Научная статья на тему 'MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY ONGNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA'

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY ONGNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
23
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlarga oid davlat siyosati / maktabgacha katta yosh / bolaning ijtimoiylashuv jarayoni / pedagogik ta’minot / ijtimoiy ong tushunchasi / state policy on youth / pre-school age / child's socialization process / pedagogical support / concept of social consciousness

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xo‘Jamatova X.M.

Ushbu maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalar faoliyatini tashkil etish shakllari o‘rtasida qator qarama-qarshiliklarni jamiyatda o‘sib kelayotgan avlodni faol ijtimoiylashuviga bo‘lgan zarurat va bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishga yetarlicha e’tibor qaratmaslik, shuningdek, maktab amaliyotiga bo‘lgan ehtiyoj va ushbu muammoni amalga oshirish mexanizmlarining ishlab chiqilmaganligi o‘rtasidagi qarama-qarshilik muammolarini o‘rganish ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF SOCIAL CONSCIOUSNESS IN PRESCHOOL CHILDREN AS AN URGENT PROBLEM

In this article, a number of contradictions between the forms of organizing the activities of older preschool children, the need for active socialization of the growing generation in society and insufficient attention to the formation of social consciousness in children, as well as the need for school practice and this The study of the problems of the contradiction between the lack of development of the mechanisms of the implementation of the problem is shown on a scientific basis.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY ONGNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA»

Xo'jamatova X.M.

Qo'qon universiteti "Ta'lim" kafedrasi katta o'qituvchisi

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY ONGNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalar faoliyatini tashkil etish shakllari o'rtasida qator qarama-qarshiliklarni jamiyatda o'sib kelayotgan avlodni faol ijtimoiylashuviga bo'lgan zarurat va bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishga yetarlicha e'tibor qaratmaslik, shuningdek, maktab amaliyotiga bo'lgan ehtiyoj va ushbu muammoni amalga oshirish mexanizmlarining ishlab chiqilmaganligi o'rtasidagi qarama-qarshilik muammolarini o 'rganish ilmiy asosda ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: yoshlarga oid davlat siyosati, maktabgacha katta yosh, bolaning ijtimoiylashuv jarayoni, pedagogik ta'minot, ijtimoiy ong tushunchasi.

Khojamatova H.M. senior teacher "Education " department Kokand University

FORMATION OF SOCIAL CONSCIOUSNESS IN PRESCHOOL CHILDREN AS AN URGENT PROBLEM

Abstract. In this article, a number of contradictions between the forms of organizing the activities of older preschool children, the need for active socialization of the growing generation in society and insufficient attention to the formation of social consciousness in children, as well as the need for school practice and this The study of the problems of the contradiction between the lack of development of the mechanisms of the implementation of the problem is shown on a scientific basis.

Keywords: state policy on youth, pre-school age, child's socialization process, pedagogical support, concept of social consciousness.

Kirish

Mamlakatmimiz aholisining 60 foizdan ortig'i yoshlar ekanligidan kelib chiqib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va yoshlarning manfaatlarini har tomonlama huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishga alohida e'tibor berilib, qator maqsadli chora-tadbirlar ro'yobga chiqarilmoqda. Davlatimiz rahbari: "Ma'lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI

asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda"14, deb alohida qayd etdi. Shu bois, mamlakatimizda "mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mashuliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash"15 ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-son Qarori16 hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son "Uzluksiz mahnaviy tarbiya kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi Qarori17da "Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, ma'naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko'maklashish" muhim vazifa sifatida belgilab berilgan.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emasligi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayotganligi alohida ta'kidlab o'tilib, "ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash"18 muhim yo'nalish sifatida belgilab berildi.

Milliy psixologiya va pedagogikada bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va uning ta'lim-tarbiyasi o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatishning o'tmishdan saqlanib kelayotgan katta tajribasi mavjud. Ammo bunda ijtimoiylashuv, qoida tariqasida keng mahnoda, yahni o'sib kelayotgan avlodning an'ana va qadriyatlarni o'zlashtirishi hamda ijtimoiy tajribani faol qayta qo'llash tufayli

14 Mirziyoev SH.M. Jismoniy va ma'naviy yetuk yoshlar - ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir // Xalq so'zi. - 2017. - 1 iyul.

15 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-sonli Farmoni// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. - 2017. - № 6. - 70-modda.

16 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-son Qarori // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019 y., 07/19/4307/3079-son.

17 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son.

