Научная статья на тему 'KOVULCAPPARIS SPINOSA L. NING FARG‘ONA ADIRLARIDA SENOPOPULYATSION TAHLILI'

KOVULCAPPARIS SPINOSA L. NING FARG‘ONA ADIRLARIDA SENOPOPULYATSION TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Senopopulyatsiya / Capparis spinosa L. / immatur / virginil / generativ / sinil / biomorfologiya / fenologiya

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — V.M.Mahmudov, B.Y.Hamraliyev

Maqolada qimatli dorivor o‘simlik Capparis spinosa L. ni Farg‘ona adirlarida tarqalishi va ularning biomorfologik xususiyatlari haqida malumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOVULCAPPARIS SPINOSA L. NING FARG‘ONA ADIRLARIDA SENOPOPULYATSION TAHLILI»

KOVUL- CAPPARIS SPINOSA L. NING FARG'ONA ADIRLARIDA SENOPOPULYATSION TAHLILI 1V.M.Mahmudov, 2B.Y.Hamraliyev

1biologiya fanlari nomzodi, dotsent, 2Agrar qo'shma fakulteti , mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi o'qituvchisi Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10931625

Annotatsiya. Maqolada qimatli dorivor o'simlik Capparis spinosa L. ni Farg'ona adirlarida tarqalishi va ularning biomorfologik xususiyatlari haqida malumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Senopopulyatsiya, Capparis spinosa L., immatur, virginil, generativ, sinil, biomorfologiya, fenologiya

Аннотация. В статье представлены сведения о распространении ценного лекарственного растения Capparis spinosa L. на территории Ферганской возвышенности и их биоморфологической характеристике.

Ключевые слова: Ценопопуляция, Kapparis spinosa L., имматурная, виргинильная, генеративная, старческая, биоморфология, фенология

Abstract. The article presents information about the distribution of the valuable medicinal plant Capparis spinosa L. in the Fergana hills and their biomorphological characteristics.

Keywords: Cenopopulation, Capparis spinosa L., immature, virginal, generative, senile, biomorphology, phenology

Kirish. Kovul- Capparis spinosa o'simligi kovuldoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o't o'simlik bo'lib, qimmatli dorivor va oziqabop axamiyatga ega. Shuning uchun Kovul o'simligining bioekologiyasi va uni rivojlanishini o'rganish so'ngi paytlarda ancha dolzarb masalaga aylandi. Kovul o'simligining senopopulyatsiyani o'rganish, uning tabiatdagi rivojlanish fazalarini kuzatish , populyatsiyaning progressi yoki uni qisqarishini o'rganish, unga tasiqr etuvchi omillarni aniqlash, xamda bu populyatsiyalardan kelajakda foydalanish istiqbollarini hisoblab chiqish muhum ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Farg'ona (Quvasoy, Arsif) adirlarida 2017- yildan boshlab bir qancha kuzatishlar olib borilgan. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi kovulning Farg'ona adirliklaridagi o'simliklar qoplamida tutgan o'rnini aniqlash, uni senopopulyatsiyon tahlil qilish asosida tabiiy tiklanish darjasini baholash va xom - shyo zahiralari bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Kovul yoyilib o'sishga moslashgan o'simlik hisoblanadi. Uzunligi 2,5 metrgacha, shoxalangan. Barglari 5-6 sm, yumaloq, tuxumsimon, barglari yashil rangli. Barg bandining poyaga brikgan joyida 1 juft tikanlari bor. Gullari yirik, oq yoki och pushti, aktinamorf. Mevasi qizil etli, ko'p urug'li hisoblanib, asosan rezavor o'simligi hisoblanadi. Cho'l zonalarida, adirlarda, yo'l bo'ylarida, devorlar ustida, ekinlar orasida o'sadi.

Arsif adirlarida belgilangan 10 ta tajriba kuzatuv maydonida (har bir maydon 100m2) kovul senopopulyatsiyasi tahlil qilinganda olingan dastlabki natijalar qo'yidagicha bo'ldi: immatur etapiga mansub o'simliklar o'rtacha 10-12 ta, virginil o'simliklar 5-6 ta, generativ davriga kiruvchi o'simliklar 3-4 ta, senil dordavriga xos o'simliklar ega 1-2 tani tashkil qildi.

Tajriba maydonlaridagi kuzatishlarda kovul nihollari aprel oxiri may boshlarida unib chiqa boshlaydi, nihollari urug'pallabarg va 2 ta bargli bo'lib, buyi 2-3 sm, ildizi 12-14 sm ga yetib 2 chi tartibgacha shoxlangan. Nihollarni 80-85% may oxirida, iyun boshlarida yuvenil

etapiga o'tishi kuzatildi. Yuvenil etapiga mansub o'simliklarning bo'yi 5-7 sm bo'lib 3-4 ta barg hosil qiladi. Asosiy ildizi 20-22 sm ga yetib 2-3 tartibgacha shoxlanadi. Bu etapning o'ziga xosligi urug'palla barglarning qurishi bilan izohlanadi. Immatur etapiga mansub o'simliklar iyun oyining o'rtalarida kuzatilib ularning bo'yi 15-20 sm, asosiy ildizi esa 45-50 sm bo'lib, 2-3(4) tartibgacha shoxlangan. Immatur etapiga mansub o'simliklarning 60-70% iyun oxiri iyul boshlarida virginil etapiga o'tadi, 10-15% esa qishki tinim davrini o'tib may oyi boshlarida virginil etapiga o'tishi kuzatildi. Immatur etapining davomiyligi 20-25 kundan 10 oygacha davom etadi.

