Norboyeva D.D. Jizzax Politexnika instituti o'qituvchisi
Khurmatov B.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot universiteti o'qituvchisi
KORXONALARDA RAQOBAT MUHITINING AFZALLIKLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqobat afzalligining mohiyati, raqobat afzalligining nafaqat korxona balki jamiyat uchun afzalliklari, imkoniyatlari haqida so'z boradi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida raqobatning o'rni va uning salbiy tomonlari bormi? Raqobatning iqtisodiyotga foydasi hamda so'g'lom raqobat muhitini yaratishning hozirgi kunda yaratilayotgan shart sharoitlar haqida bilib olishingiz mumkin.
Kalit so'z: raqobat, bilim, xaridor, sifat.
Norboyeva D.D. teacher
Jizzakh Polytechnic Institute Khurmatov B. teacher
Tajik State Medical University named after Abu Ali Ibn Sina
ADVANTAGES OF COMPETITIVE ENVIRONMENT IN
ENTERPRISES
Abstract. This article talks about the essence of competitive advantage, advantages and opportunities of competitive advantage not only for the company but also for society. Is there a role of competition in the economic development of society and its negative aspects? You can learn about the benefits of competition to the economy and the conditions that are currently being created to create a healthy competitive environment.
Key words: competition, knowledge, customer, quality.
Raqobat afzalligini pichoq bilan urishayotganda, qo'lga qurol olish bilan tengdir iborasini tushunish mumkin. Ko'pincha kompaniyalar o'z raqobatchilaridan qandaydir bir ustunlik bilan emas raqobat afzalliklariga ega bo'lish muvaffaqiyat degan fikrdadir.
Kurashishning haqiqiy ustalari sifatida yaponlar ular oldiniga bozorga past narxlar bilan, keyin mahsulotning yaxshi xususiyatlari bilan, undan keyin yuqori sifat bilan va yakunida esa yuqori ishlab chiqarish sur'ati bilan chiqdilar. Ular marketing so'ngsiz poyga ekanligini tushundilar. Marketingni esa biz albatta sotishgacha bo'lgan jarayonni rejalashtirirshni tushunsak maqsadga muvofiqdir.
Albatta bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulot yaratish uchun bozorni o'rganish, uning qonun qoidalarini yaxshi bilish, xaridorni va uning ehtiyojlarini o'rganib borishni taqozo etadi. Bugungi kunda xaridor o'z fikri, qarashlari va albatta nozik didga egadir. Bu bizni yanada samaraliroq ishlashga, yangiliklarga intilishga undaydi. Buni biz xaridorning individuallashuvi deb tushunsak ham bo'ladi. Bugun xaridor aynan bozordagi mahsulot emas balki, o'ziga xos mahsulotni istaydi va buyurtmalar qilish imkoniyatiga ega. Ehtiyojlari esa o'sib, ortib bormoqda. Insonlarni baxtli farovon yashashlarida barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Imkoniyatlar yaratish bilan birga yangi ish o'rinlari, daromad manbalari ko'payib boradi. Barcha ishlab chiqaruvchi tadbirkor egalarini bugun mahsulot ishlab chiqarishmas balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish dolzarb masala bo'lib turadi. Bunda rejali ishlab chiqarish afzal bo'lib bozorga aynan qaysi mahsulotni taqdim etish uchun unda tadqiqotlar o'tkazish kerak bo'ladi.
Korxonalar o'zlarining raqobat afzalliklarini to'plaganlarida turli xil sifatdagi
-tezlik -xavfsuzlik -xizmat ko'rsatish -dizayn
-ishonchdagi ustunlik -past narx
Kompaniya bozordagi muvaffaqiyati turli omillarning ajoyib uyg'unligi bilan ta'minlanadi.
Rivojlangan korxonalarda bir birini kuchaytiruvchi afzalliklar yig'indisi ma'lum bazaviy g'oya atrofida guruhlashgan bo'ladi.
Barcha firmalarning raqobatchilari bor. Agar bitta aviakompaniya bo'lsa ham u poyezdlar, avtobuslar, avtomobillar, velosipedlar va hatto o'z manziliga piyoda borishni afzal ko'radiganlar bilan ham hisoblashishiga to'g'ri keladi.
Assortimentni raqobatchidan oldin eskirtirish uchun barcha kuchingizni ishlating. Bu o'z ustingizda tinimsiz ishlashni taqozo etadi. Nafaqat o'z hududingizdagilar balki uzoqdagilarni ham kuzatish kerak bo'ladi.
Boshqa baliqlarning odatini yaxshi biladiganlarga qaraganda, baliqlarning odatini yaxshi biladiganlar yutadi.
Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev aytganlaridek "Biz avvalo, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini-tarkibiy jihatdan o'zgartirish-bo'yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport-salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e'tiborimiz markazida bo'lishi lozim".
Korxonalarda raqobat afzalliklariga avvalo sifat tizimlarini joriy etilishi raqobat muhitida korxona yutug'i kafolati hisoblanadi.
