail sharoiti yoki tarzlari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi.

2. Tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish mehnatning sifati, xarakteri, unga sarflanadigan kuch va vaqtga ko'ra maktabgacha yoshdagi bolalarning qo'lidan keladigan (tarbiyachining ishtiroki va rahbarligi ostida) bo'lishi lozim. Shuning o'chun «beor» o'simliklar va ovqatni tanlamaydigan hayvonlar tanlanadi.

3. Tabiat burchagidagi hayvon va o'simliklar tashqi ko'rinishidan yorqin, jozibador, maktabgacha yoshdagi bolaning hali unchalik barqaror bo'lmagan diqqatini o'ziga jalb qilib tura oladigan bo'lishi kerak.

4. Bir turdagi o'simlik va hayvonlarning bir necha xili mavjud bo'lishi lozim, bolalar kuzatish ob'ektida faqat umumiy belgilarnigina emas, balki individual belgilarni ham ko'ra oladilar, bu bolalarni tirik organizmlarning xilma-xilligi hamda takrorlanmasligini anglashlariga olib keladi.

5. O'simlik va hayvonlar tamoman xavfsiz bo'lishi, bolalarning sog'liqlariga hech qanday zarar yetkazmasligi lozim.

6. O'simlik va hayvonlarning bolalar tashkiloti binosidagi normal hayot faoliyati, o'sishi va rivojlanishida, binoning doimiy temperaturasini, karbonat angidrid gazining katta konsentratsiyasini, quruqligi, shovqin-suronning mavjudligini hisobga olish lozim.

Hayvon va o'simliklarni tabiat burchagiga joylashtirish. Hayvon va o'simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchi navbatda, ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlari nazarda tutilishiga e'tibor berish lozim. Masalan, ba'zi xona o'simliklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyosh nurining ko'proq bo'lishini

talab qiladilar, shuning uchun ularni eng yorug' joyga qo'yish lozim, boshqalar (masalan, uzumbar gunafshasi) tik tushib turuvchi quyosh nuriga bardosh berolmaydi. Kaltakesak va qurbaqaning biologiyasi quyidagicha, kaltakesak yashayotgan terrariumni quyosh nuri yaxshi isitib turadigan joyga, qurbaqa yashaydigan terrariumni esa albatta soya joyga qo 'yish lozim.

Shu bilan birga tabiat burchagi ko'zni quvontiriish, intererni bezashi lozim. Va nihoyat, ob'ektlarni shunday joylashtirish lozimki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari, tabiat burchagini kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari lozim.

Bolalar maktabgacha ta'lim tashkiloti tabnat burchagida yashovchilarning barchasini doimiy va vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin. Doimiylar tabiat burchigida butun yil davomida xona o'simliklari, baliqlar va shu kabilar yashasalar, vaqtincha yashovchilar esa guruxga qisqa muddatga olib kiriladi, Bular mahalliy o'lka o'simlik.va hayvonlari bo'lib, ularning-hayot faoliyatlari u yoki bu mavsumda alohida qiziqarli va yorqin namoyon bo'ladi (bahorgi dastlabki gullar; kuzda qiyg'os gullaydigan gulxonadagi dekorativ o'simliklar, hasharotlar va shu kabilar).

1-maranta 2-paporotnik

amazon piyozguli— euxaris

dog'li begonaya

metal begoniya

briofillyum degremon

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tabiat burchagida doimo yashovchilar - xona o'simliklaridir. Ular inson uyini qadimdan bezab kelganlar. Ulardan ba'zilari qiyg'os va uzoq gullasa, boshqalarining bargi chiroyli, poyalari xilma-xil (tik o'sadigan; yotib o'sadigan, yuqoriga qarab o'sadigan, chirmashib o'sadigan va shu kabi. Xona o'simliklarining asosiy ko'pchiligi tropik va yarim tropik mamlakatlarda: qaynoq cho'l va savannalar, tropik nam o'rmon va botqoqliklar, tog' qiyaliklari va vodiylarda o'sadigan o'simliklardir. Tabiatdagi o'sish o'rniga ko'ra xona o'simliklari turlicha parvarishni (turli tuproqni, sug'orishii, yoritilishni va shu kabilarni) talab qiladi. Xona o'simliklari shunisi bilan qiziqarliki, ularning har bir turida aktiv aegetatsiyaning o'z muddat va davrlari mavjud bo'ladi. Xona o'simliklari bebaho didaktik materialdir, shunnng uchun ham ular tabiat burchagida albatta bo'lishlari shart.