18 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori // "Xalq so'zi" gazetasi, 2021 yil 27 mart, № 62 (7842).

jamiyat hayotida ishtirok etish jarayoni va natijasi sifatida tushuniladi. Mazkur holat:

- maktabgacha yosh xususiyatlariga mos ravishda bolalarning o'zaro munosabatlarini maqsadli yo'lga qo'yishga doir pedagogik ta'minotga bo'lgan zarurat va ushbu muammo bo'yicha ilmiy asoslangan amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishga yetarlicha e'tibor bermaslik o'rtasida;

- zamonaviy ta'lim jarayonining kommunikativ va ijtimoiy yo'nalishini amalga oshirishga bo'lgan zarurat bilan maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishga nazariy yondashuvlarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi o'rtasida;

- faoliyat subyekti sifatida zamonaviy maktabgacha ta'limning umumiy ko'rsatmasi va an'anaviy tarzda ijro etuvchi komponentini amalga oshirishga yo'naltirilgan bolalar faoliyatini tashkil etish shakllari o'rtasida qator qarama -qarshiliklarni keltirib chiqaradi.

Shu sababli, jamiyatda o'sib kelayotgan avlodni faol ijtimoiylashuviga bo'lgan zarurat va bolalarda ijtimoiy ongni shakllantirishga yetarlicha e'tibor qaratmaslik, shuningdek, maktab amaliyotiga bo'lgan ehtiyoj va ushbu muammoni amalga oshirish mexanizmlarining ishlab chiqilmaganligi o'rtasidagi qarama-qarshilik ko'zga tashlanadi. Reglamentli yondashuv asosan faqat bir bo'g'inda: yoki faoliyat yoki maktabgacha tayyorlov guruhlari bilan ishlashda qo'llaniladi. Bu bizning fikrimizcha, yuqori natijadorlikka erishish imkoniyatin i pasaytiradi.

Metodologiya va adabiyotlar taxlili

Ijtimoiy jihatdan maqbul xulq-atvor shakllarini shakllantirish va mustahkamlash hamda ulardan yangi munosabatlar tizimida foydalanishni amalga oshirish imkoni bor, deb hisoblaymiz. Xulq-atvorga oid vazifalarni hal qilishning tez-tez takrorlanadigan usullari odatlarga aylanib qoladi. Buni L.I.Bojovichning fikrlari ham tasdiqlaydi. Unga ko'ra, muayyan shaxsiy fazilatlar asosida bola xulq-atvorining belgilangan va odatiy shakllari yotadi. Ijtimoiy ongni shaklantirish haqida gapirganda, o'zingiz yoki boshqa birovga sust taqlid qilishga emas, balki ijodiy o'zgarishlarga imkon beradigan samarali tahsir ko'rsatish me'yor va vositalariga muvofiq taqdim etilgan vaziyatda faol va ongli xatti-harakatlarga urg'u berish kerak. Aynan shu turdagi xatti-harakatlar ijtimoiylashuvning yuqori darajasiga to'g'ri keladi va unda o'z shaxsiyati, atrof-muhit va o'z faoliyatini baholash bilan bog'liq bo'lgan anglash elementi mavjud.

Ijtimoiy ong tushunchasi (ENG social conscio uness), jamiyatni o'rganish bir guruh insonlar o'rtasidagi ijtimoiylashuv psixologiyadan izohli lug'atda tahkidlangan. Unga ko'ra, ijtimoiy ong:

1) individning jamiyat va tabiat haqidagi voqelikdan xabardorligi;

2) tabiat tomonidan inhom etilgan insonning ehtiyojlari, hissiyoti, ishonch va motivatsiyasi. "Falsafa qomusiy lug'ati"da ham ushbu atamaga quyidagicha tahrif beriladi, ijtimoiy ong - jamiyat mahsuli bo'lib, faqat insongagina xosdir. U ijtimoiy hayot xususiyatlari va ijtimoiy munosabatlarni o'zida ifoda etadi.

Ijtimoiy ong tufayli bolani jamiyatda o'zini - o'zi anglashi sodir bo'ladi, kechayotgan jarayonlarga munosabati shakllanadi. "Ma'naviyat asosiy tushunchalar lug'ati"da ham ushbu atamaga quyidagicha ta'rif beriladi: ijtimoiy ong - jamiyat hayotining, kishilararo aloqa va munosabatlarni o'zida aks ettiradigan, xilma-xil ijtimoiy qarashlar, tasavvurlar, g'oyalar, nazariyalar va ta'limotlar majmui. [132].