мЭкономнка h ^uyM" №2(117)-1 2024
www.iupr.ru
501
Raqobatdoshlik konseptsiyasida bozorda raqobat sharoitida ishlab chiqarish, intellektual va axborot resurslari bozorlari mavjudligi tug'ildi.
Raqobatdoshlikning asosiy omillariga:
- moddiy resurslardan oqilona foydalanish
- nomoddiy resurslardan samarali foydalanish
- raqobat strategiyasi rejasi
- ehtiyojlarni o'rganish so'rovnomalar.
Globallashuv sharoitida raqobat kuchaygan davrda yashamoqdamiz. Raqobatda kurash o'z manfaatini himoya qilish, g'olib bo'lish uchun xarakat, usul va vositalardan foydalanish demakdir.
Raqobat bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismi bo'lib bozor iqtisodiyoti raqobatning mavjud bo'lishini taqozo etadi. Sog'lom raqobat muhitini yaratishda ishlab chiqarishni rivojlantirish ma'lum shart sharoitlarni yaratish bugungi kun pirovard maqsadimizdir.
Raqobatbardosh korxona bo'lish uchun avvalo ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarishni taqozo etadi. Ishlab chiqarish takomillashtirish uchun jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish usullaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Korxonada nafaqat ishlab chiqarishni takomillashtirish balki kadrlar salohiyatining o'rni ham muhimdir. Yetuk kadrlarni ishga qabul qilish ularni malakalarini uzluksiz oshirib borish orqali korxonada innovatsion muhitni shakllantirishga erishish va bozorda raqobat muhitida faol ishtirok etia olishga erishiladi.
Albatta raqobat muhitidagi tadbirkorlik faoliyatlari rivojlanishiga yanada aholini yaxshi turmush shart sharoitlari yaratilishiga olib kelib, jamiyatning iqtisodiy ijtimoiy holatiga ijobiy ta'siri bo'ladi. Bugungi kunda raqobat afzalligi korxonalarni zamon bilan hamnafas harakat qilishga bozor talablari asosida mahsulot ishlab chiqarishga o'z bilimi ustida muntazam ishlashga undaydi. Raqobat afzalliklariga ko'plab misollar keltirish mumkin bunda xaridor ehtiyoj va talablarini bajarib borish, ularga xizmat ko'rsatishda yanada qulayliklarni taqdim etib yangi loyihalarni amalga oshiriladi. Bunda xaridor uchun sizda bugungi zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitidagi barcha imkoniyatlardan foydalana olishini taqdim eta olishingiz bilan belgilandi. Oddiy misol qilib do'konga kirgan mijozga xizmat ko'rsatishning ham ofline ham online sharoitlari sizda bo'lishi kerak bo'ladi. Yoki mahsulot yetkazib berishdagi zamonaviy qulayliklar, sotib olishning yengil shartlari, to'lovning turlari mavjudligi bilan ham baholanadi. Shu bilan birga kadrlar salohiyati, mijozlar bilan ishlash texnikasidagi bilim malakalaridagi yutuqlari raqobat afzalliklarining yaqqol ko'rinishidir. Chunki raqobatbardoshlik bugun faqat texnikaning o'zigina yetarli emasligini insonlar ehtiyoji faqatgina moddiy emasligini ko'rsatmoqda. Balki u jamiyatda hurmat izzat qilinishi uning fikri dunyoqarashi inobatga olinishi va muomalada chiroyli munosabatda bo'lishlarini istaydi. Raqobat muhitida nafaqat moddiy ehtiyojlar balki mijozlar bilan ishlash texnikasidagi bilimlar muhim rol
o'ynaydi. Ya'ni bugun mijoz u bilan iliq samimiy munosabatda bo'lgan savdo qilgan sotuvchisi bilangina gaplashadi. Bu nafaqat muomala balki marketingning muhim elementidir.
Shuningdek raqobat afzalligi bugun olib borilishi kerak bo'lgan tahlillarni keltirib chiqib va ular ustida bajarish kerak bo'lgan muhim vazifalarni qo'yish bilan birga iqtisodiyotimizning gullab yashnashiga xizmat qilib qoladi.
Adabiyotlar:
1. Abdurahmonov Q.X, Zokirova N.Q. Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi. O'quv qo'llanma. - Т.: «Fan va texnologiya», 2013. - 536 b
2. Bartram. D.International Labour Migration.Foreign Workers and Public Policy.UK.2005.
3. Норбоева Дилноза Дарвишалиевна. Конкрентоспособностъ предприятия. Экономика и социум 2019.
4. Норбоева Дилноза Дарвишалиевна. Методы управления предприятием в экономической сфере 2019.
5. Norboyeva Dilnoza Darvishaliyevna. Boshqaruv va etika qoidalari onlayn ilmiy jurnali. Innovatsion rivojlanish sharoitida sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini boshqarish. 2023.
6. Umirova, G.Sh. (2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy forumi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimini isloh qilishning yo'llari, 37-38. TATUFF-EPAI.
7. Umirova, G. Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda innovatsiyalarning tutgan o'rni va ro'li //QO'QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. - 2022. - Т. 5. - С. 6466.
"Экономика и социум" №2(117)-1 2024
www.iupr.ru
503