Научная статья на тему 'KASB HUNAR MAKTABLARIDA TA'LIM RESURSLARINI RAQAMLASHTIRISH'

KASB HUNAR MAKTABLARIDA TA'LIM RESURSLARINI RAQAMLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Elektron resurslar / interaktiv ta’lim resurslar / interaktiv o‘qitish / interaktiv ta’lim vositalari / elektron grafik ishlar / Virtual stendlar

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — To‘rajonova Rano Rasuljon Qizi

Ushbu maqolada kasb-hunar maktablarida elektron ta’lim muhitida interaktiv ta’lim resurslar yaratish metodikasini boshqarish modellari mazmuni va funksiyalari, elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish darajalari, elektron ta’lim resurslarining turlari, elektron o‘quv-tarbiyaviy resurslar, interaktiv o‘qitish va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanish hamda o‘quv materiallarini uzatishning elektron resurslari, o‘qitishni tashkil etish elektron resurslari tizimini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va amaliѐtga tadbiq qilindi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASB HUNAR MAKTABLARIDA TA'LIM RESURSLARINI RAQAMLASHTIRISH»

KASB HUNAR MAKTABLARIDA TA'LIM RESURSLARINI RAQAMLASHTIRISH To'rajonova Ra'no Rasuljon qizi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-yanvar 2024 yil Ma'qullandi: 15-yanvar 2024 yil Nashr qilindi: 19-yanvar 2024 yil

Ushbu maqolada kasb-hunar maktablarida elektron ta'lim muhitida interaktiv ta'lim resurslar yaratish metodikasini boshqarish modellari mazmuni va funksiyalari, elektron axborot ta'lim resurslariniyaratish darajalari, elektron ta'lim resurslarining turlari, elektron o'quv-tarbiyaviy resurslar, interaktiv o'qitish va interaktiv ta'lim vositalaridan foydalanish hamda o'quv materiallarini uzatishning elektron resurslari, o'qitishni

KEY WORDS

Elektron resurslar, interaktiv ta'lim resurslar, interaktiv o'qitish, interaktiv ta'lim vositalari, elektron grafik ishlar, Virtual stendlar

tashkil etish elektron resurslari tizimini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va amalietga tadbiq qilindi.

Zamonaviy jamiyatda ro'y berayotgan uzluksiz ta'limni elektronlashtirish jarayoni turli elektron ta'lim resurslari sonining o'sishi bilan birga olib borilmoqda. Ularni oliy ta'lim sohasida qo'llashning ommalashib borayotganligi elektron ta'lim resurslarining sifatini o'quv jarayonida foydalanishga yaroqliligi nuqtai nazaridan baholashni zarur qilib qo'yadi. Elektron ta'lim resurslarining tuzilishiva uslubiy mazmuniga bo'lgan talablar bugungi kunda ham yetarli darajada tartibga solinmagan, bu esa bir tomondan ishlab chiquvchilar (kurs mualliflari) uchun ma'lum darajada erkinlik beradi va boshqa tomondan, elektron ta'lim resurslarining tarqalishini va ularni ta'lim jarayonida amalga oshirishni sekinlashtiradi, chunki standartlashtirish yetarli emas, shuningdek ETR va EO'UP kontentining ekspert bahosini murakkablashtiradi. Kasb-hunar maktablarida elektron ta'lim resurslaridan foydalanish va yaratish bo'yicha hozirgi vaqtda aniq bir elektron ta'lim resursi uchun qo'llaniladigan yagona standart mavjud emas.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Kasb-hunar maktablari elektron ta'lim muhitida interaktiv ta'lim resurslardan foydalanish va ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish va samaradorligini oshirishda o'quvchilarning faolligini ta'minlash, past darajadagi o'zlashtiradigan o'quvchilar bilan yuqori o'zlashtiradigan o'quvchilarning hamkorlikdagi o'quv jarayonini tashkil etish, ularda kreativ va tizimli fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, intellektual qobiliyatlarini namoyon etuvchi vazifalardan hisoblanadi.

Elektron ta'lim muhitida o'quvchilarda interaktiv ta'lim resurslardan foydalanish ko'nikmasini rivojlantirishni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlarini loyihalashtirish, shuningdek, elektron ta'lim resursi orqali bilim olish ko'nikmasini rivojlantirish jarayonlarining o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini ta'minlash, uning zaruriyatini

