Maktabgacha ta'lim jarayonida bola shaxsiga psixologik
yondashuvlar
Gulbaxor Tillaevna Yadgarova gulbaxoryadgarova@gmail. com
BuxDPI
Аннотация: В данной научной статье рассматриваются психологические особенноси детей дошкольного возраста. Коммуникативная компетентность и психологический подход воспитателя в ее деятельности. Работа в малых группах и факторы их развития.
Ключевые слова: психологический подход, совместная работа, деятельность, коммуникативность, общение, развитие, процесс обучения, интерактивные игры, мотивация
Psychological approach to the of preschool education process
Gulbaxor Tillaevna Yadgarova gulbaxoryadgarova@gmail. com Bukhara State Pedagogical Institute
Abstract: This article discusses the psychological characteristics of preschool children. Communicative competence and compsychological approach of the educator in her activities. Work in small groups and factors of their development.
Keywords: psychological approach, teamwork, activity, education, development, communication, learning process, interactive games, motivation
Mamlakatimiz jtimoiy-siyasiy va iqtisodiy sharoitida ta'limning zamonaviy tendensiyalari yosh avlodda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda, ta'lim va tarbiya jarayoni - shaxsni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash, shaxslararo jarayonlarda psixologik yondashuv orqali bolalarning intellektual salohiyatini oshirish kabilarni nazarda tutib kelmoqda.
"Zamonaviy jamiyat yosh avlod ta'lim tizimiga, jumladan, uning birinchi bosqichi - maktabgacha ta'limga yangi talablarni qo'ymoqda. "Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi".1 Chunki ta'lim va tarbiya
1 Sh.M. Mirziyoyev. —Buyuk kelajagimizni marda va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.ll Toshkent-2017. 189-bet.
www.openscience.uz / issn 2181-0842 1241 lmih^ei
jarayoni - shaxsni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko'nikmaga aylantirib borishdagi asosiy jarayondir. Zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qullashda bu jarayon psixologik yondashuv orqali bolalarning intellektual rivojlanishiga tayanadi. Ammo muammo iqtidorli daholarni izlashda emas, balki ijodiy qobiliyatlarni maqsadli shakllantirish, yangicha fikrlashni rivojlantirishdadir. Bu ijodkorlik, ixtiro qilish, bolaning shaxsiyatini shakllantiradigan, uning mustaqilligi va kognitiv qiziqishini rivojlantiradigan eng yaxshi, eng yangi narsalarni yaratish qobiliyatini shakllantirish asosida namoyon bo'ladi. Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq holda izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlarni tashkil etishda yangicha psixologik yondashuvni taqozo etadi.2
Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan bunday zamonaviy talablar tarbiyachilarni ushbu ta'lim tizimini rivojlantirishga yo'naltiradi. Bu esa o'z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun rivojlantiruvchi, kognitiv, o'yinli ta'lim, izlanuvchanlik va o'zaro ta'sir elementlarini sintez qiladigan yangi texnologiyalardan foydalanish muhitining zarurligini taqozo etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayot tarziga nazar tashlasak, bogchada bolalar kop vaqtlarini rasm chizish, qol mehnati boyicha vazifalarni bajarishga turli ertak va hikoyalar tinglash, televizor ko rish, o tirib oyinchoqlar o'ynashga sarf qiladilar.3
Bolaga shunday muhit va shunday munosabatlar tizimi yaratib kerakki, bu bolaning turli mustaqil faoliyatini rag'batlantirsin va unda kerakli vaqtda eng samarali ko'nikmalarni o'zlashtira olsin, shu jumladan asosiy qobiliyatlarni shakllantirsin. Tabiiyki, bunday muhitni yaratish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotining o'quv va ta'lim jarayoniga interfaol xarakterga ega bo'lgan, bolaning mustaqil faoliyatini ta'minlaydigan o'yinli texnologiyalarini joriy etish zarur.
