Научная статья на тему 'MAHSULOT SIFATIDA NUQSONLARNI ANIQLASH, BARTARAF ETISH VA UNING IQTISODIY MUAMMOLARI'

MAHSULOT SIFATIDA NUQSONLARNI ANIQLASH, BARTARAF ETISH VA UNING IQTISODIY MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
648
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TQM / ISO sertifikatlashtirish / sifat / nuqson / xarajatlar. / TQM / ISO certification / quality / defects / costs.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. Yuldasheva, M. Xamdamjonov

Ushbu maqolada mahsulot sifati va uni yanada yaxshilash hamda mahsulot sifatini oshirishda nuqson va kamchiliklarni oldini olishga qaratilgan iqtisodiy xarajatlarni to’g’ri taqsimlash haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IDENTIFICATION, ELIMINATION OF SHORTCOMINGS IN THE QUALITY OF GOODS AND ITS ECONOMIC PROBLEMS

This article talks about the correct distribution of economic costs aimed at product quality and its further improvement, as well as the prevention of defects and shortcomings in improving product quality.

Текст научной работы на тему «MAHSULOT SIFATIDA NUQSONLARNI ANIQLASH, BARTARAF ETISH VA UNING IQTISODIY MUAMMOLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAHSULOT SIFATIDA NUQSONLARNI ANIQLASH, BARTARAF ETISH VA UNING

IQTISODIY MUAMMOLARI Yuldasheva Nilufar Abduvahidovna

Farg'ona Politexnika instituti "Menejment" kafedrasi dotsenti Xamdamjonov Mirshoir Mirzoxidjon o'g'li

Farg'ona Politexnika instituti ICHB fakulteti menejment yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7069748

Annotatsiya. Ushbu maqolada mahsulot sifati va uni yanada yaxshilash hamda mahsulot sifatini oshirishda nuqson va kamchiliklarni oldini olishga qaratilgan iqtisodiy xarajatlarni to'g'ri taqsimlash haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: TQM, ISO sertifikatlashtirish, sifat, nuqson, xarajatlar.

ВЫЯВЛЕНИЕ, УСТРАНЕНИЕ НЕДОСТАТКОВ В КАЧЕСТВЕ ТОВАРА И ЕГО

ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ

Аннотация. В данной статье говорится о правильном распределении экономических затрат, направленных на качество продукции и его дальнейшее улучшение, а также о предупреждении дефектов и недостатков в повышении качества продукции.

Ключевые слова: TQM, сертификация ISO, качество, дефекты, затраты.

IDENTIFICATION, ELIMINATION OF SHORTCOMINGS IN THE QUALITY OF GOODS AND ITS ECONOMIC PROBLEMS

Abstract. This article talks about the correct distribution of economic costs aimed at product quality and its further improvement, as well as the prevention of defects and shortcomings in improving product quality.

Keywords: TQM, ISO certification, quality, defects, costs.

KIRISH

Hozirgi paytda sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligi shu darajada rivojlandiki, bozorlarda istalgan turdagi mahsulotlardan yoki xizmatlardan foydalinishingiz mumkin. Ammo mahsulotlar assartimmenti qanchalik ko'paygani sari iste'molchilarda ham sifatli mahsulotni sotib olishga bolgan ehtiyoj paydo bo'ladi. Albatta bunda ishlab chiqaruvchi raqobat bozorida o'z iste'molchisini yo'qotmaslik uchun mahsulotlaridagi nuqsonlarni bartaraf etishga yoki nuqsonsiz sifatli mahsulot ishlab chiqarishga e'tibor qaratadi. Raqobat bozorida muvoffatiyat qozonish uchun ishlab chiqaruvchining mahsulot ishlab chiqarishdagi nqsonlarni bartaraf etishda xarajatlarni to'g'ri taqsimlay olish va iste'molchilar ehtiyojini qondira oladigan darajada sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobilyatiga bog'liq. Ishlab chiqaruvchilarning asosiy muommosi ham aslida shu, ya'ni nuqsonsiz sifatli mahsulot ishlab chiqarishdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Sifat - bu iste'molchining mahsulotni harid qilishga undovchi eng asosiy xususiyat hisoblanadi. ISO 8402 xalqaro standartiga ko'ra, sifat bu - "yuzagan kelgan yoki kutilgan ehtiyojlarni qondirish imkonini beruvchi mahsulot yoki xizmatlarning xususiyatlari majmuidir". Mahsulot sifati har qanday korxona uchun muhim omil sanaladi, mahsulot sifatini ta'minlash strategiyasi esa korxonaning ustuvor vazifalaridan biridir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Hozirda jahonning ilgor kompaniyalario'z strategiyalari negizida TQM (sifatni kompleks boshqaruv) modellarini qo'llamoqdalar. TQM modelini joriy qilishning uchta majburiy sharti mavjud:

