Научная статья на тему 'KОMPОZITSIYANING TARIXI VA RIVОJLANISHI'

KОMPОZITSIYANING TARIXI VA RIVОJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

125
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompozitsiya / ijodkorlik / faoliyat / texnologiya / fikr / mustaqillik

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mirali Jabborovich Maxmudov

Maqolada kompozitsiyaning tarixi va rivojlanish bosqichlari haqidagi ma‟lumotlar o‟quvchilarga amaliy ahamiyati bir qancha usullar orqali yoritilib berilagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KОMPОZITSIYANING TARIXI VA RIVОJLANISHI»

KOMPOZITSIYANING TARIXI VA RIVOJLANISHI

Mirali Jabborovich Maxmudov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tasviriy san'at va dizayn kafedrasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada kompozitsiyaning tarixi va rivojlanish bosqichlari haqidagi ma'lumotlar o'quvchilarga amaliy ahamiyati bir qancha usullar orqali yoritilib berilagan.

Keywords: kompozitsiya, ijodkorlik, faoliyat, texnologiya, fikr, mustaqillik.

KIRISH

Tasviriy san'atda kompozitsiya qonun va qoidalari insoniyatni ibtidoiy taraqqiyot davridan boshlab shakllana boshlagan. Lekin ibtidoiy davr odamlari hayotni zehn bilan kuzatsalarda, kompozitsiya sezgisi juda bo'sh rivojlangan. Bunday holatni odam gavdasi va hayvon podalarini tartibsiz alohida tasvirida ko'rishimiz mumkin.

Qadimgi sharq san'atidagi kompozitsiya ibtidoiy davridan farq qiladi. Qadimgi sharqda kompozitsiya mavzusi tekislikda qat'iy ma'lum tartibda tasvirlanib, quldorlik jamiyatining (marosimlari) qonunlariga bo'ysundirilgan.

Qadimgi misr san'atida kompozitsiyani dastlabki yangi usullari paydo bo'la boshlagan. Bu esa jamiyatda ijtimoiy hayotni ongli rivojlanishi natijasidir. Tasvirga chizgi, o'lcham, rang va tus munosabatlari yuqori darajaga ko'tarildi.

Qadimgi dunyo rassomlari tabiat yaratgan o'simlik, barg va gullarni tuzilishida, yil faslini ketma-ket kelishida simmetriya va ritm tushunchalarini anglab, o'z ijodiy asarlarida, kompozitsiyada qo'llay boshladilar. Shuning uchun qadimgi greklar relef, fronton kompozitsiyalarida ritm va simmetriyadan unumli foydalanganlar. Uyg'onish davrigacha kompozitsiya faniga bag'ishlangan biror bir nazariy qo'llanma yaratilmagan.

Uyg'onish davri renessans insoniyatga ulug' san'at allomalarini etkazib berdi. O'sha davr rassomlari estalik kundalik, ilmiy maqolalarida kompozitsiya haqida qimmatli fikr, xulosalarni yozib qoldirdilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Erta uyg'onish davrining vakillari Djotto va Mazachcho o'z ijodlarida perspektiva, plastik anatomiya, geometriya qonunlarini

December, 2022

403

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

amalda qo'llab, kompozitsiya fanining bilimdoni ekanliklarini misolda ko'rsatdilar. Yuqori uyg'onish davri rassomlari san'atning xilma-xil turlarini bir-biri bilan bog'lab, uning nazariyasini ilmiy asoslagan holda rivojlantirdilar. Ular perspektiva yordamida kartinada chuqurlik, masofani tasvirini haqqoniy namoyon etishga erishishdi.

Ko'p yillik kuzatuv va analiz natijasida ko'zga ko'ringan rassomlarning asarlarini g'oya tuzilishi, rang yechimidagi uslub, amaliy tajribalarini umumlashtirib Alberti "Rang tasvir haqida uch kitob" ilmiy nazariy meros yozib qoldirdi.

Leonardo da Vinchi va Alberti o'z maqolalarida badiiy asarlarida statik (harakatsiz) va dinamika (harakat)ga alohida ahamiyat bergan edi.

