Научная статья на тему 'KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH SIYOSATI: XITOY TAJRIBASI'

KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH SIYOSATI: XITOY TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
857
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
klaster / klaster siyosati / klaster siyosatini baholash / raqobatbardoshlik / liberal model / direktiv modeli. / cluster / cluster policy / assessment of cluster policy / competitiveness / liberal model / directive model.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Maxmasobirova, Nigora Uktam Qizi

Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotda klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish siyosatining xususiyatlari o‘rganilgan bo‘lib, klaster siyosatini baholash jarayonlari ham yoritilgandir. Shuningdek, maqolada klasterlashtirish siyosati bo‘yicha jahon tajribasi xorijiy mamlakatlardan AQSH, Rossiya, Yevropa Ittifoqi mintaqasi misolida qisqacha yoritilib, mazkur yo‘nalishda Xitoy Xalq Respublikasining tajribasi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POLICY OF THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF CLUSTERS: THE EXPERIENCE OF CHINA

This article examines the features of the policy of the formation and development of clusters in the national economy, and highlights the processes of evaluating cluster policy. In addition, the article briefly highlights the world experience of the clusterization policy on the examples of the United States, Russia and the EU region, and reveals the experience of the People’s Republic of China in this direction.

Текст научной работы на тему «KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH SIYOSATI: XITOY TAJRIBASI»

KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH SIYOSATI:

XITOY TAJRIBASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7336608

Maxmasobirova Nigora Uktam qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi [email protected],

Annotatsiya.Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotda klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish siyosatining xususiyatlari o'rganilgan bo'lib, klaster siyosatini baholash jarayonlari ham yoritilgandir. Shuningdek, maqolada klasterlashtirish siyosati bo'yicha jahon tajribasi xorijiy mamlakatlardan AQSH, Rossiya, Yevropa Ittifoqi mintaqasi misolida qisqacha yoritilib, mazkur yo'nalishda Xitoy Xalq Respublikasining tajribasi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: klaster; klaster siyosati; klaster siyosatini baholash; raqobatbardoshlik; liberal model; direktiv modeli.

POLICY OF THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF CLUSTERS:

THE EXPERIENCE OF CHINA

Makhmasobirova Nigora Uktam qizi

TSUOS m_ni gora93 @mail.ru

Annotation. This article examines the features of the policy of the formation and development of clusters in the national economy, and highlights the processes of evaluating cluster policy. In addition, the article briefly highlights the world experience of the clusterization policy on the examples of the United States, Russia and the EU region, and reveals the experience of the People's Republic of China in this direction.

Key words: cluster; cluster policy; assessment of cluster policy; competitiveness; liberal model; directive model.

Yangi boshqaruv texnologiyasi hisoblanuvchi iqtisodiy rivojlanishning klasterli yondoshuvi nafaqat ma'lum mintaqa yoki tarmoqning, balki butun mamlakatning milliy raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilganligi sababli, milliy iqtisodiyotni klasterlashtirish dunyoning ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida uchraydi. Umuman olganda, iqtisodiy klaster deganda geografik jihatdan yaqin joylashgan va ixtisoslashgan sektorlar (ishlab chiqarish sektori, ilm-fan sektori, boshqaruv sektori (mahaliy hokimiyatlar) va to'ldiruvchi sektor (bank, sug'urta, logistika, uyushmalar)ning o'zaro hamkorligi va raqobatidan yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimini tushunish mumkin bo'lib, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda klasterli yondashuv klaster siyosati shaklida amalga oshiriladi. Klasterlarini rivojlantirish siyosati mahalliy ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish korxonalari hamda klasterning boshqa ishtirokchilari o'rtasida vertikal va gorizontal aloqalarni o'rnatish orqali innovatsiyalarning tarqalishiga va muhim mahalliy tashqi omillarni yaratishga yordam berishitufayli bugungi kunda mintaqaviy va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo'nalishlaridan sanaladi.

