Научная статья на тему 'KOMPLEKS HOSIL QILISH REAKSIYALARINI SIFAT ANALIZDA QO‘LLANILISHI'

KOMPLEKS HOSIL QILISH REAKSIYALARINI SIFAT ANALIZDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

30
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Donor–akseptor bog'lanish / kovalent bog'lanishi / ligandlar / konstanta

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Azimov Abbosjon, Nishonov Quvonchbek, Karimova Feruza Sattarovna

Kompleks reaksiyalar va koordinatsion birikmalarning turli jihatlarini tasvirlash uchun ishlatilishi mumkin bo„lgan yondashuvlar mavjuddir. Ushbu yondashuvlarning barchasini kompleks funksiya yordamida olish mumkin. Bu esa mavzuni to„liqroq yoritishga imkon beradi va shu usullar bilan birgalikda analitik kimyoda ishlatiladigan komplekslar ligandlarning tabiati, xossalari, zaryadi bir biridan keskin farq qilinishini aniqlasak bo'ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMPLEKS HOSIL QILISH REAKSIYALARINI SIFAT ANALIZDA QO‘LLANILISHI»

KOMPLEKS HOSIL QILISH REAKSIYALARINI SIFAT ANALIZDA

QO'LLANILISHI

Abbosjon Azimov

Jizzax politexnika instituti, talaba

Quvonchbek Nishonov

Jizzax politexnika instituti, talaba

Feruza Sattarovna Karimova

Jizzax politexnika instituti, katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Kompleks reaksiyalar va koordinatsion birikmalarning turli jihatlarini tasvirlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan yondashuvlar mavjuddir. Ushbu yondashuvlarning barchasini kompleks funksiya yordamida olish mumkin. Bu esa mavzuni to'liqroq yoritishga imkon beradi va shu usullar bilan birgalikda analitik kimyoda ishlatiladigan komplekslar ligandlarning tabiati, xossalari, zaryadi bir biridan keskin farq qilinishini aniqlasak bo'ladi.

Kalit so'zlar: Donor-akseptor bog'lanish, kovalent bog'lanishi, ligandlar, konstanta.

KIRISH

Analitik kimyoda kompleks hosil qilish reaksiyalari ionlarni va moddalarni topish, ajratish, niqoblash, aniqlash, kislota-asos xossalarini kuchaytirish, oksidlanish qaytarilish potensialini o'zgartirish cho'kmalarni eritish va boshqa maqsadlarda keng qo'llaniladi. Analitik kimyoda kompleks birikmalar ko'pdan buyon ishlatilinib kelinmoqda. Ushbu mavzu ya'ni kompleks reaksiyalarni tushuntirishga asoslangan bir nechta yondashuv va parametrlar mavjud. Masalan, A.Vernerning koordinatsion nazariyasi, L.A Chugayevning dimetilglioksimni, G.Ley ichki kompleks birikmalari va boshqalar. Lekin hech biri ushbu mavzuning global izohini bera olmaydi. Ushbu maqolada kompleks funksiyasini tashkil qilamiz, bu asosiy manba bo'lib, ko mpleks reaksiyalarning barcha turlarini tushuntirishga yordam[1] beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Analizda faqat anorganik ligantli komplekslar emas, balki organik ligandli komplekslar ham keng qo'llaniladi. Kompleks birikmalarning analizda qo'llanilishi uch davrga bo'linadi[2].

November, 2023

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journal

419

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 11 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

1) A. Vernergacha bo'lgan davr. Bu davrda komplekslarning tabiati noma'lum bo'lgan bo'lsada, Cu ni kolorimetrik aniqlash uchun ammiakatlar hosil bo'lishidan, temirni aniqlash uchun yong'oqdagi oshlovchi moddalar ishlatilgan.

2) A. Vernerning koordinatsion nazariyasi paydo bo'lishi bilan komplekslanishning tabiati oydinlashdi, kompleslarning hosil bo'lish jarayoni tushuntirildi. Bu davrda ko'plab yangi reaksiyalar va reagentlar taklif etildi. Masalan, L.A.Chugayev dimetilglioksimni, N.S.Kurnakov tiomochevinani va guadiaminni G.Ley ichki kompleks birkmalarini analizda qo'lladilar.