1) Kompaniyaning oliy boshqaruv bo'g'ini sifat boshqaruvini, kompaniya raqobatbardoshligi va taraqqiyotini ta'minlaydigan asosiy strtegik maqsad, deya qarashi zarur;

2) Sifatni boshqaruv faoliyati korxonaning barcha funksional bo'limlarini (ishlab chiqarish jarayoninng 80-90%ini sifatni boshqaruvi bo'limi nazorat qila olmaydi, ushbu holatda har bir bo'lim o'z ish faoliyatini o'zi nazorat qilishi muqobil yechimdir) qamrab olishi kerak;

3) Muntazam ravishda har bir ish o'rnida ishchiga yangi bilimlarni o'rgatib boorish va ishchilarning ishga bo'lgan ishtiyoqini oshirib boorish lozim.

Ushbu shartlarning qay darajada bajarilayotganin korxona rahbariyati nuqtai nazaridan kelib chiqib shuni ko'rsatadiki, mashinasozlik korxonalarida mahsulot sifatini ta'minlash strategiyasi uch omildan bilan belgianadi. Bular - inspn resurslari, xarajatlar turlari tuzilmasi va sifat tizimi.

TADQIQOT NATIJALARI

Mamlakatdagi mashinasozlik sohasi mahsulotlarining sifat ko'rsatgichlari tahlili shundan guvohlik beradiki, sifat ko'rsatgichlari barqarorligi va ijobiy dinamikasi mum=ntazam emas, ya'ni bu yerda mahsulot sifatini barqaror ravishda ta;minlab borish muommosi mavjud.

Sifatni oshirish vazifasini ikki yo'l bilan hal etish mumkin; strategik va taktik. Sifatni oshirishning strategik yo'li o'z ichi yangi texnologiyalar va uskunalarni joriy etish, xodimlar tarjibi sifatini oshrish va shunga o'xshash boshqa tadbirlarni ham qamrab oladi. Hozirgi zamon iste'molchisi mahsulotning sertifikatlari, kafolat majburiyatlari bor-yo'ligi, mahsulot sifatini ma'lum birliklarda o'lchash mumkinligi, korxonaning yuqori sifatli mahsulotni katta xajmda uzoq muddat davomida yetkazib bera olish qobilyatiga ega ekanligi kabi ko'rsatgichlari ga e'tibor qaratadi.

Yana bir ma'lumoy o'rnida aytihimiz mumkinki sifat bu iqtisodiy kategoriya hamdir. Ze'ro mahsulot tannarxining belgilanishi ko'p jihatdan sifatga ham bog'liq (sifatni boshqarish uchun sarflanadigan xarajatlar savdo qiymatining 20% ulushini tashkil etadi). Ekspertlarning baholashicha, nuqson vujudga kelgan yerdan nuqsonli mahsulotlarning chiqarib tashlanishi bilan mahsulot nuqsonlaridan qurilgan zarar brogan sari ortib borada. Shu sababli, tabiiyki, mahsulotni ishonchli va kafolatlangan sifati bilan yetkazib berishga bo'lgan ehtiyoj vujudga keladi.

Mana shunday ehtijoyni vujudga kelishi natijasida maxsus QS 9000 standartlari paydo bo'ldi va bu standartlar ISO 9000 xalqaro standarti negizida ishlab chiqildi. Ammo ushbu standartlar iqtisodiyot tarmog'ining I;ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ta'minotchi korxonalar uchun sifat tizimiga bo'lgan qat'iy talablarni qo'yadi.

Taktik yo'l mavjud tartiblarni takomillashtirish, jarayonlarining bajarilish sifatini oshirish va boshqa shu kabilarni o'z ichiga oladi. Misol tariqasida, "OK Rate" (mahsulotning birinchi urunishda tayyor mahsulot linyasidan o'tish jarayoni) ko'rsatkichini olishimiz mumkin. Ko'rsatkochlar shundan darak beradiki, ko'p sonli avtomobillar aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish sexidan o'tadi. Bu esa korxona ichida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish uchun sarflanadigan xarajatlarning ortishiga olib keladi. Sifatni ta'minlash uchun ketadigan xarajat turlari, albatta, o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ushbu xarajat turlaridan birining ortishi xarajat turlari o'rtasidagi nisbatni o'zgartirib yuboradi. Sifatni ta'minlash uchun sarflanadigan xarajat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

turlarining nisbati korxonaning mahsulot sifatini ta'minlash borasidagi ustuvor yo'nalishlarini o'zida aks ettiradi, ya'ni korxonaning sifat siyosati qanday ekanligini namoyish etadi.

«Gereral Motors Uzbekistan» avtomobilsozlik zavodida sifat xarajatlarini xisobga olish tizimi endigina yo'lga qo'yilganligi sababli, u yerdagi sifat xarajatlari turlari bo'yicha aniq ma'lumotlarni hozircha keltira olmaymiz. Ammo tadqiqot natijalari asosida umumlashtirilgan xarajat turlarini keltirib o'tishimiz mumkin.

