Научная статья на тему 'Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida kimyo fanida belgilab qo’yilgan kompetensiyalar va ularning amaliy ahamiyati'

Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida kimyo fanida belgilab qo’yilgan kompetensiyalar va ularning amaliy ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3312
224
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Kompetensiya / Bilim / ko’nikma / malaka / kommunikativ kompetensiya / milliy va umummadaniy kompetensiya / Competence / Knowledge / Skills / Qualifications / Communicative Competence / National and Cultural Competence

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ro’ziyeva Maftuna Jo’rayevna

Ushbu maqolada davlat ta’lim standartlari va unda belgilab qo’yilgan fanga tegishli kompetensiyalar to’g’risida so’z yuritilgan. Shuningdek bugungi kimyo fani rivojlanishida kompetensiyalarning dars mashg’ulotlari davomida qo’llab borishning ahamiyati kata ekanligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPETENCES DEFINED IN CHEMISTRY ON THE BASIS OF STATE EDUCATIONAL STANDARDS OF GENERAL SECONDARY EDUCATION AND THEIR PRACTICAL SIGNIFICANCE

This article discusses the state educational standards and the competencies related to the science set out in it. It also explains the importance of applying competencies in the classroom in the development of chemistry today.

Текст научной работы на тему «Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida kimyo fanida belgilab qo’yilgan kompetensiyalar va ularning amaliy ahamiyati»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

UMUMIY O’RTA TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI ASOSIDA KIMYO FANIDA BELGILAB QO’YILGAN KOMPETENSIYALAR VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI

Ro’ziyeva Maftuna Jo’rayevna 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi Buxoro viloyat Vobkent tuman

Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat ta’lim standartlari va unda belgilab qo’yilgan fanga tegishli kompetensiyalar to’g’risida so’z yuritilgan. Shuningdek bugungi kimyo fani rivojlanishida kompetensiyalarning dars mashg’ulotlari davomida qo’llab borishning ahamiyati kata ekanligi bayon etilgan.

Kalit so’zlar: Kompetensiya, Bilim, ko’nikma, malaka, kommunikativ kompetensiya, milliy va umummadaniy kompetensiya.

COMPETENCES DEFINED IN CHEMISTRY ON THE BASIS OF STATE EDUCATIONAL STANDARDS OF GENERAL SECONDARY EDUCATION AND THEIR PRACTICAL SIGNIFICANCE

Roziyeva Maftuna Jorayevna School #6 Vobkent district, Bukhara region

Abstract: This article discusses the state educational standards and the competencies related to the science set out in it. It also explains the importance of applying competencies in the classroom in the development of chemistry today.

Keywords: Competence, Knowledge, Skills, Qualifications, Communicative Competence, National and Cultural Competence.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi” ta’limning ustuvor hujjatlaridan hisoblanadi. Umumiy o’rta ta;limning davlat ta’lim standartining maqsad va vaziflarini, asosiy prinsiplarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilshini nazorat qilish tartibini belgilaydi.

Umumiy o’rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim mazmunining majburiy minumini yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo’yiladigan talablardan iborat bo’lib, u quyidagilardan tashkil topgan:

Bilim-o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;

Ko’nikma-o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish;

295

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Malaka-o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmlarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlarni hosil qilish;

Kompetensiya- mavjud bilim, ko’nikma va malakalrni kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatidir.

O‘quvchilarda egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy va kasbiy, ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, faol fuqorolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko’nikmalarini shakllantiradi

Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi kasbi bo‘yicha raqobat bardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.

Kompetensiyalar 2 turga bo’linadi:

1) Tayanch kompetensiya;

2) Fanga oid kompetensiya.