Klaster siyosati deganda mintaqada klasterlarni shakllantirish, rivojlantirish va umuman faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. Klaster siyosati milliy,

mintaqaviy darajada olib boriladi. Olib borilayotgan klaster siyosatining samaradorligini aniqlash mazkur siyosatni baholash orqali amalga oshirilib, klaster siyosatini baholash tor ma'noda ma'lum me'zonlarga muvofiq klasterlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan siyosat choralarini baholashni anglatsa, keng ma'noda klaster siyosatini tahlil qilish deganda siyosatni ishlab chiqish, rivojlantirish bosqichidan to boshqarish bosqichigacha bo'lgan barcha sikl, har xil baholash turlarini o'z ichiga olgan doimiy va izchil jarayon tushuniladi [1].Klaster siyosatini baholash bo'yicha bir necha tadqiqotlar olib borgan iqtisodchi O.Solvell klaster siyosatini baholash deganda siyosat, dasturlar, loyihalar yoki boshqa obyektlarni kontseptuallashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirishni tahlil qiluvchi har xil turdagi tadqiqot protseduralarini muntazam ravishda qo'llash jarayonini ta'kidlaydi [2].

Umuman olganda, klaster tashabbuslarining asosiy maqsadlari inson resurslarini takomillashtirish, klasterni kengaytirish, ishtirokchilar sonini ko'paytirish, biznesni rivojlantirish, tijorat hamkorligini qo'llab-quvvatlash, innovatsiyalarni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhiti, biznes uchun sharoitlarni yaxshilash sanaladi. Bu kabi tashabbuslar esa albatta mamlakatning klaster siyosatiga asoslanadi. Iqtisodchi olim M.Enrayt klaster siyosatining 4 xil shaklini tasniflaydi [3]:

- katalitik (davlat faqatgina manfaatdor tomonlarni birlashtiradi va ularga minimal yordam ko'rsatadi);

- qo'llab-quvvatlovchi (katalitik shakl klasterlarning shakllanishini ta'minlovchi infratuzilmaga investitsiya, ta'lim, kasbiy ta'lim kabilar bilan boyitiladi);

- direktiv (mahalliy iqtisodiy tuzilmani o'zgartirish uchun klaster dasturidan foydalangan holda qo'llab-quvvatlovchi siyosat yoki umummilliy maqsadli dasturlarning mavjudligi);

- intervension (subsidiyalar, takomillashtiruvchi, himoyalovchi va tartibga soluvchi vositalarni faol qo'llash, klaster a'zolari faoliyatini qisman nazorat qilish).

Ta'kidlash kerakki, to'g'ri yo'lga qo'yilgan klaster siyosati klaster ishtirokchilari, xususan firma va davlat idoralariga bir qancha imkoniyatlar hamda afzalliklar olib keladi.

Klaster siyosatini tahlil qilishda, klasterning faoliyati bilan bog'liq qo'shimcha bir nechta masalalar ham ko'rib chiqiladi:

1. Klasterni tashkil etish va boshqarish tizimining samaradorligini bildiruvchi ko'rsatkichlar -tizimning intensivligi va samaradorligi, klasterda ishtirok etish darajasi, klaster ishtirokchilarining maqsadlari, boshqaruv apparatining byudjeti va boshqaruv xodimlarining soni, klasterning institutsionallashuv darajasi, klasterning maqsadi kabilarni o'z ichiga oladi;

2. Klaster faoliyatining natijalari - ITTKI bilan mashg'ul bo'lgan ishtirokchilar soni, ITTKIga sarflangan xarajatlar hajmi, tadqiqotlarni moliyalashtirish darajasi, xalqaro tadqiqotlar ulushi, klaster doirasidagi OTMlar soni va ularning klasterdagi ishtiroki, oxirgi 3 yilda yangi tovarlar yoki xizmatlar joriy etgan kompaniyalar soni, xorijiy investitsiyalar hajmi, eksportga yo'nalganlik darajasi kabi ko'rsatkichlar tahlil qilinadi.

Klaster siyosatining effektivligini tahlil qilishda, shuningdek, moliyaviy hisobot usullari, keys-stadi, ekonometrik, iqtisodiy metodlar hamda tizimli yondoshuv kabi usullarni ham qo'llash mumkindir [4].

Umuman olganda, aytish mumkinki, klasterlar iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish olib borilayotgan klaster siyosatini to'g'ri baholash, mavjud muammolarni aniqlash, tajribalarni o'rganish, klasterning samarali faoliyatini tashkil etishda muhimdir. Iqtisodiy klasterning uzoq muddatli muvaffaqiyati klasterning siyosatini ishlab chiquvchilar hamda tashkilotchilarining klasterda tajribalar olib borish uchun shart-sharoit yaratishiga bog'liq bo'ladi.Ayniqsa, qishloq xo'jaligiga asoslangan klasterlarni rivojlantirish uchun maxsus dasturlar, klasterni rivojlantirish siyosati zarur bo'lib, bunda hukumat, mahalliy boshqaruv organlari, iqtisodiy institutlar rivojlanish jarayonini qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynaydi.

