Научная статья на тему 'M.KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA KELTIRILGAN BA’ZI GASTRONOMIK BIRLIKLAR HAQIDA'

M.KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA KELTIRILGAN BA’ZI GASTRONOMIK BIRLIKLAR HAQIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4457
326
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gastronomiya / M.Koshg‘ariy / “Devonu lug‘otit turk” / oziq-ovqat / Qoraxoniylar sulolasi / marosim bilan bog‘liq taom / taom tayyorlashda ishlatiladigan narsa-predmet nomlari. / Gastronomy / M.Koshg‘ariy / “Devonu lug‘otit turk” / food / Karakhanids dynasty / ceremonial meal / the names of the objects used in cooking

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rasulova Nurxon Nuraliyevna

Ushbu maqolada gastronomiyaga oid birliklar tarixiga nazar tashlangan. Bunda M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga diqqat qaratilgan. Sababi, “Devonu lug‘otit turk” da oziq – ovqatlar va taomlarning manbasi, taom turlari, oziq-ovaqat xomashyosining hozirlash jarayoni, taom tayyorlash va iste’mol qilishda keraklik oshxona qurollariga doir juda muhim ma’lumot o‘z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT SOME GASTRONOMIC UNITS IN M. KOSHGARIY'S "DEVONU LUG'OTIT TURK"

Gastronomic units history is given in this article by means of focusing to the “Devonu lug‘otit turk” work of M. Koshg‘ariy. Due to the fact that,a lot of information related to the resource of foods and meals, the types of meal, making process of food materials, cooking and kitchen utensils for consumption is expressed.

Текст научной работы на тему «M.KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA KELTIRILGAN BA’ZI GASTRONOMIK BIRLIKLAR HAQIDA»

M.KOSHG'ARIYNING "DEVONU LUG'OTIT TURK" ASARIDA KELTIRILGAN BA'ZI GASTRONOMIK BIRLIKLAR HAQIDA

Rasulova Nurxon Nuraliyevna khamzats 1985@mail. ru

O'zbekiston milliy universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada gastronomiyaga oid birliklar tarixiga nazar tashlangan. Bunda M.Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asariga diqqat qaratilgan. Sababi, "Devonu lug'otit turk" da oziq - ovqatlar va taomlarning manbasi, taom turlari, oziq-ovaqat xomashyosining hozirlash jarayoni, taom tayyorlash va iste'mol qilishda keraklik oshxona qurollariga doir juda muhim ma'lumot o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: gastronomiya, M.Koshg'ariy, "Devonu lug'otit turk", oziq-ovqat, Qoraxoniylar sulolasi, marosim bilan bog'liq taom, taom tayyorlashda ishlatiladigan narsa-predmet nomlari.

ABOUT SOME GASTRONOMIC UNITS IN M. KOSHGARIY'S "DEVONU

LUG'OTIT TURK"

Rasulova Nurxon Nuraliyevna khamzats 1985@mail. ru National University of Uzbekistan

Abstract: Gastronomic units history is given in this article by means of focusing to the "Devonu lug'otit turk" work of M. Koshg'ariy. Due to the fact that,a lot of information related to the resource of foods and meals, the types of meal, making process of food materials, cooking and kitchen utensils for consumption is expressed.

Keywords: Gastronomy, M.Koshg'ariy, "Devonu lug'otit turk", food, Karakhanids dynasty, ceremonial meal, the names of the objects used in cooking

Kirish. Gastronomiyaga oid so'zlar o'zbek tili lug'aviy boyligining muhim qatlami hisoblanadi. U o'zbeklarning milliy fazilatlarini o'zida aks ettiradi. Shu o'rinda "gastronomiya" atamasi haqida qisqacha to'xtalib o'tsak. Gastronomiya madaniyat va oziq-ovqat o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadigan fan bo'lib, u yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va ulardan tayyorlanadigan taomlarning umumiy nomini ham anglatadi . Inson jamiyatda yashar ekan shu jamiayatda qandaydir faoliyat bilan shug'ullanadi. O'z mehnati bilan jamiyatga moddiy va ma'naviy hissa qo'shadi. Ana shu mehnatni amalga oshirish jarayonida insonga kuch kekak. Tabiiyki, insonlar bu kuchni oziq-ovqat mahsulotlaridan oladi. Shu ma'noda Abu Ali

