Научная статья на тему 'KO’RFAZ MAMLAKATLARIDA INTERNET TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISH DINAMIKASI (SIYOSIY VA IQTISODIY SOHALAR MISOLIDA)'

KO’RFAZ MAMLAKATLARIDA INTERNET TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISH DINAMIKASI (SIYOSIY VA IQTISODIY SOHALAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
89
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ko’rfaz malakatlari / internet texnologiyalari / siyosiy rejim / siyosiy jarayon / tarkibiy o’zgarish / raqamli iqtisodiyot.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muhammadi Azim O’G’Li Azimov

Maqolaning qisqacha mazmuni bugungi kunda Ko’rfaz mamlakatlarining taraqqiyotida internet texnologiyalarining o’rni, mintaqa mamlakatlaridagi tarkibiy o’zgarishlarga tayyorgarlik jarayonlari va istiqbolli strategik rejalarni tahlil qilishdan iborat. Shunindek, bu maqolada BAA va Saudiya Arabistoning texnologiya sohasidagi erishgan yutuqlari va tajribasini o’rganish, internet orqali ta’sir doiralarini kengaytirish usullari hamda zamonaviy texnologiyalarning yo’naltiruvchi kuchlarini aniqlash amasalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KO’RFAZ MAMLAKATLARIDA INTERNET TEXNOLOGIYASINING RIVOJLANISH DINAMIKASI (SIYOSIY VA IQTISODIY SOHALAR MISOLIDA)»

KO'RFAZ MAMLAKATLARIDA INTERNET TEXNOLOGIYASINING

RIVOJLANISH DINAMIKASI (SIYOSIY VA IQTISODIY SOHALAR

MISOLIDA)

Muhammadi Azim o'g'li Azimov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolaning qisqacha mazmuni bugungi kunda Ko'rfaz mamlakatlarining taraqqiyotida internet texnologiyalarining o'rni, mintaqa mamlakatlaridagi tarkibiy o'zgarishlarga tayyorgarlik jarayonlari va istiqbolli strategik rejalarni tahlil qilishdan iborat. Shunindek, bu maqolada BAA va Saudiya Arabistoning texnologiya sohasidagi erishgan yutuqlari va tajribasini o'rganish, internet orqali ta'sir doiralarini kengaytirish usullari hamda zamonaviy texnologiyalarning yo'naltiruvchi kuchlarini aniqlash amasalalari yoritilgan.

Kalit zo'zlar: Ko'rfaz malakatlari, internet texnologiyalari, siyosiy rejim, siyosiy jarayon, tarkibiy o'zgarish, raqamli iqtisodiyot.

DYNAMICS OF DEVELOPMENT OF INTERNET TECHNOLOGY IN THE

BATTLE COUNTRIES (ON THE EXAMPLE OF POLITICAL AND

ECONOMIC SPHERES)

ABSTRACT

The article summarizes the role of Internet technologies in the development of the Gulf countries today, the process of preparation for structural changes in the region and the analysis of future strategic plans. The article also examines the achievements and experiences of the UAE and Saudi Arabia in the field of technology, ways to expand the sphere of influence through the Internet, as well as to identify the driving forces of modern technology.

Keywords: Gulf countries, internet technology, political regime, political process, structural change, digital economy.

Bugungi kunda internet texnologiyasi jadal rivojlnayaotgan eng yangi tarmoq sifatida butun dunyoni lol qoldirmoqda. Hozirda u yetib bormagan joy yoxud makonning deyarli o'zi yo'q. Internet texnologiyalarining mamlakatlar taraqqiyotidagi o'rni boshqa tarmoq sohalarga qaraganda nufuzi ortmoqda. Chunki, bu tarmoq barcha sohalarni ya'ni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va hatto ma'naviy sohalarga ham o'z ta'sirini o'tkaza olish kabi imkoniyatga ega. Uning jamiyat hayotida tez tarqalishi va

ahamiyatning oshishi ham qaysidir ma'noda yuqoridagi sohalarga kirib borishiga bevosita bog'liq. "So'nggi yillardagi global siyosiy tendentsiyalar texnologik innovatsiyalar va demokratik siyosatdagi taraqqiyot o'rtasidagi bog'liqlik ko'p jihatdan ijobiy bo'lishi haqidagi har qanday illyuziyalarga barham berdi. Raqamli texnologiyalar xalqaro siyosatni turli yo'llar bilan buzmoqda"1. Ya'ni ular siyosiy boshqaruvni soxtalashtirish va aholini bo'ysidirishga xizmat qiluvchi vositaga aylanib qolmoqda. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarning jadal suratda tarqalishi ham bunga sabab bo'lmoqda.

