Научная статья на тему 'KASBIY FAOLIYAT DAVOMIDAGI STRESSLAR VA UNING INSON SALOMATLIGIGA TA‟SIRI'

KASBIY FAOLIYAT DAVOMIDAGI STRESSLAR VA UNING INSON SALOMATLIGIGA TA‟SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

132
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASBIY FAOLIYAT DAVOMIDAGI STRESSLAR VA UNING INSON SALOMATLIGIGA TA‟SIRI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

KASBIY FAOLIYAT DAVOMIDAGI STRESSLAR VA UNING INSON

SALOMATLIGIGA TA'SIRI

N. E. Dusanov

TIPI pedagogika fakulteti dotsenti, O'zbekiston

Kasbiy faoliyat davomida stress muammosi bugungi kunda juda keng miqiyosda tarqatilgan stress muammolaridan biri sanaladi. Tabiiyki hozirgi zamonaviy postindustrial jamiyatga insonlarning o'z ishiga bo'lgan munsabati o'zgarmoqda: ishchilar sotsial va material holati stabilligiga o'z ish joyini doyimligiga materialning yahshilanishiga bo'lgan ishonchni yo'qatmoqda yaxshi va yuqori muammo ish joylari uchun raqobatni kuchaytirmoqda. Shu bilan parallel ravishda kasblarga kichik kasbiy jarayonlari, bu bilan bir vaqtda o'xshash sohalarda globalizatsiyasi ketmoqda va mehnat birjasi talablari tezlik bilan o'zgaroqda.

Natijada ish joyidagi ziddiyatlar bilan bog'liq emotsional psixik holat kuchayadi va havfsirash, depressiya, emotsional zo'riqish sindromi, psixosomatik buzilish yuz beradi. Sog'liqni saqlash umumjahon jamiyati Yevropa konferensiyasida ta'kidlanishicha ish bilan boq'liq stresslar Yevropa ittifoqi mamlakatlari ishchida tahminan uchdan bir qismining muhim muammosi hisoblanadi va shu boq'liq bo'lgan psixik salomatlikning muammosini yechish uchun o'rtacha yillik darajasining 3-4% ni ko'rsatadi. O'ziga va o'z resurslariga ishonish insonga bu muammoni qanchalik muvaffaqiyatli hal qila olishini baholash uchun asos beradi.

G.Lazarusning stressning kognitiv nazariyasining asosiy qoidalari shundan iboratki, xuddi shu hodisa bir shaxsda yuqori darajadagi stressni keltirib chiqarishi va shu bilan birga boshqasi uchun amaliy jihatdan neytral bo'lib chiqishi mumkin. Xuddi shu odam bir holatda sodir bo'layotgan voqealarni stressli hodisa deb hisoblashi mumkin, ikkinchisi esa neytral munosabatda bo'lishi mumkin va bu farqlar bevosita vaziyatning kontekstiga, shaxsning jismoniy va psixologik holatiga bo g' liq.

Stressga moyillik modeli bu - turli xil hayot sharoitlari ta'sirida stress rivojlanishiga moyillik tufayli xatti-harakatlarni tushuntiradigan psixologik nazariya, ya'ni moyillik (biologik, genetik xususiyatlar va bolalik tajribasi) yuzaga kelganda tashqi ta'sirlar (stressorlar) bilan qanday o'zaro ta'sir qilishini tushuntiradi. Tashvish, depressiya va hatto shizofreniya kabi psixopatologik kasalliklar, shuningdek, kasbiy stressga shu kabi klinik bo'lmagan kasalliklar bilan ham bog' liq bo'lishi mumkin. Ushbu nazariyani qo'llab-quvvatlovchilar muhim stress omillarini aniqlaydilar: kundalik kichik maishiy stresslar, stressli hodisalar (oila a'zosining o'limi, ajralish, boshqa yashash joyiga ko'chib o'tish va boshqalar), qisqa muddatli stresslar

