Научная статья на тему 'KOMP’YUTER TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA YADRO FIZIKASINI O’QITISH SAMARADORLIGINI ORTТIRISH USULLARI'

KOMP’YUTER TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA YADRO FIZIKASINI O’QITISH SAMARADORLIGINI ORTТIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
255
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yadro jarayonlari / reaktsiyalar / nurlanish / bo’linish / neytronlar / radionuklidlar xavfi / ekologik barqarorlik. / ядерные процессы / реакции / радиация / деление / нейтроны / радионуклидная опасность / экологическая стабильность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yusupov Dilmurod Abdurashidovich

Ushbu ishda yadro fizikasi jarayonlarini o’rganishda komp’yuter texnologiyalari dasturlaridan foydalanish orqali o’qitishning samarador natijalariga erishish mumkinligi pedagogik tajribalar asosida ko’rsatib berilgan. Shuningdek, yadro fizikasi mavzularini texnologik yutuqlar bilan boyitilib, namoyishli tarzda o’qitilishi o’quvchi talabalar dunyoqarashini zamonga mos xolda shakllanishiga yordam berishi asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБУЧЕНИЕ ЯДЕРНОЙ ФИЗИКЕ С ПОМОЩЬЮ КОМПЬЮТЕРНОЙ ТЕХНОЛОГИИ

В данной работе показано возможности достижения к эффективным результатам с помощью компьютерной технологии и программ при изучении ядерных процессов. Также обосновано изучение тем ядерной физики при сочетании успехами современной ядерной технологии и наглядными средствами способствует формированию современное мировоззрения студентов.

Текст научной работы на тему «KOMP’YUTER TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA YADRO FIZIKASINI O’QITISH SAMARADORLIGINI ORTТIRISH USULLARI»

Yusupov Dilmurod Abdurashidovich,

Namangan davlat universiteti Fizika fakul'teti fizika kafedrasi katta o'qituvchisi

KOMP'YUTER TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA YADRO FIZIKASINI O QITISH SAMARADORLIGINI ORTТIRISH USULLARI

UO'K: 004.9:539.1

YUSUPOV D.A. KOMP'YUTER TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA YADRO FIZIKASINI O QITISH SAMARADORLIGINI ORUIRISH USULLARI

Ushbu ishda yadro fizikasi jarayonlarini o'rganishda komp'yuter texnologiyalari dasturlaridan foydalanish orqali o'qitishning samarador natijalariga erishish mumkinligi pedagogik tajribalar asosida ko'rsatib berilgan. Shuningdek, yadro fizikasi mavzularini texnologik yutuqlar bilan boyitilib, namoyishli tarzda o'qitilishi o'quvchi talabalar dunyoqarashini zamonga mos xolda shakllanishiga yordam berishi asoslab berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: yadro jarayonlari, reaktsiyalar, nurlanish, bo'linish, neytronlar, radionuklidlar xavfi, ekologik barqarorlik.

ЮСУПОВ Д.А. МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБУЧЕНИЕ ЯДЕРНОЙ ФИЗИКЕ С ПОМОЩЬЮ КОМПЬЮТЕРНОЙ ТЕХНОЛОГИИ

В данной работе показано возможности достижения к эффективным результатам с помощью компьютерной технологии и программ при изучении ядерных процессов. Также обосновано изучение тем ядерной физики при сочетании успехами современной ядерной технологии и наглядными средствами способствует формированию современное мировоззрения студентов.

Ключевые слова и понятия: ядерные процессы, реакции, радиация, деление, нейтроны, радионуклидная опасность, экологическая стабильность.

YUSUPOV D.A. METHODS FOR INCREASING EFFICIENCY NUCLEAR PHYSICS TEACHING USING COMPUTER TECHNOLOGY

This paper shows the possibility of achieving effective results with the help of computer technology and programs in the study of nuclear processes. The study of topics of nuclear physics, combined with the success of modern nuclear technology and visual aids, contributes to the formation of a modern worldview of students.