O'simliklarning senopopulyatsiyon taxlili Smirnova O. V va boshqalar (1976), fenologik kuzatuvlar esa Beydman I.N (1976), ildiz sistemasini Shalit M.S (1960) metodi asosida o'rganib chiqildi.

Natijalardan shunday xulosa chiqarish mumkunki : hududlarda yangi o'sib chiqayotgan nihollar qari o'simliklarga nisbatan ko'pligi kakovul populyatsiyasining o'sayotganidan darak beradi. Bunday barqaror rivojlanish davom etsa ayni hududlarda kovul o'simligining tabiy zahirasi tiklanib, yaqin yillarda yetarlicha xom shyo bazasini yaratishi mumkun.

Biroq keying paytlarda aholi sonining ortib borishi tabiatga bo'lgan tasirning kuchayishiga olib keldi. Yangi yerlarni o'zlashtirish, chorva mollarini tinimsiz boqish va ekologik omillar tasirida yosh o'simliklarning ko'plab qismi nobud bo'layotganini ko'rish mumkun. Chunki yosh nihollarda ildiz tizimi unchalik rivojlanmaganligi va tikonlari xali uncha rivojlanmaganligi sabab chorva mollari yeb quyish xolatlari kuzatiladi.

Kovulning dorivorlik , ozuqaviy axamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda , u o'sayotgan hududlarni muhofaza qilish , chorvani rejali boqishni tashkillash kerak.

Bu dorivor o'simlikni may-avgust oylarida ochilmagan g'unchalari, barglari terib olinadi. Shu bilan birga yosh novdalari va ildizining po'stlog'i shilib olinadi, maydalanadi hamda quyoshda yoki 50-60°S haroratda quritiladi. Po'stlog'idan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi ta'sirga ega. Bu dorivor o'simlikning mevalari tarkibida saponinlar, alkaloidlar, 32,9 foiz uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3,75 foiz moy, ildiz po'stlog'ida staxidrin alkaloidi mavjud.

Bundan tashqari kovul o'simligining guli asal shiraga juda boyligi bilan alohida ahamiyatga ega. Yosh novdalari va barglari , gul g'unchalari oziq ovqat sanoatida, salatlar tayorlashda va uziga xos tam beruvchi ziravor sifatida ishlatiladi

Kovul o'simligi tabiiy holda O'rtayer dengizi, Yevropa janubida, Kavkazda, O'rta Osiyoda, shu jumladan, O'zbekistonda, Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu o'simlik Fransiya, Ispaniya, Italiya, Aljir hamda Kiprda, Gretsiya va Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan bo'lib, landshaftlarning bezagi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytish mumkunki kovul qimmatli xususiyatlarga ega bo'lgan dorivor, ozuqabop xamda manzarali o'simlik sifatida ahamiyatga ega . U xaqidagi malumotlarni o'rganish, yig'ish va aholi o'rtasida keng targ'ib qilish, bu o'simlikga bo'lgan munosabatni ijobiy tomonga o'zgartirishi, mazkur zahiralarni yanada tezroq tiklanishiga imkon beradi va bu kelajakda bu o'simlikga bo'lgan talabni Farg'ona adirlaridagi zahiralardan oqilona foydalanish natijasida qondirish imkonini beradi.

Maskur hududlardan rotsional tarzda o'simlik xom ashyolarini: ildiz , po'stloq, yosh poya va barglari, gunchalari va meva urug'larini yig'ishtirish mumkun.

REFERENCES

1. Зокиров К.З., Худойберганов Р. Каперс и перспективи его исползования. Т., Изд-во—Фан II, 1972. 120 с. _

2. Xolmatova X.X., Xabibov Z.X. O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari. T., 1976.

3. Raximova T., Vaisova G., Matkarimova A. Osobennosti ontogeneza Capparis spinoza L. v usloviyax botanicheskogo sada goroda Tashkenta. O'zbekistonda manzarali gullar xilma-xilligi: Muammolar va yutuqlar. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Namangan, 2019. 77-82 b.

4. Xoliqova N.B. Yovvoyi kovul (Capparis spinoza L.) o'simligining o'ziga xos xusuiyatlari. O'zbekistonda manzarali gullar xilma xilligi: Muammolar va yutuqlar. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Namangan, 2019. 155-159 b.

5. Смирнова О.В., Зауголнова Л.Б., Ермакова И.М. и др. Сенопопуляция растений. М., Изд-во -Наука!, 1976. 217 с.

6. Бейдеман И.Н. Методика изучения фенологии растений и растителних сообшеств. Новосибирск, Изд-во —Наука!, 1974. 156 с.

7. Шалит М.С. Методика изучения морфологии и экологии подземной части отделних растений и растителних сообшеств. В кн.; Полевая геоботаника. М-Л., Изд-во —Академии наук!, 1960. - С. 369-447.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.