Adabiyotlarda keltirilishicha, jahon amaliyotida klaster siyosati olib boriladigan ikkita model mavjuddir. Birinchisi liberal model bo'lib (AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada), unda klaster bozorning tarkibiy qismi hisoblanadi va federal hokimiyatning roli uning tabiiy rivojlanishi uchun to'siqlarni olib tashlashdan iborat hisoblanadi. Ikkinchi model esa "derijyor" model (Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Shvetsiya, Fransiya, Finlandiya, Sloveniya) bo'lib, unda davlat klasterlarni yaratish va rivojlantirishda faol ishtirok etadi [5].

Klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha jahon mamlakatlari tajribasiga qisqacha nazar solsak, ko'rishimiz mumkinki, klasterlashtirish siyosati mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi va tipi, imkoniyatlari va klasterlashtirishdan ko'zlangan maqsadlardan kelib chiqib turlicha xususiyatlarga egadir. Xususan, Yevropa Ittifoqida klaster siyosatining maqsadimintaqa bo'ylab klasterlarni rivojlantirish hamda ularning innovatsion sig'imkorligi, raqobatbardoshligini oshirish hisobalanadi va klasterlashtirish rivojlanayotgan sanoatlar va mintaqa doirasidagi hamkorlik, klasterlarni xalqaro doiraga olib chiqish, klasterlarni mukammallashtirish jarayonlarini qamrab oladi [6]. Mintaqadagi raqobatbardosh bir qancha agrosanoat klasterlari mavjud mintaqaKataloniya bo'lib, Kataloniyada klasterlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash tashabbuslari 1992-yildan boshlangan va klaster siyosatining maqsadi biznes raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Kataloniya klasterlarining muvaffaqiyatiga davlat va xususiy sektor hamkorligi, ya'ni tashabbuslar davlat tomonidan ilgari surilganligi va xususiy yetakchilik mavjud sohalarda amalga oshirilganligi sabab bo'lib, Kataloniya klaster siyosati 4 ta muhim ustunlarga tayanadi [7]:

• Xalqaro hamkorlik (xalqaro loyihalarda ishtirok etish, xalqaro maydonda klasterlararo hamkorlikni rivojlantirish);

• Klaster dasturlarini doimiy takomillashtirib borish (innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash, doimiy yangilanishlar orqali tajribani oshirib borish, davlat va xususiy sektor hamkorligini ta'minlash va sh.k.);

• Baholash va faoliyatni yoritish (baholash me'zonini o'rnatish, klaster doirasidagi tadbirlarni yoritish, "World class clusters" dasturi veb-sahifasini olib borish);

• Strategik o'zgarishlar va klasterlararo hamkorlik (raqabatbardoshlikning asosi sifatida tarmoqlararo va klasterlararo stragetik o'zgarishlarni amalga oshirish; grantlar ajratish).

AQSHda iqtisodiy klasterlar bir necha o'n yilliklardan buyon rivojlanib kelayotganiga qaramasdan, ta'kidlash lozimki mamlakatda bugungi kunda ham klasterlarning barcha xususiyatlarini aniqlovchi yagona model, yagona klaster siyosati mavjud emas [8]. Mamlakatda klasterlarning tabiiy ravishda shakllanib, rivojlanishiga bir qancha omillar sabab bo'lib, klasterlarni shakllantirish va qo'llab-quvvatlash siyosati quyidagi omillar bilan bog'liq bo'lgandir [9]: federal hukumat tomonidan importga qo'yiladigan qattiq cheklovlar; texno parklarni yaratish; hukumatda ishlab chiqarish sektorining qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash; korxonalarning kapitalida davlat ulushining mavjudligi; texnikaga ixtisoslashgan maktab va kollejlarning shakllantirilishi; amaliy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash va boshqalar.