Hozirda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlaridan tortib to eng nochor davlatlari ham internet texnologiyalari bilan hisoblashishlariga to'g'ri keladi. Ko'rfaz mamlakatlari ham bundan mustasno emas. Ushbu mintaqadagi Saudiya Arabistoni Quvayt va BAA kabi davlatlarida bu tarmoq sohasining kuchli ta'sirga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin. Sababi, bu davlatlar siyosiy va oqtisodiy jarayonlarida ushbu texnologiyaning harakatlantiruvchi kuchi anchayin yuqori hisoblanadi. Buni ayniqsa internet orqali siyosiy jarayonlarning ijtimoiy konflikt va mojarolarga sabab bo'layotganligida ham ko'rishimiz ham mumkin. Ya'ni insonlarning siyosi y ongi va dunyoqarashi davlatlar o'rnatatadigan siyosiy tartib va qoidalarga zid bo'lib qolmoqda. "Kibermakonda jamoaviy ong rivojlanib borar ekan, hukumatning "asosiy" tarkibiy qismlarni qayta taqsimlangan tarqatmalarga yo'naltirish bo'yicha an'anaviy strategiyalari rejimlarni qonuniylashtirishda kamroq ta'sir ko'rsatadi. Vertual makonning kengayishi jismoniy makonning torayishi bilan nomutanosib ravishda o'sib boradi: bu avtoritar rejimlarga tahdid solishi bilan birga, ijtimoiy tartibni ham beqarorlashtiradi - chunki institutsional rivojlanish mos kelmasdan, ijtimoiy mobilizatsiyaning rivojlanishi siyosiy tanazzulga sabab bo'ladi"2. Endilikda zamonaviy internet texnologiyalari va ularning ishlash prinsplarini yaxshi tushuna oladigan insonlargina g'alaba qozonadi. Chunki, ular boshqalarga nisbatan ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldi.

Bugun dunyo hamjamiyati katta qiziqish bilan BAA va Saudiya Arabistonining internet texnologiyalari borasidagi siyosiy tajribasi, boshqa mamlakatlar uchun o'ziga xos tajriba modeliga aylanmoqda. Chunki, mintaqadagi davlatlarning ushbu sohadagi faoliyati siyosiy rejim va uni qo'llab quvvatlovchilar uchun foydali hisoblanadi. "BAA va Saudiya Arabistoni texnologiya sohasiga, shu jumladan xalqaro texnologiya kompaniyalariga sarmoya kirituvchi asosiy o'yinchilar sifatida paydo bo'ldi. Ammo, inson huquqlarining tartibsiz holatini hisobga olsak, bu ularning xalqaro texnologiya sanoatiga ta'sirining kuchayishi Yaqin Sharqdagi inson huquqlari va demokratiya uchun yomon yangilikdir"3. Bunday o'zgarishlar pirovardida hukumatning boshqaruvidagi mavqeyining ko'tarilishiga va oddiy insonlar ustidan kuchli nazoratning shakillanishiga

1 All rights reserved. Issues on the Frontlines of Technology and Politics Steven Feldstein, editor OCTOBER 2021. P. 1.

2 OLIVER DAVIES The Political Impact of Social Media on the Arab Gulf: Saudi Arabia and Bahrain. JAN 12 2015. P. 8.

All rights reserved. Issues on the Frontlines of Technology and Politics Steven Feldstein, editor. OCTOBER 2021. P. 17

asos bo'ladi. Shunday qilib, avtaritarizmga asoslangan boshqaruv demokratiyaning kuchli qarshiliga qaramasdan saqlanib qolishiga asos bo'lmoqda. Buni Saudiya Arabistoni misolida ham ko'rish mumkin. "Saudiya Arabistoni aholini nazorat qilish, norozilikni bostirish va butun mintaqada uning manfaatlariga xizmat qilish uchun texnologiyani suiste'mol qilish bilan mashhur. Uning razvedka xizmatlari ayg'oqchilar yordamida Twitterga kirib, dissidentlarning shaxsiy ma'lumotlariga kirish imkoniga ega bo'lgan"4. Texnologiyani boshqarishning bundagi uslubi davlat irodasini mustahkam tutib turishga yordam beradi.