Tayanch kompetensiyalar ham o’z navbatida bir nechta turlarga tarmoqlanadi:

a) Kommunikativ kompetensiya-ijtimoiy vaziyatlarda ona tili va birorta xorijiy tilde muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

b) Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi-media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samaali foydalanishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

s) O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi-doimiy rabvishda o’zini-o’zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil bahosh va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

d) Ijtimoiy-faol fuqarolik kompetensiyasi -jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

e) Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va

г<м

296

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

g) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish foydalanish kompetensiyasi-aniq hisob-kitoblarda asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o’qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o’quvchilarda shakllantiriladi.

Kimyo fani bo’yicha quyidagi fanga oid kompetensiyalar :

1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:

Bl-daraja:

Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzzulishi, xossalari, olinishi va biologic ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi;

Organik birikmalarning kundalik turmushda ishlatilish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.

B1”+”- daraja:

Kolloidva dispers sistemalar, eritmalarning komsentratsiyalarga bog’liqligi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari(molekulalararo, ichki molekulyar, disproporsiya va sinproporsiya reaksiyalari), ularning tenglamalarini tenglashtirishni yarim reaksiyalar usuki va kimyoviy kinetika, reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillarni biladi va tushuntira oladi.

Elektroliz qonunlari, pH va pOH ni aniqlash, dissotsiyalanish asoslari, issiqlik effekti bo’yicha masalalaryecha oladi;

Organik va anorganik moddalar, ular orasidagi farqni, ularning xossalari molekulyar tuzulishiga bog;liqligini tushuntira oladi.

2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi;

Bl-daraja:

Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzulish formulasi, gomologlari, izomerlarning trivial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og’zaki ifodalay oladi;

Organik birikmlarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi;

Moddalrni tozalsh usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalari, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni bildiradi va maliyotda qo’llay oladi.

B1”+’-daraja:

297

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Atomlarning tuzulishidagi, reaksiyalarning mexanizmiga ko’ra farqlarini ifodalay oladi;

Organik moddalar sinflari formulalari orqali boshqa birikmalardan ajrata oladi, ularning kimyoviy xossalarini, laboratoriya sharoitida va sanoatda olish usullarini tushuntira oladi.

3. Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash kompetensiyasi:

Bl-daraja:

Organik va umumiy kimyoga oid masalalarni yecha oladi, organic birikmalarning laboratoriya sharoitida tarkibini o’rganish, ularni olish va xossalarini o’rganishga oid amaliy va laboratoriya tajribalarini bajara oladi;

Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliiy ekologik muammolarni tushuntira oladi, kimyo fanining asoslarini kundalik turmush va kasbi sohalarga tatbiq eta oladi.

B1”+”-daraja:

Tajribaalrni bajarishga doir jihozlar jamlamasini mustaqil tayyorlay oladi;

Amaliy, laboratoriya ishlaridagi sintez tajribalarini bajaradi, mustaqil xulosa va izohlar yoza oladi;

Organik birikmalardagi kimyoviy bog’lanishning electron nazariyasi, alaknlarda almashinish reaksiyasining energetic balansi, nukleofil reaksiyalar mexanizmi, sikloalkanlar, alkenlar, alkadiyenlar, alkinlar, aromatik uglevodorodlar, uglevodlar, yuqori molekulali birikmalar mavzulari asosida turli murakkablikdagi masalalarni yecha oladi;

Kimyoviy qonuniyatlar asosida olgan bilimlaridan hayotiy faoliyatda foydalana oladi.

Kimyo fanini o’rganishning umumiy darajasi 10-11 -sinf o’quvchilarini qamrab olib, o’rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarning kimyo fani izchil kurs sifatida o;rganishning tayanch drajasida, ya’ni 7-8-9-sinflarida o’qitilib, unda o’rganilgan kimyoning asosiy mazmuni nazariy ilmiy bilimlarga tayangan holda davom ettiradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. ’’Ta’lim to’g’risida”gi qonun-29. 08. 1997. N:464-I

2. ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”-29. 08. N;463-I

3. ”Kimyo fanini o‘qitish metodikasi moduli bo’yicha”-uslubiy qo’llanma. -Toshkent: 2017.

298

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.