Научная статья на тему 'MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDAGI MINERAL INGREDIENTLARNI MAYDALASH USULLARI VA QURILMALARINI O‘RGANISH'

MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDAGI MINERAL INGREDIENTLARNI MAYDALASH USULLARI VA QURILMALARINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zarb ta’siri / qoplamalar kompozitsion / material / mineral ingredientlar / polimer / vollactonit / muctahkamlik. / Forging / coating composition / material / mineral ingredients / polymer / vollactonite / durability.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Xatamkulov Bekzod Iskandarbek O‘g‘li

Quyidagi keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, universal usul va yangi turdagi uskunalar materiallarni o‘ta mayda o‘lchamda maydalash uchun maydalovchi tegirmonlarni tanlash va maydalangan ingredientlarni ishlab chiqarish uchun texnologiyani yaratish o‘ta dolzarb muammo hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF METHODS AND EQUIPMENT FOR GRINDING MINERAL INGREDIENTS BASED ON LOCAL RAW MATERIALS

Based on the following information, it is a very urgent problem to choose universal sharp and new types of grinding mills for grinding materials into very small size and to create a technology for the production of ground ingredients.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDAGI MINERAL INGREDIENTLARNI MAYDALASH USULLARI VA QURILMALARINI O‘RGANISH»

UO'K 667.634. 3

MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDAGI MINERAL INGREDIENTLARNI MAYDALASH USULLARI VA QURILMALARINI O'RGANISH

Xatamkulov Bekzod Iskandarbek o'g'li Namangan muxandislik qurilish instituti Arxitektura va shaharsozlik kafedrasi katta o'qituvchisi b.nurmuhammad90@gmail.com

Annotasiya. Quyidagi keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, universal usul va yangi turdagi uskunalar - materiallarni o'ta mayda o'lchamda maydalash uchun maydalovchi tegirmonlarni tanlash va maydalangan ingredientlarni ishlab chiqarish uchun texnologiyani yaratish o'ta dolzarb muammo hisoblanadi.

Аннотация. На основании приведенной информации весьма актуальной является проблема выбора универсальных острых и новых типов мельниц для измельчения материалов до очень мелких размеров и создания технологии производства измельченных ингредиентов.

Abstract. Based on the following information, it is a very urgent problem to choose universal sharp and new types of grinding mills for grinding materials into very small size and to create a technology for the production of ground ingredients.

Kalit so'zlar. Zarb ta'siri, qoplamalar kompozitsion, material, mineral ingredientlar, polimer, vollactonit, muctahkamlik.

Ключевые слова. поковка, состав покрытия, материал, минеральные ингредиенты, полимер, воллактонит, прочность.

Key words. Forging, coating composition, material, mineral ingredients, polymer, vollactonite, durability.

Qattiq minerallarni kerakli o'lchamgacha maydalash uchun turli xil mexanik ta'sir usullari ishlatiladi. Maydalangan mahsulotga qo'yiladigan talablarga qarab (granulometrik tarkibi, zarracha shakli, reaksion qobiliyati, shuningdek yopishqoq xususiyatlari, kristall tuzilish xususiyatlari, mexanik mo'rtlik va boshqalar) kompozitsiyalarning xossalari belgilanadi.

Maydalash uchun ishlatiladigan qurilmalar, bir vaqtning o'zida turli xil mexanik ta'sirlarni birlashtiradi: ezg'ilash (siqish), bo'linish, erkin va cheklangan ta'sir, ishqalanish, yorilish va boshqalar. Mo'rt materiallarni maydalash uchun ishlatiladigan qurilmalarda asosan ezg'ilash va zarb bilan ta'sir etish usullari qo'llaniladi. Yumshoq materiallar odatda ishqalanish mashinalarida disperslanadi. Tolali namunalar uchun uzilish turidagi maydalovchi qurilmalar eng samarali hisoblanadi. Maydalash va disperslanuvchi mahsulotning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

• mineral ingredientlarning dispersligi;

• maydalash darajasi, (dastlabki va dispers zarrachalarning o'rtacha kattaligining nisbati);

• granulometrik tarkibi, %;

• solishtirma sirt yuzasi, m /g.

• mexanik energiyaning miqdori, kDj / g;

Mineral ingredientlarni maydalashda turli xil konstruksiyalarga ega bo'lgan ko'plab qurilmalar qo'llaniladi. Ularning ishlash prinsipi, tasnifi va konstruksiyasi kabi xususiyatlari ko'plab ilmiy nashrlarda batafsil ko'rib chiqilgan. Mayda va o'ta yupqa maydalash uchun turli darajadagi energiya va kuchlanishga ega bo'lgan har xil turdagi tegirmonlar qo'llaniladi.

