Научная статья на тему 'KORPORATIV IMIJNI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY TARMOQLARNING O‘RNI'

KORPORATIV IMIJNI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY TARMOQLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
39
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy tarmoq / ijtimoiy media / imij / korporativ imij / siyosiy imij / rivojlanish / zamonaviy menejment.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Turabova Sohibjamol Talatovna

Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda korporativ imijini shakillantirishning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqadi. Keng auditoriyaga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, yoshlarga muayyan tashkilot haqida sifatli, ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishini zamonaviy, innovatsion yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KORPORATIV IMIJNI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY TARMOQLARNING O‘RNI»

KORPORATIV IMIJNI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY TARMOQLARNING O'RNI

Turabova Sohibjamol Talatovna

Xalqaro NORDIC universiteti Ta'lim muassasalari boshqaruvi 1- bosqich magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.10800417

Annotatsiya. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda korporativ imijini shakillantirishning asosiy jihatlarini ko'rib chiqadi. Keng auditoriyaga ega bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, yoshlargamuayyan tashkilot haqidasifatli, ishonchlima'lumotlarni taqdim etishini zamonaviy, innovatsion yo'llari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy tarmoq, ijtimoiy media, imij, korporativ imij, siyosiy imij, rivojlanish, zamonaviy menejment.

Abstract. This article discusses the main aspects of the formation of a corporate image when using social networks. We are talking about modern, innovative ways of providing high-quality, reliable information about a particular organization on social networks with a wide audience, including young people.

Keywords: social network, social media, image, corporate image, political image, development, modern management.

Kirish. Bugungi kunda Internet har bir inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Endi deyarli butun dunyo bo'ylab ijtimoiy tarmoq tufayli hayotning barcha sohalarida cheksiz imkoniyatlar hamma uchun mavjud. Insonlar bitta brauzerni ochish orqali ishlashi, o'qishi, muloqot qilishi, sevimli hobbilari bilan shug'ullanishi yoki shunchaki ko'ngil ochishlari mumkun. Bu hali zamonaviy texnologiyalar taqdim etishi mumkun bo'lgan imkoniyatlarning bir qismi halos. Dunyo bir joyda qotib qolmaganidek, zamonaviy texnologiyalar ham doimiy rivojlanishni talab etadi. Axborotni uzatuvchi, qabul qiluvchi va tarqatuvchi yangi texnalogiyalar yaratilmoqda va ko'p sohalar sekin astalik bilan virtual dunyoga qadam qo'ymoqda.

Bugungi kunda Internet platformalari nafaqat biznes, balki barcha sohalarni yuritish va rivojlantirishda juda qulay vositaga aylangan, faqat mutahassis ma'lum bilimlarga ega bo'lishi talab etiladi halos. Ijtimoiy tarmoqlarda boshqaruvning mavjudligi kompaniyaning imidj komponentini oshiradi, bu obro'ga va mijozlarning unga bo'lgan ishonch darajasiga ijobiy ta'sir qiladi. Rahbariyat bir zumda mijozlar va hamkorlardan fikr-mulohazalarni oladi va ular o'z navbatida tashkilotning yuqori rahbariyati bilan bevosita bog'lanishlari mumkin. Zamonaviy menejment nazariyasi nuqtai nazaridan, ijtimoiy tarmoqlar bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta hodimlar guruhlarini birlashtirgan va har bir tomon uchun bir qator imtiyozlarni beruvchi ko'p qirrali platformalar sifatida ifodalanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq ish jarayonining samaradorligini, tashkilotning zaif va kuchli tomonlarini aniqlash, shuningdek, tashkilotni o'zgartirishdagi mumkin bo'lgan to'siqlarni bashorat qilish uchun vosita bo'lib xizmat qiladi.

Shunday qilib, ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy kompaniyalar hayotida muhim rol o'ynaydi. Ularning ahamiyati rivojlanish strategiyasini malakali qurishda, bozorda yangi tendentsiyalarni izlashda, boshqa kompaniyalarning ilg'or yondashuvlari va tajribasidan foydalanishda, shuningdek, iqtidorli mutaxassislar va menejerlarni saqlab qolish va jalb qilishda namoyon bo'ladi.

Tashkilot yoki korxonaning uzoq muddatli maqsadlari va kundalik operatsiyalarini yuritish uchun mas'ul bo'lgan shaxslar va guruhlar menejment deb nomlanadi. Maqsadlarni belgilash va ularga erishish, joriy vazifalarni monitoring qilish, strategik va uzoq muddatli samaradorlik va kengayishni ta'minlash korporativ boshqaruvning maqsadlari hisoblanadi.

