Научная статья на тему 'MA’NAVIY TARBIYA JARAYONIDA, MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI'

MA’NAVIY TARBIYA JARAYONIDA, MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2100
433
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / ma'naviy ta'lim / qadriyat / ma'naviy meros / ta'lim. / глобализация / духовное образование / ценность / духовное наследие / образование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zaripa Tangirdergenova

Kafedrada yoshlarni jamiyatda tarbiyalash muammolari, o'spirin tarbiyasida milliy va ma'naviy qadriyatlar va ta'limning ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВАЖНОСТЬ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ПРОЦЕССЕ ДУХОВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Кафедра анализирует проблемы воспитания молодежи в обществе, национальных и духовных ценностей в воспитании подрастающего поколения и важность их воспитания.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY TARBIYA JARAYONIDA, MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI»

MA'NAVIY TARBIYA JARAYONIDA, MILLIY QADRIYATLARNING

AHAMIYATI

Zaripa Tangirdergenova

NDPI «Milliy g'oya, manaviyat asoslari va huquq talimi» kafedrasi assistent

o'qituvchisi

Annotatsiya: Kafedrada yoshlarni jamiyatda tarbiyalash muammolari, o'spirin tarbiyasida milliy va ma'naviy qadriyatlar va ta'limning ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: globallashuv, ma'naviy ta'lim, qadriyat , ma'naviy meros, ta'lim.

ВАЖНОСТЬ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ПРОЦЕССЕ ДУХОВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация: Кафедра анализирует проблемы воспитания молодежи в обществе, национальных и духовных ценностей в воспитании подрастающего поколения и важность их воспитания.

Ключевые слова: глобализация, духовное образование, ценность, духовное наследие, образование.

THE IMPORTANCE OF NATIONAL VALUES IN THE PROCESS OF

SPIRITUAL EDUCATION

Abstract: The department analyzes the problems of educating young people in society, national and spiritual values in the upbringing of the younger generation and the importance of their upbringing.

Keywords: globalization, spiritual education, value, spiritual heritage, education.

O'zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida o'z an'analariga doimo sodiq bo'lib, bu yo'ldan hech qachon og'ishmasdan ilgari boradi. Biz bugun ko'pmillatli xalqimizga, barchamizning umidimiz va suyanchimiz bo'lgan yoshlarimizga ishonib, marrani katta olmoqdamiz. Aziz farzandlarimiz, nabiralarimiz baxtini, kamolini o'ylab, el-yurtimizning, xalqimizning yorug' kelajagini ko'zlab, oldimizga ulkan vazifalar qo'ymoqdamiz. Niyati ulug' xalqning - ishi ham ulug',

hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi- deb ta'kidlaydi. Yurtimizda bugungi kunda ma'naviy etuk va barkamol insonni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Xalqimiz milliy ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy meros imizning keng o'rganilishi, milliy an'analarimizning saqlanishi va mazmunan boyishi, shuningdek madaniyat va san'at, ilm- fan, ta'lim tarbiyaning har tomonlama rivojlanishi o'zi, alohida kasb etadi. Ta'lim- tarbiya orqali mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir so'z bilan aytganda, barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilangan. Manaviy tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning ahamiyati juda katta. Milliy qadriyatlar- tarbiyaning eng ta'sirchan quroli. Undan oqilona foydalanish, farzandlarimiz ongida vatanparvarlik, rostgo'ylik, xalq-parvarlik tuyg'ularini shakllantirish bugungi kun talabi.

Hozirgi davrda qo'lga kiritilgan muhim yutiqlarimizdan biri ta'lim- tarbiyada milliy, ma'naviy qadriyatlarning ustivorligiga erishganimizdadir. Bu yosh avlodga boy tarixiy, milliy, ma'naviy merosni singdirish hamda asrlar davomida shakllangan an'analari asosida ta'lim- tarbiya berish demakdir. Zero Abdulla Avloniy aytganidek: "Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir".

Globallashuv jarayonida kechayotgan voqea- hodisalarni to'g'ri talqin qila olish, har bir voqelikni milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimiz asosida tahlildan o'tkazish ulkan ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa milliy g'oya va mafkuramiz mustahkam bo'lmog'i lozim. Zero, xalqimiz, ayniqsa yosh avlod ongi va tafakkuriga singdirilgan milliy g'oya har qanday yot g'oyalarning ta'siriga berilib qolmaslikni ta'minlashi bilan birga ularga munosib javob qaytarish ko'nikmasini ham shakllantiradi, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga va uni asrab- avaylashga undaydi.