I ("O^^^^^BI http://oac.dsmi-qf.uz

ibn Sinoning "Ba'zilar ovqatlanish uchungina yashaydilar, men esa yashash uchun ovqatlanaman", degan so'zlari mutlaqo to'g'ri bo'lib, insonning yashashdan maqsadi mehnat ekanligini ifodalaydi [1]. Gastronomiya muayyan mamlakatning madaniyati va oziq-ovqatlari o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish jarayonida taomlarning tayyorlanish jarayoni, paydo bo'lish tarixini bilan ham qiziqadi.

Mahmud Qoshg'ariyning umumjahon madaniyatiga qo'shgan qimmatli tuhfasi "Devonu lug'otit turk" asari tilshunoslikka doir o'lmas asar bo'lishi bilan bir vaqtda, tarix, etnografiya, folklorshunoslik, geografiya bo'yicha o'quvchilarga atroflicha ma'lumot beradigan mukammal qomusiy asar hisoblanadi. Asar taomlarning qadimiy nomlarini aniqlashda ham qimmatli manba hisoblanadi. Chunonchi, uyg'ur olimi Xo'ja Ahmad Yunus ta'kidlaganidek: "X asrdan XII asrgacha bo'lgan oraliqda o'tgan Qoraxoniylar sulolasining gullagan iqtisodiy va yuksak madaniy hayotini mahsuli bo'lgan bu asar (turkiy xalqlarning) shu vaqtdagi va undan ilgarigi yeyish-ichish madaniyatini tadqiq qilishga asoslanadigan muhim manba sanaladi" [2]. "Devonu lug'otit turk" da oziq - ovqatlar va taomlarning manbasi, taom turlari, oziq-ovaqat xomashyosining hozirlash jarayoni, taom tayyorlash va iste'mol qilishga keraklik oshxona qurollariga doir juda muhim ma'lumot o'z ifodasini topgan. Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, turkiy xalqlarning taomlari rang-barang bo'lishi bilan birga ulardagi taomlarning umumiy, o'xshash jihatlari mavjud bo'lib, ular taomlar tayyorlanadigan mahsulotlardagina emas, balki taom tayyorlash usullarida ham o'z ifodasini topgan. "Devonu lug'otit turk" kitobida keltirilgan ma'lumotlar ajdodlarimizning turmush madaniyati, ayniqsa, X-XII asrlarda diyorimizda yashab o'tgan ulug' allomalar yashagan davrni o'rganishda muhim manba hisoblanadi. Shu sababdan mazkur asar bizni nafaqat Qoraxoniylar davri, balki undan keyingi paytlardagi Movarounnahr aholisining turmush tarzi bilan bog'liq ijtimoiy-iqisodiy, axloqiy, diniy e'tiqod hamda urf-odatlar haqida ham muhim tushunchaga ega bo'lishimizda katta yordam beradi. Shuningdek, "Devonu lug'otit turk" asari turkiy tillarning fonetikasi, grammatikasi va leksikasiga oid noyob tadqiqotlari va xulosalari bilan ham qimmatlidir.

Tahlil va natijalar

"Devonu lug'otit turk", birinchi navbatda, turkiy urug' va qabilalar tillarining xususiyatlarini, urf-odatlarini, lingvistik xususiyatlarni, tarixi va lug'at boyligini o'rganishga bag'ishlangan asar. Shuning uchun ham asar mundarijasida qator lingvistik ma'lumotlarga keng o'rin ajratilgan. Bular sirasiga tillararo fonetik farqlar, so'z yasalishi, yozuv va boshqa qaydlarni kiritish mumkin. Asarning lug'at qismida esa juda ko'p jihatdan ahamiyatga molik bo'lgan uning qomusiylik darajasini ta'minlagan materiallarga o'rin berilgan. Ular turli xalqlarning tarixi, urf-odati, adabiyoti va boshqa sohalarini o'rganishimizda ishonchli manba sifatida xarakterlanadi. Bu xususiyat taom nomlariga ham dahldordir.

