Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TABIATDA ODDIY TAJRIBALARNI O’TKAZISHGA O’RGATISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TABIATDA ODDIY TAJRIBALARNI O’TKAZISHGA O’RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5306
282
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
hodisalar / elementar / tajriba / ehtiyoj / qiyoslash / o’yin / mehnat / tarbiyachi rahbarligi / yorug‘lik / namlik / issiqlik. / events / elementary / experience / need / comparison / play / labor / mentoring / light / moisture / warmth.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Lobar Choriyevna Rajabova, Marjona Ahmad Qizi Muxtorova

MTTda bolalar hodisalarni, predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqa hamda munosabatlarning sabablarini aniqlashlari uchun elementar tajribalardan foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o’tkaziladigan kuzatishdir. Ya’ni u predmet yoki hodisaga aktiv ta’sir etishni, ularni qo’yilgan vazifaga muvofiq o’zgartirishni nazarda tutadi. Ushbu maqolada MTT da oddiy tajribalarni o’tkazish usullari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRAINING PRESCHOOLERS IN SIMPLE EXPERIMENTS IN NATURE

OPE (Organization of preschool education) uses elementary experiments to help children identify events, connections between objects and events, and the reasons for relationships. An experiment is an observation carried out in a specially organized environment. That is, it means actively influencing an object or event, changing them in accordance with the task at hand. This article gives you a quick overview of OPE.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TABIATDA ODDIY TAJRIBALARNI O’TKAZISHGA O’RGATISH»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TABIATDA ODDIY TAJRIBALARNI O'TKAZISHGA O'RGATISH

Lobar Choriyevna Rajabova Marjona Ahmad qizi Muxtorova

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

MTTda bolalar hodisalarni, predmet va hodisalar o'rtasidagi aloqa hamda munosabatlarning sabablarini aniqlashlari uchun elementar tajribalardan foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o'tkaziladigan kuzatishdir. Ya'ni u predmet yoki hodisaga aktiv ta'sir etishni, ularni qo'yilgan vazifaga muvofiq o'zgartirishni nazarda tutadi. Ushbu maqolada MTT da oddiy tajribalarni o'tkazish usullari keltirilgan.

Tayanch iboralar: hodisalar, elementar, tajriba, ehtiyoj, qiyoslash, o'yin, mehnat, tarbiyachi rahbarligi, yorug'lik, namlik, issiqlik.

TRAINING PRESCHOOLERS IN SIMPLE EXPERIMENTS IN NATURE

ABSTRACT

OPE (Organization of preschool education) uses elementary experiments to help children identify events, connections between objects and events, and the reasons for relationships. An experiment is an observation carried out in a specially organized environment. That is, it means actively influencing an object or event, changing them in accordance with the task at hand. This article gives you a quick overview of OPE.

Key words: events, elementary, experience, need, comparison, play, labor, mentoring, light, moisture, warmth.

Tajribadan o'yin, mehnat yoki maxsus mashg'ulotlar jarayonida paydo bo'lgan bilish vazifalarini hal qilish usuli sifatida foydalaniladi, biroq bunda boshqa usullardan (kuza- tishlar, evristik suhbat) foydalanishning imkoni bo'lmasligi mumkin. Vazifani tarbiyachi o'rtaga tashlaydi, biroq u bolalar tomonidan ham o'rtaga tashlanishi mumkin. Vazifa tushunarli va aniq Ifodalangan bo'lishi lozim. Bilish, vazifasining hal etilishi maxsus izlanishni: taxlilni, ma'lum va noma'lum ma'lumotlarni qiyoslashni talab qiladi. Taxlil natijasida bolalar hodisalarning sabablari haqida fikrlarini - taxminlarini aytadilar, hal qilish usulini - tajriba sharti va tashkil etilishini tanlaydilar.

