Научная статья на тему 'MAHMUD G‘AZNAVIY TARIXIY FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ AYRIM QARASHLAR'

MAHMUD G‘AZNAVIY TARIXIY FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ AYRIM QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
969
319
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘azna shahri / sulton unvoni / dengiz floti / qattiq intizom / 32 ta harbiy unvon / diplomatik munosabat / ilm-fan / madrasa / ma’naviy ulug‘vorlik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shog‘iyosova Munira Shoazim Qizi

ushbu maqolada Mahmud G‘aznaviyning harbir yurishlari, zabt etgan hududlari, Tamg‘achxon, Qodirxon bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shuningdek, ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHMUD G‘AZNAVIY TARIXIY FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ AYRIM QARASHLAR»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy jumaU

M A IIMI H n' A7,1VA VTV TARTVTV FAOT TVATT RTT A1V ROn'T TO AVRTIVf

M*

MAHMUD G'AZNAVIY TARIXIY FAOLIYATI BILAN BOG'LIQ AYRIM

QARASHLAR

»

Shog'iyosova Munira Shoazim qizi

O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti Tarix yo'nalishi

1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7249039

î#sa > j im

Anotatsiya: ushbu maqolada Mahmud G'aznaviyning harbir yurishlari, zabt etgan hududlari, Tamg'achxon, Qodirxon bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shuningdek, ilm-fanga qo'shgan hissasi haqidagi ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: G'azna shahri, sulton unvoni, dengiz floti, qattiq intizom, 32 ta harbiy unvon, diplomatik munosabat, ilm-fan, madrasa, ma'naviy ulug'vorlik.

« : 1 -

Tariximiz bizning milliy g'ururimiz, shonli sharafimizdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga

»

o'rgatishimiz, ularni tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix insititutini bu fanni rivojlantirish bo'yicha tayanch muassasa etib belgilash kerak". O'zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz, har qanday to'siq va sinovlarni o'z kuchi va irodasi bilan yengib o'tishga qodir deb baralla aytishga to'la asos beradi5.

Mahmud G'aznaviy Abulqosim Mahmud ibn Sobuqtegin (967-1030) haqida to'xtaladigan bo'lsak u G'aznada tavallud topgan turkiy davlat arbobi va harbiy sarkarda. G'aznaviylar davlati hukmdori (998-1030). Mahmud G'aznaviy Sobuqteginning o'g'li bo'lib, yoshligida otasidan harbiy san'atni puxta egallagan. Mahmud G'aznaviy hukmronligi davrida u tomonidan olib borilgan keng ko'lamdagi istilochilik siyosati natijasida 1186-yilgacha 200 yildan ortiq hukm surgan va faoliyatiga g'uriylar nuqta qo'ygan buyuk g'aznaviylar davlati barpo etildi. Mahmud G'aznaviy hukmronligidagi yuksalish davrida g'aznaviylar davlatining chegaralari

T 7n nUltY\All rt'nvl-Nrln X) OTT T ;n T n Vr»-»7 r» 11 fl M rt M rtt»l rt 1 m r»i l-\ 1 1 n 11 V\

g'arbda va shimoli-g'arbda Ray va Isfaxon shaharlari hamda Orol dengizi bilan birga

g'arbiy Erongacha cho'zilgan, janubi-sharqda Hindistonning kattagina qismini o'z ichiga olgan edi.

V.V.Bartoldning ma'lumotlariga ko'ra, Mahmud G'aznaviy 999-yilning oktyabr-noyabr oylarida tantanali ravishda taxtga o'tirgan. Boshqa tadqiqotchi