Ijtimoiy o'zgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy ong ham o'zgarib rivojlanib boraveradi. Ushbu atamaning mazmun va mohiyati pedagog, psixolog, sotsiolog, filosof olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Talqinlar har bir fanning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda olg'a suriladi. Masalan, O.Yusupov, H.Ikromova [123] larning fikricha, ijtimoiy ong jamiyat bilan uyg'unlikda individning mustaqil, erkin fikrlovchi, siyosiy savodxon, o'z haq-huquqlarini biladigan va yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega barkamol avlodni tarbiyalashdir. Ammo bundan, aslo, ijtimoiy ongning taraqqiyoti faqat ijtimoiy voqelikdagi o'zgarishlargagina bog'liq ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi. Biz ham yetuk mutaxassis olimlarning fikrlariga tayangan holda ushbu atamaning mazmun va mohiyatini o'zida ifoda etgan qoidani ishlab chiqdik.

Muhokama va natijalar

Tadqiqot natijalari asosida "ijtimoiy ong" tushunchasiga quyidagicha ta'rif berildi: Ijtimoiy ong — shaxsni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyat taraqqiyoti uchun (jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, g'oyaviy-mafkuraviy rivojlanishi) ongli ravishda faoliyatga, bola tomonidan qabul qilinayotgan real hayot obrazi, jumladan, bolaning tashqi muhitni to'g'ri qabul qilish darajasi, bolani jamiyat taraqqiyotiga o'zi ulushini qo'shishga tayyorlash jarayoni. Ijtimoiy qulay sharoitlarda bola atrofdagi dunyo bilan o'z munosabatlarining yuqori darajasiga erishishi mumkin. U faqat mazmun-mohiyatni o'zida ifoda etishi yoki umuman o'zini ijtimoiy hayotdagi salbiy tendentsiyalarning tashuvchisi sifatida ko'rsatishi, o'z-o'zini rivojlantirish imkoniyatini faol ravishda amalga oshirishi yoki ijobiy ijtimoiy mazmunni o'z-o'zidan va qisman namoyon etishi mumkin.

Zamonaviy maktabgacha ta'limni rivojlantirishning yetakchi tendentsiyasi nafaqat bolalarning boshlang'ich bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi, eng muhim intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish, balki bola shaxsining umumiy rivojlanishi ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur ijtimoiy ongni rivojlantirishni o'z ichiga oladi.

Tadqiqotlar jarayonida ilmiy psixologik manbalar tahlili asosida ijtimoiy ong tushunchasining o'ziga xos psixologik jihatlarini ham aniqlashga muvaffaq bo'ldik. Mazkur atamaning mohiyatini psixolog olimlarning fikrlariga tayangan holda quyidagicha izohlash mumkin:

Ijtimoiy hayotimizdagi keskin o'zgarishlar, insonning ijtimoiy ongiga ham tahsir ko'rsatadi. Jumladan,

1) insonlar o'rtasidagi bevosita jamiyat bilan bog'liq munosabat;

2) ilmiy-texnik rivojlanish ijtimoiy jarayonga kuchli tahsir etishi;

3) ijtimoiy hayotda bo'layotgan o'zgarishlar, ijtimoiy qadriyatlarning ierarxiyasi jamiyatda shaxsning ustuvorligi, insonning yangi ijtimoiy - psixologik moslashuvi va insonning boshqalar bilan o'zaro aloqasi ("Men-Siz", "U-Biz" "Men-Ular" muloqot darajasida) kommunikativ jarayonlarni rag'batlantiradi, ma'suliyat, yuksak darajadagi realizm, mafkuraviy yo'nalish, ijtimoiy stretegik donolikni shakllantirishga yordam beradi.

Psixologiya ilmidan bizga ma'lumki, har qanday harakatning o'zlashtirilishi ongning ta'siri ostida amalga oshiriladi. Ong muammosi psixologiyadagi global va eng murakkab muammolardan biridir. Muammoga asosiy yondashuvlarda "Ong" - deydi V.Vund, - bu o'zimizning har qanday psixologik jarayonlarga duch kelishimizdir. Ong psixologik jihatdan o'zida ichki yorug'lik yoki zulmatni ifodalaydi.

M.G.Davletshinning fikricha, ong bu "psixikaning eng oliy darajasi" Ong - maqsadga yo'nalgan ish faoliyatida namoyon bo'ladi, bu faoliyat atrofni qayta o'zlashtirishga, bunda xatti-harakatlar haqida fikrlash, rivojlantirish yo'llari va usullari, yakuniy natijasini oldindan ko'ra olish natijasida yuzaga keladi.

Dastlabki uch yoshda bolada mustahkam negiz shakllanmagan bo'lsa, undan qanday foydalanishni o'rgatish befoyda. Bu xuddi yomo n kompyuterda ishlayotib, yaxshi natijalarga erishishga intilish bilan barobar.

