LAGOXILINNING YANGI SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKS BIRIKMALARINI BARQARORLIGI VA REOLOGIK XOSSALARI
Fotima Azamjonovna Sobirova
Alfraganus Universiti NOTT, Tibbiyot fakulteti Farmatsevtika va kimyo kafedrasi
dotsent v.b., kimyo fanlari bo'yicha PhD. sobirovafotima@mail .ru
Ushbu tadqiqot ishi Lagoxilinning yangi supramolekulyar kompleks birikmalarini barqarorligini Izomolyar seriyalar usulida aniqlashga bag'ishlangan. Bunda hosil bo'lgan komplekslarning barqarorlik konstantalarini va Gibbs erkin energiyalari son qiymatlari manfiy ishoraga (AG<0) egaligi kompleks hosil bo'lishi o'z-o'zidan boradigan jarayon ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek supromolekulyar komplekslarning kimyoviy bog' tabiatini o'rganish maqsadida mochevina, ksiloza, kislotali muhitda HCl, ishqoriy muhitda NaOH va elektrolit KCl agentlarning ta'siri o'rganildi. O'rganishlarda suvli eritmalarida o'zaro vodorod bog'lardan tashqari, uning gidrofob-gidrofob ta'sirlashish hisobiga muvofiqlashishi va shu bilan suvda eruvchanligi ortib borishi to'g'risida xulosa qilish imkoniyatini beradi.
Kalit so'zlar: barqarorlik, Gibbs energiyasi, supramolekulyar kompleks, Lagochilus, diterpenoid, mochevina, ksiloza, qovushqoqlik, reologik xossa.
This research work is devoted to determining the stability of new supramolecular complexes of lagochilin by the isomolar series method. The stability constants and Gibbs free energy of the formed complexes have a negative sign (AG<0), which indicates that the complexation is a spontaneous process. Also, in order to study the nature of the chemical bond of the supramolecular complexes, the effect of urea, xylose, HCl in an acidic medium, NaOH in an alkaline medium and electrolyte agents KCl was studied. In addition to mutual hydrogen bonds in aqueous solutions, the studies showed that it is coordinated by hydrophobic-hydrophobic interactions and thereby increases its solubility in water.
Keywords: stability, Gibbs energy, supramolecular complex, Lagochilus, diterpenoid, urea, xylose, viscosity, rheological properties.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
November, 2024
Hozirgi kunda jahonda dorivor o'simliklarning kimyoviy tarkibini o'rganish, o'simlikdan asosiy ta'sir qiluvchi moddalarni (terpenoidlar, alkaloidlar, flavonoidlar, polifenollar, polisaxaridlar, kumarinlar, glikozidlar va boshqa moddalar) individual holda ajratib olib, ularning kimyoviy tuzilishlari va biologik faolliklarini o'rganish dolzarb mavzulardan hisoblanadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Diterpenoidlar biologik faolligiga ko'ra gemostatik, gepatoprotektorlik, allergiyaga qarshi va boshqa xususiyatlariga ega. Adabiyotlarda ham Lagochilus inebrians Bunge o'simligining asosiy biologik faollik namoyon etuvchi moddasi lagoxilin (3,16,17,18-tetragidroksi 9,13-epoksilabdan) diterpenoidi ekanligi ko'rsatilgan[1,2,3]. Lagoxilus o'simligi farmakologik tadqiqotlarining ko'rsatishicha, lagoxilin va uning hosilalari o'simlik tarkibida bo'lmasa, u qon to'xtatish xususiyatini namoyon etmaydi [3,4,5]. Agarda, ushbu o'simlik turi lagoxilin yoki uning hosilalarini o'zida tutgan bo'lsa qon to'xtatish xususiyatiga ega bo'ladi. Lagoxilin va uning hosilalarining biologik faolliklarini o'rganish natijalari ularning tuzilishi bilan gemostatik faolligi orasidagi bog'liqlik qonuniyatlari mavjudligini ko'rsatgan. Izlanishlar lagoxilinning atsetil, benziliden, izopropiliden hosilalarining lagodenga solishtirilganda, gemostatik faolligi nisbatan pastligi, lagoxilin va uning hosilalarining gemostatik faolligi molekuladagi erkin gidroksil guruhlari va ularning o'rin almashinuvchi molekula tabiatiga va erkin (bog'lanmagan) gidroksil guruhlar soniga bog'liq bo'lishi, bir va ikkita gidroksil guruhlarining atsetil guruhlarga almashishi bilan ularning faolligi sezilarli kamayishi ko'rsatilgan [6,7,8,9]. "Klatrogenlar" deb nomlanuvchi quyi molekulyar tabiiy birikmalar o'simlik tarkibidagi suvda kam eriydigan moddalarni suvda eruvchan holatga o'tkazish hamda ularning sinergistik xususiyatlarini kuchaytirish va kam dozada samarali ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar yaratish imkoniyatlarini bermoqda.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Lagoxilin hosilalarining (suktsinatlar, glutaratlar, angidrolagoxilin) glitsirrizim kislotasi (GK), glitsirrizin kislotasi va uning monoammoniyli tuzi (GKMAT) bilan turli molyar nisbatlardagi (1:2, 1:4, 1:9) supramolekulyar komplekslari olindi.
