Научная статья на тему 'KORXONALARDA TAYYOR MAHSULOTLAR AUDITI'

KORXONALARDA TAYYOR MAHSULOTLAR AUDITI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
352
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TAYYOR MAHSULOTLAR / XARIDORLAR / TAVARLAR / AUDIT / AUDITORLIK XULOSASI / MIJOZ / YUK XATI / YENGIL SANOAT / EKSPORT / IMPORT / EKSPORT SOTISH UCHUN MO’LJALLANGAN MAXSULOT / TAVAR

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Boyqobilobova I.J.

Ushbu maqolada tayyor mahsulot ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar faoliyatining asosiy elementi bo'lib, amaldagi standartlarga muvofiq yoki tasdiqlangan qayta ishlash bilan to'liq tugallangan mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar texnik xususiyatlar omborga yoki xaridor tomonidan olib ketilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirish borasida hamda korxonaning kelajakdagi istiqbollarini belgilash, samarali faoliyatining uzliksizligini taminlash shuningdek ularning sotish hajmini oshirish, sotish yuzasidan auditorlik tekshiruvini, auditorlik xulosasini va auditorlar maslahatlarini olishlar to’g’risida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AUDIT OF FINISHED PRODUCTS IN ENTERPRISES

This article is the main element of the activities of enterprises in the field of production of finished products, from the point of view of constant control over the technical specifications of fully finished products and semi-finished products, processing is approved in accordance with current standards. standards or warehouse or accepted by the customer and defining the future prospects of the enterprise, ensuring the continuity of their effective activities, as well as increasing the volume of sales, audit inspection, audit conclusion and audit advice were discussed. on sale.

Текст научной работы на тему «KORXONALARDA TAYYOR MAHSULOTLAR AUDITI»

Boyqobilobova I.J.

"Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi o'qituvchisi

KORXONALARDA TAYYOR MAHSULOTLAR AUDITI

Annotatsiya. Ushbu maqolada tayyor mahsulot ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar faoliyatining asosiy elementi bo'lib, amaldagi standartlarga muvofiq yoki tasdiqlangan qayta ishlash bilan to'liq tugallangan mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar texnik xususiyatlar omborga yoki xaridor tomonidan olib ketilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirish borasida hamda korxonaning kelajakdagi istiqbollarini belgilash, samarali faoliyatining uzliksizligini taminlash shuningdek ularning sotish hajmini oshirish, sotish yuzasidan auditorlik tekshiruvini, auditorlik xulosasini va auditorlar maslahatlarini olishlar to'g 'risida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Tayyor mahsulotlar, xaridorlar, tavarlar, audit, auditorlik xulosasi, mijoz, yuk xati, yengil sanoat, eksport, import, eksport sotish uchun mo'ljallangan maxsulot, tavar, ko'rgazmaga qo'yilgan tayyor maxsulot.

Boykabilobova I.J.

teacher

department "Accounting and auditing in other branches" AUDIT OF FINISHED PRODUCTS IN ENTERPRISES

Abstract. This article is the main element of the activities of enterprises in the field of production offinished products, from the point of view of constant control over the technical specifications of fully finished products and semifinished products, processing is approved in accordance with current standards. standards or warehouse or accepted by the customer and defining the future prospects of the enterprise, ensuring the continuity of their effective activities, as well as increasing the volume of sales, audit inspection, audit conclusion and audit advice were discussed. on sale.

Key words: Finished product, buyers, goods, audit, auditor's report, customer, bill of lading, light industry, export, import, product intended for sale for export, goods, finished product exhibited.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida mamlakat ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash borasida ko'pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bular jumlasiga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 22.01.2022 yildagi PQ-98-son ''O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida'', O'zbekiston

Respublikasing qarori, 21.08.2020 yildagiPQ-4812-son ''Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida''. Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti talablariga moske ladigan va iqtisodiyot tarmoklarining xususiyatlarini e'tiborga olgan holda hisob va tahlilni tashkil etish muhim vazifalardan biridir. Ushbu masalalar, ayniqsa, tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi hamda moliyaviy natijalarning shakllanishi hisobi va tahlili sohasida dolzarb bo'lib, muddatlarda hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalar jumlasiga kiradi.

Tayyor mahsulot deb, korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib bo'lgan, tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo'limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi. Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish, xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo'jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi. Korxonada sotish uchun mo'ljallangan mahsulot (ish, xizmat) tovar mahsuloti deb nomlanadi.

Tayyor mahsulotni tekshirish bosqichlari

Tayyor mahsulotlar auditining butun jarayoni an'anaviy ravishda uchta asosiy bosqichga bo'linadi;

1. tanishish

2. asosiy qism

3. xulosa.

Kirish bosqichida auditor taqdim etilgan barcha buxgalteriya hisobotlari va yozuvlarini tekshiradi, hisobotlardagi ma'lumotlarning balans ma'lumotlariga muvofiqligini o'rnatadi. Bundan tashqari, auditor savdo hajmi to'g'risidagi ma'lumotlarning daromadlar to'g'risidagi hisobotda to'liq aks ettirilishini ta'minlashi shart. Shuningdek, ushbu bosqichda analitik protseduralar amalga oshiriladi va tayyor mahsulotni baholash usuli tashkilotning hisob siyosatida qanchalik to'g'ri qayd etilganligi tekshiriladi.