Ijtimoiy media tashkilotlar uchun o'z mijozlari bilan muloqot qilish, o'z brendlarini targ'ib qilish va ta'sir doirasini kengaytirish usuli sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yerda tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanishiga oid ba'zi misollar keltirib o'tamiz.

Metodologiya. Ijtimoiy media kompaniyalarga o'z mijozlari bilan muloqot qilish, o'z brendlarini yaratish va ta'sir doirasini kengaytirish uchun ishonchli vositani taqdim etadi. Tashkilotlar ijtimoiy mediadan to'g'ri foydalanish orqali o'zlarining imijlarini oshirishlari, mijozlarning faolligini, o'sish va yutuqlarni rag'batlantirishlari mumkin. Quyida tashkilotlar bugungi globallashuv davrida ijtimoiy tarmoqlarni yuritishda qo'llaydigan bir nechta metodlarni keltirib o'tamiz.

Brendni tanitish. Tashkilotlar o'z e'tiqodlarini etkazishda muassasa imidjini yaratish va mijozlar bilan muloqot qilish uchun ijtimoiy mediadan foydalanadilar. Natijada, hodimlar va mijozlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot shakillanadi. Bu o'z navbatida tashkilotning shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Mijozlarni jalb qilish. Ijtimoiy media tashkilot va muassasalar uchun o'z mijozlari va hodimlari bilan muloqot qilish va ularning so'rovlari, shikoyatlari va tashvishlariga javob berish uchun forumni taqdim etadi. Bu ularning afzalliklari va harakatlari haqida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etish orqali mijozlarning qoniqishi va sodiqligini oshirishi mumkin.

Kontentni targ'ib qilish. Tashkilotlar o'z hodimlari va mijozlarini ishontirish, ilhomlantirish va o'qitish uchun bloglar, podkastlar va grafiklar kabi ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilarga tegishli kontentni nashr etadilar.

Aloqa. Tashkilot vakillari ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi mijozlarni topishi va yetakchilarni yaratishi mumkin. Bu ma'lum bir demografik yoki qiziqishlar to'plami yoki ikkalasiga qaratilgan ijtimoiy media platformalari orqali maxsus takliflar yoki chegirmalar taqdim etish orqali bo'lishi mumkin.

Mijozlarga xizmat ko'rsatish. Ijtimoiy tarmoqlar tashkilotlarga mijozlar va hodimlar muammolarini hal qilish, so'rovlariga javob berish va yordam taklif qilish uchun tezkor va amaliy vositalarni taklif qiladi. Bu mijozlarning qoniqishini oshirishi va brendning sodiqligini kuchaytirishi mumkin.

Raqobat tahlili. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o'z raqobatchilarining faoliyatini kuzatish, ularning strategiyalari va taktikalariga rioya qilish, bozor tendentsiyalari va iste'molchilarning xatti-harakatlarini o'rganish uchun ijtimoiy mediadan maqsadli foydalanadilar.

Tadqiqot natijasi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyati sayyoramiz aholisining deyarli 96% aholisida mavjud. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqda o'tkazadigan minimal vaqt 3 soatni tashkil qiladi va u kuniga kamida ikki marta o'z akkauntiga tashrif buyuradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori sifatli o'zaro aloqani tashkil etish - bu ijobiy saylov reytingiga muhtoj bo'lgan nomzodlar va amaldagi muassasa o'rtasida raqobatni o'tkazish usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, bugungi kunda axborot agentliklari va yangiliklar lentalari ko'pincha boshqaruvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga, siyosatchining yuritayotgan siyosatlari, boshqaruvchilarning boshqaruv metodlari, brendning qanchalik shakillanganligi, boshqaruvchilarning o'z ustida qanchalik ishlayotganliklarini, ularning imijlari, e'tiqodlari, qo'llab - quvvatlayotgan qatlamlari, pozitsiyalarini, ular kiritayotgan yangiliklarini bevosita shaffof kuzatib borishlari, shuningdek, o'z fikrlarini holisona bildirishlari mumkun.

