Научная статья на тему 'LOGISTIKA VA MARKETING FUNKSIYALARINING O’ZARO ALOQADORLIGI'

LOGISTIKA VA MARKETING FUNKSIYALARINING O’ZARO ALOQADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
570
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / logistika / iqtisodiyot / funksiya. / marketing / logistics / economy / function.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jurakulov O.M.

Ushbu maqolada logistikaning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati, logistika va marketing funksiyalarining o’zaro aloqadorligi bo’yicha muallif tomonidan fikr mulohazalar ilgari surilgan va takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the author put forward opinions and developed proposals on the role and importance of logistics in the economy, the interrelationship of logistics and marketing functions.

Текст научной работы на тему «LOGISTIKA VA MARKETING FUNKSIYALARINING O’ZARO ALOQADORLIGI»

II. MENEJMENT VA MARKETING

LOGISTIKA VA MARKETING FUNKSIYALARINING O'ZARO

ALOQADORLIGI

Jurakulov O.M.

SamISI mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada logistikaning iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati, logistika va marketing funksiyalarining o'zaro aloqadorligi bo'yicha muallif tomonidan fikr mulohazalar ilgari surilgan va takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: marketing, logistika, iqtisodiyot, funksiya.

Abstract. In this article, the author put forward opinions and developed proposals on the role and importance of logistics in the economy, the interrelationship of logistics and marketing functions.

Key words: marketing, logistics, economy, function.

Logistika fani barcha iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog'liq. Iqtisodiyot qonunlari, kategoriyalari va assosiy tushunchalarini, iqtisodiy fanlarning konsepsiyasi va metodlarining mohiyat mazmunini bilmasdan logistika fanini o'rganish, uning konsepsiyasi, prinsiplari va metodlari to'g'risida tassavurga ega bo'lish hamda ulardan amaliyotda foydalanish bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas. Logistika fani marketing fani bilan to'g'ridan to'g'ri va bevosita aloqaga ega. Shu sababli bo'lsa kerak aksariyat mutaxassislar logistika marketing fanining bir bo'limi deb hisoblaganlar va keyinchalik undan mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan degan fikrga egalar.

Chet el marketolog mutaxassislarining logistikaga bergan ta'riflari chuqur va har tomonlama tahlil qilinsa uning marketingga nisbatan ancha keng kategoriya ekanligi oydinlashadi. Amaliy marketing va logistika amaliyotini taqqoslab o'rganish shuni ko'rsatmoqdaki, marketingning ko'plab funksiyalari logistikaga o'tdi va o'tib bormoqda. Marketing va logistika fanlari predmeti va ob'ektlarini tahlil qilish natijasida ham bu fanlar mustahkam bir-biriga bog'liqligiga iqror bo'lish mumkin.

Marketing fani predmeti tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchining iste'molchi talablarini qondirish, hamda o'z mahsulotini sotish uchun yangi imkoniyatlarni ko'lga kiritish jarayonidagi hatti harakatlarini tashkil etish mantiqi, shakllari, uslublarini ifodalovchi nazariy va amaliy tamoyillar majmuidan iborat bo'lsa logistika fanining predmeti iste'molchi va ta'minotchi urtasida harakatlanadigan moddiy oqimni boshqarish va tashkil qilishni umumiy harajatlar konchepsiyasi nuktai nazaridan optimallashtirishning nazariy va amaliy uslublari tuplamidan iboratdir.

Marketing fanining asosiy ob'yektlari: bozor, iste'molchi, tovar, xizmat, baho, tovar harakati, reklama, sotish va sotishni rag'batlantirishdir.

Ana shu iqtisodiy kategoriyalarni tadqiq qilish kompleks ravishda o'rganish marketing fanining asosini tashkil qilsa, logistika fanining tadqiq qiladigan, o'rganadigan aossiy ob'yekti bu moddiy oqimlardir.

Marketingdagi tovar va tovar harakati kategoriyalari bu logistikada moddiy oqim kategoriyasidir. Bundan ikkala fan ham aynan bir narsani o'rganar ekan degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Bu ikkala fan mazkur iqtisodiy kategoriyalarni har xil maqsadlarda o'rganadi va turli xildagi masalalarni yechadi.

