ALBENDAZOLNING OLINISHI, TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI VA
ISHLATILISHI
Mengliev Mirpo'lat Urozmahammad o'g'li Guliston davlat universiteti magistranti
e-mail: mengliyev [email protected]
Annotatsiya: Ushbu ishda hozirgi kunda tibbiyotda keng ko'lamda ishlatilayotgan va gelmintlarga qarshi yuqori samarali bo'lgan Albendazolning tibbiyotdagi ahamiyati va ishlatilish sohasi, shuningdek, qo'llanilishdagi kamchiligi (eruvchanligi) ni yahshilash yo'llari o'rganilgan. Uning suvda yeruvchanligini yahshilash va biologik faolligini oshirish maqsadida glisirrizin kislota monokaliyli tuzi bilan turli xil molyar nisbatdagi supramolekulyar komplekslari olindi, olingan komplekslarning sifat va miqdor tarkibi o'rganildi.
Kalit so'zlar: Albendazol, antigelmint, supramolekulyar kompleks, IQ-spektroskopiya, Yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi (YuSSX).
Abstract: This paper examines the importance and scope of Albendazole in medicine, which is widely used in medicine today and is highly effective against helminths, as well as ways to improve its deficiency (solubility) in application. In order to improve its water solubility and increase its biological activity, supramolecular complexes of different molar ratios were obtained with the monocallic salt of glycyrrhizinic acid, the qualitative and quantitative composition of the obtained complexes was studied.
Keywords: Albendazole, anthelmintic, supramolecular complex, IR spectroscopy, HPLCh.
Dunyoning kam rivojlangan ayrim mintaqalarida ichak gelmintlari tez-tez uchraydi va ular ko'z, mushak yoki qon aylanish tizimini buzishi mumkin. Albendazol (ABZ) - bu benzimidazoldan olingan antigelmint dori, u keng spektrli faoliyatga va arzon narxga ega. U yigirma yildan ortiq vaqt davomida nematodalar, metakestodlar va gidatozalar kabi odam va hayvon gelmintlariga qarshi ishlatilgan
KIRISh
ADABIYoTLAR TAHLILI VA METODLAR
Albendazol (ABZ) - benzimidazol guruhiga kiruvchi, antigelmint ta'sirga ega kimyoviy birikma. Albendazolning kimyoviy tuzilishi:
Odamlar va hayvonlarda gelmitozga qarshi kurashish uchun juda katta miqdordagi farmakologik preparatlar to'plami keng qo'llaniladi, ular orasida benzimidazol hosilalari (mebendazol, medamin, albendazol va boshqalar) alohida o'rin tutadi. So'nggi paytlarda albendazol (metil - [5- (propiltio) -1H-benzimidazol-2-il] karbamat) va uning ba'zi dozalash shakllari (Zentel, Gelmadol, Nemozol, Sanoxal) yuqori terapevtik ta'siri tufayli gelmitozni davolashda ancha muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. [2]. ABZ sintezi 2-nitroanilinni 2-nitro-4-tiosianoanilin olish uchun xlor ishtirokida tiosianlanadi, so'ngra 4-propiltio -2-nitroanilin hosil qilish uchun n-propanol va n-propilbromid bilan alkillanadi.
1-sxema
4-propiltio -2-nitroanilindan 4-propiltio-o-fenilendiaminni olish uchun suv ishtirokida natriy vodorod sulfid bilan nitro guruhdagi kislarod kamaytiriladi. Ushbu diamin ABZ ni olish uchun qo'shimcha ravishda metil-N-sianokorbamatning natriy tuzi bilan reaksiyaga kirishadi.
2-sxema
Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2
educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784
Ushbu sintez usuli (2-sxema) yuqori rentabellikka ega, arzon narxlardagi barqaror jarayon bo'lib, sanoatda keng qo'llaniladi[3].
Albendazol antigelmint dori sifatida ishlatiladi. U to'qima parazitlariga, shu jumladan Ascaris lumbricoides, Trichuris trichiura, Enterobius vermicularis, Ancylostoma duodenale, Necator americanus, Strongyloides stercoralis, nematodlar: askariyaz, trichocefaloz, ankilostomioz, enterobioz, nonkatoroz, toksokaroz, strongiloidiyoz, opistorxioz, giardiasis, mikrosporidioz (va boshqalar) alomatlarini davolash uchun qo'llaniladi.