208

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

(masalan, qiyin kasbiy vazifa) va uzoq muddatli stresslar (surunkali og'riq yoki nogironlik). Ushbu nazariya kontekstida kasbiy stressning zamonaviy tadqiqotlari asosan besh omilli shaxsiyat modeliga asoslanadi [1], bu yerda shaxsiyatning asosiy xususiyatlari nevrotiklik (tashvish, passivlik va ishonchsizlik), ekstraversiya (muloqotmandlik, xushmuomalalik, sarguzashtga intilish) va yuqori darajadagi faollik), tajribaga ochiqlik (mustaqil fikrlash, ijodkorlik), xayrixohlik (muvofiqlik, hamkorlik qilish qobiliyati), vijdonlilik (mas'uliyat, aniqlik) kabilar. Nevrotizm, introversiya, ijtimoiy tashvish, muvaffaqiyatsizlik qo'rquvi va erta bolalik davrida ota-onaning ajrashishi kasbiy stressning paydo bo'lishiga moyillik sifatida qaralishi kerakligi isbotlangan.

Ishdagi stressning sabablari ko'pdan buyon o'rganiladi. Ularning ro'yxati juda uzun. Ishlab chiqarish muhitidagi aniq stressorga keyingilar kiradi:

- o'z ishiga ta'sir eta olmaslik yoki ta'sir etish;

- ishchi grafikning bosimi, o'rindoshlik, grafikning bandlik darajasi

Yuqorida keltirilgan faktorlar to'g'ridan to'g'ri individum darajasida namoyon

bo'ladi.

Xulosa. Stress doim ham ishchiga yoki ishiga yomon ta'sir etmaydi. Aslida stressning eng past darajasi ishlab chiqarishni pasaytirishi mumkin. Yengil stress, masalan: yangi rahbarning kelishi yoki kutilmagan ko'chishlar ishlash darajasini yaxshilashi mumkin. Yengil stress qon aylanishini yaxshilaydi, faolikni oshiradi, eng so'ngida ishlab chiqarishda yangi yutuqlarga olib keladi. Ammo chuqur stress insonga ham fiziologik ham psixiologik salbiy ta'sir ko'rsatadi. Stress tanada kimyoviy o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Insonga yordamchi energiyani yeb qo'yadi. Biroz vaqt se'zilmaydi, lekin stress bilan kurashilmasa bu insonni bo'g'a boshlaydi natijada stress insonda o'gir charchoqni yoki biror kasallikni keltirib chiqaradi. Psixik muommalar o'zini past baholash, qoniqarsiz ish, rahbariyatga bo'ysunmaslik, diqqatni jalb qila olmaslik kabilarni stress keltirib chiqaradi, bular oqibatida tashkilotning to'g'ridan to'g'ri daromadi kamayadi. Yuqori darajadagi stress har doim ham bilinmaydi, lekin tashkilotdagi boshqaruvchilarga real ta'sir o'tqazadi jabirlanuvchi doimimy kayfiyatsizlikdan jabr chekadi, qo'l ostidagilar esa kayfiyatini buzmaslik uchun hatto eng muhim masalalar bo'yicha ham murojaat yetishmaydi. Ba'zida ular o'z hatolarini tushunadilar ular kutilgandan kam ish qilayotganlarini se'zadilar, o'zlarini xurmat qimay qoladilar. Bu kabi holatda qabul qilingan qarorlarni ijrosini kechiktiradilar, rahbariyat ularni ishchi qolibga qaytarishga harakat qilganlarida ular ishni yomon ko'rib qoladilar.

209

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы Тoshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

References / Adabiyotlar

1. Тарабрина Н.В. Практикум по психологии посттравматического стресса. -Санкт-Петербург: Питер, 2001.- 272 с.

2. Работа, стресс и артериальная гипертония. - Москва, 2002. - 87с.

3. Сапин М. Р. Иммунная система человека./ М.Р. Сапин. - М.: Медицина, 1996. -304 с.

4. Волошин В.М. Посттравматическое стрессовое расстройство: Феноменология, клиника, систематика, динамика и современные подходы к психофармакотерапии. - М.: Анахарсис, 2005. - 200 c.

5. Руководство по реабилитации лиц, подвергшихся стрессорным нагрузкам / под ред. В.И. Покровского. - М.: Медицина, 2004.- 400с.

6. Зайцева Н. С. Стресс и иммунитет: методические рекомендации для врачей, ординаторов и аспирантов. - Ростов-на-Дону: РостГМУ, 2016. - 24 с.

210

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.