Key words and concepts: nuclear processes, reactions, radiation, fission, neutrons, radionuclide hazard, environmental stability.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

Kirish. Ma'lumki, issiqlik elektr energiyasi manbalari, gidroenergetika va hamon qim-matligicha qolayotgan alternativ turdagi ener-giya manbalari yadro energetikasi bilan uzoq muddatlilik, keng masshtablilik, energiya uza-tishdagi barqarorlik va narxi bo'yicha raqobat-lasha olmaydi. Atom elektr stansiya (AES) larni kam xarajatliligi va arzonligi evaziga AQSH, Kanada, Angliya, Frantsiya, Shvetsiya, Finlandiya va boshqa ko'plab mamlakatlar o'z iqtisodiyot-larini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar. Xitoyda zavod fabrikalar va ulkan ishlab chiqa-rish birlashmalari uzluksiz rejimda AESlar hiso-biga ishlaydi. Ularda mavjud 43 ta AES dan tashqari yaqin kelajakda yana 35 ta yangisini qurish rejasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, rivo-jlangan mamlakatlar qatoriga o'tib borayot-gan mamlakatlar ham o'z kelajagini AES bilan bog'lamoqda. Bulardan ko'rinadiki, yadro energetikasi jamiyat taraqqiyotida muhim ahami-yatga ega. Shu ma'noda o'quvchi talabalarni yadro fizikasi o'quv mavzularini tanlanishi va takomillashuvida rivojlanish bilan bog'liq xolda Yu.M. Gorvits aytganiday, "O'qitishda bor nar-salarni emas, balki bo'ladigan narsalarni o'qitish muhim" ligini e'tiborga olib rejalashtirish lozim1.

Jamiyatimizni bugungi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish sharoitida aholini bilim saviyasi, ta'lim va ilmiy infratuzilmalarni rivojlanganlik darajasi o'ta muhim ahamiyatga ega. Shu ma'noda har bir fan predmetini tanlanishida jamiyat taraqqiyotini muhim omillaridan sanalgan energetika sohalar-ida salmoqli o'ringa ega yadro energetikasi, yadro reaktsiyalari va radiatsion xavfsizlik kabi mavzularni o'qitishda bugungi kunda erishilgan fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitib o'qitilishi davr talabiga aylanib bormoqda. Gap shundaki, Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishni yanada yuqori bosqichga ko'tarish yo'lida alternativ turdagi energiya manbalarini yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda va bunda industriya uchun o'ta zarur yadro energiyasidan foydalanishga, ya'ni AES qurilishiga katta ahamiyat berilmoqda. Bu holat ko'plab mutaxassislarni talab etishidan tashqari jamiyatni bu sohadagi dunyoqarashlarni ilmiy asosda to'g'ri shakllanishini ham taqozo etadi.

1 Митрофанов К.Г., Зайцева О.В. Применение инновационных компьютерных технологий в сфере образования: основные аспекты и тенденции. // Вестник, 2009, Выпуск 10(88), с. 64-68.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.

Ma'lumki, o'quvchi talabalarni ilmiy dunyoqa-rashlarini shakllanishida va modda tuzilishi haqida zamonaviy tasavvurga ega bo'lishlarida yadro fizikasi o'ta muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga yadro fizikasi mavzulari kvant fizikasi bo'limida asosiy ahamiyatga ega bo'lib, ularni o'rganish jarayoni murakkab tushunt-iruv apparatlarini qo'llashni va ma'lum darajada abstraktsiyalashga oid ko'nikmalar bo'lishini talab etadi.