K.E.Bosvort esa bu voqea 998-yilda sodir bo'lgan deb ko'rsatadi. Bu davrda

_ ,:>

-

5 Sh.M.Mirziyoyevning "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz"-

T.:2016,-B 5

"^isr8'- a >

: * ^ * n>

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmly-uslubly juniali

»

miiif-iwuuif juiiian

1 ]JML J S

Mahmud G'aznaviy xalifa Muqaddirdan Xurosonni boshqarish uchun yorliq hamda

"Saltanat tayanchi va musulmonlar jamiyatining ishonchli vakili" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. G'aznaviylar davlati chegaralarini kengaytirishga qaratilgan o'z

siyosatini Mahmud G'aznaviy 998-yil boshidayoq Janubiy Toxariston hozirgi

№1

Shimoliy Afg'oniston hududini uzil-kesil o'z mulkiga qo'shib olish bilan amalga oshira boshladi6. Shundan keyin Mahmud G'aznaviy somoniylarning Xurosondagi barcha mulklariga ko'z tikadi. Bu da'vosini u o'sha yilning o'zidayoq Nishopur

shahri bilan birgalikda butun Xurosonni istilo qilish orqali amalga oshirdi. Lekin u ko'p o'tmay Hirotni o'z qo'lida saqlab o'zaro kelishuvga muofiq somoniylar sarkardasi Bektuzun foydasiga Nishopurdan voz kechadi. 999-yil 16-may Marv yaqinida bo'lgan jangda somoniy sarkardalardan bo'lgan Foyiq va Bektuzning birlashgan qo'shinini tor-mor qilganidan keyin butun Xuroson uzil-kesil Mahmud G'aznaviy qo'l ostida o'tdi. Amudaryo vohasi, Termiz shahri ham Mahmud G'aznaviy qo'l ostida bo'lgan. Bu yerda G'aznaviylar tomonidan noib va qal'a

nnfirrvli +nxriV»1nr>rrnti Dil rrC n\ A ni-rrn Amn^ntnrA Arn o 1 i A 4 A i rvn n nfiAnnr ÛOKI n?1nr

qutvoli tayinlangan. Bu g'aznaviylarga Amudaryo orqali o'tadigan asosiy kechuvlar

va Termiz orqali Markaziy Osiyodan Hindistonga olib borilgan muhim savdo yo'lini nazorat qilish imkonini bergan.

G'aznaviylar va qoraxoniylar o'rtasidagi shimoliy chegara sifatida Amudaryo

e'tirof etilgan. 1008-yil 4-yanvar yakshanba kuni Balx yaqinida bo'lgan janda Mahmud G'aznaviy tomonidan qoraxoniylar qo'shinining tor-mor etilishi bilan qoraxoniylarning Xurosonga qilib turadigan hujumlariga vaqtincha chek qo'yilgan. Xorazm yurishi oldidan Mahmud G'aznaviy vaziri tomonidan Termiz, Qubodiyon, Xuttalonda kemalarni jangga tayyorlash, Omulda esa qo'shin uchun oziq-ovqat to'plashga buyuruq bergan. Mahmud G'aznaviy 1025-yilda Samarqandga yurishi vaqtida Qodirxon bilan boshqa qoraxoniy hukmdor Aliteginga qarshi yo'naltirilgan ittifoqchilik shartnomasini tuzdi. Mahmud G'aznaviyning g'arbdagi istilochilik harakatlari 1002-yildan Seyistonni o'z mulkiga qo'shib olish bilan boshlandi. 10101011 yillarda esa Afg'onistonning shimolidagi tog' viloyati G'urni qo'lga kiritdi. Mahmud G'aznaviy hukmronligi davrida Xorazm, Xuroson, Seyiston, Kobul, G'azna, Shimoliy Hindiston kabi viloyatlar va makonlar g'aznaviylar izmida bo'lgan7.

Mahmud G'aznaviy o'z hukmronligi davrida yashin tezligida harakat qiladigan o'z davrining qudratli qo'shiniga tayandi. Harbiy xizamatchilarning hammasi davlat hisobidan yetarli miqdorda maosh bilan taminlandi. Olim Homidjon Homidiyning yozishicha, "Sulton Mahmud davlat idora xay'atida ham, viloyat hokimlari devonidayu, qo'shin sarkardalari orasida qattiq intizom orqasidan jiddiy nazorat

o'rnatgan bo'lib, mahalliy hokimlarning ichki va tashqi ahvolidan ma'lumot yetkazib