Rossiyada esa klasterlarni shakllantirish 2000-yillardan boshlangan va bugungi kunda klasterlarni takomillashtirish siyosati Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy mexanizmlaridan biri sifatida ko'rilmoqda [10].Mamlakat hukumati tomonidan iqtisodiy klasterlarni shakllantirish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, Rossiyada klaster rivojlanishi bilan bog'liq bir qancha muammolar mavjud. Ba'zi olimlar klaster rivojida klaster tashkiliy tuzilmasining o'ta murakkabligi, mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari bilan hamkorlik qilish, ularni boshqarishda muammolar mavjudigi ta'kidlasalar [11], ba'zilari, mazkur dasturlarga umumiy axborot maydoni etishmasligi, klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo'yicha mamlakatning imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmagani [12] va klasterlar mamlakatning butun hududini to'liq qamrab olmaganini ta'kidlaydilar [13].

Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlar ichida klasterlashtirish yondoshuvini jadal targ'ib etayotgan mamlakatlardan biridir. Mamlakatda bugungi kunda agrosanoat oziq-ovqat sanoati, sabzavotchilik, gulchilik hamda chorvachilik klasterlari iqtisodiy samaradorlikni oshirish va qishloq xo'jaligini rivojlantirishda muhim rol o'ynamoqda. Xitoyda klasterlar asosan qishloq xo'jaligi, yuqori texnologik tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarida tashkil etilgandir. Mamlakat klasterlarining geografik joylashuviga nazar tashlasak, ularning asosiy qismi mamlakatning sharqiy qismida joylashganini ko'ramiz. Klasterlarning katta qismi Jiangsu, Shanghai, Zhejiang, Fujian va Guangdong provinsiyalarida joylashgan bo'lsa[14], zamonaviy qishloq xo'jaligi klasterlari Shandun, Pekin, Chansheda rivojlangandi[15] .

Xitoy klaster modelida klasterlarni moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlashda hukumat muhim rol o'ynaydi. Mamlakatda klaster siyosati ham markaziy ham mahalliy hukumat tomonidan ishlab chiqiladi. Xitoy markaziy hukumati Milliy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi (NDRC) tomonidan e'lon qilingan sanoat klasterlarini rivojlantirishga yordam berish bo'yicha ko'rsatmalarga muvofiq klasterlarni doimiy rivojlantirishga intiladi. Xitoy klaster siyosatining asosiy yo'nalishlariga rejalashtirish jarayonini kuchaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni oshirish, ixtisoslik orqali ishbilarmonlikni takomillashtirish, yangiliklarni rag'batlantirish, barqaror o'sishni rag'batlantirish, patentlash orqali mintaqaviy brendlarni yaratishni rag'batlantirish xizmatlar sohasini rivojlantirish belgilangandir [16].Aytish mumkinkiXitoy klaster siyosati o'ziga xos bo'lib, bunga mamlakat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy tizimining o'ziga xosligi sababdir. Shu sababli ko'pgina iqtisodchi olimlar Xitoy klaster modelini boshqa mamlakatlarda qo'llashmurakkab deb hisoblaydi. Xitoy klaster siyosatida asosiy figura bu hukumat bo'lib, klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish mahalliy va markaziy hukumat tomonidan amalga oshiriladi.Xususan, mamlakatda agrosanoat klasterlarining vujudga kelishida ham mahalliy hokimiyatlarning o'rni yuqori bo'lganini ko'rish mumkindir. Quyidagi rasmda mamlakatdagi agrosanoat aglomeratsiyalarining tadrijiy rivojlanish bosqichlari keltirilgan bo'lib,undan ko'rishimiz mumkinki, Xitoyda agrosanoat klasteri tabiiy aglomeratsiyalarning biror turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi hamda qishloq xo'jaligining sanoatlashuvi natijasida vujudga kelgan. Bu bosqichda ayniqsa mahalliy xalq kongresslarining roli kuchli bo'lgan. Uy xo'jaliklarining shartnoma bo'yicha javobgarlik tizimi, bozor iqtisodiyoti tamoyillarining kengroq tadbiq etilishi, soliq imtiyozlari, yerlarning meliorativ holatiga ko'ra qanday turdagi mahsulot ishlab chiqarishga mosligini aniqlash va taqsimlash orqali keng miqyosli mintaqaviy qishloq xo'jaligi vujudga kelishida mahalliy va markaziy hokimiyat muhim rol o'ynagan.