Jamiyat yoshlar ongida ma'naviy qadriyatlarni rivojlantirmay va mustahkamlamay turib o'z istiqboliga erisha olmaydi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo'lidagi murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash bundan buyon ham faoliyatimizning eng muhim yo'nalishi bo'lib qoladi.Xalq yoki millat o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega bo'lsagina, o'zining mustaqil taraqqiyot yo'lini erkin belgilab olishi, yoshlarni o'z milliy qadriyatlari negizida tarbiyalash mumkin.

Mustaqil O'zbekistonning kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari taraqqiyoti davrida, asriy ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning tarixiy tajribalaridan to'g'ri foydalanib, ularning ibratli ishlaridan saboq olish

mamlakatimizda fuqarolik jamiyati qurilishi vazifalarini amalga oshirishga, xalqimizning ma'naviy yuksalishiga xizmat qiladi.

Jamiyatda yoshlar tarbiyasi muammolari har doim kunning birinchi darajali mavzularidan biri bo'lib kelgan. Ayni paytda, dunyoda globallashuv jarayoni tezlashmoqda. Dunyo xalqlari, davlatlar o'rtasida o'zaro aloqalar kuchaymoqda. O'zbekiston ham undan chetda turgani yo'q. Turli xalqlarga xos bo'lgan qadriyatlar O'zbekiston yoshlari hayotiga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Bunday muhit xalqaro axborot tizimi, internet, OAV, reklama, turli xil kino ko'rsatuvlari bilan bog'liq asarlar yoshlar ma'naviy hayotiga ta'sir ko'rsatishi, turli xil qadriyatlarning kirib kelishiga sharoit hozirlaydi.

Uning qaysi jihatlaridan foydalanish yoki foydalanmaslikni yoshlar yaxshi bilishlari lozim. Qadriyatlarni bir-biridan farqlash, milliy qadriyatlarni yo'qotmagan holda munosabatda bo'lishlari muhimdir.

Ijtimoiy hayotda, ayrim yoshlarning xatti-harakatlarida milliy qadriyatlarimizga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan holatlarni kuzatish mumkin. Ayrim yoshlarning diniy ekstremizm, aqidaparastlik g'oyalarining tarafdori bo'lib sodir etgan qilmishlari bilan milliy qadriyatlarimiz o'rtasida o'zaro to'g'ri kelmaydigan holatlarni kuzatish mumkin. Aksariyat yoshlarimiz esa milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan o'zlarining to'g'ri munosabatlarini shakllantirgan. Bugun jahon axborot maydonida yoshlarni milliy qadriyatlarga qarshi tarbiyalashga urinish kuchaymoqda. Bunday harakatlar yoshlarni o'z xalqi, vatani va milliy qadriyatlarga nibatan bepisand ruhda tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, ularda ko'proq g'arbona qadriyatlarga moyillikni uyg'otishga bo'lgan yashirin maqsadlar mujassam bo'ladi.

Yoshlar dunyoqarashida milliy- ma'naviy qadriyatlarni mustahkamlashdan ko'zlangan maqsad ularni faqat o'z qadriyatlariga tayanib yashashga o'rgatish emas, balki shu umumbashariy qadriyatlarni ham o'zlashtirib, mamlakatning o'ziga hos taraqqiyoti unga bog'liqligini hisobga olib yashashga, ishlashga da'vat etishdir.

Bundan tashqari, milliy- ma'naviy qadriyatlarni chuqur bilish yoshlar tomonidan mustaqillikni asrab- avaylash, himoya qilish va mustahkamlashga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

O'zbek xalqining ibratomuz, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda katta ta'sir eta oladigan urf-odatlari, an'analari, rasm-rusumlari va marosimlari borki, bularni bugungi kunda oilada bolalar ongiga, kundalik hayot tarziga singdirish yoshlarning ma'naviy taxdidlar ta'siriga tushib qolishining oldini olishdagi muhum vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Yosh avlodni tarbiyalashda milliy- ma'naviy qadriyatlar juda katta tarbiyaviy kuchga ega. Ularga sodiqlik bizni milliy birlik sifatida jahon miqyosida betakrorligimizni ta'minlaydi. Tilimiz, urf-odatlar, an'ana va udumlarimiz shunchaki o'tmishdan qolgan meros emas, balki o'zligimizni anglash shartidir.

REFERENCES

1. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis a'zolariga an'anaviy murojaatnomani o'qib eshittirdi. «Gazeta.uz» davlat rahbari bildirgan fikr va vazifalarni qisqacha mazmunda bayon etadi. 24 yanvar 2020

2. Barkamol avlod orzusi. -T.; "Sharq", 1999, 39-bet

3. Karimov I.A. Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish-oliy saodatdir. - T.: "O'zbekiston", 2007. 38-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.