Kam tezlikdagi maydalashni C.Yu. Lozoveya o'zining tadqiqot ishlarida batafsil yoritgan. Bunda turli xil materiallarning sharsimon zarralari ta'sir tezligi turlicha bo'lgan pnevmatik

quroldan otiladi va to'siqda zarba ta'sirida maydalanib, olingan mayda bo'laklarning o'ziga xos sirt yuzasi o'lchanadi. Ushbu tajribalarni o'tkazish natijasida, har bir mineral modda uchun zarracha hajmiga qarab maydalashning chegarasi mavjudligi aniqlandi. Kamroq tezlik bilan ta'sir qilganda, zarrachalar deyarli maydalanmadi va zarba tezligi yuqori bo'lganida ular oz sonli mutanosib bo'laklarga bo'lindi. Shunga o'xshash ma'lumotlar markazdan qochma tegirmonda maydalash vaqtida olingan. Bu erda to'qnashuv tezligi mavjud bo'lib, unda yangi sirt yuzani hosil qilish uchun o'ziga xoc minimal energiya sarflanadi. Shunga qaramay, zarba tezligini oshirish orqali maydalash texnologiyasini rivojlantirish talab etiladi. Bunda, materialni maydalashni tezlashtirish uchun energiya sarfi kamayadi, kam tezlikli mexanizmni amalga oshirish esa zarrachalarning ko'p tezlanishini talab qiladi.

Bundan tashqari, muallif tomonidan yoritilgan ishda, mineral ingredientlarni maydalash natijasida sirt yuzalarning yangilanishi takroriy to'qnashuvlar natijasida ortishi aniqlangan. Shu bilan birga, maydalashni u yoki bu shaklda amalga oshiradigan tegirmonlar sifatida, xususan, markazdan qochma tegirmonlarni belgilash mumkin. Ba'zi hollarda, ushbu mexanizm noyob natijalar beradi, masalan, to'qnashuv tezligi kamligi tufayli maydalash sodir bo'lmaydigan tegirmonlarda polimerlarni maydalash mumkin. Maydalash jarayonida energiya iste'moli (yuklash tezligi) va tabiati bo'yicha ishlatiladigan tegirmonlarning uch turini ajratish mumkin:

• kam yuklash tezligi bilan chiqish orqali dispers materialni maydalash (sharsimon, sharsimon yoki rulonli halqa, sterjenli, markazdan qochma va boshqalar);

• o'rtacha yuklash tezligi bilan - materialni ma'lum bir miqdordagi ta'sir bilan maydalash (tebranish, markaziy aylanma, magnitli va hokazo);

• yuqori yuklash tezligi bilan (zarbali, dezintegratorli va hokazo) ta'sir etuvchi tegirmonlar.

Oxirgi ikki turdagi qurilmalar ish joyidagi yuqori energiya zichligi bilan ajralib turadi. Bu nafaqat materialni kuchli maydalash, balki dispers zarrachalarni samarali faollashtirish imkonini beradi (1-jadval). Zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan eng istiqbolli, yuqori energiyali maydalash moslamalari, shu jumladan, kimyoviy tajriba talablariga ko'ra (termostatli, yuqori va past haroratlarda maydalash qobiliyati, inert konstruktiv materiallar va boshqalar), mineral moddalarni maydalash imkonini beruvchi, shuningdek, tarkibida polimerlar bo'lgan moddalarni ham maydalaydigan, uzluksiz harakat natijasida va ayrim hollarda, aylanma differensial markazdan qochma kuchli xarakatlanadigan tegirmonlar mavjud.

Yuqoridagi usullarga asoslanib, mineral xomashyoni maydalashda qo'llaniladigan turli xil tegirmonlar, masalan, barabanli, markazdan qochma, aylanma-pichoqli, rolikli, diskli, tebranishli, aylanma markazdan qochma, aylanma differensial markazdan qochma, kolloid lok-bo'yoq maydalagichlar, parchalab maydalagichlar va tegirmonlar hamda mineral ingredientlarni maydalash texnologiyasining ilmiy uclubiy tamoyillari ishda batafsil tavsiflangan. Shu bilan birga 1-jadvalda asosiy maydalash mashinalarining afzalliklari, kamchiliklari va maydalash darajasi keltirilgan.

Biroq, mavjud bo'lgan barcha turdagi maydalovchi tegirmonlar texnik xarakterdagi kamchiliklarga ega bo'lib nanokompozitsion materiallar uchun zarur bo'lgan kukunni olish imkonini bermaydi.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, universal usul va yangi turdagi uskunalar - materiallarni o'ta mayda o'lchamda maydalash uchun maydalovchi tegirmonlarni tanlash va maydalangan ingredientlarni ishlab chiqarish uchun texnologiyani yaratish o'ta dolzarb muammo hisoblanadi.