> > _ ;>

-

6 D.A.Alimova, E.V.Rtvladze "O'zbekiston davlatchiligi tarixi ocherlari"-T.:2001,-B.63

7 Azamat Ziyo "O'zbek davlatchiligi tarixi"-T.:2000,-B.115

Sp^J ^ ' JSP^"

"^isr8'- a >

JffiTALQINVA 1

%#TADQIQOTLAR No4 2022

^^ ¡ImlyuHuOiy jumali i»--r

' 1 J E" I -

turuvchi maxsus mahkama tashkil etgandi. Uning qo'shinida bir necha yuz jangovar

fillar, daryolarni kechib o'tish uchun suzuvchi so'llar bo'lgan ekan. Sulton lashkarining asosiy qismini harbiy hunarlar o'rgatilgan qullar tashkil qilgani

■ Ж Ж Ж V Lll Ж Ж Ж Ж Ж Ж ^ VJi Uû 111 ■■ Ж Ä Itl KS Л. J ■ ■ LU lui ■ Itl V A ^V^^XX^l^XX VjUllUl JLJLV.JL JL V.J 1 1 1Л1JL JL

manbalarda qayd etilgan. Mahmud G'aznaviy eng zamonaviy qurollar bilan

№1

taminlangan 32 harbiy hunar o'rgatilgan yuksak jangovar ruhdagi yuz minglab suvoriy va piyoda lashkarlarga ega edi". Metindek intizom, qattiqo'llik va talabchanlik siyosatiga asoslangan Mahmud G'aznaviyning harbiy yurishlariga uncha

!

hech bir kuch bas kela olmasdi. U Hindistonga 17 marta yurish qilib Panjob, Kashmir va boshqa viloyatlarni egallab behisob boyliklarni qo'lga kiritdi. Mahmud G'aznaviyning lashkarlari bosib olingan shaharlardagi oltin haykallarni, ibodatxonalardagi qimmatbaho buyumlarni, minglab erkak-ayol asirlarni olib ketar edilar. Mahmud G'aznaviy 1019-yilda o'z yurishlarining birida Kanauja shahridan 20 millon dirham, 57 ming qul va 350 ta fil keltirgan. Asirlar sotilmagan ham, o'ldirilmagan ham balki ularni islom diniga kiritib yangi qo'shinlar tuzganlar8.

Harbiy yurishlarda Mahmud G'aznaviy erishgan g'alabalar va qo'lga kiritgan

behisob boyliklar g'aznaviylar davlatining obro'-e'tiborini tobora oshirib bordi. Hatto qoraxoniylar xoni ham Mahmud G'aznaviy bilan hisoblashardi. O'z navbatida Mahmud G'aznaviy ham harbiy yurishlarda xotirjam bo'lish uchun qoraxoniylar

hukmdorlari bilan yaxshi muomala qilar va kelishardi. 1025-yilda Mahmud G'aznaviy bilan tamg'achxon Qodir Samarqand yonida shaxsan uchrashdilar. XI asrda yashagan fors tarixchisi Gardiziy "Zayn al axbor" kitobida bir voqeani hikoya qiladi. Har ikki podshoh uchrashuv chog'ida bir-birlariga o'zaro mulozamatlardan

cr»'nrr mmmcitbcibn iawr»Viir +r»eVi1 arni ervurr'a mlHilar TV/TaVimiirl П'а7П017Пг V\innr>Vii

so'ng qimmatbaho javohir toshlarni sovg'a qildilar. Mahmud G'aznaviy birinchi uchrashuvdayoq Qodirxonning siyosiy diplomatiyada savodsizligi, sodda odam

Pi 1

n 1 in+1 r\ о nr»' 1л г\111 mm l/тл ' rrtn n 1л г» ' >"71 n 1 n ex miiAmoInoi m a 1л m Anrlrv'rfl i схл 1лпр1лп*пп+1

sifatida qo'polligini ko'rgach, o'zining muomalasi, mehmondo'stligi, hashamati, boyligi va zebi-ziynatlari bilan lol qoldirmoqchi bo'ldi. Mahmud G'aznaviy Qodirxon uchun oltinlar bilan bezatilgan chodir tayyorlatib uning ichki va tashqi tomonlarini hayratomuz tarzda yasattirdi. Chodir haqiqatdan kutilganidan ham

m.

ortiqcha salobat va go'zallik bilan bezatildi.