Marketingning bosh maqsadi takror ishlab chiqarish siklik jarayonining yakunlovchi bosqichi bo'lgan taqsimot bo'g'ining asosiy ob'ektlari bozor va ist'emolchini o'rganishdan iborat. Bozor munosabatlari rivojining hozirgi haridor bozori bosqichida ist'emolchining xulq atvorini harid nuqtai nazaridan o'rganish va ishlab chiqarishni uning ehtiyojiga moslashtirish takror ishlab chiqarish jarayoni samaradorligining asosini tashkil qiladi. Ist'emolchi ehtiyojini o'rganish murakkab masala bo'lib, marketing falsafasining asosini tashkil qiladi.

Keng ma'noda ehtiyoj deganda ist'emolchining ma'lum bir qimmatliklarga kelajakda bo'lishi mumkin bo'lgan zarurati (muxtojlik) tushiniladi. Adabiyotlarda asosan kishi (individium)larning ehtiyejlari o'rganilgan va shu ma'noda ehtiyej tushunchasiga turli ta'riflar berilgan. Ehtiyoj bu kishi (individium)ning madaniy, ijtimoiy darajasi va shaxsiy hislatlariga asosan shakllangan zaruriyatidir. Zaruriyat esa kishi tomonidan nimaningdir yetishmayotganligini, kerakligini his qilishdir. Biznes sub'ektlari, iqtisodiyot sohalari, hududiy mintaqalar va umuman jamiyatning kelajakdagi ehtiyojini, o'rganish va aniqlash masalasi dolzarb va shu bilan birgalikda murrakkab masala hisoblanadi. Demak marketingning asosiy vazifalaridan biri ehtiyojni o'rganish va aniqlashdan iborat ekan. Ushbu vazifani hal qilish uchun marketolog zimmasiga iste'molchilar uchun hali noma'lum, yangi qimmatga ega bo'lgan mahsulot yoki xizmatni yaratish ma'suliyati yuklanadi. Buning uchun marketolog yangi qimmatga ega bo'lgan ehtiyoj loyihasini va uning asosida me'yoriy tovar (normadagi tovar) loyixasini ishlab chiqadi. Marketingning navbatdagi vazifasi me'yoriy tovarni haqiqiy (real) tovarga aylantirishdan iborat bo'ladi. Bu masalalar marketing fanining strategik marketing bo'limida o'rganiladi. Marketingning keyingi vazifasi tovarlarga bo'lgan talabni prognozlash, bozorning joriy holatini o'rganish va tovarni iste'molchilarga yetkazishdan iborat. Bu masalalar bilan marketing fanining taktik marketing bo'limi shug'ullanadi.

Strategik marketingda ishlab chiqilgan talab prognozi asosida taktik marketing ishlab chiqarish dasturini tayyorlaydi. Logistika esa ishlab chiqarish dasturidagi tovarlar tarkibiga kiruvchi xom ashyo va moddiy resurslarni dastlabki manb'adan ishlab chiqarishgacha, ishlab chiqarish jarayonida detallar va butlovchi qismlarni ichki zavod ist'emolchilarigacha, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan oxirgi iste'molchigacha yetkazib berish masalalari bilan shug'ullanadi. Bunda xom ashyo va moddiy resurslar bozori o'rganilib, mahsulot yetkazib beruvchilar tanlanadi, mahsulot yetkazib berish kanallari loyihalanadi, yetkazib berishning ob'ektlari, vositalari va jixozlari tanlanadi.

Iqtisodiyot nazariyasidagi barcha iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar va tushunchalar, statistikaning kuzatish, ma'lumotlarni jamlash va ko'rsatkichlarni hisoblash usullari, dinamik qatorlarni regression va korrellyatsion tahlil qilish usullari hamda indeks usullari logistikaning oqimlarni prognozlash va optimallashtirish bilan bog'liq bo'lgan masalalarini hal qilishda ishlatiladi. O'z navbatida logistik masalalarni yechish natijasida olingan ma'lumotlardan statistik hisobotlarni tayyorlashda foydalaniladi.