3) Eritmalarda koplekslarni fotometrik va boshqa usullar yordamida tekshirish davri. Bugungi kunda "kompleks" yoki "koordinatsion" birikma atamalariga ko'plab ta'riflar bor, bular faqat shaklan farq qiladi, mazmunan esa bir xil ma'noga ega. Masalan, A.A Grinberg komplekslarga quyidagicha ta'rif bergan: kompleks birikmalar kristall holatida ham, eritmada ham musbat va manfiy zaryadli murakkab ionlar bo'lib tarkibiy qismlarning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Ularning o'ziga xos jihati shundaki, birinchisida; kompleks birikma molekular birikma deb qaraladi, ikkinchisida; komplekslar faqat kristall holda emas balki balki eritmada ham mavjud.

1)Komplekslarga kovalent va donor-akseptor bog'lanish bitta yagona atom orqali amalga oshiradigan komplekslar kiradi. Bularning ko'pchiligi kovalent bog'lanish -OH,-SÜ3H, -COOH singari funksional guruppalardagi vodorodning almashinish hisobiga to'g'ri keladi

2)Komplekslarda kovalent va donor-akseptor bog'lanish turli atomlar orqali ro'yobga chiqadi. Bularda kovalent bog'lanish yuqoridagi guruppalar atomlari bilan, domor-akseptor bog'lanish esa yulduzchalar bilan ko'rsatilgan >NH, -NOH, -OH, -CO, >S atomlar orqali amalga oshadi.

3)Komplekslarga donor-akseptor bog'lanish bir necha yoki har xil atomlar bilan amalga oshadigan atomlar kiradi. Masalan bu guruppaga azotli komplekslar mos keladi.

4)Komplekslarda domor-akseptor bog'lanish bir xil turdagi atomlar bilan amalga oshadi. Bu guruppaga komplesning zaryadi markaziy atom zaryadiga mos keladigan ammiakat, akvo, organik aminlar, NO va boshqa komplekslar kiradi[3].

Ikkinchi va uchinchi tur komplekslariga ichki komplekslar kirib, analitik kimyoda qo'llaniladigan komplekslarning aksariyati ikkinchi turga taaluqlidir. Birinchi tur kompleslari esa, ko'pincha, niqoblash maqsadida ishlatiladi. Kompleks hosil bo'lishida donor-akseptor (koordinatsion) bog'lanish muhim

Analitik kimyoda ishlatiladigan komplekslar to'rt turga bo'linadi[2].

hisoblanadi. Ko'pchilik komplekslar bir necha bosqichda bo'ladi.

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journa

November, 2023

Bu jarayonni kopleks hosil bo'lish konstantasi yordamida ifodalash mumkin. Masalan,kadmiyning ammiakat kompleksi quyidagicha[4]: Cd2++NH3=[Cd(NH3)]2+;pK1=2.65; [Cd(NH3)]2+NH3=[Cd(NH3)2]2+;pk2=2.10 [Cd(NH3)2+NH3=[Cd(NH3)3]2+;pK3=1.44 [Cd(NH3)]2+NH3=[Cd(NH3)4]2+;pK4=0.93

XULOSA

Bundan ko'rinadiki, eng avvalo, koordinatsion soni birga teng bo'lgan eng oddiy kompleks, keyin koordinatsion soni ikki, uch, to'rt va hakozo bo'lgan komplekslar hosil bo'ladi[5].

1-jadval

Liagand Liagand radiusi,nm Cd2+ Hg2+ Bi Zn2+ In3+ Sn2+

F- 0.133 0.30 1.56 4.70 1.26 4.85

Cl- 0.181 2.05 6.75 2.43 -0.19 1.00 1.51

Br- 0.196 2.23 9.05 2.26 1.30 0.90

J- 0.220 2.17 12.87 2.89 -0.47 1.64

REFERENCES

1. Ochildi Fayzullayev "Analitik kimyo".Darslik . Nashr yili 2006.Toshkent yangi avlod nashiriyoti

2. Turobov N.T. Analitik kimyo. Darslik. Toshkent: "Go To Print" 2020.

3. Https//library. Pharmi.uz

4. Sobirovna K. D., Sattarovna K. F., Baxodirovna J. U. ELECTROCHEMICAL METHODS FOR THE DETERMINATION OF MERCURY IONS //E Conference Zone. - 2022. - С. 41-43.

5. .Мусаев Х. Б., Каримова Ф. С., Жураева У. Б. К Co-Cr-TiO2 нанокомпозитининг золь-гель синтези //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 10. - С. 831-835.

https://t.me/ares uz

November, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

421

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.