1-rasm. Xitoyga agrosanoat klasterlarining shakllanish bosqichi sxemasi[17]

Yoki, Xitoydagi eng mashhur sabzavot ishlab chiqarish hududi sanaluvchi, mamlakatdagi raqobatbardosh qishloq xo'jaligi klasterlaridan biri bo'lgan Shouguang klasteri rivojida ham hukumat tomonidan olib borilgan klaster siyosatining roli yuqori bo'lganini ko'rish mumkin. Ta'kidlash kerakki, bugun kunda mazkur klasterda 40 ming gadan ortiq issiqxonalarda yiliga 8 mln.tonnadan ortiq sabzavot yetishtiriladi [18].Shouguang "Xitoy sabzavotining vatani" sifatida tanilgan va Shandong provinsiyasi hukumati tomonidan qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish uchun pilot shahar sifatida belgilangan dastlabki agro klasterlar biri hisoblanadi. Uning shakllanishida mahalliy hukumatning roli katta bo'lib, hukumat ko'magi bilan sabzavot yetishtirish ko'lamini kengaytirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining infratuzilmasini takomillashtirish, yangi texnologiyalar va yangi turlarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, standartlashtirilgan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, yetishtirilayotgan sabzavotlar sifatini yaxshilash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo'jaligida "kremniy vodiysi" ni yaratish hamda tarqatish kanallari samaradorligini oshirishga erishilgandir [19].

M

M

M

1- bosqicli (1978-1984)

2-bosqich (1985-1989)

3-bosqicli (1990-1997)

4- bosqicli ( 1997-yildan so'ng)

•mahalliy hukumat tomonidan sabzavotchilikka istisoslashish belgilandi

•tarixan sabzavot yetishtirish bo'yicha tajriba, sabzavotlarga bo'lgan mahalliy va xalqaro talabniiig oshishi, gimich va bug'doy kabi mahsiilotlardan keladigan yuqori darajadi foyda viloyatiiiiig sabzavotchilik bo'yicha rivojlanishida asosiy rolni o'yiiadi

•yangi bozorga xaridorlami jalb qilish (misol iiclnui: yirik kroxonalar) amalga oshirildi •shahar ulgurgi savdo bozori atrofida 10 dan ortiq sabzavotchilik bozorlari Taslikil etilib, bozorlar tizimi yaratildi

•issiqxona yuritish bo'yicha yangi texnologiyalar klaster do ira sida keng qo'llanildi. Natijada 210 ming issiqxona, 30 dan ortiq istisoslashgan bozorlar va 40 ta oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 2.3 mln.toimaga yetdi

•"Green channel", "Blue channel" (dengiz orqali), "Sky channel" (avia yetkazish) hamda "Internet chanuel" transportirovkasi va marketing tizimlari yaratildi

•klasteming xalqarolashuvlanishi davri keldi. Xalqaro hamkorlik klaster do ira s ida ITTKI va malaka oshirish kabilami ham qamrab oldi

2-rasm. Shouguang sabzavotchilik klasterini shakllanish bosqichlari [20]

Umuman olib aytganda, milliy iqtisodiyotni klasterlashtirish har bir mamlakatning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va mamlakatning klaster siyosati mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy elementlarini o'zida mujassam etib, uning asosida shakllanadi. Iqtisodiy klasterlarni shakllantirish, rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha mamlakatlar

R

О

milliy modelining turlichaligi yana bir bor iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning yagona universal modeli, shakli yo'qligidan dalolat beradi. Fikrimizcha, bu milliy iqtisodiyotda klasterlashtirishni faol qo'llayotgan O'zbekiston kabi mamlakatlar uchun e'tiborga olinishi muhim bo'lgan dolzarb masala sanaladi.

REFERENCES

1. Оборина Е.Д. Зарубежный подход к оценке эффективности кластерной политики // Региональная экономика и управление: электронный научный журнал. - 2016. - № 4(48). - С. 615-622. (https://eee-region.ru/article/4851/)

2. Solvell О. Clusters, Balancing Evolutionary and Constructive Forces. - Stockholm: "Ivory Tower Publishers", 2008. - 137 p.