Asosiy bosqichda auditor barcha buxgalteriya yozuvlari to'g'ri tuzilganligi va namoyish etilganligiga ishonch hosil qilishi va barcha operatsiyalarni aks ettirish tartibiga rioya qilinishi kerak. Agar biron bir og'ish bo'lsa, ushbu og'ishlarning yig'indilari sotilgan tovarlar va uning ombordagi qoldiqlari o'rtasida qanchalik to'g'ri taqsimlanganligi tekshiriladi.

Oxirgi bosqichda, barcha tekshiruvlar yakunlangach, auditor tekshiruv natijalari bo'yicha auditorning fikri, auditorlik xulosasi va auditorning tavsiyalarini o'z ichiga olgan hujjatlar to'plamini tuzishi kerak. Ushbu hujjatlarning barchasi tekshirilgan ish hujjatlari bilan birga tekshiruv uchun mas'ul shaxsga topshiriladi.

Hozirgi kunda ishlab chiqaruvchi har bir korxona o'z tayyor maxsulotlarini hisobini to'g'ri yuritilishi, ularning bazorda tezda sotilishi va sifat jihatidan eng yaxshi maxsulot ishlab chiqarishga harakat qilishadi. Buning uchun eng avvalo ular auditorlik tekshiruviga muxtoj bo'ladilar. Auditorlar xo'jalik yurituvchi

sub'ektlarining faoliyati to'risida yetarlicha xulosalar, tuzatishlar hamda key ingi istiqbollari uchun maslahatlar ham beradi.

Korxonaning moliyaviy barqarorligi ishlab, chiqarilayotgan mahsuloti bozorda raqobatbordoshligi, uning ichki va tashqi bozorda talabidan, realizatsiya hajmiga bog'liqdir. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish aholini ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.

Mahsulotni rejadagi hajmi bo'yicha sotish tashkilotga ishlab chiqarish xarajatlarini, qoplash, davlat byudjeti, kredit bo'yicha banklar va boshqa ho'jalik subyektlar oldidagi majburiyatlarni bajarish imkoniyatini bajarad imkoniyatini yaratadi, hamda ishlab chiqarishni takomillashtirish va kelajakda rivojlanish uchun muhim bo'lgan foyda olishga yordam qiladi. Tayyor mahsulotlar harakatining sintetik hisobi 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotida yuritilib, u mavjud tayyor mahsulotlar va ularning harakati to'g'risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotning debetida omborga tushgan mahsulotlar, kreditida esa ombordan jo'natilgan mahsulotlar aks ettiriladi.

Agar mahsulotlar harakatining joriy hisobi reja tannarxida yuritilsa, 2810-schyotning debetida ikkita ko'rsatkich reja tannarxi va reja tannarxidan farq summasi hisobga olinadi. Agar joriy hisobda korxonaning ulgurji baholari qo'llanilsa, 2810 schyotning debetida quyidagi ko'rsatkichlar bo'ladi: ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining korxona ulgurji bahosi va ulgurji baho qiymati bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farqi. Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab jo'natilganda, sotilgan mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» schyoti, Kt 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti. Yuklab jo'natilgan mahsulotning shartnoma (sotish) qiymatiga, Dt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti, Kt 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schyoti kabi yozuv amalga oshiriladi

Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi. Tayyor mahsulotning turkumlanishi bo'yicha turli iqtisodchi olimlar turlicha fikr bildirganlar. Masalan, S. Qodirxonov fikricha: «Joylashgan joyiga qarab tayyor mahsulot omborlardagi tayyor mahsulot, jo'natilgan mol (tovar)lar va mas'ul saqlashga qabul qilingan mollarga bo'linishi mumkin».

Ombordagi mahsulot deganda ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib texnika nazorati bo'limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo'ljallangan tovar mahsulot tushuniladi. Jo'natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste'molchilarga jo'natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to'lanmagan yo'ldagi mahsulotga aytiladi. Mas'ul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga jo'natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko'ra (sifatiga ko'ra

xaridorning talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan, ya'ni bir korxonaning o'rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bo'lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o'z javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar. Bunga ko'shimcha ravishda ko'rgazmaga ko'yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko'rgazmaga ko'yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo'lgan mahsulotlaridir.

Xulosa: Xulosa qilib aytganda, hozirgi rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, jozibadorligi, qulayligi, foydaliligi bo'yicha muxim axamiyat kasb etadi. Shu sababli, O'zbekistonda faoliyat yuritayogan barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ham o'z faoliyati samaradorligi uchun ko'proq auditorlik tekshiruvidan o'tishi, malakali auditorlardan ishlab chiqarish faoliyati (xizmatlar va boshqalar uchun) yetarlicha maslahatlar olish hamda kelajakda obro-e'tiborga erishishi uchun auditorlik tekshiruvini o'tazib turishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar: l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori,22.01.2022 yildagi PQ-98-son ''O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida'',

2. Sh.M.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: O'zbekiston, 2017.

3. Ch.Rizayev "Buxgalteriya hisobi schyotlarining o'zaro bog'lanishi".-T.: "NOSHIRLIK YOG'DUSI", 2011-y.

4. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuni, ORQ-404-sonli.

5. O'zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari to'plami. -T.: 2010 -y.

6. «Xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma»

7. D.Xolboyev, U.N.Ibragimov "Moliyaviy hisob" Oquv qollanma. - T.: "Cho'lpon"NMIU, 2016-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.