Fransuz rassomi E. Delakrua o'z ilmiy maqolalarida Leonardo da Vinchi, A. Dyurer, P. Rubenslarni kompozitsiyaga oid traktatlarini kengaytirib chuqur ma'nolar bilan davom ettirdi.

Osmon yulduzlarini shu'lasi ta'sirida inson jismiga Allohdan in'om etilgan go'zallik va qobiliyatni o'ziga mujassam etgan allomalarni yer yuziga kelishini insoniyat bir necha bor guvohi bo'lgan. Qobiliyatni Leonardo da Vinchi go'zal qiyofasida har qanday mushkul ishlarni osonlik bilan uddasidan chiqadigan odil inson shaklida ko'ramiz. Vinchi shahridagi janob Peroning o'g'li Leonardo, shunday ilohiy kuch-qudratga ega ediki, u bir necha oylab, matematika bilan shug'ullanar, lirada musiqa chalar qo'shiq aytib malakasini oshirardi. Shunday bo'lsada asosiy qiziqishi bo'lgan rasm chizish va haykaltaroshlikni tashlamadi. Xudo bergan betakror aql-zakovatli, xotirasi kuchli buyuk alloma chizgan tasviri bilan insonni hayratga solar, fikr-mulohaza kuchi bilan lol qoldiradi. U Milan shahrida Dominikanlik aka-ukalar uchun "Sirli oqshom"(1-rasm) nomli go'zal asar yaratdi. Avliyolarni chehrasiga husn qo'shib, ulug'vor qilib tasvirladi. Faqat Iso payg'ambar yuz qiyofasini tasvirlashda ilohiy qudrati etmaydi, chala qoldirgan va umrini oxirigacha bitira olmagan edi. Leonardo odam anatomiyasini Galena ta'limotiga asoslangan chuqur o'rgandi, murdalarning suyak muskunllarini pero va qizil qalamda sinchiklab chiza boshladi va odam anatomiyasi tasvirlari kitobini yaratdi. Otlarning suyaklari anatomiyasi kitobini ham yaratgan. Bu anatomiyaga oid chizgilarning ko'p qismi Leanardoning avtoportretlari bilan bir qatorda bizlargacha etib kelgan.

December, 2022

Leonardo Franchesko del Djokondo uchun uning xotini Liza portretini (2-rasm) 4 yil mobaynida ishladi, ammo shunday bo'lsada portretni oxiriga yetkazaolmadi. Portretda ayolning hamma go'zal xislat, fazilatlari, yarqiragan ko'zlari kipriklarigacha jonli nigohli ko'rinishida tasvirlagan.

XULOSA

Tasviriy san'atda bunday toj asarlarning mavjudligini dunyoda eng qobiliyatli, zehnli olim, alomma musavvir qalamiga mansub bo'lishi xaligacha insonlarni beihtiyor hayratga soladi.

Tasviriy san'at XVI asr oxirida o'quv fani sifatida shakllana boshladi. Buni V.Neleng, S. Vasilev kabi metodistlarning Fransiya safaridan so'ng o'qitish sistemasi haqidagi hisobotlari orqali bilish mumkin. 1882 yili taniqli pedagog - rassom Violie Le Dyukani "Tarixchini tarixi" kitobini rus tiliga tarjima qilgan edi. Bu kitob shaxsiy ish tajribasidan kelib chiqib, tasviriy san'atni o'qitish metodikasidan suhbat tarzida berilgan. Bu kitobni "Сочинeниe" qismida, frantaziya, perspektiva ma'lum qonunlar bilan tanishishni uqtirib o'tilgan. Tasviriy san'atda kompozitsiya masalalari haqida dastlabki metodik bayonnoma muallifi amerikalik pedagog-rassom A. Doudir. Bu o'quv qo'llanmada tasvirda har xil shakl, tuslarni qog'oz va matoga to'g'ri joylashtirish, qog'oz hajmi va formatiga alohida ahamiyat bergan.

Tasviriy san'atda yangi impressionizm oqimining paydo bo'lishi rangtasvirda yangilanishga vosita bo'ldi, san'atni rivojlanishiga turtki vazifasini o'tadi. Impressionistlar rang politrasini boyitdi. XX asr boshlarida g'arbiy Yevropa davlatlarida va Rossiyada har-xil badiiy oqimlar paydo bo'la boshladi: futurizm, kubizm, ekspressionizm, dadaizm, syurealizmlar shular jumlasidandir.