I ("O^^^^^BI http://oac.dsml-qf.uz

Taom nomlari:

a) kundalik turmushda odatiy tarzda tayyorlanadigan taom nomlari:

Byshkal [3] bu-hozirda tayyorlanadigan lochira. Lochira hozirgi o'zbek tilida oshirilmagan xamirdan tandirga yopiladigan non;

b) biror maxsus marosim bilan bog'liq taom nomlari:

Basan-o'lik ko'milgach yeyiladigan taom, Jug' [3] deb atalgan taom esa, vafot etgan odam uydan chiqarilgandan so'ng taziyaga kelganlarga berilgan. Asarda faqat taomlar emas, balki taom tayyorlashda ishlatiladigan sabzavot va masalliq nomlari ham berilgan. Jumladan, Jamg'ur-sholg'om, jash-sabzavot, yz-yog', kuchg'andi-piyoz kabi ovqat tayyorlashda foydalaniladigan masalliqlar nomlarini uchtarish mumkin.

c) taom tayyorlashda ishlatiladigan narsa-predmet nomlari: Avran-temirchi o'chog'ining qo'rasiga o'xshatib qo'yilgan yer tandir, ashich-buqach-qozon tovoq, jasg'ach-uvra taxta [4] kabi narsa-pridmetlarda ajdodlarimiz taom tayyorlab, iste'mol qilishgan.

d) taom tayyorlovchi kasb-koriga aloqador nomlar: Chalchi- oshpaz va hokazo.

M.Koshg'ariyning taomlar yuzasidan keltirgan ma'lumotlarida o'troqlashgan

turkiy xalqlarning an'anaviy taomlari ,asosan, dehqonchilik mahsulotlaridan, don mahsulotlari, sabzavot va mevalardan iborat bo'lgan bo'lsa, ko'chmanchilik turmush tarzi bilan hayot kechiruvchi turkiy xalqlar taomlarida ko'proq sut va go'sht mahsulotlaridan foydalanganliklarini anglash mumkin bo'ladi [5]. M.Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asaridagi ma'lumotlarga e'tibor qaratsak, muallif oziq-ovqatlarni quyidagicha tasniflaganiga guvoh bo'lamiz:

1. Non mahsulotlari. M.Koshg'ariyning yozishicha, turkey qabilalarning ayrimlarida non- "etmak" deyilib, yaxshi xamirdan qilingan non "kavshak" deb atalgan. M.Koshg'ariy "Devonu lug'otit turk" asarida nonning pishirish usullariga qarab quyidagi nomlari keltirilgan: "Bushkal", "Isbiri", "Komuch", "Qijma", "Chuqmi" [4]. Bunday nonlar ta'mi, tayyorlash usuli, tarkibidagi masalliqlari bilan o'zaro farqlangan.

2. Xamirli taomlar. X-XII asrlarda yashagan ajdodlarimiz ham xamirli taomlarni sevib iste'mol qilishgan. Ayniqsa, xamirli taomlar dardmand kishilarga quvvat berib, tezroq tuzalishi uchun ham tayyorlanilgan. Ajdodlarimizning kundalik turmush tarzida xamirli ovqatlarning ham o'z o'rni bo'lganini asardagi "Umoch", "Ugra", "Tutmach", "Manti" hamda "Lag'mon" kabi taomlar haqida ma'lumotlarga duch kelganimizda bilib olishimiz mumkin.

3. Sut bilan bog'liq mahsulotlar.Asarni o'qish jarayonida turkiy xalqlar suzmani "Ikduk", qaymoqni "Qajaq", pishloqni "Uzitma", hozirda yogurt nomi bilan ataladigan meva solib tayyorlangan suyuq qatiqni "Suyuq jogurt" deb nomlaganligini bilib olamiz.