Hozirgi mavjud atom yadrosi fizikasiga oid darsliklar va metodik adabiyotlarni tahlilidan ko'rinadiki, bu sohada taklif etilayotgan ayrim mavzu materiallari o'quvchi talabalarni yangi-langan bazaviy bilimga ega bo'lishlari uchun yetarli deb bo'lmaydi. O'quv materiallari para-graflaridan yadro reaktsiyalari, atom reaktor-lari va yadro energetikasi kabi mavzular maz-munini atroflicha o'rganish asosida quyidagi-larni aytish mumkin. Yadro fizikasiga ajratilgan soatlarni kamligi, ma'lumotlarni ayrim qismlari eskirib zamonaviylari bilan boyitilmagani, o'quv materiallarini qotib qolgan faktlar bilan bayon etilishi, eng muhimi esa, amalda namoyishli qo'llanmalarni, laboratoriya ishlarini va fizika-viy amaliyotni yo'qligi o'quvchi talabalar bilim va ko'nikmalarini talab darajasida shakllan-masligiga olib kelmoqda2. Shuningdek, bevos-ita kuzatish tajribalari qurilmalarini yo'qligi va murakkabligi, mavzuni tushunishga oid o'quv materiallari hajmini kengligi xam yadroviy jaray-onlarni idrok etishni qiyinlashtiradi. Ko'ramizki, ta'limdagi bunday vaziyatda jamiyat taraqqiy-oti bilan bog'liq atom energetikasini rivojlanish kelajagi, yadro reaktsiyalari turlari, radioaktivlik va AES larni yangi avlodlari, xavfsizlik darajala-rini ilmiy baholay olish va unga adekvat muno-sabatni shakllantirish kabi masalalar bir oz ortda qolib ketadi.

Vaholanki, uzluksiz ta'lim tizimini innovat-sion texnologiyalar asosida yo'lga qo'yish kon-sepsiyasida - dunyo miqyosida bugungi kes-kin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta'lim tizimini yo'lga qo'yish, darslik va o'quv qo'llanmalarni zamon talablari asosida tako-millashtirish, ularning yangi avlodini yaratish,

2 Е.С.Полат, М.Ю.Бухаркина, М.В. Моисеева, А.Е. Петров. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования: Учебное пособие - М.: Издательский центр «Академия», 2008, c.269.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

o'quv dasturlari va standartlarni optimallashti-rish kabi masalalarni xal etish zarurati ko'rsatib o'tilgan bo'lsada, hozirda o'rganilayotgan o'quv mavzulari mazmuni real hayotda amal qilayo-tgan zamonaviy qurilmalar ish tamoyili maz-munini aks ettirishda ancha orqada qolmoqda. Ayniqsa, yadro fizikasini o'qitilishida AESlarni yangi avlodi haqida ma'lumotlar yo'qligi, ular haqida zamonaviy tasavvurni bera olmaydi. Bun-day tafovutni innovatsion texnologiyalar asosida komp'yuter texnologiyalaridan foydalanib yadro fizikasini o'qitish metodikasini takomillashtirish orqali bartaraf etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan sanaladi.

Mavzuni o'rganilganlik darajasi. Ta'lim jarayoniga informatsion texnologiyalarni kirit-ishga bag'ishlangan ilmiy ishlar va dissertatsi-yalar talaygina bo'lib, ularni aksariyati fizikaviy laboratoriyalarni bajarishni virtual usullariga bag'ishlangan1, 2' 3. Fizik hodisalarni yuzaga kelish ketma-ketligini ifodalovchi modellar, komp'yuter dasturlari ham yetarlicha yaratilgan4, 5. Yadro fizikasini o'qitishda yadro modellari va ular asosida turli yadroviy jarayonlarni tushuntirish metodlari an'anaviy usulda bo'lib, hozirda yangi innovatsion komp'yuter texnologiyalari bilan yadro fizikasini o'qitish usullariga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Ayniqsa, AKT yordamida zamon taraqqiyoti bilan bog'liq mavzularni o'qitishga bag'ishlangan ishlar deyarli uchra-maydi.

Tadqiqot muammosini qo'yilishi. Yadro fizikasi bo'yicha bilimlar sifatini yuqori dara-jaga ko'tarib, yadroviy jarayonlar haqida adekvat tasavvurni shakllantirish zarurati bilan yadro fizikasini o'qitish metodikasini innovat-sion axborot texnologiyalari asosida yetarlicha

1 Владимирова Е.В., Янин Л.А Краткая информация об атомных ядрах (Электронный ресурс) // Ядерный практикум для школьников ЛОСП НИИЯФ МГУ. - Режим доступа: http://prac-gw.sinp.msu.ru/teacher/leaflet/pdf. (дата обращения: 20.03.2018).