Ijtimoiy tarmoqlar hokimiyat va aholi o'rtasidagi bunday muloqotning eng kuchli vositalaridan biri hisoblanadi. Buning isboti sifatida Donald Trampni keltirishimiz mumkun. U

ijtimoiy tarmoqlar tufayli saylovda g'alaba qozongan birinchi AQSh prezidenti bo'ladi. 2016 yilgi saylov kampaniyasi davomida u raqibi Xillari Klintonning deyarli yarmini sarfladi: Trampning umumiy siyosiy reklama xarajatlari 67 million dollarni, demokrat nomzod uchun esa 237 million dollarni tashkil etdi. Tramp bunga an'anaviy televideniye va gazetalarga e'tibor qaratish o'rniga, birinchi navbatda ijtimoiy tarmoqlar orqali targ'ibot strategiyasi tufayli erishdi. Trampning tvitlari Klintonnikidan uch barobar ko'proq mashhur bo'lgan. Hatto Barak Obama ham davlat rahbari sifatida ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalangan, bu esa uning prezidentlik saylovidagi g'alabalarida muhim rol o'ynagan. Biroq Tramp Twitterni Amerika prezidentidan ma'lumot olish, milliy va xalqaro kun tartibini shakllantirish uchun asosiy kanallardan biriga aylantirdi. Trampning siyosiy sahnaga chiqishi bilan Twitter global siyosatda markaziy o'rinni egalladi.

Bundan tashqari, Trampning tvitlari jahon moliyaviy bozorlariga ham ta'sir ko'rsatdi. Misol uchun, 2017-yilda Trampning "Amazon soliqlarni halol to'laydigan chakana savdo do'konlariga katta zarar yetkazmoqda. Qo'shma Shtatlardagi kichik shaharlar, yirik metropoliyalar va butun shtatlar yo'qotishlarga duchor bo'lmoqda - juda ko'p ish o'rinlari yo'qoldi" deb yozgan xabari Amazon kapitallashuvini 5,7 milliard dollarga kamaytirgan. 2019 yilda Amerika prezidentining Xitoy tovarlariga yangi bojlar joriy etilgani haqidagi tvitlari Amerika va Osiyo fond indekslarining keskin pasayishiga olib keldi. 2020 yilda Trampning tvitlari neft narxining oshishiga sabab bo'ldi.

2008-2012 yillarda prezidentlik davrida D.A. Medvedev blogosferada vazirlik va gubernatorlik korpusi siyosiy rahbarlarining faoliyati to'g'risida postlar nashr etish tendentsiyasini belgilab qo'ydi. Ta'kidlash joizki, mazkur yangilik oddiy fuqarolar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi va siyosatchilar bilan faol muloqotni yo'lga qo'yishga o'z hissasini qo'shdi. Bu yerda o'z fikr-mulohazalarini bildirish, mutasaddilarga savol va takliflar bilan chiqish imkoniyati yaratildi. Shunday qilib, "o'z blogidagi videomurojaatda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti D.A. Medvedev hokimiyat harakatlarida shaffoflik tarafdori edi. 2010 yil 22 aprelda u LiveJournal-da o'z blogini ochdi. Shu paytdan boshlab hokimlar tomonidan internet makonini faol rivojlantirish boshlandi". Bu esa siyosiy va boshqaruv apparati ishini yangi bosqichga olib chiqish imkonini berganini qayd etamiz. Ushbu protsedura tufayli tasvir xususiyatlari ham o'zgara boshladi, ya'ni, endilikda ularni fuqarolar kuzatishi mumkin edi, siyosatchilarning xatti-harakatlari va muassasaning jamoatchilikka nisbatan qanchalik ochiqligini fuqorolarga shaffof yetkazish mumkun edi.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ham ijtimoiy tarmoqlarga munosabati e'tirofga loyiq. Shavkat Mirziyoyevning telegram, Instagram, Facebook, twitter ijtimoiy tarmoqlarida rasmiy sahifalari va president.uz nomli rasmiy sayti mavjud bo'lib, davlatimizda bo'layotgan yangiliklar, proyektlar, islohotlar, uchrashuvlar, shuningdek, muammolarga bildirilayotgan yechimlar yoritib boriladi. Har oyning ohirgi sanasida Prezidentning bir oylik faoliyati hisoboti yuklanadi. Hozirda Prezidentning instagramdagi rasmiy sahifasini o'zigina 5 million obunachilarga ega. Respublikada barcha boshqaruv o'rganlari vakillari o'zlarining rasmiy sahifalarini yuritishni amalga oshirayotganliklari, aholi bilan muloqot shaffofligini ta'minlab, ko'pgina muammolarni yechishga hizmat qilmoqda.

