Вестник магистратуры. 2019. № 6-5(93)
ISSN 2223-4047
УДК 338.48
Ш.М. Имомова, Г.С. Рахимова
КЛАССИФИКАЦИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ СИСТЕМ В ТУРИСТИЧЕСКОМ УПРАВЛЕНИИ
В статье приведена информация о классификации информационных систем в туристическом управлении.
Ключевые слова: туризм, компьютеризированная система бронирования, туристическое предприятие, электронный платеж, Интернет.
Turizm industriyasi shu darajada ko'p qirralikim, undagi mavjud jarayonni boshqarish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining barcha turlaridan foydalanishga to'g'ri keladi, masalan, oddiy matnni qayta ishlash, elektron jadvallar bilan ishlash, ma'lumotlar bazasini boshqarishdan boshlab, to maxsus dasturiy ta'minotlargacha bo'lib, ular orqli alohida turistik firmaning yoki mehmonxona faoliyatini avtomatlashtirish, global kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va sun'iy yo'ldosh yordamida harakatlarni ta'minlovchi texnologiyalarni ham qo'llash talab etiladi. Turizmda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi - bu turistik korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlarini boshqaruvchi tizimdir. Uning asosiy vazifasi samarali turistik tuzilmani yaratish orqali personalning qulaylashtirilgan mehnatini tashkil qilish va ularning doimiy o'sishini ta'minlab berishdan iborat. Ushbu tizimlar mehmonxonalar, turlar, mijozlar, byurtmaning holati va shunga o'xshash turistik axborotlarni kiritish, qayta ishlash va saqlash kabi imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari ular orqali axborotlarni qulay shaklda chiqarish, hisob-kitob ishlarini bajarish, ma'lumotlarni har xil formatlarda saqlash va ularni import-eksport qila olish shart hisoblanadi. Bunday tizimlar ikki shaklda taqdim etiladi: faqatgina lokal kompyuterda ishlaydigan va tarmoqda ishlaydugan. Hozirgi kunda asosan ikkinchi toifali dasturlar taqdim etiladi. Bunday tizimlarga misol sifatida "Само-Тур", "Лидер-Тур", "ТурМенежер" kabi dasturlarni keltirsa bo'ladi.
Kompyuterli bronlash tizimi - xalqaro bronlash tizimi. Keng tarqalgani - bu global taqsimlangan tizim (Global Distrubion System, GDS) bo'lib, unga mansub quyidagi tizimlar mavjud: Amadeus, Galileo, Sabre, Worldspan.
Internet global kompyuter tarmog 'i- bu xalqaro axborotlarni saqlash va uzatish tizimi bo'lib, dunyo bo'ylab barcha kompyuter tarmoqlarining birlashmasidan hosil topgan va yagona tarmoq bayonnomasi TCP/IP asosida muloqot o'rnatadi.
Sun 'iy yo 'Idosh tizimi - bu texnikaviy va elektron qurilmalar majmui bo'lib, yer atrofidagi obyektning geografik koordinatalarini va harakat parametrlarini aniqlab beruvchi tizimdir. Hozirgi kunda bunday tizimlar soni ikkita, bular GPS va GLONASS (ГЛОНАСС). Bunday tizimlar turistlar, sayohatchilar juda keng tarqalgan. GPS (Global Positioning System) - obyektning joylashuvini aniqlovchi tizim, istalgan ob-havoda ham obyektning joylashuvi va tezligini aniqlab beradi. GLONASS (ГЛОНАСС - Глобальная Навигационная Спутниковая Система) - ushbu tizimni hozirgi kunda 24 ta sun'iy yo'ldosh qo'llab quvvatlaydi. Maxsus texnik jihozga ega bo'lgan obyekt ushbu tizim orqali o'zining joylashuvini va vaqtini aniq belgilab beradi.
Elektron to'lov tizimlari - mahsulotlarga to'lovlarni kompyuter va magnit kartalari yordamida amalga oshiruvchi apparatli va dasturiy vositalar majmui. Masalan, kompyuter tarmoqlari orqali to'lovlarni amalga oshiruvchi WebMoney tizimi.
Mijozlar bilan o 'zaro munosabatlarni boshqarish tizimi (Customer Relationship management, CRM) -korxonaning mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Ushbu tizim mijozlar bilan o'zaro munosabatlarni boshqaradi. Korxona miqyosidagi axborot tizimlari sinfini shakllantiradi va ularning asosiy vazifasi: mijozlar bilan o'zaro aloqada ishlashni rejalashtirish va nazorat qilish, shu jumladan Internet orqali. Turistik biznes sohasida CRM-tizimlarda bevosita turistik firmaning o'z mijozlari, hamkorlari bilan bo'lgan barcha biznes munosabatlari tarixi saqlanib qoldi. Bu esa hamkorlar bilan ishlash jarayonini boshqarish samaradorligini oshiradi, menejerlarni ish faoliyatining sifati oshadi. Bu sohada yaratilgan quyidagi ilovalar mavjud: amoCRM, ASoft CRM, Marketing Analytic, Data Analyzer, EasyABC Plus, OROS Enterprise va boshqalar.
Elektron biznes tizimi ( e-business) - qo'shimcha qiymatning birlashtirilgan zanjirini yaratish va hamkorlarning optimal o'zaro ishlashini ta'minlash uchun axborot texnologiyalaridan foydadanishga asoslangan Internet - biznes. Bu elektron savdo tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Elektron biznes quyidagilarni o'z ichiga oladi: sotuvlar, marketing, moliyaviy tahlil, to'lovlar, xodimlarni izlash, foydalanuvchilarni qo'llash va hamkorlik munosabatlarini qo'llash.
© Имомова Ш.М., Рахимова Г.С., 2019.
ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2019. № 6-5(93)
Korxonaning axborot tizimi bilan birlashtirilgan va zamonaviy Internet texnologiyalarga asoslangan biznes jarayonlarini olib boruvchi tizimdir. Bu sohada yaratilgan quyidagi korporativ portallar mavjud: Liferay Portal, InfoExchange Portal, Enterprise Information Portal, WebSphere Portal Server, SharePoint Portal Server va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Информационное обеспечение туризма: учебник / Н.С. Морозов, М.А. Морозов, А.Д. Чудновский, М.А. Жукова, Л.А. Родигин. - М.: Федеральное агенство по туризму, 2014.
ИМОМОВА ШАФОАТ МАХМУДОВНА - старший преподаватель кафедры информационных технологий, Бухарский государственный университет, Узбекистан.
РАХИМОВА ГУЛХАЁ СОЙИБ ЦИЗИ - студентка Бухарский государственный университет, Узбекистан.