Mahmud G'aznaviy tayyorlagan turli-tuman sovg'alar Qodirxonni lol qoldirdi. Bu qarorgohga yetib kelgach Qodirxon bu bebaho sovg'alarni ko'rgach Mahmud G'aznaviydek saxiy va qudratli podshoh oldida uyalib qolmaslik uchun o'z qo'l ostidagi barcha boyliklarni to'plashga buyuruq beradi. Qodirxon juda ko'p miqdorda pul, oltinlar bilan bezatilgan egar-jabuq va boshqa boyliklarni yig'ib Mahmud G'aznaviyga yuboradi. Bu Mahmud G'aznaviyning katta diplomatik g'alabasi edi. Hikoya qiladilarki Mahmud G'aznaviy doim may iste'mol qilishidan yuzi sariq ekan. Qiyofasi xunuk, yuzi tortilgan, bo'yni uzun, burni cho'ziq ekan. Bir kuni u ertalab u

o'z xujrasida namoz o'qish uchun o'tiradi. Oldiga oyna va taroq qo'yilgan, bir qul _

8 Karimov .Sh, Shamsutdinov . R "Vatan tarixi"-T.:2010,-B.193 : * ^

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmiy-uslubiy jumali

»

Miiiif-iwuuif juiiian

ham xizmatiga hozir edi. Vaziri Ahmad Xasan xujra eshigidan kirib salom beradi. U

Mahmud G'aznaviyning yoniga o'tiradi. Mahmud G'aznaviy oynaga qarab o'z yuzini ko'rib tabassum qilib deydi: "Bilasanmi odamlar meni yomon ko'radi deb qo'rqaman, chunki chiroyli emasman. Odamlar odatda go'zal yuzli shohlarni yaxshi ko'radi. Endi men nima qilishim kerak?" Shunda vaziri Ahmad Xasan javob beradi: "Oltinni dushman deb bil. Shunda odamlar seni o'zlariga do'st tutadi. Mahmud xayru-saxovat bilan taom yeyishga qo'l uradi va odamlar uni yaxshi ko'rib maqtaydilar. Unga buyuk ishlar va xazinalar nasib qiladi. Bir kuni Mahmud

1 J О J 1

G'aznaviy vaziri Ahmad Xasanga aytadi: "Men oltin-u kumushdan qo'l tortimu, ikki olam qo'l ostimga o'tdi. Dunyo boyligini hech narsa deb bildim va ikki jahonda aziz bo'ldim". Sulton degan nom hali u paytda yo'q edi. Islom olamida eng birinchi bo'lib "Sulton" nomini Mahmud G'aznaviy olgan ekan9. U xudoni sevuchi va limning do'sti, odil, pokdin va g'oziy shoh edi. Mahmud G'aznaviy Hindiston va boshqa yurtlardan olib kelingan o'ljalarni ko'p hollarda obadonchilik hamda qurilish ishlariga sarflagan. U G'aznada davlat madrasasi, mashhur jome masjidi, ulkan suv

to'g'oni inshoatlar barpo ettiradi. G'azna tez orada shrqning eng go'zal va obod shaharlaridan biriga aylanadi. Sulton Balx va Nishopurda ham bir qator qurilish ishlarini amalga oshirgan. Mahmud G'aznaviyning o'zi turkiy, arab, fors tillarini

ïw -

mukammal bilgan, she'riyatdan xabardor bo'lgan. Uning saroyida Farruxiy, Utbiy, Gardiziy, Bayhaqiy va shu singari shoir va tarixchilar ham faoliyat ko'rsati shgan. Beruniyning eng sara asarlari ham G'aznada dunyoga kelgan. Beruniy Mahmud G'aznaviy bilan ko'pgina yurishlarda ishtirok etgan. XI asr muallifi Nizomiy Aruziy

Samarqandiy o'zining "Chahor maqola" nomli asarida Beruniy bilan Mahmud

, . •, , , ................

