Научная статья на тему 'KICHIK KОRXОNALARDA ALYUMINIY QOTISHMALARIDAN MAHSULОTLAR TAYYORLASH'

KICHIK KОRXОNALARDA ALYUMINIY QOTISHMALARIDAN MAHSULОTLAR TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
100
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metall / mashina / korxona / sanoat / maxsulot / zagatovka / ishlab chiqarish / konvektsiya / asbob-uskuna / shixta / alyuminiy / kichik korxonalar / metal / machine / enterprise / industry / product / blank / production / convection / equipment / shale / aluminum / small enterprises

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muzaffar Ismonjon O’g’li Ibragimov

Ma`lumki, mashinasоzlik kоrxоnalarida metallarga mexanik ishlоv berish natijasida metall chiqindilar ajralib chiqadi. Bu chiqindilarga suyuqlantirish оrqali qaytadan ishlоv berilib, turli xildagi maxsulоtlar tayyorlash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRODUCTION OF PRODUCTS FROM ALUMINUM ALLOY IN SMALL ENTERPRISES

It is known that as a result of mechanical processing of metals in machine-building enterprises, metal waste is released. These wastes can be recycled by liquefaction to produce a variety of products.

Текст научной работы на тему «KICHIK KОRXОNALARDA ALYUMINIY QOTISHMALARIDAN MAHSULОTLAR TAYYORLASH»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

KICHIK KORXONALARDA ALYUMINIY QOTISHMALARIDAN

MAHSULOTLAR TAYYORLASH

Muzaffar Ismonjon o'g'li Ibragimov

Namangan muhandislik-texnologiya instituti3-bosqich talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

MaTumki, mashinasozlik korxonalarida metallarga mexanik ishlov berish natijasida metall chiqindilar ajralib chiqadi. Bu chiqindilarga suyuqlantirish orqali qaytadan ishlov berilib, turli xildagi maxsulotlar tayyorlash mumkin.

Kalit so'zlar: metall, mashina, korxona, sanoat, maxsulot, zagatovka, ishlab chiqarish, konvektsiya, asbob-uskuna, shixta, alyuminiy, kichik korxonalar

PRODUCTION OF PRODUCTS FROM ALUMINUM ALLOY IN SMALL

ENTERPRISES

Muzaffar Ismonjon ugli Ibragimov

Namangan Institute of Engineering and Technology, 3rd year student [email protected]

ABCTRACT

It is known that as a result of mechanical processing of metals in machinebuilding enterprises, metal waste is released. These wastes can be recycled by liquefaction to produce a variety of products.

Keywords: metal, machine, enterprise, industry, product, blank, production, convection, equipment, shale, aluminum, small enterprises

KIRISH

Quymakorlik korxonalari mashinasozlik sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, bunda muayyan shaklli mashinasozlik mahsulotlari - zagotovkalar quyish usuli bilan tayyorlanadi va bu usul zagotovkalar olishning eng universal usulidir.

Qora va rangli metall chiqindilarini suyuqlantirib ulardan mashinasozlik maxsulotlari, yani quyma zagotovkalar olish metall xom ashyolari tanqisligi sababli muhim o'rin tutmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda mashinasozlik mahsulotlariga yakka tartibda yoki kichik seriyali buyurtmalar bo'layotganligi sababli kichik korxonalar tashkil etilmoqda va

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

mashinasozlik maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Raqobatbardosh maxsulotlar tayyorlash uchun ularning tannarxi va sifatiga ko'proq e'tibor berilmoqda va ishlab chiqarish texnologiyalarini optimallashtirilmoqda. Jumladan, alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan maxsulotlarga bo'lgan talablar ko'paymoqda.