2 Волнистова Т.В. Ядерная физика: Методические рекомендации учителю физики. - М.: ИОСО РАО, 2004. - 62 с.

3 Лев Н.Р. Об изучении энергии связи атомных ядер // Физика в школе, 2001.- № 2. - с. 33-34.

4 Мастропас З.П., Синдеев Ю.Г. Физика: Методика

и практика преподавания. - Р-н-Д: Феникс, 2002. с.11-32.

5 Полат Е.С., Бухаркина М.Ю., Моисеева М.В., Петров А.Е. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования.- М.: Академия, 2003.-272 с.

o'rganilmaganligi orasidagi tafovutni bartaraf etish yadro fizikasini o'qitishdagi muammolar-dan sanaladi.

Tadqiqot maqsadi. Fizika kurslarida barcha yadroviy hodisalar, yadro reaktsiyalari, atom reaktorlari, radiatsion xavfsizlik kabi mavzularni innovatsion komp'yuter texnologiyalaridan foy-dalangan xolda yadroviy jarayonlarni zamonaviy tasavvurini shakllantiruvchi samarali natijalarga erishadigan innovatsion o'quv metodikasini ish-lab chiqishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari. Maqsadni amalga oshirish yo'lida quyidagi vazifalarni bajarilishi muhim hisoblanadi.

• o'quvchi talabalarga yadro fizikasini o'qitish metodikasi holatini tahlil etib, bu bo'limni o'qitishdagi asosiy qiyinchiliklarni aniqlash;

• fizika o'qitishda qo'llanilgan yangi informatsion texnologiyalar tajribalarini o'rganib ularni yadro fizikasini o'rganishdagi imkoniyatla-rini aniqlash;

• yadro fizikasini o'rganishda dinamik va statik manzaralar namoyishini kuchaytiruvchi komp'yuter dasturlari va namoyish slaydlarini yaratish;

• Yadro fizikasini o'qitish metodikasini komp'yuter texnologiyasidan foydalanib o'quvchi talabalarni shaxsiy sifatlarini, fikrlash-larini, ijodiy qobiliyatlarini, tajriba o'tkazish ko'nikmalarini, bilishga qiziqishlarini rivojlanti-rishga yo'nalgan xolda takomillashtirish.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot metodlari o'z ichiga ta'lim muammolari bo'yicha hujjatlar, das-turlar, metodik adabiyotlar, audioko'rgazmali va o'qitishning texnik vositalari, informatsion texnologiyalar, informatika va amaliy matema-tika usullarini komp'yuter programmalari, slayd-lar, namoyishli tajribalar uchun yordamchi vosi-talar kabi elementlarni oladi. Shuningdek, tadqiqot metodlari asosini: didaktika asosiy tamoy-illari, ta'limni zamonaviy konsepsiyasi asosida yotuvchi shaxsga yo'naltirilgan o'qitish usullari, pedagogik tadqiqotni metodologiyasi bo'yicha ta'limotlar va o'quv jarayonida informatsion texnologiyalardan foydalanishga bag'ishlangan g'oyalar tashkil etadi.

Asosiy qism. O'quv informatsion texnologiyalari resurslari o'rganilayotgan jarayonlarni modellashtirish va animatsiyali tasvir-lashga, o'quvchi talabalarni fikrlash qobiliyat-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