G'aznaviy o'rtasida ancha iliq munosabat bo'lganligini ta'kidlaydi. Mahmud

it г А+ПР1 СлКпл+am-n xrAf7iK nrvmtrrtnti "Л/Го'пптмлг ill игг'т тгл rl 1 I/ Кптюлм olrmrrn

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

G'aznaviy otasi Sobuqtegin yozib qoldirgan "Ma'naviy ulug'vorlik bamisoli alanga va shamol, bularning harakat va parvoz xususiyati bor. Maishat esa qiya yerdagi qum uyumiga o'xshash uning tubanlikka surilish xususiyati bor" degan nasixatiga ko'ra ilm-fan sohasiga ham katta e'tibor bilan qaragan10. Mahmud G'aznaviy 1019-yili musulmon olamida ilk davlat madrasasini ochib unga noyob qo'lyozmalarni to'platgan. Aslida Abul Qosim ismli fors shoiriga Firdafsiy taxallusini bergan ham Mahmud G'aznaviy hisoblanadi. Sulton avval Firdafsiyga ijobiy munosabatda m bo'lgan. Lekin shoir ijodi uchun munosib haq olmaganligini ro'kach qilib berilgan 60 000 kumush dirhamni aholiga taqatish orqali hurmatsizlik ko'rsatgach Sulton

bundan qattiq g'azablanadi va uni o'limga hukm qiladi. Ammo Firdafsiyning tavba-

i 1 > i 1 > tazarrusidan keyin ko'ngli yumshab, hukmni bekor qiladi va uni shahardan chiqib

ketishiga buyuruq beradi. Mahmud G'aznaviy Abu Ali Ibn Sinoning ham o'z

saroyida xizmat qilishini hohlagan. O'z vaqtida xorazmshoh Ma'mundan boshqa

j ^ j V г _

9 Nizomulmulk " Siyo satnoma" -T.:2008,-B.51

10 Sagdullayev.A "O'zbekiston tarixi"-T.:2019,-B.388

J ^ ' J"

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡Imly-uHuOiy jumali i»--r

M3

Miiiif-iwuuif juiiian

1>JM j v olimlar qatorida uni G'aznada yuborishini talab qilgan. Lekin Ibn Sino Mahmud

#

G'aznaviy saroyida xizmat qilishni istamay Xorazmdan qochishga qaror qiladi. Mahmud G'aznaviy Ibn Sinoni o'z saroyiga jalb etishga ko'p urinadi. Hatto uning siymosini 40 nusxada qog'ozga ko'chirtirib qanday qilib bo'lmasin uni topib keltirishga farmon beradi. Sulton Mahmud G'aznaviylar davlatining ustuni edi. Mahmud G'aznaviy davrida kuchli qo'shin yuzaga kelgan.

Mahmud G'aznaviyning hukmronlik qilgan davri (998-1030) ham muhim

ahamiyatga ega bo'lib, G'aznaviylar davlatining davlatchilik taraqqiyotida yuksak

P

I J > ^ , . ,,

o'rniga ega. Chunki, Mahmud G'aznaviy ko'pgina harbiy yurishlari orqali yangi

hududlarni zabt etib o'z davlat tasarrufiga kiritgan. Shuningdek, Mahmud G'aznaviy

o'z davlatining poytaxti G'aznada nodir kitoblardan katta kutubxona to'plagan. Bu

davrda islom madaniyati va islom dini tarqalishiga katta hissa qo'shgan. O'z saroyida

400 dan ortiq olimlar, shoirlar va san'atkorlarni to'plab ularga homiylik qilgan.

Qudratli va jangovar harbiy qo'shin hamda dengiz flotiga ega bo'lgan. Sharq

allomalarining asarlarida Mahmud G'aznaviy adolatli va fuqaroparvar podsho,

dushmanga nisbatan shavqatsiz sarkarda sifatida tasvirlanadi. Mahmud G'aznaviy Bag'dod xalifasi al-Qodirxon "Davlatning o'ng qo'li va millatning ishonchi" degan faxriy unvon olgan.