Boshqaruv va moliyaviy hisob nazariyalarining konsepsiya va tamoyillari, ma'lumotlarni hisobga olish, hisoblash va qayta hisoblash ucullari, xom ashyo, moddiy resurslar va tayyor mahsulotlar bo'yicha turli hisobotlarni tayyorlash va shakllattirish usullari logistikaning masalalarini hal qilishda ishlatiladi. O'z navbatida logistik masalalarni yechish natijasida olingan ma'lumotlar boshqaruv va moliyaviy uchyotda aks etiriladi. Bundan tashqari logistika fanining boshqaruv va moliyaviy uchyot bilan bog'liqligi to'g'risida muallifning quyidagi mulohazasi mavjud. Hozirgi shiddatli raqobat sharoitida korxonalar raqobatbardoshlikni ta'minlash yoki oshirishning vositasi sifatida asosan narx va narxlashtirish omilidan foydalanmoqdalar. Bunda ular narxni pasaytirib, mahsulot sotish hajmini ko'paytirish, ishlab chiqarish va sotish harajatlarini qoplash va minimal daromadni olishga intilmoqdalar. Ammo ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini, shuningdek iste'molchiga sotladigan tovarning ulgurji yoki chakana narxini pasaytirish imkoniyatlari qisqarib bormoqda. Mahsulot tannarxini moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini tejash evaziga pasaytirishning imkoniyatlari deyarli qolmagan. Bizning fikrimizcha mahsulot tannarxini va tovarni sotish narxini tushirishning imkoniyatlari muomala sohasida mavjud. Ya'ni, xom ashyo, moddiy resurslar va tovar harakatini optimallashtirish asosida moddiy oqim bilan bog'liq bo'lgan logistik operatsiya va funksiyalarni bajarish uchun qilinadigan harajatlarni sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Logistik operatsiya va funksiyalarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan harajatlar logistik harajatlar deb turkumlanib, ular uchun buxgalteriya uchyotining schyotlar rejasida alohida moddalar ajratilishi tavsiya qilinadi. Ushbu schyotlarda logistik operatsiya va funksiyalarga qilinadigan harajatlar turkumlarga ajratilgan holda aks ettirilishi kerak.

Boshqaruv va moliyaviy uchyotni bu usulda tashkil qilish natijasida korxona boshqaruvi aylanma mablag'larning moddiy ko'rinishdagi tarkibi va yetkazib berish bilan bog'liq bo'lgan ko'p sonli logistik operatsiya va funksiyalarga qilinadigan harajatlar miqdori va tarkibi xususida analitik (tahliliy) ma'lumotlarga ega bo'ladi. Bu ma'lumotlar korxona raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha optimal qarorlar qabul qilishda asos bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Diyor Khaqberdiyevich Xolmamatov, Bekjon Shukurillayevich Musayev, Shaxnoza Shakarbekovna Narkulova, Sanjarbek Komiljon o'g'li Boyjigitov. Internet marketing o'quv qo'llanma. 2022/6/23. 232 bet.

2. Бойжигитов С. К. АНАЛИЗ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СИСТЕМ АВТОМАТИЗАЦИИ НА ОПТОВЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ //Экономика и социум. - 2022. - №. 5-1 (96). - С. 341-345.

3. Бойжигитов С. К. У. ЗНАЧЕНИЕ СЕТЕВОГО МАРКЕТИНГА В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ МАРКЕТИНГОВЫХ СЛУЖБ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 62-65.

4. O'G'Li B. S. K. IMPROVING THE EFFICIENCY OF MARKETING SERVICE BY EFFECTIVE USE OF DIGITAL MARKETING OPPORTUNITIES //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 1. - №. 10. - С. 3035.

5. Diyor K. Development of Customer Service Delivery System in Wholesale Trade //Indonesian Journal of Law and Economics Review. - 2019. - Т. 2. - №. 2. -С. 10.21070/ijler. 2019. V2. 10-10.21070/ijler. 2019. V2. 10.

6. Холмаматов Д. Х. Стратегия развития оптовой торговой деятельности в Узбекистане //Маркетинг в России и за рубежом. - 2021. - №. 2. - С. 98-103.

7. Kh K. D., Allayorov R. A. USE OF MARKETING LEVERS IN FORMING THE DEMAND FOR NATIONAL PRODUCTS //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 2. - С. 194-199.

8. Haqberdievich K. D., Shavkiddinovich M. M. Use of international marketing strategies in the development of free economic zones //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 53-61.

9. Haqberdiyevich K. D. CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF MARKETING LOGISTICS IN WHOLESALE TRADE //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - С. 13-19.

10. Haqberdievich K. D. Develop Criteria for Selecting Distribution Channels in Small Business //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2022. - Т. 16.

11. Холмаматов Д. Х. Актуальные вопросы совершенствования сервисной стратегии маркетинга в оптовой торговле //ББК 72+ 74 М43. - 2020. - С. 241.

12. Kholmamatov D. Promote Upgrade After-Sales Service Strategic Skills //Indonesian Journal of Law and Economics Review. - 2019. - Т. 2. - №. 2. - С. 10.21070/ijler. 2019. V2. 8-10.21070/ijler. 2019. V2. 8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.