Tajriba shartining muhokamasi tarbiyachi rahbarligi ostida o'tadi. Tajribaning hamma shartlari tenglashtirilishi va faqat ulardan bittasi - tajribaning natijasiga ta'sir etadigani alohida ajratilishi, bolalarga ko'rsatilishi hamda ular tomonidan tushunilishi lozim.Tajriba uzoq muddatli qiyoslanadigan yoki qisqa muddatli kuzatish tarzida o'tkazilishi mumkin. Uzoq muddatli qiyoslanadigan kuzatishda natijalar kechik-

tirilganligi tufayli tajribaning ayrim alohida harakterli bosqichlarini rasm sxemalarda qayd qilish lozim. Agarda vazifa qisqa muddatli kuzatish jarayonida hal etiladigan bo'lsa, tajribaning natijalari darhol muhokama qilinadi: bolalar bilan birgalikda tajriba o'tadigan sharoit taxlil qilinadi, natijalar qiyoslanadi, xulosalar chiqariladi.

Uzoq muddatli xarakterdagi tajriba davomida tarbiyachi bolalarning qiziqishlarini sodir bo'layotgan o'zgarishlarga jalb qilib turadi, ularni nima uchun tajriba o'tkazilayotganligini anglashlariga olib keladi.

Tajribaning yakunlovchi qismi olingan tajribalar asosida xulosalar chiqarishdir. Tarbiyachi bolalarni mustaqil xulosalar chiqarishga undaydi.

Tajribalarni tashkil etish jarayonida tirik ob'yektni halok bo'lishiga olib kelmaslik, ularning hayotiy muhim ko'rinishlarini buzmaslik qerak. Shuning uchun ham sezilarli o'zgarishlar paydo bo'lishi bilanoq (masalan, qorong'i joyda o'simliklarning nihollari sarg'ayadi va so'lib qoladi) sharoitni darhol o'zgartirish zarur.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tajribalarni tashkil etishning usullari quyidagilardan iborat:

Xavfsizlik qoidalari:

S Barcha tajribalar faqat kattalar nazorati ostida o'tkazilishi kerak;

S Faqat bolalar uchun xavfsiz bo'lgan materiallardan foydalanish tavsiya etiladi;

S Kichkintoyingiz qo'llari bilan xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan moddalarga tegishiga yo'l qo'ymang, reagentlarga egilib turing;

S Agar kerak bo'lsa, himoya vositalaridan foydalaning (ko'zoynak, qo'lqop, niqob);

S Mebelni himoya qilish uchun siz qamchi yoki dasturxondan foydalanishingiz mumkin.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o'simlikning o'sishi uchun yorug'lik zarurligi haqidagi bilimni egallab olganlaridan so'ng o'tkaziladi. Bolalar oldiga bilish xarakteridagi vazifa qo'yiladi.

O'simliklar joylashtirilgan sharoit bolalar bilan muhokama qilinadi. Barcha sharoitlar (o'simliklarning bo'yi, miqdori, yashiklarning katta-kichikligiii, sug'orish vaqtidagi suvniig miqdori) bir xilligi, faqat yoritilganlik darajasiniig har xilligi aniqlaiadi. O'simliklarning ko'rinishidagi o'zgarishlar yuzasidan uzoq muddatli kuzatishlar o'tkaziladi va bu o'zgarishlarning sabablari aniqlanadi. Bolalar tajriba davomidagi eng aniq ko'ringan o'zgarish- larning rasmini chizib boradilar.

Tajriba yakunida, o'zgarishlar aniq bo'lib qolganda, tarbiyachi bolalarga o'simliklarni qiyoslashni va xulosalar chiqarishni taklif qiladi.

Olingan xulosalarni tasdiqlash uchun qorong'iroq joyda o'sgan o'simliknn yorug' joyga qo'yiladi. Sodir bo'layotgan o'zgarishlar yana ta'kidlanib muhokama qiliiadi.

Tajribalardan bolalarni qum, suv, tuproqning xususiyatlari bilan tanishtirishda foydalaniladi. Ularning yordamida suvning bir agregat holatdan ikkinchisiga o'tish

sabablari, o'simlikning o'sishi uchun zarur bo'lgan sharoit aniqlanadi, shuningdek hayvonlarning ba'zi xatti-harakatlari tushuntiriladi.