larni tasavvurli tarzda rivojlantirishga, o'quv ma'lumotlarini namoyishli ifodalashga, labora-toriya ishlarini komp'yuter eksperimentlari sha-roitida o'tkazishga va eng muhimi real vaziyatni monitorda imitatsiyali akslantirib, o'rganishga bo'lgan qiziqishni orttirishga keng imkoni-yatlar yaratadi1. Bunday imkoniyatlardan foy-dalanib yadro fizikasini o'qitish metodikasini takomillashtirish uchun dastlab o'quv predmet-lari materiallari mazmunini zamonaviy fan va texnika yutuqlariga mos kelishini ta'minlashga erishish, yadro fizikasini o'quv mazmunini tanlanishida nazariy bilimlarni asosiy amaliy qo'llanish sohalarini ko'rsatish orqali nazariya va amaliyotni bog'lanishini ta'minlash, fizikaviy ta'limni ekologik tashkil etuvchilarini e'tiborga olish va xar bir tushunchalarni fizik mohiyatini idrok etishda, ya'ni fizik hodisa, fizik kattalik, model, g'oya, nazariya, atom yadrosi, massa defekti, bog'lanish energiyasi, radioaktivlik, ionlashtiruvchi nurlar kabi tushunchalarni fundamental qonunlarga mos kelishi va ilmiyligini ta'minlanishi lozim.

Yadro fizikasini o'zaro mantiqiy bog'langan o'quv materiallari mazmunining bloklar struk-turasi quyidagicha tanlanishi mumkin. Atom yadrosi - yadroviy o'zgarishlar - yadro ener-getikasi - ionlashtiruvchi nurlarni tirik orga-nizmga ta'siri. Atom yadrosi nazariyasi o'zaro bir biri bilan bog'langan ikkita - yadro tuzilishi va yadroning bo'linish reaktsiyalarini o'z ichiga olib yadro xossalarini ifodalashda yadro mod-ellaridan foydalanish zarurati yuzaga keladi. Bunda yadroning alohida xossalarini ifoda-laydigan modellardan foydalanib u yoki bu jarayonni tushunishda kerakli modeldan foy-dalanishni va xar bir modelni qo'llanish chega-rasi va imkoniyatlarini bevosita komp'yuter das-turlari yordamida namoyishli tarzda ko'rsatilishi yadro xossalari va tuzilishi haqidagi yangilanmay qotib qolgan ma'lumotlarni kengaytirishga va yadroning universal modeli yaratilmagani haq-ida ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Aytish kerakki, buncha ma'lumotlarni an'anaviy usulda o'rganish ko'p vaqt talab etsa, AKTdan foydalanish vaqtni tejashdan tashqari obrazli tasavvur bilan mohi-

1 Qo'chqarov X.O., Yusupov D.A Fundamental fanlarni o'qitish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari va yechimlari : Academic Research in Educational Sciences. Volume 2. Uzbekistan 2021. DOI: 10.24412/2181-13852021-11-448-455. p.448-455.

yatni idrok etishni yengillashtiradi. Shuningdek, yadro fizikasini muhim savollaridan biri yadro bo'linishi jarayonini energiya manbai sifatida ifodalashdir. Yadroni bo'linish reaktsiyalari bilan o'zini o'zi tiklab boradigan bo'linish reaktsiyalar jarayonlarini birgalikda matematik modellarini yaratib neytronlarni ortib borish jarayonini va yadro reaktsiyalarini rivojlanish yoki so'nish exti-molliklari variantlarini namoyishi orqali tushun-ish ham yadro reaktsiyalarini boshqarish mohiyatini to'laroq tasavvurini shakllantiradi.

