Sarimova Dildora Soataliyevna,
Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi O'quv va metodik ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
KIMYO DARSLARIDA ELEKTRON AXBOROT TA LIM RESURSLARINING AFZALLIKLARI
UO'K: 372.854 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_10_6
SARIMOVA D.S. KIMYO DARSLARIDA ELEKTRON AXBOROT TA LIM RESURSLARINING AFZALLIKLARI
Ushbu maqola kimyo darslarida elektron axborot ta'lim resurslari, vizual laboratoriya ya'ni real laboratoriya mashg'ulotlarini zamonaviy kompyuter vositasida animatsion ko'rinishlarini o'quv jarayoniga tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Tayanch so'z va tushunchalar: kimyo, vizual laboratoriya, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, virtual muhit, mineral, olmos, oltingugurt, oltin.
САРИМОВА Д.С. ПРЕИМУЩЕСТВА ЭЛЕКТРОННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ ОБУЧАЮЩИХ РЕСУРСОВ НА УРОКАХ ХИМИИ
В данной статье даны рекомендации по внедрению электронных информационных образовательных ресурсов, визуальной лаборатории, т.е. реальной лабораторной деятельности в учебный процесс с помощью современного компьютера.
Ключевые слова и понятия: химия, визуальная лаборатория, практические и лабораторные занятия, виртуальная среда, минерал, алмаз, сера, золото.
SARIMOVA D.S. ADVANTAGES OF ELECTRONIC INFORMATION LEARNING RESOURCES IN CHEMISTRY LESSONS
This article provides recommendations on the implementation of electronic information educational resources, visual laboratory, i.e., real laboratory activities in the educational process with the help of a modern computer.
Key words and concepts: chemistry, visual laboratory, practical and laboratory training, virtual environment, mineral, diamond, sulfur, gold.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
Kirish. Bugungi kunda Respublikamizda ta'lim sohasiga berilayotgan imkoniyatlar va yaratilayotgan sharoitlar ko'lami juda yuqori. Shuningdek, kelgusida ta'lim tizimini yanada isloh qilish va berilayotgan ta'limning sifatini yuqori darajaga olib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2023 yilga «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili», deb nom berilishi sifatli ta'limga bo'lgan e'tibor qanchalar yuqori ekanligini ko'rsatadi. Hukumatning 2023 yildagi eng asosiy vazifalari-dan biri maktablarda ta'lim sifati hamda jami-yatda o'qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoit-larini yaxshilash bo'ladi.
Ta'lim sifati pedagog faoliyatiga juda katta mas'uliyatlarni yuklaydi. Pedagogik jarayon o'qituvchi rahbarligidagi auditoriya mashg'ulotlarini ham, zarur bilimlarni egallash bo'yicha mustaqil faoliyatni ham o'z ichiga oladi. Qoidaga ko'ra, mustaqil ish hozirgacha asosan nazariy ma'lumotlarni yodlash, Nazariy material ham vizual, qiziqarli va o'zlashtirish uchun samarali bo'ladi. Interfaol rejimlardan foydalan-gan holda ob'ektlar, hodisalar va jarayonlarning matnli tavsifini o'rganish samarali bo'ladi, bunda nafaqat materialni o'qish, balki jarayonlarni vizual ko'rish, ularni o'rganish, kuzatish mum-kin bo'lmagan jarayonlarni o'rganish va ko'rish mumkin bo'ladi.
Tadqiqotning dolzarbligi. Kimyo fanini o'rganishda laboratoriyalarning ahamiyati juda ham yuqori. Chunki, o'quvchilarni kimyo fanida asosiy qiziqtiradigan jarayon bu laborato-riya mashg'ulotlari hisoblanadi. Afsuski, hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quv lab-oratoriyalarining asbob, uskunalar va kimyoviy reaktivlar bilan jihozlanish darajasi juda ham past darajada. Respublikaning olis chekka hududlaridagi umumiy o'rta ta'lim maktablari kimyo laboratoriya xonalari deyarli mavjud emasligini bartaraf etish bugungi dolzarb masa-lalardan biridir.
Tadqiqotning maqsadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo fanida 7-sinflarda vizual laboratoriya ya'ni real laboratoriya mashg'ulotlarini zamonaviy kompyuter vositasida animatsion ko'rinishlar afzalligini yoritish.