REFERENCES

1. Saidazimovich, B. I., Turgunovich, A. R., Jabbarovich, M. M., & Tairovna, I. M. (2020). The role and significance of the landscape genre in the fine arts. EPRA International Journal of Research and Development, 5(3), 423-424.

2. Ирбутаева, М. Т., Махмудов, М. Ж., & Махмудов, М. Э. (2020). Живопись и гармония музыки. Ученый XXI века, 6(1), 65.

3. . Махмудов, М. Ж. (2020). Талабаларнинг манзара ишлаш жараёнидаги баъзи муаммолар. Academic Research in Educational Sciences, 1 (2), 361-369.

4. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). The use and importance of the three -dimensional features of the auto cad program in drawing projects in public schools. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (3) Part II, 189-192.

December, 2022

4G6

5. Kukiev, B., O'g'li, N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7 (12), 49-54.

6. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of formation of space imagination and creative ability in students.

European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 38-40.

7. Achilov Nurbek Norboy o'g'li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko'kiyev Boburmirzo Baxodir o'g'li & Jumayev Isroil Omandovlat o'g'li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10) Part II, 151-153

8. Achilov N.N., Ko'kiyev B.B., Bekqulov Q. Sh. YAQQOL TASVIRLARNI BAJARISHDA AUTOCAD DASTURIDAN FOYDALANIB LOYIHALASH Мугаллим х,эм Yзлуксиз билимлендириу илимийметодикальщ журнали №2 2020 ISSN 2181-7138

9. Achilov N.N (202). CHIZMACHILIKDA ODDIY QIRQIMLAR BAJARISH ORQALI O'QUVCHILARNING FAZOVIY TASAVVURINI SHAKLLANTIRISH.

Мугаллим %эм узлуксиз билимлендириу илимийметодикалъщ журнали №2 ISSN 2181-7138

10. Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo'jaqulov Elbek, Ko'kiyev Boburmirzo CHIZMACHILIK VA CHIZMAGEOMETRIYA FANLARIDA BURCHAK TOPISHNING BAZI USULLARI

11. Achilov Nurbek Norboy Uglu Methods of Using Game Technologies in the Development of Lesson Effectiveness and Creative Abilities in Drawing Lessons International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192

12. Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo'jaqulov Elbek, Ko'kiyev Boburmirzo (2020). CHIZMACHILIK VA CHIZMAGEOMETRIYA FANLARIDA BURCHAK TOPISHNING BAZI USULLARI. Физика математика фанлари журнали, 4(1), 47-52.

13. Mokhir, K., Nurbek, A., Qudrat, B., Elbek, K., & Boburmirzo, K. (2020). SOME METHODS OF FINDING ANGLE IN THE SCIENCES OF DRAWING AND DRAWINGMEMETRY. JOURNAL OF PHYSICS AND MATHEMATICS, 4(1), 47-52.

14. Achilov, N. N. O. (2020). Maktablarda chizmachilik darslarini o'qitish metodlari va ularni tashkil qilish prinsiplari. Academic research in educational sciences, (3), 280-286.

December, 2022

407

15. Achilov, N. N. (2020). Develop students' spatial imagination by making simple cuts in drawing. Мугаллим х,эм Yзлуксиз билимлендириу илимийметодикальщ журнали № 2 2020 ISSN 2181, 7138.

16. Achilov, N. N., Baxriyev, I. S., & Mahmudov, M. J. (2020). MUHANDISLIK GRAFIKASIDA MULTIMEDIYANING TUTGAN O'RNI. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 639-646.

17. Achilov, N. N. (2022). BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI. Academic Research in Educational Sciences, 3(6), 650-654.

18. Achilov Nurbek Norboy ugli (2021). THE USE OF SIMPLE CLIPPINGS TO FORM A SPATIAL IMAGE. "Экономика и социум", 10(89), 1307-1312.

19. Achilov, N. N. (2020). METHODS OF INCREASING THE EFFECTIVENESS OF THE LESSON USING VISUAL AIDS IN THE TEACHING OF DRAWING SCIENCE. Экономика и социум, (11), 35-39.

December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

408

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.