Maktabgacha ta'lim tarbiyachisining kasbiy mahorati uning bolalar bilan ishlashda interfaol texnologiyalar va o'qitish usullaridan foydalanishda psixologik bilimdonligida namoyon bo'ladi. Bunda har bir tarbiyalanuvchininig individual-psixologik xususiyatlari inobatga olinichi muhim. Interaktiv mashg 'ulotlarni tashkil etish turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Individual shakl, har bir bola tomonidan vazifani mustaqil hal qilishni o'z ichiga oladi;
Juftlashgan shakl, masalalarni juftlikda yechishda foydalaniladi, guruhli yondashuvda bolalar kichik guruhlarga bo'linadi;
Agar vazifa bir vaqtning o'zida barcha ishtirokchilar tomonidan bajarilsa, bu shakl jamoaviy yoki frontal deb ataladi;
2 Maktabgacha pedagogika darslik / F.R.Qodirova , Sh.Q-Toshpulatova, N.M.Kayumova, M.NA'zamova - Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. 4- b.
3 BOLALARINI MAKTABGA TAYYORLASHDA HARAKATLI C YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI/ «POLISH SCIENCE JOURNAL»ISSUE 6(15), b-47
www.openscience.uz / issn 2181-0842 1242 lmj^^^h
Interfaol ta'limning eng qiyin shakli bolalar bilan kichik guruhlarda ishlash shaklidir. Kichik guruhlarda ishlash shaklida ishtirokchilar guruhi umumiy vazifani oladilar, masalan, qandaydir muammoni birgalikda hal etish. Bu vazifalar asosan oy mavzusini qamrab olinishi kerak. Bahor mavzusida plakatga birgalikda rasm chizish, lego va kubiklardan uycha, avtoturargoh, kema porti, qurilish maydoni, bog'cha hovlisi, ertakdagi qasr loyixalarini birgalikda tayyorlash, turli konstruksiyalarini birgalikda bajarishlari mumkin. Faoliyat qiziqarli bo'lishi bilan birga har bir guruh a'zosi bu jarayonda o'z fikrini bayon etadi, uning fikri esa boshqa a'zolar fikriga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollar ko'pincha turli ziddiyatlarga sabab bo'lishi ham mumkin va bu juda tez-tez takrorlanib turadi. Mohir tarbiyachi jarayonni kuzatib, uni tizimga solib, bolalar uchun xavfsiz rivojlanish muhitini yarata bilishi muhim hisoblanadi. Guruh bo'lib ishlash tajribasi tez-tez qo'llanilsa, bu muhitga moslashgan har bir bola bir-birining fikriga qo'shilishi, ba'zida yon berishi, muloqot jarayonida jamoaviy tartib intizomga rioya qilishi, yangi tajribalarni o'rtoqlaridan o'zlashtirib olishi mumkindir.
Psixologik nuqtai-nazardan, bolalarning kichik guruhlarga bo'linishi, ularning loyihada o'z versiyasini taklif etish, tashabbus ko'rsatish, umumiy loyihani tashkil etuvchi eng yaxshi g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmalariga ega bo'lishiga zamin yaratadi.
Kichik guruhda ishlashning asosiy maqsadi va vazifalari: •bolalarning tashabbuskorligini, mustaqilligini, kognitiv motivatsiyasini rivojlantirish orqali irodaviy xususiyatlarini shakllantirish;
•axborotni o'rganish va mustaqil ravishda o'zlashtirish qobiliyatini shakllantirish yordamida bola xotira va tafakkurini o'stirish;
•bolalar bilan ishlashning integratsiyalashgan shaklini tashkil etish yordamida ular diqqati va tasavvur doirasini kengaytirish;
•bolalar o'rtasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yish orqali ularning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirish;
•bolaning jamoaga faol moslashishi va aniq maqsad sari harakat qilishni ta'minlash;
•bola uchun o'z muvaffaqiyatini, intellektual mukammalligini his qiladigan qulay ta'limiy sharoitlarini yaratishdan iborat.