3-sxema
Albendazolning asosiy ta'sir mexanizmi b-tubulin polimerizatsiyasini selektiv ravishda bostirilishi bilan bog'liq bo'lib, bu gelmintlarning ichak trakti hujayralarining sitoplazmik mikrotubulalarini yo'q qilishga olib keladi, glyukoza parchalanishini bostiradi va ATF sintezini to'xtatadi, yumaloq qurtlarning mushak hujayralarida sekretor granulalar va boshqa organoidlarning harakatini bloklaydi va ularni o'ldiradi. Og'iz orqali qabul qilinganda albendazol oshqozon-ichak traktida yomon so'riladi (5% dan kam), jigarda u asosiy metabolitga aylanadi - albendazol II sulfoksid, u ham antigelmintik faollikka ega.
Albendazol qabul qilingandan so'ng albendazol sulfoksid (II), albendazol sulfon (III) (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan mahsulotlarga metabollanadi (3-sxema). Albendazol gelmintlar, shu jumladan nematodalar, pestodalar va trematodalarga qarshi keng ta'sir doirasiga ega. Shuning uchun u tibbiyot amaliyotida muvaffaqiyatli qo'llaniladi[4, 5].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shuni alohida ta'kidlab o'tish zarurki, albendazol va uning hosilalari suvda yomon eriydi, bu esa ularning biologik ta'sirchanligiga salbiy ta'sir qiladi. Shuning uchun uning suvda eruvchan shakllarini olish muhim ahamiyatga ega va dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Albendazolning suvda va fiziologik muhitda eruvchanligini va dorivor moddaning toksik va farmakologik xususiyatlarini yaxshilash asosan
ularning komplekslari hosil bo'lishiga asoslanib, suvda eriydigan sintetik yoki tabiiy polimerlar, oligo- va polisaxaridlardan va turli xil "mehmon" - "mezbon" tipidagi supramolekulyar komplekslar hosil qilishi mumkin bo'lgan moddalardan foydalanilgan. Shu bois, ushbu ishda Albendazolning suvda eruvchanligini oshirish va biologik mavjudligini oshirish maqsadida albendazolning glisirrizin kislota monokaliyli tuzi bilan supramolekulyar kompleksi olindi. Glisirrizin kislota monokaliyli tuzining IQ spektri olindi;
[g] SMIMADZU
4DOO 3&OD 3000 2500 200D 17ÖO 1500 1250 1000 750 500
MIRaclelO (Dia/ZnSe) cm-1
Olingan komplekslarning ayrim fizik-kimyoviy xossalari o'rganildi. Supramolekulyar kompleksning sifat va miqdor tarkibi IQ-spektroskopiya va YuSSX usullarida tekshirildi. Albendazol va Glisirrizin kislota monokaliyli tuzi (1:20) hosil qilgan supramolekulyar kompleksning IQ spektri:
135
Supramolekulyar kompleksning YuSSX da olingan natijalar quyidagicha:
Bunda supramolekulyar kompleks tarkibidagi Albendazol 8.316-8.441 min. da, GKMKT esa 13.001-13.124 min. oralig'ida ajralib chiqqani kuzatildi.
XULOSA
Albendazol va Glisirrizin kislota monokaliyli tuzining turli xil molyar nisbatdagi supramolekulyar komplekslari olindi va olingan komplekslarning ayrim fizik-kimyoviy xossalari (eruvchanligi, suyuqlanish harorati, qovushqoqligi) o'rganildi. Olingan komplekslarning sifat va miqdor tarkibi IQ va YuSSX usullarida o'rganildi.
REFERENCES
1. Gyurik, R. J., Chow, A.W., Zaber, B., Brumer, E. L., Miller, J. A., Petka, L. A. and Parish, R. C., Metabolism of albendazole in cattle, sheep, rats, and mice. Drug Metabolism and Disposition, 9, pp. 503-508
2. Архипов И.А. Антигельминтики: фармакология и применение. М. 2009.,
3. Rane RA, Naithani S, Natiker RD, Verma S. A Process for Preparation of Albendazole. 2013 p. 43
4. Г.А. Душенко, И.Е. Михайлов, А.В. Казарникова, Е.Н. Пономарева "Квантово-химическое моделирование структуры и стереохимической нежесткости альбендазола". Вестник южного научного центра Том 11, № 3, 2015, стр. 46-52
5. Миносян Б.А., Ивашев М.Н., Сергиенко А.В. Фармакодинамика альбендазола //Современные наукоемкие техналогии №10, 2014. c. 77-78
405 с.