»

m?

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Mahmud G'aznaviyning tarixiy faoliyatini o'rganishda amalga oshirgan harbiy yurishlari, zabt etgan hududlari, Tamg'achxon Qodirxon bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, shuningdek ilm-fanga qo'shgan hissasi haqida tanishib chiqdik. Mahmud G'aznaviyning tarixiy faoliyatini o'rganish jarayonida Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asarida Mahmud G'aznaviy islom olamida eng birinchi bo'lib "Sulton" nomini olgani, xudoni sevuchi va ilimning do'sti, pokdin va g'oziy shoh ekanligi haqidagi ma'lumotlarni bu asarni o'qishimiz jarayonida o'zimiz uchun yangilik sifatida bilib oldik. Shuningdek, D.A.Alimova va E.V.Rtvladzening "O'zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari" kitobi bilan tanishib chiqganimizda Mahmud G'aznaviy hukmronligi davrida G'aznaviylar davlatining chegaralari g'arbda va shimoli-g'arbda Ray va Isfaxon shaharlari, hamda Orol dengizi bilan birga G'arbiy Erongacha cho'zilganligi, janubi-sharqda esa Hindistonning katta qismini o'z ichiga olganligi, Mahmud G'aznaviy g'aznaviylar

УМ

ппо ,„-i

davlatining chegaralarini kengaytirishga qaratilgan o'z siyosatini 998-yil boshidayoq

ш

Janubiy Toxariston hududini o'z mulkiga qo'shib olish bilan amalga oshira boshlaganligi, shundan keyin Mahmud G'aznaviy somoniylarning Xurosondagi

i 1 > ^^ "я 1 >

barcha viloyatlariga ko'z tikkanligi haqidagi ma'lumotlarni ham bilib oldik. Azmat

! и*

Ziyoning "O'zbek davlatchiligi tarixi" kitobini o'qishimiz jarayonida Mahmud G'aznaviy eng zamonaviy qurollar bilan taminlangan 32 harbiy hunar o'rgatilgan yuksak jangovar ruhdagi yuz minglab suvoriy va piyoda lashkarlarga ega bo'lganligi haqidagi ma'lumotlarni yangilik sifatida bilib oldik. Xulosamiz so'nggida shuni * : j*

: * ^ * n>

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubry jumali

№4 2022

Ы*

Ы>

! >5>

Ы )>

] >4>

Ы >

ой:

M

Ш>

! >1 l3>-

Ж

Ы p ] >i> Ы >

i >j>

+H >

л w> -

]>ji » : i>

2Й»

-^fV-liT f.--^SfV-^ï f.—

106

■w ' y

q >>= * i >

>*

ishonch bilan ayta olamizki, Mahmud G'aznaviy g'aznaviylar davlatchiligi tarixida yuksak munosib o'rniga ega hukmdor sifatida qoldi. Shuningdek, Mahmud G'aznaviy g'aznaviylar davlatining davlat sifatida shakllanishida bevosita ishtirok etib davlat taraqqiyotining yuksalishiga katta hissa qo'shdi.

Foydalangan adabiyotlar:

1.O'zbekiston Respublikasi Prezideni Sh.M.Mirziyoyevning "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". O'zbekiston T-2016

2.Nizomulmulk "Siyosatnoma". Yangi asr avlodi T-2008

3.D.A.Alimova, E.V.Rtvladze "O'zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari". Sharq T-2001

4.Anatoliy Sagdullayev "O'zbekiston tarixi". Vneshinvestprom T-2019

5.Azamat Ziyo "O'zbek davlatchiligi tarixi". Sharq T-2000

6Karimov Shodi, Shamsutdinov Rustambek "Vatan tarixi". Sharq T-2010

ш>

>

Щ >

nm

L*

|1

:H >

Ы >

q > >

wi >

Л ) J

Ы:>

q

Ш >

Ш >

>

^й > *

>

¡Ы>

1 > > ы >

q

q >3*

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.