3. Enright M., Hung S., Prof. Kai. Survey on the Characterization of Regional Clusters: Initial Results. Working Paper. - Hong Kong: University of Hong Kong, 2000. -P. 15. (http://www.paca-online.org/cop/docs/Michael Enright Survey on the characterization of regional clusters.pdf)

4. Schmiedeberg C. Evaluation of cluster policy: a methodological overview // Evaluation, 2010. -№ 16(4). - P. 389-412. (https://danube-inco.net/object/document/10551/attach/Evaluation-2010-Schmiedeberg-389-412.pdf)

5. Doronina et al. Agro-industrial Clusters as a Factor of Increasing Competitiveness of the Region // International Journal of Economics and Financial Issues. - Yenice, 2016. - Vol 6, - P. 297

6. https://www.clustercollaboration.eu/eu-initiatives, The concept of clusters and cluster policies and their role for competitiveness and innovation: main statistical results and lessons learned. Commission staff working paper SEC №2637. - Luxembourg: European Communities, 2008. - P.9, https://ec.europa.eu/growth/ industry/policy/cluster en asosida muallif tomonidan shakllantirildi

7. https://www.clustercollaboration.eu/cluster-networks/catalonias-cluster-network

8. Competitive Regional Clusters: National Policy Approaches. OECD reviews of regional innovation. - OECD, 2007. - P.323

9. Хикматов Р., Гараев А. Международный опыт развития кластеров // Актуальные проблемы экономики и права, 2009. - №1(9). - С. 134-135.

10. Ионис А. Проблемы реализации инновационной кластерной политики с точки зрения государственного управления // Кластер. Исследованияиразработки. - Москва, 2015. - №1 (1). - С.6.

11. Gerasimova V., Mokichev S., Regional innovation cluster as a center of an innovative person formation // Procedia Economics and Finance, 2014. - Vol.15. - P. 640.

12. Алехин М., Кочемасов А. Проблемы кластеризации и кластерной политики // Интернет-журнал «Науковедение», 2015. - Том7, №5. - C.11-16. (http ://naukovedenie. ru)

13. Абдувалиев А.А. Кластер - миллий ик;тисодиётнинг инновацион ривожлвнишидвги урни ва роли. Рисола. -Т.: "Lesson Press", 2017 й. -Б. 24-25.

14. Wang J., Mei L. Dynamics of labour-intensive clusters in China: Relying on low labour costs or cultivating innovation? Working paper // Discussion Paper Series, International Office for Labour Studies. - Geneve: International Labour Organization, 2009. - Vol. 195.

15. http://chinalogist.ru/book/articles/obzory/proizvodstvenno-logisticheskie-klastery-knr-specializaciya-i-proizvodstvo

16. Lopez-Medina F. Cluster policies in two emerging economies: Mexico and China, Korea // Review of International Studies, 2010. -Vol. 13, No.2.

17. Li E., Coates K., Li X., Ye X., Leipnik M. Analyzing Agricultural Agglomeration in China // Sustainability. - Basel, 2017. - № 9(2), 313. - P.12. (https://doi.org/ 10.3390/su9020313)

18. http://www.xinhuanet.com/english/2018-12/09/c 137660983.htm#:~:text=Shouguang %20has%20more% 20than%2040%2C000,tonnes%20of%20vegetables%20a%20year.

19. Yu M., Calzadilla J., Lopez J., Villa A. Engineering agro-food development: The cluster model in China // Agricultural Sciences. -Rome, 2013. -P.37.

20. Hearing to review the opportunities and benefits of agricultural biotechnology: hearing before the Subcommittee on Rural Development, Research, Biotechnology, and Foreign Agriculture of the Committee on Agriculture. House of Representatives. One Hundred Twelfth Congress, first session, 2011. -P.64-66

21. Хашимова, С. А. (2020). Х;ОЗИРГИ ХИТОЙ ТИЛИ СИФАТЛАРДА КОНВЕРСИЯ Х,ОДИСАСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(2).

22. Нишанбаева, А. И., Мирзахмедова, Х. В., & Джафаров, Б. Ф. (2021). ОБРАЗОВАНИЕ СЛОВ С ПОМОЩЬЮ ПЕРСИДСКИХ ГЛАГОЛЬНЫХ АФФИКСОИДОВ В ПОЭМЕ «ХАЙРАТ АЛЬ-АБРАР» АЛИШЕРА НАВОИ.

23. Содиков, К., & Омонов, К. (2010). Узбек тилининг ёзма услублари тарихидан.

24. Халмурзаева, Н. Т. (2016). Проблема определения категории вежливости в японской лингвистике. International scientific review, (18 (28)), 83-84.

25. Насирова, С. А. (2022). ИНСТИТУТ ЕВНУХОВ В ДРЕВНЕМ КИТАЕ: ПРИЧИНЫ ВОЗНИКНОВЕНИЯ И ОСОБЕННОСТИ. In Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 187-188).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.