Hozirgi vaqtda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda keng ko'lamda qo'llash jahon taraqqiyotining global yo'nalishi hisoblanadi. Yangi texnologiyalar kun
sayin rivojlanib, mamlakatda axborotlashtirish jarayoni tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan hozirgi davrda ta'lim sohasida axborot resurs-larini tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmo-qda. Shu sababdan o'qitish jarayoni tashkil etish, shu jumladan, o'quv materiallarni bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma'lum o'zgartirishlar kiritish zarur bo'ladi. Bunda ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishdagi eng samarali yo'llari hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiyligi. Ta'limda yangi axborot texnologiyalarini qo'llash asosida, kimyo darslarini yetishmaydigan reaktiv va jihozlar sha-roitida keng miqyosda ixchamlashtirish va Milliy o'quv dastur talablariga munosib yangi dunyoviy tafakkurga ega bo'lgan yoshlarni, kelajak mutax-assislarini tayyorlashning sifati va samaradorlig-ini keskin ko'tarishdan iborat.
Izlanish obyekti. 7 sinf o'quvchilarida kimyo darslari amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini virtual muhitni innovatsion usulda yaratish orqali yuqori samaradorlikka erishish.
Tadqiqot predmeti. Bu jarayonda Crocodile Chemistry dasturiy ta'minot vositasi turkum dasturlar orasida eng keng tarqalgan dastur hisoblanadi.
Crocodile Chemistry dasturi1 o'quv jarayoni uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, dastur-dan o'qituvchi va tadqiqotchilar o'quv va ilmiy tadqiqotlarda qo'llashi mumkin. Turkum dasturiy ta'minot vositalari o'qituvchi va o'quvchilarga eksperimentlar, jarayonlarni modellashtirishda keng qo'llaniladi (1-rasm).
Crocodile Chemistry dasturiy to'plami simu-lyatsiya modellari asosida virtual kimyoviy laboratoriya tajribalarini o'tkazish imkonini beradi. Crocodile Chemistry 605 dasturiy to'plami eks-periment jarayonini va olingan ko'rsatkichlarni tasavvur qilish imkonini beradi. Virtual eks-perimentni ishlab chiqish uchun unga kiritilgan kutubxonalardan biri bu Crocodile Chemistry 605 «Presentation». kabi turli xil tajriba vosi-talarini o'z ichiga oladigan dasturiy ta'minot vositalari: Graph, Text, Instructions, Picture, Animation, Drop-down lists, Edit box, Pause button,
1 Yihua Lu, Yao Xu, Xi Zhu. Designing and Implementing VR2 E2 C, a Virtual Reality Remote Education for Experimental Chemistry.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
1-rasm. Crocodile Chemistry asosiy oynasining ko'rinishi.
Reload button, Part tray button shular jumlasi-dandir.
Tadqiqot metodi. Animatsion laboratoriya muhiti, Crocodile Chemistryning turli dasturiy vositalari asosida kimyo darslari uchun ishlan-malar yaratish.
Olinadigan natija. Umumiy o'rta ta'lim mak-tablarida turli dasturiy vositalari asosida kimyo darslari uchun ishlanmalar yaratiladi.
Asosiy qism. Kimyo darslarini samarador-ligini oshirishda asosiy masala - o'quvchilarni darsga qiziqtira olish. Bugungi kun o'quvchilari kimyo darsida an'anaviy ta'lim metodlaridan zerikadi. Samaradorligi yuqori darslar ilg'or ped-agoglarimiz tomonidan o'quvchilar qiziqishlarini inobatga olib, tashkillashtirilgan darslar hisobla-nadi. Turli multimedia vositalari, matn ichidagi havolalar o'quv materialini interaktiv va vizual shaklda taqdim etish shaklini beradi. 7 sinflarda "Geologik kimyoviy birikmalar" mavzusini ko'rib chiqamiz (1 -jadval).
II bosqich. Bilimlarni faollashtirish (moti-vatsiya) (2 jadval).
Sinf o'quvchilari 3 ta guruhga ajratiladi. O'qituvchi har bir guruhga mikro va makroel-ementlar tasviri tushirilgan rasmlarni tarqatadi va minerallarning inson tanasidagi miqdori, aha-miyati haqidagi savollar bilan murojaat etadi. O'quvchilar taqdim etilgan rasmlarda qanday minerallar tasvirlangani haqida fikr yuritishadi va ularning ahamiyati haqida gapirishadi.