November, 2024
"'i^COOH
"'i^COOH
R'
OH
OH
n
By epfla: R = H, NH4 ,K n = 2,4,9
R- AJIr, MoCJIr, ^nCJIr, TpnCJIr, MOJIr, ROJIt, TpnOn,
TOJIr, TeTpaCJIr, MfjiJIr, flfjiJIr, TpHfjiJIr, TTjiJIr
1-sxema. Lagoxilin hosilalarining Glitsirriz kislotasi va uning tuzlari bilan supromolekulyar kompleks olish kimyoviy reaksiya sxemasi
Olingan supramolekulyar komplekslarning hosil bo'lish barqarorligini o'rganish maqsadida izomolyar seriyalar usulida o'rganish uchun lagoxilinning dikarbon kislotalari bilan olingan efirlari va GKMAT ning 10-4Mli eritmasi tayyorlab olindi (pH-7.2, fosfat buferi Na2HPO4-NaH2PO4). Hosil qilingan aralashmani 27°C da 40 min. davomida magnit aralashtirgichda aralashtirildi.
Supramolekulyar komplekslarning suvli eritmalarining qovushqoqligini o'lchash eritmani to'g'ridan-to'g'ri viskozimetrda suyultirish imkonini beruvchi Ubellode viskozimetrida amalga oshirildi. Molekulyar kompleks eritmada hosil bo'luvchi mitsellyar strukturalar hamda ularni barqarorlashtiruvchi kuchlar tabiatini bilish uchun, uning eritmalari qovushqoqligiga turli tabiatli: molekulalararo vodorod bog'larini parchalovchi (mochevina), gidrofob ta'sirlashuvni ekranlovchi (susaytiruvchi) (ksiloza), kislotali muhitda (HCl), ishqoriy muhitda (NaOH) va elektrolit (KCl) agentlarning ta'siri o'rganildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Kompleks birikmaning barqarorlik konstantasini (K) aniqlashdagi xatolik 10% dan oshmasligi zarur. UB-spektrofotometr yordamida antibat nisbatlardagi izomolyar eritmalarning UB-spektrlari birlashtirilganda quyidagi ko'rinish hosil bo'ldi. Ushbu grafikdan (1-rasm) ko'rinib turibdiki, 290 nmda izobestik nuqta mavjud. Bu izobestik nuqtaning mavjudligi eritmada bir xil tipdagi komplekslar hosil bo'lganligini bildiradi.
November, 2024
1-rasm. Supramolekulyar birikmalarning antibat nisbatda olingan eritmalarining izobestik nuqtasi
2-rasm. Optik zichligi bilan dastlabki reagentlarning
konsentratsiyalar nisbati orasidagi bog'liqlik grafigi
Olingan izomolyar seriyalarning optik zichligi bilan dastlabki reagentlarning konsentratsiyalar nisbati orasidagi bog'liqlik grafigidan hosil bo'lgan kompleks tarkibidagi dastlabki moddalarning mol nisbatini aniqlash mumkin [10].