Hukumat internetni doimo qo'llab quvvatlaydi. Sababi, bu tarmoq mintaqa mamlakatlari uchun muammoni hal etuvchi eng muqobil variyanti hisoblanadi. Ammo internet texnologiyasining shakillanishini doimo salbiy tushuncha sifatida qabul qilmaslik kerak. Negaki, BAAda bu ijobiy yutuqlarga erishishga yordam berganini unutmaslik kerak. Ya'ni internetning onlayn xizmat ko'rsatish, elektron hukumat va iqtisodiyotning qator tarmoqlaridagi ulushi va foydasi boshqa sohalarga qaraganda yuqori o'rinlarda turadi. Buni quydagi statistik ma'lumotlar ham tasdiqlaydi.

Onlayn xizmatlar indeksi (OXI) 2020 reytingida "BAA arab va Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi mintaqada 1-o'rinni, Osiyo mintaqasida 4-o'rinni va global miqyosda 8-o'rinni egallab, indeksda 0,9 ball to'pladi. Onlayn xizmatlar indeksi elektron xizmatlarning yetukligi uchun to'rt bosqichli modelga ega. Birinchi bosqich -hukumat tomonidan aholini onlayn axborot bilan ta'minlash. Ikkinchi bosqich - ko'proq davlat siyosati, qonunlar, qoidalar, hisobotlar va yuklab olinadigan nashrlar orqali axborotni takomillashtirish. Uchinchi bosqich davlat va mijozning o'zaro hamkorligi natijasida erishiladigan protsessual xizmatlarni qamrab oladi. To'rtinchi bosqich yanada rivojlangan va ulangan xizmatlarni qamrab oladi"5. Hukumatning bunday elektronlashuvini yuqoridagi kabi bosqichlarda amalga oshirish orqali raqamli iqtisodiyot uchun tarkibiy o'zgarishlarni hozirlash mumkin. Bu yaqin kelajakda mamlakatlar uchun eng muhim tarmoq sohalaridan biriga aylanadi.

Internetni hukumat siyosati va iqtisodiyotida qo'llashning dastlabki asoslari yuqori tashkilot va davlat organlaridan boshlanadi. Quyida, turli tarmoqlarda yuqori o'rinda borayotgan BAAning indeksdagi ko'rsatgichlari berilgan. Unga ko'ra, 2016, 2018 va 2020-yillardagi BMTning elektron hukumat so'rovida BAAning o'rinlarining qiyosiy jadvali keltirilgan6.

Indeks 2016 yildagi 2018 yildagi 2020-yildagi reyting

reyting reyting

Elektron hukumatni 29 21 21

rivojlantirish indeksi

4 All rights reserved. Issues on the Frontlines of Technology and Politics Steven Feldstein, editor. OCTOBER 2021. P. 18.

5 https://u.ae/en/about-the-uae/uae-competitiveness/the-un-egovernment-survey/the-un-egovernment-survey-2020#arabic-version-of-the-un-egovernment-survey-2020.

6 Arabic version of the UNE-Government Survey 2020.

(EHRI)

Onlayn xizmatlar 8 6 8

indeksi (OXI)

Elektron ishtirok 32 17 16

indeksi

Telekommunikatsiya 25 2 7

infratuzilmasi indeksi

(TII)