Alyuminiy qotishmalaridan maxsulotlar olish uchun alyuminiy qotishmalarini olish usulining ish unumi juda yuqori bo'lishini, suyuqlanma esa kerakli kimyoviy tarkibga, xaroratga va sifatga ega bo'lishini taminlash zarur bo'ladi. Qotishma mumkin qadar qisqa muddat ichida tayyorlanishi lozim. Shu boisdan turli pechlarda energiya manbai bilan shixta (suyuqlanma) orasida konvektsiya yordamida uzatiladigan issiqlik ulushini oshirish hisobiga issiqlik almashinuvini jadallashtirish maqsadga muvofiqdir.

NATIJALAR

Bu bilan bir qatorda pech vannasidagi issiqlik va massa almashtirish jarayonlarini xar-xil vositalardan foydalanish hisobiga jadallashtirish mumkin. Bunda xaroratni o'zgartirmasdan va uni aniq rostlanishini (ayniqsa, tarqatish pechlarida) taminlash muhim shartlardan biridir. Qotishma tayyorlash jarayonida oksidlanish hisobiga metalni eng kam yo'qotilishiga intilish kerak. Shu boisdan shixtani va ayniqsa, oson oksidlanadigan qo'shimchalarni suyuqlanmaga botirib suyuqlantirish maqsadga muvofiq, chunki bunda tomchilab suyuqlanish sodir bulmaydi. Tarkibidagi qattiq va gazsimon metallmas qo'shimchalar miqdori buyicha suyuqlanmaning talab etiladigan sifat darajasiga erishish suyuqlantirish agregatida xam va undan tashqarida xam samarali tozalash vositalaridan foydalanib taminlanadi.

MUHOKAMA

Bunda kimyoviy jixatdan suyuqlanma bilan o'zaro tasir qilmaydigan o'ta chidamli materiallarni qo'llagan maqul. Qotishmalar tayyorlash uchun foydalaniladigan texnologiya va asbob-uskunalar shixtaning oson yuklanilishini, pech tozalashning qulay bo'lishini, vannadagi suyuqlanmani aralashtirishni, toshloqning olinishini taminlashi kerak. Bunda aloxida operatsiyalarni mexanizatsiyalash va avtomatlash yaxshi tasir ko'rsatadi. Alyuminiy qotishmalarni tayyorlash usuli ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxining past bo'lishini va asbob-uskunaladan foydalanish xarajatlarini uncha yuqori bo'lmasligini, shuningdek yoqilg'i va energiyaning juda kam yo'qotilishini ta minlanishi kerak. Shu boisdan suyuqlantirish qurilmalarining foydali ish koeffitsenti (FIK) ni mumkin qadar yuqori qiymatga erishishiga intilish zarur. Alyuminiy qotishmalarini tayyorlash uchun turli tipdagi pechlarning kelajakda qullanilishi ko'rib o'tilayotganda elektr pechlaridan eng takomillashgani - kanalli induktsion pechning kelajak tsexlarining asosiy suyuqlantirish agregati deb xisoblashga imkon bermaydigan kamchiliklarga ega ekanligini nazarda tutish lozim. Bu

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

kamchiliklar jumlasiga shixtani pechga yuklashdan oldin uni tanlab olish va quritish, shuningdek kanallarni vaqti-vaqti bilan tozalash kiradi.

XULOSA

Yukoridagi sanab o'tilgan texnologiyalar yordamida alyuminiy materiallaridan mashinasozlik maxsulotlarini ishlab chiqarishda maxsulotlar tannarxining arzon bo'lishiga, sifatining talab darajasida bo'lishiga xamda uzoq muddat ishlashiga erishish mumkin bo'ladi.

REFRENCES

1. V. A. Mirboboyev. Konstruksion materiallar texnologiyasi. Toshkent, "Moliya" nashriyoti, 2003 yil, 356 bet.

2. Nurmurodov, A. X. Rasiljanov, K. G. Baxadirov "Meterialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi", Toshkent-2015

3. Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. Maxsus son. - T.: "Sharq" nashriyoti, 1999 yil

4. https://uz.wikipedia.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.