Bu grafikdan (2-rasm) ko'rinib turibdiki GKMAT va LgTetraS(Lagoxilin tetrasuksinat), 2:1 mol nisbatda kompleks hosil bo'lishining maksimal unumiga erishadi.
Agar 2:1 mol nisbatdagi kompleks bo'lsa, quyidagi (1) formula asosida kompleksning barqarorlik konstantasi aniqlanadi [117; 328-s.].
Komplekslarning barqarorlik konstantasi (K) va Gibbs erkin energiya (AG) qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Olingan supramolekulyar komplekslarning barqarorlik konstantasi (K) va Gibbs erkin energiya(AG) qiymatlari
Komplekslar K, M-1 AG, Dj/mol
GKMAT:TSLg (5,01±0,1)x106 (-3,85±0,1)x104
November, 2024 Multidisciplinary Scientific Journal
212
GKMAT ANL (5,12±0,1)x106 -3,85±1x104
GKMAT:Lg(Glila gin) (5,00±0,1)x106 -3,84±1x104
GKMAT:TGlLg (5,10±0,1)x106 -3,84±1x104
Tadqiqot ishida olingan kompleks birikmalarning qovushqoqligi o'rganildi. Bunda
GKMAT va GKMAT:TGlLG supramolekulyar kompleksi suvli eritmalari qovushqoqliklari o'zaro taqqoslanganda (3-rasm a,b) kompleks birikmaning eritmadagi keltirilgan qovushqoqligi GKMAT ga nisbatan pastroq ekanligini ko'rsatdi. Buni kompleks birikmalarda "mezbon-mehmon" kompleks hosil jarayonida erkin funksional guruxlar GKMAT dagiga nisbatan kam ekanligini va strukturalanish nisbatan pastroq bo'lishi bilan izohlanadi.
(3-rasm a,b) kompleks birikmaning eritmadagi keltirilgan qovushqoqligi va haroratga bog'liqlik egri chizig'i
0,2% li GKMAT:LgTGl (4:1) nisbatdagi kompleksining suvli eritmasi qovushqoqligi haroratga bog'liqligi o'rganilganda, harorat 400C gacha ko'tarilganda kompleksning keltirilgan qovushqoqligi kamayib borishi kuzatildi (4-rasm,b).
GKMAT:TGlLg kompleks strukturalanishida vodorod bog'larning ta'sirini o'rganish mochevinaning 0.01 M suvli eritmasida olib borildi (4-rasm, a), mazkur komplekslarning qayta
November, 2024
213
tizimlanishi barqarorligi nafaqat vodorod bog'lar hisobiga, balki boshqa o'zaro gidrofob va gidrofil ta'sirlar hamda elektrostatik tortishishi kuchlari h isobiga ham bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi.
a
b
4-rasm. 0,01 M mochevina (a) va 0,01 M ksiloza (b) muhitida GKMAT:TGlLg nisbatdagi molekulyar kompleksi suvli eritmalari keltirilgan qovushqoqliklarining konsentratsiyaga bog'liqlik egri chiziqlari
Mochevina ta'sirida molekulalararo vodorod bog'lari hisobiga hosil bo'lgan Xn (n= 1....6) ko'rinishidagi GKMATning strukturalanishi buzilishi hamda supramolekulyar komplekslarning keltirilgan qovushqoqlik qiymatlari pasayishi kuzatiladi. Bu pasayish kompleks konsentratsiyasi 0,05% ga borgan sari kamayib bordi. Ksilozaning 0,01 M muhitida eritma qovushqoqligining konsentratsiyaga bog'liqligi egri chizig'i mochevina ishtirokidagi ko'rinishdan qisman farq qildi (4-rasm, b). Bu ham supramolekulyar kompleksning gidrodinamik xususiyatlariga deprotonlangan karboksil guruhlarining elektrostatik o'zaro itarilishi natijasida yuzaga keladigan konformasion o'zgarishlar ko'proq ta'sir etayotganidan dalolat beradi. Konsentratsiya 0,1 %dan oshgandan so'ng, supramolekulyar kompleks o'zini xuddi noelektrolit polimerlarga o'xshab tutadi, ya'ni eritmaning qovushqoqligi konsentratsiyaga to'g'ri proporsional bo'la boshlaydi.