REFERENCES

1. Temirovna O. L., Chorievna R. L. Methodology to organize independent work of students in mathematics lessons in primary school //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 10. - С. 387-393.

2. Ражабова Л. Ч., Очилова Л. Т. Методика использования мультимедийных образовательных технологий и средств в процессе обучения школьников младших классов //Academy. - 2019. - №. 12 (51).

3. Ражабова Л. Ч., Бахранова А. А. Профилактика конфликтов средствами игровой деятельности у детей старшего дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 33.

4. Rajabova L. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shart-sharoitlari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

5. Rajabova, Lobar. "Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish metodikasi." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 2.2 (2020).

6. Rajabova L. Maktabgacha ta'limda metodika fanlarini о 'qitish texnologiyasining asosiy tamoyillari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

7. Rajabova L. Steam ta'lim dasturi asosida matematika masalalarini yechishning ilg'or usullari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. -№. 1.

8. Rajabova L. Matematika mashg'ulotlarida didaktik o'yinlardan foydalanishning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

9. Ochilova L. КОМПЬЮТЕР ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН БОШЛАНЕИЧ СИНФЛАРДАГИ МАТЕМАТИКА ДАРСЛАРИДА ФОЙДАЛАНИШ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

10. Очилова Л. Т. Обучение математической науке в начальном образовании с помощью информационных технологий //Научный журнал. - 2019. - №. 6 (40).

11. Temirovna O. L. EQUATION, IDENTITIES, EQUIVALENT EQUATION, EQUATION WITH ONE UNKNOWN OF THE FIRST ORDER, FRACTIONAL RATIONAL EQUATIONS AND THEIR SOLUTION //Archive of Conferences. -2021. - С. 103-106.

12. Sharipova M. B., Nizomova S. S. The artistic image of the image of" water" in the poem //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА.-2018. - 2018. - Т. 11. - С. 75.

13. Nizomova S. S. SHARIA'S DESCRIPTION OF THE CEREMONIAL ATTITUDE TO WATER //Archive of Conferences. - 2020. - Т. 4. - №. 4. - С. 65-67.

14. Uraeva D. S. et al. THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 6. - С. 469-472.

15. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

16. Низомова Ш. Ш. ВЫРАЖЕНИЕ ОБРАЗОВ В УЗБЕКСКОЙ ПОЭЗИИ //Проблемы науки. - 2021. - С. 79.

17. Nizomova S. S. THE SCOPE OF THE TOPICS OF THE SHARIA OF THE INDEPENDENCE PERIOD //Archive of Conferences. - 2020. - Т. 4. - №. 4. - С. 6869.

18. Низомова Ш. Ш. СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ КОМПЬЮТЕРНЫХ РАЗВИВАЮЩИХ ИГР В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

19. Низомова Ш. Ш., Нурмуродова С. Э. К. Техника речи как основной инструмент учителя //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

20. Низомова, Ш. Ш. "Роль современных информационных технологий и электронных средств в обучении, образовании и развитии личности." Вестник магистратуры 4-3 (2019): 68.

21. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

22. Xamidovna R. I. Play as a means of developing the creative abilities of Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

23. Nurulloyev F. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarini axloqiy tarbiyalash //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

24. Nurulloyev F. Oilada sog'lom, ma'naviy-axloqiy muhit //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

25. Nurulloyev F. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oilaga nisbatan hurmat munosabatini hakllantirish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -

2020. - Т. 2. - №. 2.

26. Umarova G. Bolalarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda matematik tasawurlarni shakllantirish mashg'ulotlarinmg ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

27. Sharipova I. F., Umarova G. U. Some methods for calculating limits //Journal: JOURNAL OF ADVANCES IN MATHEMATICS. - Т. 10. - №. 7.

28. Mahmudovna N. M. Improving the preschool education system from the perspective of the age values of children //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). -

2021. - Т. 10. - №. 1. - С. 182-185

29. Хасанова Г. К. Classification of Educational Activities and Assessment Classifications: Improvement of Pedagogical Problems //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 11s. - С. 1958-1961.

30. Makhmudovna N. M. et al. Language is a Means of Cognition and Communication for Teaching in Education //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. -2020. - Т. 24. - №. 1. - С. 247-256.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.