[M

159

http://oac.dsmi-qf.uz

4. Guruch va don mahsulotlari bilan bog'liq taomlar. M.Koshg'ariy turkiy xalqlarning taomlari orasida guruch va don mahsulotlari qo'shib tayyorlanadigan quyidagi taom nomlarini keltiradi: "Uva", "Buxsi", "Suruch", "Korshak", "Qavut"

5. Go 'shtli taomlar. Turkiy xalqlarning aksariyati chorvachilik bilan shug'ullanganligi uchun taomnomalardagi juda ko'p taomlarga go'sht ishlatilgan. "Sugut", "Tobiq", "Qazi jag", "Sim-simraq" [3] asarda keltirilgan go'shtli taomlarning nomlaridir.

6. Suyuq taomlar."Bulduni", "Oz", "Mon", "Lantu", "Samduj" kabi sho'rvalarni ajdodlarimiz tayyorlashgan.

7. Ichimliklar. M.Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida bo'za,sharbat, qimiz kabi ichimliklarning nimadan olinishi, mazasi, ta'mi haqida qimmatli ma'lumotlar aytib o'tilgan. Asarda bo'zaning tariq o'simligidamn olinishi, mast qilish xususiyati borligi ta'kidlangan. Turkiy xalqlarning bo'za ichimligi haqid a elshunos U.Abdullaev shunday yozadi: "Aholi tomonidan o'tmishda qimizdan tashqari kishini mast qiluvchi ichimliklardan yana "bo'za" va "musallas" ham tayyorlangan. Garchi ushbu ichimliklar aholi orasida keng iste'molda bo'lmasa-da, har holda aholi ushbu ichimliklarni tayyorlash bilan shug'ullanganlar. Bo'za tariq va arpani achitish yo'li bilan tayyorlangan. U ayniqsa yarimo'troq va yarimko'chmanchi o'zbeklar orasida keng tarqalgan edi" [6]. Bir so'z bilan aytganda, M.Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida oziq-ovqatlar va taomlarning tayyorlash jarayoni, taom turlari, taomlarni tayyorlash va iste'mol qilishda ishlatiladigan uy-ro'zg'or buyumlariga doir juda muhim ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.

Xulosalar

■ Gastronomiya muayyan mamlakatning madaniyati va oziq-ovqatlari o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish jarayonida taomlarning tayyorlanish jarayoni, paydo bo'lish tarixini bilan ham qiziqadi.

■ Sharq xalqlari, jumladan, o'zbek xalqining ham milliy taomlari, ularning o'ziga xos tayyolanish tarixi bor.

■ M.Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asari oziq-ovqatlar va taomlarning tayyorlash jarayoni, taom turlari, taomlarni tayyorlash va iste'mol qilishda ishlatiladigan uy-ro'zg'or buyumlariga doir qadimiy va qimmatli ma'lumotlar beradigan asar hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. II kitob. Toshkent-1956

2. Xo'ja Ahmad Yunus. "Turkiy tillar devoni" dagi bayonlardan uyg'urlarning XI asrdagi yemak-ichmak madaniyatiga nazar. // Urumchi, 2005. № 4, 21-b.

3. Mahmud Koshg'ariy. Devonu lug'otit turk. I jild. 126, 159, 444, 445-b

I ("O^^^^^BI http://oac.dsmi-qf.uz

4. M.Koshg'ariy. Devonu lug'otit turk. III tomlik. T. - 1960. - I tom, 17, 67 betlar.

5. Abdulaxatov N. va boshqalar.Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asaridagi leksik birliklar tadqiqi. Toshkent- 2013

6. Наливкин В.П., Наливкина М.В. Очерк быта женщины оседлого ... С. 126-127.

References

1. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. II kitob. Toshkent-1956

2. Xo'ja Ahmad Yunus. "Turkiy tillar devoni" dagi bayonlardan uyg'urlarning XI asrdagi yemak-ichmak madaniyatiga nazar. // Urumchi, 2005. № 4, 21-b.

3. Mahmud Koshg'ariy. Devonu lug'otit turk. I jild. 126, 159, 444, 445-b

4. M.Koshg'ariy. Devonu lug'otit turk. III tomlik. T. - 1960. - I tom, 17, 67 betlar.

5. Abdulaxatov N. va boshqalar.Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asaridagi leksik birliklar tadqiqi. Toshkent- 2013

6. Наливкин В.П., Наливкина М.В. Очерк быта женщины оседлого ... С. 126-127.

ГМ

161

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.