Markaziy savollardan yana biri yadro ener-getikasini fizik asoslari va radionurlanish xavfi haqida real manzarani namoyishli tarzda o'qitish orqali o'quvchi talabalarda yadro energetikasi va xavfsizlik haqida adekvat munosabatni shak-llantirishdan iborat2. Bularga erishish yo'lida, nanotexnologiya yutuqlari yordamida yaratil-gan yangi yadroviy energetik qurilmalar va ilmiy natijalarni etiborga olgan xolda o'qitishga yor-dam beradigan turli xildagi mavjud zamonaviy komp'yuter dasturlari: "TechSmith Camtasia", "MXSAFlash", "ActivePresenter", "EasyQuizzy" va "AutoPlay MediaStudio" lardan va biz tomon-dan ishlab chiqilgan 1-rasmda keltirilgan "Yadro reaktsiyalari", "Atom energetikasi", "Zamonaviy atom reaktorlari va ularning ishlash mexanizm-lari" kabi elektron dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bu elektron dasturlar zamonaviy komp'yuter imkoniyatlaridan foydalangan xolda "Action-Script", "javaScript", "C#" dasturlash tili yordamida yaratildi. Bunda yadro fizikasiga oid termoyadro sintez reaktsiyalari animatsiyasi, yadroni bo'linish jarayonlari animatsiyasi, birin-chi va zamonaviy atom elektr stantsiyalari -AESlar prezentatsiyasi, ularni xavfsizlik darajasini baholash mezonlari jadvallari, yadro reaktorlari turlari animatsiyasi, yadroning bo'linish reaktsiy-lari prezentatsiyasi va yadroning pronon-ney-tron modeli kabi namoyishli dasturlar yadro fizikasini o'qitish metodikasiga kiritilib takomil-lashtirildi va Namangan davlat universitetida o'quv tajriba sinovlari o'tkazildi.

Tajriba natijalari va muhokamalar. Yaratil-gan elektron darsliklar, virtual laboratoriyalar, videoroliklar va prezentatsiyalar bilan an'anaviy

2 Mamatkarimov O.O., Qo'chqarov X.O., Yusupov D.A., Adashaliev A.U. Radionuklidlar va ekologiya. NamDU ilmiy axborotnomasi. - Namangan 2020 yil. №2. 47-51 betlar.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

1-rasm. Yadro va elementar zarralar fizikasi fanining 4266).

'Yadro reaktsiyalari"bo'limi bo'yicha eleKtron darslik (DGU2021

o'qitish usullarni takomillashtirish orqali yadro fizikasini o'qitish natijalarini samaradorligi va bu sohada hozirgi texnik taraqqiyot zaminida yotgan fizik qonuniyatlar haqida tasavvurlarini shakllanib borish darajasini aniqlash maqsadida dastlab pedagogik eksperiment o'tkazish shart sharoitlari, maqsadi, vazifalari belgilanib unda ko'p yillik yadro fizikasini o'qitish jarayonida aniqlangan kamchiliklar ham inobatga olindi.

Pedagogik tajriba o'tkazishning asosiy maqsadi yadro fizikasi predmetlarini o'qitishda o'quvchi talabalarda zamonaviy ilmiy dun-yoqarashni shakllanishida yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ularni hal etishda informatsion texnologiyalardan foydalanish aso-sida takomillashtirilgan yadro fizikasini o'qitish metodikasini samaradorligini tekshirishdan ibo-rat bo'ladi. Pedagogik tajribalar uch bosqichda bo'lib, birinchi bosqich Namangan davlat univer-siteti Fizika yo'nalishi talabalarida 2012-2017 yil-larda Yadro fizikasini o'qitish metodlari, nazariy va tajriba ishlarini real holati o'rganilib ular aso-sida aniqlangan muammolarni bartaraf etishda informatsion texnologiyalardan foydalanish zarurati aniqlanib ular asosida yadro fizikasini o'qitish metodikasi takomillashtirildi.

Ikkinchi bosqichda (2017-2020 yillar) o'quv materiallarini o'rganish tajribasi o'tkazilib, o'quv mavzulari mazmuni va o'qitish vositalari infor-matsion texnologiyalar bilan boyitilgan o'qitish metodikasi bo'yicha Namangan davlat uni-versitetidan tashqari Andijon davlat univer-siteti, Farg'ona davlat universiteti yadro fizikasi o'qituvchilariga ko'rsatilgan metodik tavsiyalar va seminarlar asosida o'quvchi talabalarni yadro fizikasini o'rganish bo'yicha sinovlar olib borildi. 2019-2020 yillarda takomillashtirilgan o'qitish metodikasini samaradorlik natijalari aniqlandi.