Miya fiziologiyasini tadqiq qilish va bolalar psixologiyasini o'rganish, bolaning aqliy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi kalit, bu uni - o'z hayotining dastlabki uch yilida, ya'ni miya hujayralarining rivojlanish davrida o'zlashtirgan shaxsiy bilish tajribasi ekanligini ko'rsatadi. Hech bir bola onadan daho bo'lib tug'ilmaydi. Hammasi bola hayotining hal qiluvchi yillarida bosh miyaning rivojlanish darajasi va stimulyatsiyasiga bog'liq bo'ladi. Bu bola tug'ilgandan boshlab, uch yoshgacha bo'lgan davriga to'g'ri keladi.

K.Djeymsning fikricha, ong bu "psixik funktsiyalarning xo'jayini".

Ong - bu o'zgacha psixik kenglik. Ong psixologiyaning sharti bo'lishi mumkin, lekin uning predmeti bo'la olmaydi. Uning mavjudligi psixologik fakt bo'lishiga qaramasdan, uni aniqlash mumkin emas va faqatgina o'zidan chiqarilishi mumkin.

Bolalardagi axloqiy rigorizmga qarshi kurashishining eng samarali usuli bu ularda qo'yilgan talablarga qadriyatli nuqtai nazardan yondashish va voqelikni chuqur tushunish mexanizmlarini tarbiyalashdir. Shu munosabat bilan, nafaqat atrofdagilarning manfaatlarini hisoblash maqsadida axloqiy me'yorlarga rioya qilish muhimligini ta'kidlash, balki o'zini muayyan vaziyatda chetdan turib kuzatuvchi o'rniga qo'yib ko'rishga o'rgatish, odamlarning qiziqishidan kelib chiqib boshqalarning harakatlarini baholash, tengdoshlar va kattalarga nisbatan empatiyani rivojlantirishga yordam berish maqsadga muvofiq.

Bir xil qolipda fikrlash va o'zlashtirilgan ma'lumotni tushunmasdan uzatish kabi kichik maktab yoshidagi xususiyatlarni hisobga olish kerak, bu esa

tengdoshlar jamoasi tomonidan bolalarning harakatlarini muhokama qilish kabi usulni rad etishga olib keladi. Xulosa

Shunday qilib, bolalarda ijtimoiy voqelikka nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirish xususiyatlari quyidagi yosh va psixologik jihatlarga bog'liq:

birinchidan, o'yin bolaning hayotida, shuningdek maktabgacha bo'lgan davrida ham muhim ahamiyat kasb etadi, bolada unda belgilangan qoidalarga amal qilish qobiliyatini rivojlantiradi, bu esa, o'z navbatida bolani belgilangan me'yorlar doirasida harakat qilish ko'nikmasini rivojlantirishga undaydi;

ikkinchidan, kichik hayotiy tajriba bilan bog'liq qadriyatlar va ularning mahnolarini yaxshi tushunmaslik bolaning ijtimoiy voqelikda faolt harakat qilishiga to'sqinlik qiladi;

uchinchidan, faollikga moyillik va tez toliqish faoliyat turlari hamda ish shakllarini tanlashga tahsir qilib, ular o'z jozibadorligi, obrazlarning yorqinligi, ijtimoiy voqelikni tushunishga qiziqish uyg'otish qobiliyati, shuningdek, o'rtacha darajada harakatchanligi bilan ajralib turishi kerak;

to'rtinchidan, ko'plab mualliflarning fikricha, axloqiy me'yorlar, o'zini tutish qoidalari to'g'risidagi akademik bilim hamda o'quvchining axloqiy ustanovkalari va shaxsiy xohish-istaklarining nomuvofiqligi kundalik hayotiy vaziyatda belgilangan talablarga muvofiq korrektsiya qilib borilishi lozim.

Bundan tashqari, bola uyda, maktabga ta'lim tashkilotida, ko'chada tengdoshlari va kattalar bilan muloqotning turli xil modellari bilan bog'liq o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan ijtimoiy o'zaro hamkorlik ko'nikmalarini o'zlashtiradi.

Adabiyotlar ro'yhati:

1. Blake PR, Rand DG, Tingley D, Warneken F. 2015. The shadow of the future promotes cooperation in a re'eated prisoner's dilemma for children. Sci Re'. 5:14559.

2. Block K, Gibbs L, Staiger 'K, Gold L, Johnson B, Macfarlane S, Long C, Townsend M. 2012. Growing community: the impact of the Ste'hanie Alexander Kitchen Garden program on the social and learning environment in 'rimary schools. Health Educ Behav. 39(4):419-32.

3. Cortes Barragan R and Dweck CS. 2014. Rethinking natural altruism: simple reci'rocal interactions trigger children's benevolence. proc Natl Acad Sci U S A.111(48):17071-4.

4. Xodjaev B.X. Umum ta'lim maktabi o'quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta'minot vositasida rivojlantirish: ped.fan.dok.... diss. - T., 2016. - 314 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.