Olingan supramolekulyar kompleksning barqarorligiga ion kuchining ta'siri o'rganilganda, qiziq holat kuzatildi. Odatda polielektrolitlarning gidrodinamik xossalari sistemaning ion kuchi oshganda keskin o'zgaradi va ular o'zini noelektrolit polimerlarga o'xshab tutadi
November, 2024 Multidisciplinary Scientific Journal
214
5 -rasm. 0,1n NCl (a) va 0,1n NaOH (rN=10,3; b) muhitida GKMAT:TGlLg (4:1) nisbatdagi molekulyar kompleksi suvli eritmalari keltirilgan qovushqoqliklarining konsentratsiyaga bog'liqlik grafiklari
Buning sababi shundaki, sistemaga qo'shilgan ionlar ionogen polimerning funksional guruhlarini to'sadi, ya'ni «ekranlashtiradi, susaytiradi» va «qo'shni guruh» effektini susaytiradi hamda konformatsion o'zgarishning oldi olinadi
Ammo o'rganilayotgan supramolekulyar kompleksning kuchli elektrolit (KCl) (6-rasm). muhitida ham o'zini «polielektrolit» kabi tutishi GKMAT:TGlLg (tetraglutarlagoxilin)(4:1) nisbatdagi molekulyar kompleksi suvli eritmalari sistemasida hosil bo'lgan qayta tizimlanishning mustahkam ekanligi bilan izohlanadi.
25
u % 20 V 0 /
/
I 15 0 it /
/
1 ID X I 1 5 /
0
0,1 0,2 0J 0.4 0,5 EoHUfHT[>aminf °/6
6-rasm. 0.1n KCl muhitida GKMAT:TGlLg(4:1) nisbatdagi molekulyar kompleksi suvli eritmalari keltirilgan qovushqoqliklarining konsentratsiyaga bog'liqlik grafigi.
Buning sababi shundaki, sistemaga qo'shilgan ionlar ionogen polimerning funksional guruhlarini to'sadi, ya'ni «ekranlashtiradi» va «qo'shni guruh» effektini susaytiradi va konformasion o'zgarishning oldi olinadi. Buning oqibatida sistemaning qovushqoqligi konsentratsiyaga to'g'ri proporsional ravishda o'zgaradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Izomolyar seriyalar usulida barqarorlikni aniqlashda
keltirilgan ma'lumotlardan shuni aytishimiz mumkinki, olingan
November, 2024
215
kompleks birikmalarning eritmadagi hosil bo'lish unumi 2:1 nisbatlarda yuqori, GKMAT bilan lagoxilin hosilalaridan olingan molekulyar komplekslarning barqarorliklari deyarli bir xil bo'lib, 5,01±1x106 dan 5,12±1x106 gacha bo'lgan qiymatlarga ega. Ularning Gibbs erkin energiyalari son qiymatlari manfiy ishoraga (AG<0) egaligi kompleks hosil bo'lishi o'z-o'zidan boradigan jarayon ekanligidan dalolat beradi. Demak, olingan kompleks birikmalar suvli eritmalarda barqaror tizimlar hosil qilishi to'g'risida xulosa qilish mumkin.