Uchinchi bosqichda (2020-2021 yillar) nazorat tajribasi o'tkazildi. Bunda eksperimental va nazorat guruhlarida yadro fizikasi o'qitilib, pedagogik tajriba natijalari tahlil etildi. Ishlab chiqil-gan metodik ko'rsatmalar statistik qayta ishlanib o'quv jarayoniga joriy etildi.

Umumiy pedagogik tajribalar natijalarini ko'rsatishicha ishlab chiqilgan yadro fizikasini o'qitish metodikasi yadro fizikasini o'rganishda samarador bo'lib, o'quv sifati 38 foizga oshgani kuzatildi. O'qitishni natijadorlik mezoni sifatida javoblarni mantiqli, tizimli, aniq asoslay olish anglab olganlik, bilimni puxtaligi kabi holatlar belgilandi.

Xulosalar.

1. Informatsion texnologiyalar yordamida yaratilgan "TechSmith Camtasia", "MXSAFlash", "ActivePresenter", "EasyQuizzy" va "AutoPlay MediaStudio" dasturlar va biz tomondan ishlab chiqilgan "Yadro reaktsiyalari", "Atom energe-tikasi", "Zamonaviy atom reaktorlari va ularning ishlash mexanizmlari" kabi qo'shimcha elektron dasturlar yordamida zamonaviy fan yutuqla-rini mavjudlari bilan uyg'unlashgan holda yadro fizikasini o'qitish metodikasi ishlab chiqildi.

2. Komp'yuter texnologiyalari asosida yadro fizikasini o'qitish metodikasini markazida o'quv materiallari mazmuni yotadi va o'qituvchi talabalar o'quv faoliyatini tashkilotchisi bo'ladi. Komp'yuter esa informatsion texnologiyalardan foydalanish funktsiyasini bajaradi.

3. Yadro fizikasi o'quv materiallarini ilmiy texnik rivojlanish yutuqlari bilan boyitilganligi va ularni namoyishli tarzda o'qitilishi talabalar bilim saviyasini ko'tarishga va o'quv o'rganish jarayo-nini faollashishiga olib kelishi aniqlandi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

с ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ / ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ 57 и

Foydalanilan adabiyotlar:

1. Митрофанов К.Г., Зайцева О.В. Применение инновационных компьютерных технологий в сфере образования: основные аспекты и тенденции. // Вестник, 2009, Выпуск 10(88), с.64-68.

2. Е.С.Полат, М.Ю.Бухаркина, М.В. Моисеева: А.Е. Петров; Новые педагогические и информационные технологии в системе образования: Учебное пособие/ - М.: Издательский центр «Академия», 2008, c.269.

3. Владимирова Е.В., Янин Л.А Краткая информация об атомных ядрах (Электронный ресурс) // Ядерный практикум для школьников ЛОСП НИИЯФ МГУ. - Режим доступа: http://prac-gw.sinp.msu.ru/teacher/leaflet/pdf. (дата обращения: 20.03.2018).

4. Волнистова Т.В. Ядерная физка: Методические рекомендации учителю физики. -М.: ИОСО РАО, 2004. - 62 с.

5. Лев Н.Р. Об изучении энергии связи атомных ядер // Физика в школе, 2001.- № 2. - с. 33-34.

6. Мастропас З.П., Синдеев Ю.Г. Физика: Методика и практика преподавания. - Р-н-Д: Феникс, 2002. с.11-32.

7. Полат Е.С., Бухаркина М.Ю., Моисеева М.В., Петров А.Е. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования.- М.: Академия, 2003.-272 с.

8. Qo'chqarov X.O., Yusupov D.A Fundamental fanlarni o'qitish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari va yechimlari : Academic Research in Educational Sciences. Volume 2. Uzbekistan 2021. DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-448-455. p. 448-455.

9. Mamatkarimov O.O., Qo'chqarov X.O., Yusupov D.A., Adashaliev A.U. Radionuklidlar va ekologiya. NamDU ilmiy axborotnomasi. Namangan 2020 yil. № 2. 47-51 betlar.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 2 (111)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.