ham nazariy, ham amaliy jihatdan ilmiy asoslarini yaratish metodikasini boshqarish modellarini quyidagi masalalarni hal etilishi zarur: o'quvchilarda elektron ta'lim muhitida interaktiv ta'lim resurslardan foydalanish ko'nikmasini rivojlantirish sub'ektlari (o'quvchi va o'qituvchilar)ning shaxsiy xislatlari va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish darajasi va ilmiy-metodik ta'minot o'rtasidagi nomuvofiqlik; tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish va qayta ishlash ko'nikmalari shakllantirilmagan; kompyuter grafikasi fanidan mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini rivojlantirishni boshqarishning funksiya va metodlari hamda ularni amalga oshirishga zamonaviy yondashuvlarni ilmiy asoslanmaganligi; murakkab pedagogik tizim sifatida kompyuter grafikasi fanidan interaktiv ta'lim resurslardan foydalanish ko'nikmasini rivojlantirish komponentlarining o'zaro aloqadorligi va uzviy bog'liqligini ta'minlovchi innovatsion yondashuvlarni amaliyotda qo'llash texnologiyalarini ishlab chiqilmaganligi; kompyuter grafikasi fanidan interaktiv ta'lim resurslardan foydalanish ko'nikmasini rivojlantirishni takomillashtirishda rahbarlar, o'qituvchilar va o'quvchilarning qo'shimcha ta'lim olish uchun shaxsiy ehtiyojlarini shakllantirish, refleksiv ta'limiy muhitni va tabiiy raqobatni vujudga keltirish texnologiyalarining mavjud emasligi; kompyuter grafikasi fanidan interaktiv ta'lim resurslardan foydalanish ko'nikmasini rivojlantirish yo'nalishlarida o'qituvchilarning kasbiy kompitentliligini rivojlantirishga qaratilgan uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqilmaganligi va h.k[1].

Interaktiv ta'lim resurslarini yaratish birinchi navbatda faol foydalanuvchilar guruhiga qaratilishi kerak.

Interaktiv so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, -inter|| - o'zaro (vzaimnbiy), -act|| -faoliyat qilmoq ma'nosini bildiradi.

Interaktiv o'qitish - o'quvchi o'zida oldin mujassamlashgan tajribadan foydalangan

holda, o'quv jarayonida faol ishtirok etadi, mashg'ulot davomida shaxsiy rol o'ynab, yangi

tajribalar orttiradi, olgan tajribalari asosida darsni tahlil qilib, o'ziga kerakli muhim

materiallarni oladi hamda o'zining kundalik faoliyati bilan bog'laydi. r

▼ w

Interaktiv o'qitishda ma'ruza va amaliyot bir butun mashg'ulotning qismlari deb qaraladi va bu o'qituvchi hamda o'quvchining o'zaro ta'siri hamda o'quvchilarning mashg'ulot davomida faol ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi[2].

Interaktiv ta'lim vositalari - bu turli xil aloqa ob'ektlari: kompyuter, aloqa texnik qurilmalari, dasturiy ta'minot va uning imkoniyatlari, muayyan darsning muammolarini hal qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan va tanlangan elementlar, shuningdek, o'quvchi va o'qituvchining xatti-harakatlari bilan o'zaro almashinish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan faoliyatlar.

Elektron grafik ishlar yozma ishlarga o'xshash bo'lib, ulardan texnik jarayonlar (geografiya, kompyuter grafikasi, matematika,chizmachilik, rasm, texnologik ta'lim)da keng ko'lamda foydalaniladi.

Elektron xrestomatiya (yun. -chrestos|| - yaxshi, foydali, -manthano||

- o'rganaman, o'qiyman) - o'zida muayyan o'quv moduli (o'quv fani) asoslariga oid eng samarali ma'lumotlar yoki ulardan parchalarni qamrab olgan to'plam shaklidagi elektron o'quv manbai.

Ta'lim jarayonida imitatsiya va modellashtirish elektron-ta'lim resurslaridan foydalanish, ishlab chiqilgan ta'lim resurslari modellarini qo'llash, ularning xatti-

harakatlarini o'rganish, "kompyuter" tajribalarini o'tkazish, shuningdek, eksperiment ma'lumotlarini sharhlashni o'rganish imkonini beradi.

XULOSA VA MUNOZARA Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, o'quvchida elektron ta'lim muhitida interaktiv ta'lim resurslarini yaratish va undan foydalanish - ongli tashkil qilinadigan va boshqariladigan jarayon bo'lib, tajriba-izlanish natijalari asosida ishlab chiqilgan model majmuasi o'quvchining axborot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Adabiyotlar royxati:

1. Janabergenova A. Matematika fanidan mustaqil ta'limini tashkil etishda o'quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish// «Umumta'lim fanlarini o'qitishda innovatsion metodikalar». Respublika miqyosidagi masofaviy ilmiy seminar materiallari. Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU va SamDU 2020y. 43-44 b.

2. Raximov O.D. elektron ta'lim resurslarini yaratish talablari va texnologiyasi. Zamonaviy ta'lim. Ilmiy amaliy jurnal -T. 2016. 47-b.

3. To'xtasinova D.S. Elektron o'quv adabiyotlarini yaratish va rasmiylashtirish, uslubiy qo'llanma, T.2017.8b

4. Elektron ta'lim resurslariga umumiy talablar. - OO'MTV, 2013. -10, 14-b.

r r f

NOVATIVE ACADEMY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.