Barcha turdagi onlayn xizmatlar davlat taraqiyyoti uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Ko'rfaz davlatlari orasida yana internet tarmog'idan iqtisodiyotda keng qo'llayotgan davlatlardan biri bu - Saudiya Arabistonidir. Ayni paytda, Saudiya Arabistoni iqtisodiyotning qator tarmoqlariga ham internet texnologiyalarining salmog'i kunsayin oshmoqda. Ayniqsa, suniy intelekt sohasi jadallshmoqda. 2019-yilda e'lon qilingan, "Pricewaterhouse Coopers (PwC) konsalting kompaniyasining hisobatiga ko'ra, suniy intelektga asoslangan tashkilotlar ulushi Yaqin Sharq mamlakatlariga 320 mlrd. 2030-yilga kelib Saudiya Arabistoni 135,2 milliard dollarni tashkil etadi, bu 2030-yilda YalMning taxminan 12,4 foizini tashkil qiladi"7. Shuningdek, mamlaktda internet texnologiyasi bilan bog'liq bo'lgan ko'plab vazirlik va tashkilotlar kelgusidagi istiqbolli rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan minglab loyihalarni ishga tushirmoqda. Bu Saudiya uchun keyinchalik mintaqadagi global nazorat tizginini beradi.

Zamonaviy internet texnologiyalarining joriy etilishi insonlarning yashash tarzining yaxshilanishiga sabab bo'ladi. Ammo, internetning samarasiz faoliyati davalat va aholi o'rtasidagi muammolarning kuchayishiga sabab bo'lishi mumkin. "Internetning ta'siri kutilganidan kamroq bo'lishi mumkin, agar u ko'p odamlarning vaqt va kuchini fuqarolik mas'uliyati yoki siyosiy faoliyatiga bag'ishlay olmasligini tubdan o'zgartirmasa. O'tmishda kommunikatsiya texnologiyalaridagi takomillashtirish odamlarning xabardor bo'lish va ishtirok etish qobiliyatini oshirgan bo'lsa-da, bu har doim ham natija bermagan"8. Ya'ni, siyosiy va iqtisodiy sohadagi tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirmasdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi.

Xulosa qilib aytganda, internetdan siyosiy maqsadlarda foydalanish holatlari Ko'rfaz mamlakatlarida ko'p uchraydigan hodisa hisoblanadi. Buning sababi, bir tamondan ulardagi aksariyat davlatlarning boshqaruv shakli monarxiya tuzimiga asoslanganligi bo'lsa, boshqa tamondan internet texnologiyalari siyosiy rejimning samarali ishlashi va davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qilishi bilan

7 Рогожин А.А. (2021). ИКТ как направление диверсификации экономики Саудовской Аравии // Контуры глобальных трансформаций: политика, экономика, право C. 126.

8 https://www.aph.gov.au/About Parliament/Parliamentary Departments/Parliamentary Librarv/pubs/rp/98RP11

ifodalanadi. Endilikda, mintaqa mamlakatlari internetdan taraqqiy etish yo'lida foydalanishi uchun quydagilarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq:

- Sun'iy intelekni davlat organlari tuzilmalarida joriy etish. Bu amalda koruppsiyon holatlarni kamaytiradi;

- Tashqi savdoni onlayn platformaga o'tkazishni tezlashtirishi lozim (bu mintaqa mamlakatlaridagi asosiy neft va gaz savdosiga keng yo'l ochadi);

- Internet tezligini oshiruvchi 6G, 7G kabi universiyal tezlanishni oshiruvchi drayverlarni ishlab chiqish. Bu geolokatsiyon turizm va obseravtorik kuzatishlarga yordam beradi.

- Xalqaro ilmiy zamonaviy texnologik markazlar bilan hamkorlikni kengaytirish.

REFERENCES

1. All rights reserved. Issues on the Frontlines of Technology and Politics Steven Feldstein, editor OCTOBER 2021.

OLIVER DAVIES The Political Impact of Social Media on the Arab Gulf: Saudi Arabia and Bahrain. JAN 12 2015.

2. Arabic version of the UNE-Government Survey 2020.

3. Васильев А. М., Жерлицына Н. А Динамика государственной политики в отношении СМИ в странах Ближнего Востока и Северной Африки. 2019.

4. Рогожин А.А. ИКТ как направление диверсификации экономики Саудовской Аравии // Контуры глобальных трансформаций: политика, экономика, право. 2021.

5. www. researchgate. net

6. www.aph.gov.au

7. u.ae/en

8. cyberleninka.ru/

9. www.researchgate.net/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.