1-jadval

Maydalash mashinalarining asosiy turlari va xususiyatlari _

Apparat turi Maydalash prinsipi Asosiy afzalliklari Asosiy kamchiliklari Maydalash darajasi

1 2 3 4 5

Barabanli tegirmonlar Maydalovchi jismlar -sharlar, yuklash darajasi 35-40% maydalash prinsipi sharlar va katta zarrachalarning birgalikdagi harakati va o'zaro ishqalanishi tufayli ciqilishi asosida. Konstruksiyaning soddaligi, ko'p tonnajli ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining kengligi Katta miqdordagi metalning yedirilishi, maydalash vocitalarining eckirishi, yuqori darajadagi shovqin 20-100 (G-C-T- maydalash **)

Barabanli sharlarciz tegirmonlar Maydalovchi jismlar -materialning yirik bo'laklari. Maydalash prinsipi o'zaro ishqalanish Konstruksiyaning soddaligi, yuqori toza mahsulotlarni olish Katta o' lchamlar, o'rta o'lchamdagi fraksiyalarni yig'ilishi (qo' shimcha maydalash) 180-300 (CT- maydalash)

Sentrifugali tegirmonlar Maydalovchi jismlar -sharlar. Yuklash darajasi 80% gacha. Maydalash prinsipi cheklangan zarba Yuqori o'ziga xoc mahculdorlik Ishchi organlarning kuchli yedirilishi, yuqori shovqin darajasi 5-100 (C-T-maydalash)

Elektr tebranishli tegirmonlar Maydalovchi jismlar -sharlar. Yuklash darajasi-75-90%, maydalash prinsipi-zarbali va ishqalanish Kompaktlik, maydalash vaqtining kamligi, yuqori dispersli kukunlar olish Cheklangan mahsuldorlik, yuqori shovqin darajasi 20-200 (T-CT- maydalash)

Magnitli tebranuvchi tegirmonlar Maydalovchi jismlar -sharlar. Yuklash darajasi-75-80%, maydalash prinsipi-zarbali va ishqalanish Kompaktlik, qicqa maydalash vaqti, qurilmaning germetikligi Cheklangan mahculdorlik, yuqori shovqin darajasi 20- 250 (T-CT maydalash)

Biserli tegirmonlar Maydalovchi jismlar -kvarsli biserlar (diametri 1-2 mm) yoki eyilishbardoshli qum. Yuklash darajasi 70-75%. Maydalash-qirish Yuqori gomogen mahsulotlar Kam mahsuldorlik, cheklangan o' lchamlar, maydalash vositalarini tez-tez almashtirish zarurati 200 - 300 (T-CT- maydalash)

Kolloid tegirmonlar Maydalovchi jismlar -aylanuvchi rotor va statorlar. Maydalash prinsipi-ishqalanish, erkin zarbali Laboratoriya amaliyotlarida yuqori mahsuldorlik Ish sirt yuzalarining intensiv yedirilishi 20 -300 (T-CT-pomol)

ADABIYOTLAR

1. Негматова K.C., Умирова H.O., H.C. Абед, Б.И. Хатамкулов и др. Разработка технологии получения высококачественного волластонита и использование его при получении композиционных лакокрасочных материалов и покрытий из них // Республиканская научно-техническая конференция «Новые композиционные материалы: получение и применение в различных отраслях промышленности» 15-16 сентября, Ташкент.2022г, с. 153-154.

2. Хатамкулов Б.И., Болтамуротов Ж.Х. Выбор и обоснование объектов и методики исследования композиционных лакокрасочных материалов// Ш;етайопа1 Joumal of Education, Social Science. Finland Academic Research Science Publishers. IF.7.5, Vol-12|Issue-1| янвaр 2024 г. - C. 365-373.

3. Бoзoрбoeв ША., Нeгмaтoвa K.C., C.C. Нeгмaтoв, Б.И. Xaтaмкулoв, Ж.Н. Нeгмaтoв, H.O. Умирoвa, H.C. Рaзрaбoткa cпocoбa пoлучeния тoнкoдиcпeрcныx выcoкoкaчecтвeнныx минeрaльныx пoрoшкoвыx нaпoлнитeлeй и coздaниe кoмпoзициoнныx лaкoкрacoчныx мaтeриaлoв нa иx ocнoвe // Мeждунaрoднaя нaучнaя - тexничecкaя кoнфeрeнция «Рecурco и энeргocбeрeгaющиe иннoвaциoнныe тexнoлoгии в литeйнoм прoизвoдcтвe» 18-19 мaй, Тaшкeнт. 2023, - C. 110-112.

4. Хатамкулов, Б. И. У., & Болтамуротов, Ж. X. У. (2023). Методика определения физико-механических свойств полученных композиционных лакокрасочных материалов и покрытий на их основе. Строительство и образование, 2(4), 29-36.

5. Арифжанов, А. М., Фатхуллаев, А. М., Самиев, Л. Н., & Хотамкулов, Б. (2015). Русловые процессы в оросительных каналах. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (5-2), 207-209.

6. Хатамкулов, Б. (2023).Герметизирующие гидроизоляционные материалы, применяемых при строительстве и ремонте автомобильных дорог. Scienceweb academic papers collection. 2023 г.

7. Sayibjan, N., Ulugbek, K., Nodira, A., Komila, N., Sanjar, S., Shukhrat, B., ... & Joxongir, N. (2023). Research and development of effective compositions of anti-corrosion composite polymer materials and coatings. Un^rsum: технические науки, (3-5 (108)), 52-58.

8. Хатамкулов, Б. (2023). Бино ва иншоотларни турлари буйича лойихалаш бос^ичлари. Journal of new century innovations. 2023й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.