Tajribalar yordamida ko'pgina bilish harakteridagi vazifalarni hal etish mumkin: o'simlik qaerda yaxshiroq o'sadi: issiq joydami yoki sovuq joydami? O'simlik sovuq joyda o'sa oladimi? Agar suv sovuqqa qo'yilsa, u nima bo'ladi? Qorni xonaga olib kirilsa-chi? va shu kabilar.

Tajribalar ko'pincha maktabgacha katta yoshdagn bolalar bilan bo'ladigan ishda qo'llanadi. Kichik va o'rta guruxlarda tarbiyachi ayrim izlanish harakatlaridan foydalanadi. Masalan, o'rta guruxda mushukni kuzatish davomida, bolalar mushuk qanday ovqatni afzal ko'radi degan xulosaga kela olishlari uchun tarbiyachi ularga mushukning oldiga sabzi, konfet, go'sht qo'yishni taklif etadi.

Yoki, mushuk eshitadimi yoki yo'qmi degan savolga javob topish uchun tarbiyachi mushukni pichirlab chaqirishni, tirnoq bilan stolning ustini tirnab qitirlatishni taklif etadi va so'ngra bolalardan so'raydi: "Mushuk eshitadimi? Uni eshitishini qaerdan bilding? Nimasi bilan eshitadi?" "Mushuk qaysi qog'ozda go'sht, qaysi qog'ozda non o'ralganligini hididan bila oladimi?" deb so'rash mumkin. Shundan so'ng yechim usulini taklif etadi: "Ikkita bir xil qog'ozdan biriga go'sht, ikkinchisiga nonni o'rang-da, mushukning oldiga qo'ying" Shundan so'ng tarbiyachi "Mushuk go'sht qaerda turganligini bildimi? U buni qanday bildi?" deb so'raydi.

Maktabgacha tarbiya bilim yurtlarida ham bolalarni tabiat bilan tanishtirishning o'z dasturi va metodlari bor. Har bir talaba uni to'liq egallagan bo'lmog'i lozim. Bilim yurtlarining dasturi va dars o'tish metodlarini bilmasdan turib u yerda ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish mumkin emas.

Xuddi shuningdek, talabalar mavjud bolalar MTTsidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish sohasidagi yangi ish tajribalarini ham o'rganib olishlari zarur. Buni ular o'sha MTMlarda amaliyotda bo'lgan davrlarida o'rganadilar, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni yozib oladilar. Eng muhimi, bolalar MTTlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish masalasi qanday yo'la qo'yilgani, metod kabinetlar qanday jihozlan-ganligi, har bir yosh guruhda tabiat burchagining tashkil qilinish metodlari, ularning qanchalik to'g'ri yoki noto'g'riligini o'rganadilar. Buning uchun ular mavjud «dastur»dan foydalanadilar. Bu dastur har bir maktabgacha tarbiya talabasi uchun ish faoliyatining bosh mezonidir. Faqat uni har bir tarbiyachi maktabgacha ta'lim tashkiloti holatini, ekologik sharoitini hisobga olgan holda qo'shimchalar kiritib olishi mumkin.

Bugungi talaba - ertangi mutaxassis. Shunday ekan hozirgi talabalarga qo'yilayotgan talab yanada kattadir. Chunki davrimiz, hayotimiz doimo rivojlanishda. Fan-texnika sohasida, ta'lim-tarbiya sohasida yangi-yangi qirralar ochilmoqdaki, biz mutaxassislar ularning hammasini o'zlashtirgan, bilib olgan bo'lishimiz kerak. Aks holda bizdan yetuk mutaxassis yetishmaydi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarining hodimlari ham muttasil o'z bilimlarini oshirib turmoqlari zarur. Vaqti -vaqti bilan o'z bilimini oshirish uchun, ta'lim-tarbiyadagi yangi metod, forma va usullar bilan tanishish uchun maxsus tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida o'qib keladilar.

REFERENCES

1. Temirovna O. L., Chorievna R. L. Methodology to organize independent work of students in mathematics lessons in primary school //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 10. - С. 387-393.