Rolli o'yinlar ham bolalarga o'z "men'ligini namoyish qilishning omili sifatida muloqotni jonli va hayajonga to'la harakatlarni qamrab oladi. O'yinlarning maqsadi bilimlarni chuqurlashtirish emas, balki ko'nikmalar va munosabatlarni ham rivojlantirish bo'lib hisoblanadi. Rolga kirish usullari orqali tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, muammoli vaziyatlarda turli xil hatti-harakatlarni amalga oshirish va boshqalarni tushunish imkoniyatlarini rivojlantiradi. O'yin orqali
www.openscience.uz / issn 2181-0842
1243
ishtirokchilar o'zlarining real hayotdagi harakatlarini yaxshiroq o'rganib, xatolarning oqibatlaridan kerakli xulosaga keladilar.
Interfaol o'yin nafaqat maktabgacha yoshdagi bolalarning bir-biri va tarbiyachi bilan o'zaro munosabati, balki ijtimoiy yo'nalishdagi birgalikda tashkil etiladigan kognitiv faoliyat hamdir. Interaktiv o'yinlar uchun ko'plab variantlar mavjud, ularni o'ynash usuli ham turlicha. Ammo ular quyidagi ketma ketlikka asoslanishi lozim:
•Tarbiyachi tomonidan har bir kichik guruh uchun vazifalar va rollarni tanlash. (Tayyorgarlik bosqichi)
•Kichik guruh a'zolarni hal qilinishi kerak bo'lgan muammo bilan tanishtirish.
•Muammo va topshiriqning maqsadi tarbiyachi tomonidan aniq va oson shakllantirilishi kerak, shunda bolalarda mas'uliyatsizlik hissi paydo bo'lmaydi.
•Bolalarga o'yin qoidalari haqida ma'lumot beriladi, jarayon davomida aniq ko'rsatmalar berib boriladi.
O'yin davomida bolalar o'z maqsadiga erishish uchun bir-birlari bilan muloqot qilishadi. Agar ba'zi bosqichlar qiyinchilik tug'dirsa, tarbiyachi bolalarning harakatlarini tuzatadi. O'yin yakunida natijalar tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, bola shaxsining shakllantirilishida hissiy emosional jihatdan - maktabgacha yoshdagi bolalarning his-tuyg'ulariga e'tiborni qaratishdan iborat bo'lib: ularga nima yoqdi, nima qiyinchilik tug'dirdi, vaziyat qanday rivojlandi, ishtirokchilar qanday harakatlar qildi, natija qanday bo'ldi kabi savollarga javob izlash asosida kamchiliklar birgalikga tuzatiladi.
Zamonaviy muassasada o'yinli ta'lim juda jonli, hissiy jihatdan qulay psixologik muhitda, xayrixohlik, erkinlik, tenglik muhitida, o'tkazilishi zarur. O'yin texnologiyalari bolalarning erkin bo'lishiga yordam beradi, bolada o'ziga ishonch paydo bo'ladi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalar haqiqiy hayotga yaqin o'yin sharoitida harakat qilib, har qanday murakkab materialni osonroq o'rganadilar. Bolalar o'zlarini yangi vaziyatda sinab ko'rish orqali o'yindan zavq olishlari muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M. Mirziyoyev. —Buyuk kelajagimizni marda va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.ll Toshkent-2017. 189-bet.
2. Maktabgacha pedagogika darslik / F.R.Qodirova , Sh.Q-Toshpulatova, N.M.Kayumova, M.NA'zamova - Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. 4- b.
3. Bolalarini maktabga tayyorlashda harakatli oyinlardan samarali foydalanish usullari/ «POLISH SCIENCE JOURNAL»ISSUE 6 (15), b-47
4. Yu.Jo'raev.- O'smirlar jinoyatga nega qo'l urushmoqda?, HURRIAT -2019/09/25
www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1244
5. D.Sh.Nioyzova - Pedagoglar AKT savodxonligini oshirishda innovatsion yondashuvlar. «SCLENCE AND INNOVATION» INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2022/3, b-973-974
www.openscience.uz / issn 2181-0842
1245