Diskussiya. Jamiyatda do'stona muhitni ta'minlashga intilayotgan boshqaruvchi yuqoridagi pozitsiyalarga amal qilishi muhim, aks holda "Twitter inqilobi" bo'ladi, uni olim, Stenford universiteti ilmiy xodimi, ilmiy tadqiqot muallifi E.Morozov o'zining "Tarmoq illyuziyalari" kitobida faol tadqiq qilmoqda. Uning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqaruvchi, avvalo yoshlar auditoriyasini, so'ngra jamiyatning ko'pchilik ilg'or qismini

muxolifat tomoniga o'tkazishga qodir bo'ladi, chunki u ko'pincha egri chiziqdan oldin o'ynashi mumkin va "yosh aqllarni" o'z tomoniga tortishga intiladi.

"Instagramda postlarni nashr etish, rasm va aniq fotosuratlarni ko'rishni ma'qul ko'ruvchilarni o'z tomoniga jalb qila oladi, muassasaning ushbu vakili uchrashuv o'tkazdi, elektorat bilan muloqot qildi va hokazo. Bu siyosiy texnologlarga ko'lamini kengaytirish imkonini beradi, ularning qo'llanilishi va ta'siri, siyosiy va ma'muriy bozorning Internet segmentining ko'proq sub'ektlarini boshqaruvchi imidjini shakllantirishga barchani jalb qilish imkonini beradi", deb hisoblaydi Boshqird davlat universiteti professori A.S.Lukyantsev.

Dinamik o'zgaruvchan haqiqatda faqat o'z imidjiga g'amxo'rlik qiladigan tashkilotlar omon qolishi mumkin. Yaqin vaqtgacha tashkilotlar bir-biri bilan asosan sifat va yangi imkoniyatlar bo'yicha raqobatlashardi. Iqtisodiy tanazzul davrida tashkilot imidji o'ziga xos qo'shimcha qiymatga aylanadi. Jalb qilishning standart usullari yetarli emas. Yangi aloqa kanallari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Brendlarni yaratish va rivojlantirish bo'yicha xalqaro ekspert Sergey Mitrofanov, MITROFÂNOV&PARTNERS, BRANDFLIGHT International, WinAwards Russia biznes forumidagi nutqida shunday dedi: "Brendni tan olish juda muhim narsa. Ammo savol: ular sizni bilishadi, lekin ular sizga salbiy munosabatda bo'lishlari mumkin va sizning obro'ingiz yo'qotadi. Bunday brendlar nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda juda ko'p.

"Agar biz Facebook yoki Instagramda AXORning mavjudligi haqida gapiradigan bo'lsak, unda, obunachilarimizga hamkorlarimiz uchun yangi mahsulotlar va aksiyalar haqida ma'lumot beramiz. Shuningdek, biz katta va do'stona jamoamiz hayoti haqida gapiramiz, biz xodimlarimiz va yutuqlarimiz bilan faxrlanamiz, yangi yil musobaqalari, sport musobaqalari va fotosuratlar tanlovlarini o'tkazamiz. Biz ta'limga oid layfhaklarni baham ko'ramiz. Bizning sahifalarimiz ko'proq qalbi bor insonlar sahifalariga o'xshaydi - biz bilan tushunadigan tilda gaplashadigan, bizni xursand qiladigan va o'z sohasining professionali bo'lishni o'rgatgan AXOR qalbi. Shunday qilib, biz iste'molchilar uchun qiziqarli bo'lamiz. U biz haqimizda ko'proq narsani o'rganadi va biz bir-birimizga yanada yaqinroq va ravshanroq bo'lamiz" , deb ta'kidlaydi Elena Kreknina, AXOR brendi PR menejeri.

Rossiya Federatsiyasining Научные Статьи.Ру saytida chop etilgan maqolada ijtimoiy tarmoqlar haqida quydagicha fikr bildirilgan:

birinchidan, ijtimoiy media siyosatchilar va tashkilotlarga o'zlarini va g'oyalarini kengroq auditoriyaga taqdim etish imkonini beradi. Ular o'z faoliyati, maqsadlari va yutuqlari haqidagi ma'lumotlarni nashr etadigan profil yoki sahifa yaratishlari mumkin. Bu tashkilot haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo'lish va ular haqida o'z fikrini shakllantirish imkoniyatini yaratadi;

ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlar tashkilotlarga obunachiklar bilan faol muloqot qilish imkonini beradi. Ular sharhlar va savollarga javob berishlari, so'rovlar va muhokamalar o'tkazishlari, onlayn konferentsiyalar va uchrashuvlar tashkil etishlari mumkin. Bu siyosatchi yoki tashkilotga yaqinlik va qulaylik hissini yaratadi, bu esa ijobiy boshqaruv imidjning shakllanishiga yordam beradi;

uchinchidan, ijtimoiy tarmoqlar tashkilotlarga o'z faoliyati va yutuqlari to'g'risidagi ma'lumotlarni faol ravishda tarqatish imkonini beradi. Ular saylovchilarga ularning ishini yaxshiroq tushunish va qadrlashlariga yordam beradigan yangiliklar, maqolalar, videolar va boshqa kontentni nashr etishlari mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar tashkilotlarga dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirish va sharhlash imkonini beradi, bu esa ularning korporativ imidjiga nisbatan dolzarbligi va qiziqishini saqlab qolishga yordam beradi;

Ammo, ijtimoiy tarmoqlardan siyosatda va boshqaruvda foydalanishning ham salbiy tomonlari bor. Misol uchun, salbiy sharhlar va tanqidlar boshqaruv imidjga salbiy ta' sir ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardan nazoratsiz foydalanish maxfiy ma'lumotlarning tarqalishiga yoki siyosiy arbob yoki tashkilot haqida noto'g'ri ma'lumot berilishiga olib kelishi mumkin.

Xulosa. Yoshlar o'rtasidagi moda tendentsiyalariga rioya qilish boshqaruvchi imidjini saqlab qolish uchun juda muhimdir, chunki aholining dinamik guruhining xatti-harakatlari keyingi harakatlar yo'nalishini belgilashi mumkin, chunki "Ko'pincha u yoki bu tanlov ma'lum bir yosh muhitida ma'lum bir pozitsiya uchun qisqa muddatli tendensiyalar bilan belgilanadi va shuning uchun yoshlar bir muloqot guruhidan boshqasiga o'tganda tezda tanlov yoki fikrlari o'zgarishi mumkin".

Xulosa qilib shuni ta'kidlaymizki, boshqaruvchi o'z qiyofasini shakllantirgan holda, ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanib, o'z atrofida yoshlarni va jamiyatning eng ilg'or qismini ifodalaydi, buning natijasida u o'z akkauntlari orqali ma'lumotlarni yetkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Turli reytinglarida va ommaviy axborot vositalaridagi ma'lumotlarning tez-tez tilga olinishida o'z aksini topib, "ochiqlik" siyosatini saqlab qoladi.

Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqlar siyosatchilar va tashkilotlarga ularning siyosiy imidjini shakllantirish uchun kuchli vosita beradi. Ular sizga o'zingizni va g'oyalaringizni taqdim etish, saylovchilar bilan faol muloqot qilish va faoliyatingiz haqida ma'lumot tarqatish imkonini beradi. Biroq, salbiy oqibatlarga olib kelmaslik uchun ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va undan foydalanishni nazorat qilish kerak.

REFERENCES

1. Маисевва Е.В. Виртуальная активность губернаторов в блогосфере // Вопросы управления. - 2012. - № 19.

2. Молодежь новой России: образ жизни и ценностные ориентиры. Аналитический доклад. РАН. Институт социологии. - М., 2007.

3. Stephan Lewandowsky[en], Michael Jetter, Ullrich K. H. Ecker. Using the president's tweets to understand political diversion in the age of social media (англ.). Nature (10 ноября 2020). Дата обращения: 15 января 2021. Архивировано 12 января 2021 года.

4. Интернет проиграл эмоциям: почему технологии Обамы не спасли Клинтон. Украинская правда (11 ноября 2016). Дата обращения: 13 января 2021. Архивировано 28 января 2022 года.

5. «Это его оружие»: как Трамп ведет войны в твиттере. Газета.Ru (7 августа 2018). Дата обращения: 13 января 2021. Архивировано 7 апреля 2022 года.

6. Дочирикался: как высказывания Трампа в Twitter влияли на рынки, компании и состояния. Форбс.ру (13 января 2021). Дата обращения: 13 января 2021. Архивировано 13 января 2021 года.

7. Твит Трампа обвалил капитализацию Amazon на $5,7 млрд. ЛГА.^^4 (17 августа 2021). Дата обращения: 14 января 2021. Архивировано 16 января 2021 года.

8. Роль социальных сетей в политике: формирование политического имиджа через использование социальных сетей (nauchniestati.ru)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.