2. Pa®:a6oBa Л. Ч., 04anoBa Л. Т. Методик испoльзoвaния мультимедийных oбрaзoвaтeльных технологий и средств в процессе обучения школьников млaдших ктассов //Academy. - 2019. - №. 12 (51).

3. Рaжaбoвa Л. Ч., Бaхрaнoвa А. А. Прoфилaктикa конфликтов срeдствaми игровой деятельности у детей стaршeгo дошкольного вoзрaстa //Вестник мaгистрaтуры. -

2020. - №. 1-5. - С. 33.

4. Rajabova L. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shart-sharoitlari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

5. Rajabova, Lobar. "Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish metodikasi." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 2.2 (2020).

6. Rajabova L. Maktabgacha ta'limda metodika fanlarini о 'qitish texnologiyasining asosiy tamoyillari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

7. Rajabova L. Steam ta'lim dasturi asosida matematika masalalarini yechishning ilg'or usullari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

8. Rajabova L. Matematika mashg'ulotlarida didaktik o'yinlardan foydalanishning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

9. Ochilova L. КОМПЬЮТЕР ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН БОШЛАНЕИЧ СИНФЛАРДАГИ МАТЕМАТИКА ДАРСЛАРИДА ФОЙДАЛАНИШ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

10. Очилoвa Л. Т. Обучение мaтeмaтичeскoй туке в нaчaльнoм oбрaзoвaнии с помощью инфoрмaциoнных технологий //Шучный журнaл. - 2019. - №. 6 (40).

11. Temirovna O. L. EQUATION, IDENTITIES, EQUIVALENT EQUATION, EQUATION WITH ONE UNKNOWN OF THE FIRST ORDER, FRACTIONAL RATIONAL EQUATIONS AND THEIR SOLUTION //Archive of Conferences. -

2021. - С. 103-106.

12. Sharipova M. B., Nizomova S. S. The artistic image of the image of" water" in the poem //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА.-2018. - 2018. - Т. 11. - С. 75.

13. Nizomova S. S. SHARIA'S DESCRIPTION OF THE CEREMONIAL ATTITUDE TO WATER //Archive of Conferences. - 2020. - Т. 4. - №. 4. - С. 65-67.

14. Uraeva D. S. et al. THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 6. - С. 469-472.

15. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

16. Низомова Ш. Ш. ВЫРАЖЕНИЕ ОБРАЗОВ В УЗБЕКСКОЙ ПОЭЗИИ //Проблемы науки. - 2021. - С. 79.

17. Nizomova S. S. THE SCOPE OF THE TOPICS OF THE SHARIA OF THE INDEPENDENCE PERIOD //Archive of Conferences. - 2020. - Т. 4. - №. 4. - С. 6869.

18. Низомова Ш. Ш. СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ КОМПЬЮТЕРНЫХ РАЗВИВАЮЩИХ ИГР В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

19. Низомова Ш. Ш., Нурмуродова С. Э. К. Техника речи как основной инструмент учителя //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

20. Низомова, Ш. Ш. "Роль современных информационных технологий и электронных средств в обучении, образовании и развитии личности." Вестник магистратуры 4-3 (2019): 68.

21. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

22. Rajabova I. Ossobennostiorganizatsiiiprovedeniyadidakticheskixigr s detmistarshegodoshkolnogovozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

23. Xamidovna R. I. Play as a means of developing the creative abilities of Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

24. Rajabova I. Ossobennostiorganizatsiiiprovedeniyadidakticheskixigr s detmistarshegodoshkolnogovozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

25. Nurulloyev F. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarini axloqiy tarbiyalash //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

26. Nurulloyev F. Oilada sog'lom, ma'naviy-axloqiy muhit //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

27. Nurulloyev F. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oilaga nisbatan hurmat munosabatini hakllantirish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 2. - №. 2.

28. Umarova G. Bolalarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg'ulotlarining ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

29. Sharipova I. F., Umarova G. U. Some methods for calculating limits //Journal: JOURNAL OF ADVANCES IN MATHEMATICS. - Т. 10. - №. 7.

30. Zarafshon J. MAKTABGACHA TA'LIMNING SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK JARAYONNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.