III bosqich. Yangi bilimlarni kashf etish (3 jadval).
Asosiy tushunchalar.
Sayyoramiz ko'plab kimyoviy elementlar-dan (temir, azot, kremniy va boshqalar) iborat. Bu elementlarning birikmalari minerallar dey-iladi. Hozirgi vaqtda 3 mingga yaqin minerallar ma'lum. Ularning ko'pchiligi ikkita, ba'zilari bir nechta kimyoviy elementlarni o'z ichiga oladi. Masalan, osh tuzi tarkibiga natriy va xlor, magnit temir rudasi: kislorod va temir kiradi. Ba'zi minerallar bir elementdan iborat. Masalan, olmos, oltingugurt, oltin va shu kabilar. Minerallar tabi-atda qattiq (ko'mir, qum), suyuq (simob, neft) yoki gazsimon (uglevodorodlar) holatda bo'lishi mumkin.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
с 40 v ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ / ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ .J
1-jadval.
I bosqich. Tashkiliy qism 7-sinf. Geologik kimyoviy birikmalar .
Mavzu Geologik kimyoviy birikmalar
Ta'lim standartlari 1. Kimyoviy hodisa va jarayonlarni biladi, taniydi, farqlaydi. 2. Kimyoviy hodisa va jarayonlar mohiyati va ahamiyatini tushunadi, izohlaydi, talqin qiladi. 3. Kimyoviy hodisa va jarayonlarni tarkibiy qismlarga ajratadi, qismlar orasidagi munosabat va umumiy qonuniyatlarni aniqlaydi, taqqoslaydi, tahlil qiladi. 4. Kimyoviy hodisa va jarayonlarni baholaydi, tahliliy-tanqidiy fikr bildiradi, xulosa chiqaradi.
Ta'lim natijalari 1. Kimyo fanining maqsad va vazifalarini biladi, taniydi, farqlaydi. 2. Kimyoviy hodisa shakllarining xilmaxilligi mohiyati va ahamiyatini izohlaydi, talqin qiladi. 3. Kimyoviy hodisa tuzilish darajalarini tarkibiy qismlarga ajratadi, qismlar orasidagi munosabat va umumiy qonuniyatlarni aniqlaydi, taqqoslaydi, tahlil qiladi. 4. Kimyoviy hodisa tuzilish darajalari, geologik kimyoviy birikmalar haqida tahliliy-tanqidiy fikr bildiradi, xulosa chiqaradi.
Fanlararo integratsiya biologiya, geografiya, fizika, informatika
2-jadval. Bilimlarni faollashtirish
Pedagogik texnologiya va metodlar Kichik guruhlarda ishlash
Resurslar Darslik, topshiriqlar varaqasi
Baholash Shakl: og'zaki rag'batlantirish
3-jadval. Yangi bilimlarni kashf etish
Pedagogik texnologiya va metodlar Modulli ta'lim texnologiyasi (o'quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturi)
Resurslar Darslik, topshiriqlar varaqasi
Baholash Shakl: og'zaki rag'batlantirish
4-jadval. Minerallar
Ruda Ishlatilgan xususiyatlar Foydalanishdagi muammolar
Ohaktosh Osongina qayta ishlanadi Kislotali yomg'irda yemiriladi
Qumtosh Osongina qayta ishlanadi Shamolga chidamsiz
Granit Juda qattiq, ob-havoga chidamli. Silliqlash oson Ishlov berish qiyin
Marmar Juda qattiq, ob-havoga chidamli, silliqlash oson Qayta ishlash qiyin va juda qimmat
Slanes Qattiq, ob-havoga chidamli, kesish oson Muammolar yuzaga kelmaydi
Minerallar inson hayotining turli sohalarida qo'llanadi. Asosiy qo'llanishi bo'yicha - metall (metallarni qazib olish), metallmaslar (kimyoviy elementlar yoki ularning birikmalarini, sanoat minerallari va jinslarini ishlab chiqarish), yonu-vchan (yoqilg'i va energiya xomashyosi sifatida foydalanish), gidro va gaz minerallari kabi tur-larga ajratiladi (4-jadval).
Yerdagi eng keng tarqalgan mineral bu kvars-dir. Kvars juda ko'p rang va navlarga ega: ame-tist, tog' kristalli, aventurin va shu kabilar.