Quyidagidagi jadvalda sifatni ta'minlashda sarflanadigan xarajatlar taqsimotini ko'rishingiz mumkin.

1-jadval

«Gereral Motors Uzbekistan» avtomobilsozlik zavodida Sifatni ta'minlashga

ajratiladigan xarajat

№ Sifatni ta'minlashga ajratiladigan xarajat turlari Haqiqatda Taklif sifatida

1 Ichki muvofiqliklarni bartaraf etish xarajatlari 20-40% 30%

2 Tashqi nuqsonlarni bartaraf etish xarajatlari 10-20% 10%

3 Sifatni baholash xarajatlari 10-50% 40%

4 Nuqsonlar vujudga kelishining oldini olish xarajatlari 1-5% 20%

MUHOKAMA

Taklif sifatifa aytishimiz mumkinki, ishlab chiqaruvchilar o'z nahsulotlarini sifatli darajada ishlab chiqarishi uchun avvalo, yuqoridagi sifatni ta'minlashga sarflanadigan sarf-xarajatlarni taklif qilganimizdek to'g'ri taqsimlashi zarur. Bundan tashqari nuqsonlarni bartaraf etishda va raqobat bozorida muvoffaqiyat qozonishi uchun bizningcha korxonasida chet el tajribalaridan foydalanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, Yaponiya korxonalarida sifatni boshqarishga mo'jallangan Taguchi usuli, olti sigma yoki benchmarking usullaridan hech bo'lmaganda birontasini qo'llanishi mahsulotni sifatli va korxonaga ko'p daromad olib kelishiga katta yordam beradi. Chunki bu usullar sinovdan o'tgan, ishonchli, hamda necha yillardan buyon samara berib kelayotganini guvohi bo'lishingiz mumkin. Negaki, shu usullarni qo'llash orqali Yaponiya dunyodagi eng sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga va u mahsulotlarni mmo'maygina daromad olishga muvofiq bo'lgan(hattoki Yaponiyaning YaIMi dunyo YaIMini 1/6 qismini tashkil etadi).

Malakatimizda ham yagona korxonani tashkil qilishda Yaponiya korxonalarida sifatni boshqarishdagi bosib o'tgan yo'lni batafsil o'rganish lozim. Buning ushun sanoat korxonalarini: - yagona tizimga solish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- korxonalar faoliyatini dastlabki birinchi yilida kollab-quvvatlash va moliyalashtirish;

- malakali kadrlarni aynan Yaponiyada o'qitish;

- tizimda uzil kesil korrupsiyani bartaraf etish.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, har qanday korxona mahsulotini iste'molchi ehtiyojini maksimal darajada qondira oladigan, sifat standartlariga to'liq javob bera oladigan darajada ishlab chiqarishga harakat qilishi zarur . Chunki bunda nuqsonlarni bartaraf etish xarajatlari qisqaradi, bu esa katta iqtisodiy samara demakdir. Sifatni ta'minlashga ketadigan xarajatlar tarkibini o'zgartirish uchun avvalo, nuqsonlarning vujudga kelishiga olib keladigan omillarni, ya'ni nuqsonlarning qayerdan kelib chiqishini bartaraf etish lozim. Kelejakka inilar ekanmiz ilgor korxonalarning hayot yoli biz uchun dastur bo'lishi, kelgusida mamlakatimiz korxonalari stretegiyasi ham jaxon xamjamiyati tomonidan o'rganilishi kerak.

REFERENCES

1. Peregudov V.L va boshq. Maxsulot sifati va raqobatbardoshligini boshqarish. T.: «Moliya», 2002.

2. Rebrin Yu. I. Upravlenie kachestvom. Uchebnoe posobie. Taganrog: Izd-vo TRGU, 2004.

3. A.Achilov "Sifat boshqaruvi" ma'ruzalar kursi FarPI -2021 yil.

4. Achilov A. N. et al. Issues to improving the social situation of the population of the republic of Uzbekistan and the qualitative organization of municipal services //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 05 (85). - С. 708.

5. Achilov A. N. ACCOUNTING FOR INVENTORY AT THE CHEMICAL INDUSTRY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //Theoretical & Applied Science. - 2019. - №. 11. -С. 5-7.

6. Achilov A. N. et al. ВОПРОСЫ УЛУЧШЕНИЯ СОЦИАЛЬНОГО ПОЛОЖЕНИЯ НАСЕЛЕНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И КАЧЕСТВЕННОЙ ОРГАНИЗАЦИЕЙ КОММУНАЛЬНЫХ УСЛУГ //Theoretical & Applied Science. -2020. - №. 5. - С. 708-713.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.