GKMAT: LgTGl (lagoxilinning tetraglautar hosilasi) (4:1) nisbatdagi molekulyar kompleks suvli eritmasi qovushqoqligi haroratga bog'liqligi o'rganilganda, harorat 400C gacha ko'tarilganda kompleksning keltirilgan qovushqoqligi kamayib borishi kuzatildi. Bu kompleks hosil bo'lishida vodorod bog'lardan tashqari boshqa ta'sirlashuvlar ham mavjudligi haqida taxmin qilishga asos bo'ladi. Mochevinaning 0.01 M suvli eritmasida olib borildi mazkur komplekslarning qayta tizimlanishi barqarorligi nafaqat vodorod bog'lar hisobiga, balki boshqa o'zaro gidrofob va gidrofil ta'sirlar hamda elektrostatik tortishishi kuchlari hisobiga ham bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Ksilozaning 0,01 M muhitida deprotonlangan karboksil guruhlarining elektrostatik o'zaro itarilishi natijasida yuzaga keladigan konformasion o'zgarishlar ko'proq ta'sir etayotganidan. o'rnida shuni aytish mumkinki, tetraglutarlagoxil (TGlLg)ning GKMAT bilan supramolekulyar kompleksining hosil bo'lishida molekulalararo vodorod bog'lar, gidrofob ta'sirlashishlar hamda boshqa nokovalent tabiatli bog'lar hisobiga kompleks birikma barqarorlashadi, suvli eritmalarida esa o'zaro vodorod bog'lardan tashqari, uning gidrofob-gidrofob ta'sirlashish hisobiga muvofiqlashishi va shu bilan suvda eruvchanligi ortib borishi to'g'risida xulosa qilish imkoniyatini beradi.
REFERENCES
1. Sobirova F.A. i dr. IZUCHYeNIYe DINAMIKI NAKOPLENIYA I LOKALIZASII 9, 13-EPOKSILABDANOV V VEGETATIVNLIX ORGANAX INTRODUSIROVANNLIX RASTENIY RODA LAGOCHILUS //Ximiya rastitelnogo stirya. - 2021. - №. 2. - S. 247-255.
2. ISLOMOV A.X. i dr. GLISIRRIZIN KISLOTASI MONOAMMONIYLI TUZI BILAN TETRAASETIL LAGOXILIN KOMPLEKS ERITMALARINING GIDRODINAMIK XOSSALARI //Uzbek Chemical Journal/O'Zbekiston Kimyo Jurnali.- 2020.-№. 6.
3. Matchanov A.D.//Lagoxilinning fiziologik faol hosilalari sintezi// diss.kimyo fan.nom. Toshkent. - 2003. - 110 b.
4. Islomov A.X. Madaniylashtirilgan va yovvoyi o'suvchi Lagochilus inebrians o'simligini qiyosiy kimyoviy o'rganish va
November, 2024
216
lagoxilin hosilalarining suvda eruvchan komplekslari sintezi// diss.kimyo.fan. nom. Toshkent.2019.-148 b.
5. Sobirova F. A. i dr. POLUCHYeNIYe SUPRAMOLEKULYARNLIX KOMPLEKSOV ANGIDROLAGOXILINA S GLISIRRIZINOVOY KISLOTOY I YeYe SOLYAMI I IZUCHYeNIYe IX SPESIFICHYeSKOY GEMOSTATICHYeSKOY AKTIVNOSTI //Ximiya rastitelnogo stirya. - 2022. -№. 1. - S. 123-132.
6. Sobirova F. A., Matchanov A. D., Filatova A. V. THE STUDY OF THE SPECIFIC ACTIVITY OF HEMOSTATIC GEL ON THE HYPO COAGULATION MODEL IN EXPERIMENTAL ANIMALS //Problems and Perspectives in Pharmaceutics and Drug Discovery. - 2018. - T. 4. - №. 1. - S. 89-93.
7. Sobirova F. A. et al. QON TO'XTATUVCHI GELNING TAJRIBA HAYVONLARIDAGI GIPOKOALUYA-SIYA SHAROITIDA SPESIFIK FAOLLIGINI O'RGANISH //FARMAT SEVTIKA JURNALI. - S. 93.
8. Matchanov A. D. i dr. Gemostaticheskaya aktivnost gelya «Glilagel» na osnove lagoxilina s monoammoniyevoy solyu glisirrizinovoy kislotbi //Eksperimentalnaya i klinicheskaya farmakologiya. - 2020. - T. 83. - №. 11. - S. 20-22.
9. Sobirova F.A. va boshq. Lagoxilin monosuksinat hosilasininig kimyoviy tarkibini mass-spektrometrik o'rganish // O'zbekiston kimyo jurnali. 2019. -№1. -B.66-72.
& • C
©
©
O
November, 20241 Multidisciplinary Scientific Journal
©
217