Olmos faqatgina uglerod atomlarini o'z ichiga olgan yagona qimmatbaho mineraldir. Haqiqiy olmos rangsiz, uni turli ranglarga bo'yash mum-kin. Al2O3, Fe2O3 tarkibida Alyuminiy va temir, NaCl, K2CO3kabi minerallar natriy va kaliy - tarkibida uchraydi.
Turli metallarning minerallaridan foydalanish-dan tashqari, sof metallarga ehtiyoj bor.
Ular rudadan qanday qazib olinadi?
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
2-rasm. Metalllarni olish.
5-jadval. Sherigini top
A Kuydirish va metallni ajratib olish
В Maydalash
D Qazib olish
E Toza metall
F Boyitish
G Mahsulot ishlab chiqarish
J Iste'molga chiqarish
IV bosqich. Mustahkamlash.
Metalllarni olish uchun murakkab texnologik jarayonlar mavjud.
1. Ruda qazib olinadi.
2. Keyin ruda maydalanadi, qizdiriladi va murakkab kimyoviy jarayonlar (yonish, par-chalanish, elektr toki va boshqalar) amalga oshiriladi. Masalan, alyuminiyni olish uchun uning oksidi orqali elektr toki o'tkaziladi.
3. Bir muncha vaqt o'tgach, hosil qilingan suyuq alyuminiy maxsus qoliplarga quyiladi.
Bu metall shu tarzda ajralib olinadi (2-rasm).
Inson metall qotishmalaridan ham foydala-nadi, ularning eng muhimi po'lat, quyma temir, bronza va boshqalar. Mamlakatimizda metallur-giya sanoati kimyoviy moddalar ishlab chiqar-ishda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.
V bosqich. Uyga vazifa.
1. Quyidagi minerallar tarkibidagi element-larning massa ulushini hisoblang: Fe3O4, FeS2,
4°3.
2. Rudadan metall olish jarayoni 7 bosqich-dan iborat. Quyidagi 5-jadvaIda bu qadamlar noto'g'ri tartibda ko'rsatilgan.
Rudadan metall olishning to'g'ri ketma-ketligini ko'rsating:
1 - , 2 - , 3 - , 4- , 5- , 6 -
3. Yashab turgan hududingizga yaqin joyda biror metall qazib olish va qayta ishlash korxo-nasi bormi?
4. Inson minerallardan qanday maqsadlarda foydalanadi?
Xulosa.
1. Ushbu darsni tashkil etishda yuqori-dagi qotishmalar, minerallarni ko'rish imkoni yo'qligini inobatga olib, ushbu ob'yektlarni kompyuter texnologiyalari yordamida nazariy ma'lumotlarni interfaol rejimdan foydalangan holda jarayonni vizual ko'rish, o'rganish, kuza-
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)
tish mumkin bo'lmagan jarayonlarni o'rganish va ko'rish mumkin bo'ladi.
2. Katta hajmdagi axborotni ixcham saqlash imkonini beradi, yuqori darajadagi motivatsiyani ya'ni o'quv jarayoniga qiziqishni orttiradi.
3. Ushbu resurslar orqali kimyo fani-dan Respublika miqyosidagi reaktiv va jihozlar yetishmovchiligini bartaraf etish mumkin.
Tavsiyalar.
1. Kimyo darslari uchun so'ngi kompyuter dasturlarini tatbiq etgan holda interaktiv qo'llanmalar yaratish,.
2. Kimyo fanidagi oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan jarayonlar uchun 3D o'lchamli interaktiv kompyuter texnologiyalarini tatbiqi-dagi resurslar yaratish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "Мультимедиа технологиялари" модули буйича укув-услубий мажмуа. - ТАТУ "Мультимедиа технологиялари" кафедраси доценти: Ш.А.Садуллаева. ТАТУ "Алгорит-млаш ва математик моделлаштириш" кафедраси катта укитувчиси: Я.У.Мустафакулов. - Тошкент: 2016.
2. Tatli Z., Ayas A. Virtual laboratory applications in chemistry education. Procedia Social and Behavioral Sciences, 2010.Volume 9, - P. 938-942.
3. Virtual Chemistry. - http: /www. chem. ox.as.uk/vrchemistry).
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 10 (131)